Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Letiram tabletkalar 750 mg N30
Letiram tabletkalar 750 mg N30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Леветирацетам
Страна производитель
Греция
Производитель
Egis Pharmaceuticals PLC, Венгрия произведено: Rontis Hellas S.A.
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Letiram®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) levetiratsetam
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
faol modda
Har bir qobiq bilan qoplangan 250 mg tabletka 250 mg levetiratsetamni saqlaydi.
Har bir qobiq bilan qoplangan 500 mg tabletka 500 mg levetiratsetamni saqlaydi.
Har bir qobiq bilan qoplangan 750 mg tabletka 750 mg levetiratsetamni saqlaydi.
Har bir qobiq bilan qoplangan 1000 mg tabletka 1000 mg levetiratsetamni saqlaydi.
yordamchi moddalar
Yadrosi
Krospovidon (B turi), povidon K30, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati.
250 mg tabletka qobig‘i gipromelloza, makrogol/PEG 400, titan dioksidi (E171), tozalangan talk, indigokarminli alyuminiy laki (E132).
500 mg tabletka qobig‘i gipromelloza, makrogol/PEG 400, titan dioksidi (E171), tozalangan talk, sariq temir oksidi (E172).
750 mg tabletka qobig‘i gipromelloza, makrogol/PEG 400, titan dioksidi (E171), tozalangan talk, sanset sariq rangli bo‘yoq moddasi (E110), qizil temir oksidi (E172).
1000 mg tabletka qobig‘i gipromelloza, makrogol/PEG 400, titan dioksidi (E171), tozalangan talk.
Ta'rifi
Tashqi ko‘rinishi
250 mg tabletkalar havo rangli, qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskali oval shaklidagi tabletkalar.
500 mg tabletkalar sariq rangli, qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskali oval shaklidagi tabletkalar.
750 mg tabletkalar to‘q sariq rangli, qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskali oval shaklidagi tabletkalar.
1000 mg tabletkalar oq rangli, qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskali oval shaklidagi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
tutqanoqqa qarshi vositalar, boshqa tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlar.
ATX kodi N03AX14.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ta'sir etish mexanizmi
Levetiratsetamning ta'sir etuvchi moddasi tutqanoq kasalligiga qarshi mavjud faol preparatlarga kimyoviy yaqin bo‘lmagan pirrolidon (S-enantiomer α-etil-2-okso-1-pirrolidin atsetamid) hosilasi hisoblanadi.
Ta'sir etish mexanizmi
Levetiratsetamning ta'sir etish mexanizmi hozircha to‘liq aniqlanmagan. O‘tkazilgan in vitro va in vivo sharoitdagi tadqiqotlari levetiratsetam asosiy hujayraviy xususiyatlarni va nerv impulslarining me'yoriy uzatilishini o‘zgartirmasligini taxmin qilish imkonini beradi.
Jumladan, in vitro sharoitdagi tadqiqotlari shuni tasdiqlaydiki, levetiratsetam N-turidagi Ca2+ kanallari orqali ionlar oqimini susaytirish va ichki neyron manbalardan Ca2+ bo‘shatilishini qisqartirish orqali Ca2+ ichki neyron darajasiga ta'sir etadi. Bundan tashqari, u rux va β-karbolinlar tomonidan kuchaytiriladigan gamma-amino-yog‘ kislotasi va glitsin bilan tartibga solinadigan oqimlar qisqarishini qisman qaytaradi.
Farmakodinamik ta'sirlar
Levetiratsetam keng turli hayvonlarda partsial va birlamchi generalizatsiyalangan tutqanoq modellarida tomir tortishishiga qarshi ta'sir etadi, tomir tortishtiradigan ta'sir etmaydi. Birlamchi metabolit faol emas. Odamda ham partsial, ham generalizatsiyalangan epileptik holatlardagi faollik (epileptiformli namoyon bo‘lishlar/fotoparoksizmal reaktsiya) levetiratsetamning keng doirali farmakologik profilini tasdiqlagan.
Klinik samaradorlik va xavfsizlik
Epilepsiya bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarda, o‘smirlarda, bolalarda va 1 oylik va undan kattaroq bo‘lgan chaqaloqlarda ikkilamchi generalizatsiyalangan yoki generalizatsiyasiz partsial tutqanoq kasalligi xurujlarini davolashda qo‘shimcha terapiya.
Katta yoshdagi patsiyentlarda levetiratsetamning samaradorligi 3 ta qo‘sh yashirin platsebo-nazoratli tadqiqotda 18 haftagacha davolash davomida kuniga 2 ta teng dozaga bo‘lingan holda qabul qilinadigan 1000 mg, 2000 mg yoki 3000 mg dozalarda namoyish etilgan. Birlashtirilgan ma'lumotlar tahlilida doimiy dozada (12/14 hafta) dastlabki darajadan haftasiga 50% va undan ko‘proq partsial tutqanoq kasalligi xurujlarining takrorlanish tezligi qisqarishiga erishilgan patsiyentlar ulushi 1000, 2000 va 3000 mg levetiratsetam qabul qilgan guruhlar uchun tegishli ravishda 27,7%, 31,6% va 41,3%, platsebo qabul qilgan patsiyentlarda esa 12,6% ni tashkil etgan.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalarda (4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan) levetiratsetamning samaradorligi 14 hafta davolash davomida 198 nafar patsiyentni o‘z ichiga olgan qo‘sh yashirin platsebo-nazoratli tadqiqotda aniqlangan. Ushbu tadqiqotda patsiyentlar kuniga 60 mg/kg dozada belgilangan (ikki marta qabul qilish uchun bo‘lingan) levetiratsetamni qabul qilganlar.
Levetiratsetam qabul qilgan patsiyentlarning 44,6 foizi va platsebo qabul qilgan patsiyentlarning 19,6 foizida dastlabki darajadan haftasiga 50% yoki undan ko‘proq partsial tutqanoq kasalligi xurujlarining takrorlanish tezligi qisqarishiga erishilgan. Uzluksiz uzoq muddatli davolashda 11,4% patsiyentlarda, eng kamida, 6 oy davomida tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lmagan, 7,2% patsiyentlarda esa, eng kamida, 1 yil davomida tutqanoq kasalligi xurujlari qayd etilmagan.
1 oylikdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun levetiratsetamning samaradorligi 5 kun davolash davomida 116 nafar patsiyentni o‘z ichiga olgan qo‘sh yashirin platsebo-nazoratli tadqiqotda aniqlangan. Samaradorlikning asosiy mezoni davolashga javob berganlar sonidan iborat bo‘lgan (dastlabki darajadan kuniga ≥50% partsial tutqanoq kasalligi xurujlarining o‘rtacha takrorlanish tezligi qisqarishiga erishilgan patsiyentlarning foizli ulushi). Levetiratsetam qabul qilgan patsiyentlarning 43,6 foizi va platsebo qabul qilgan patsiyentlarning 19,6 foizi davolashga javob bergan patsiyentlar deb hisoblangan. Ushbu natijalar yosh guruhi doirasida izchil bo‘lgan. Doimiy uzoq muddatli davolashda 8,6% patsiyentlarda, eng kamida, 6 oy davomida tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lmagan, 7,8% patsiyentlarda esa, eng kamida, 1 yil davomida tutqanoq kasalligi xurujlari qayd etilmagan.
Platsebo-nazoratli tadqiqotlar partsial tutqanoq kasalligi bo‘lgan 35 nafar 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloq ishtirokida o‘tkazilgan, ulardan faqat 13 nafar ishtirokchi 6 oylikdan kichik yoshda bo‘lgan.
Birinchi marta epilepsiya tashxisi qo‘yilgan 16 yosh va undan katta yoshdagi patsiyentlarda ikkilamchi generalizatsiyalangan yoki generalizatsiyasiz partsial tutqanoq kasalligi xurujlarini davolashda monoterapiya.
Levetiratsetamning monoterapiya sifatida samaradorligi birinchi marta yoki yaqinda epilepsiya tashxisi qo‘yilgan 16 yosh va undan katta yoshdagi 576 nafar patsiyent ishtirokida o‘tkazilgan 121 haftalik tadqiqotda aniqlangan bo‘lib, levetiratsetamning samaradorligi karbamazepin bilan davolash samaradorligidan kam emasligi isbotlangan. Ushbu tadqiqotda faqat qo‘zg‘atilmagan partsial tutqanoq kasalligi xurujlari yoki generalizatsiyalangan tonik-klonik tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lgan patsiyentlar ishtirok etgan. Levetiratsetam qabul qilgan patsiyentlarning 73,0 foizi va karbamazepin qabul qilgan patsiyentlarning 72,8 foizida olti oy davomida tutqanoq kasalligi xurujlari yo‘qligiga erishilgan. Tadqiqot ishtirokchilarining yarmidan ko‘prog‘ida 12 oy davomida tutqanoq kasalligi xurujlari paydo bo‘lmagan.
Klinik amaliyotni aks ettiruvchi tadqiqotlarda birga o‘tkaziladigan tutqanoq kasalligiga qarshi davolash levetiratsetam bilan qo‘shimcha davolashga reaktsiya bildirgan cheklangan sonli patsiyentlarda (69 nafar katta yoshdagi patsiyentning 36 nafarida) bekor qilinishi mumkin edi.
O‘smirlar mioklonik epilepsiyasi bo‘lgan 12 yosh va undan katta yoshdagi o‘smirlarda va katta yoshdagi patsiyentlarda mioklonik tutqanoq kasalligi xurujlarini davolashda qo‘shimcha terapiya.
Turli sindromlarda mioklonik tutqanoq kasalligi xurujlari bilan idiopatik generalizatsiyalangan tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lgan 12 yosh va undan katta yoshdagi patsiyentlar orasida levetiratsetamning samaradorligi qo‘sh yashirin platsebo-nazoratli tadqiqotda 16 hafta davolash davomida aniqlangan.
Aksariyat patsiyentlar o‘smirlar mioklonik epilepsiyasi bilan taqdim qilingan.
Ushbu tadqiqotda levetiratsetamning dozasi kuniga ikki marta qabul qilish uchun bo‘lingan 3000 mg ni tashkil etgan. Levetiratsetam qabul qilgan patsiyentlarning 58,3 foizi va platsebo qabul qilgan patsiyentlarning 23,3 foizida dastlabki darajadan haftasiga, eng kamida, 50% mioklonik tutqanoq kasalligi xurujlari bilan kunlar soni qisqarishiga erishilgan. Uzluksiz uzoq muddatli davolashda 28,6% patsiyentlarda, eng kamida, 6 oy davomida mioklonik tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lmagan, 21,0% patsiyentlarda esa, eng kamida, 1 yil davomida mioklonik tutqanoq kasalligi xurujlari qayd etilmagan.
Idiopatik generalizatsiyalangan epilepsiya bo‘lgan 12 yosh va undan katta yoshdagi o‘smirlarda va katta yoshdagi patsiyentlarda birlamchi generalizatsiyalangan tonik-klonik tutqanoq kasalligi xurujlarini davolashda qo‘shimcha terapiya.
Turli sindromlarda birlamchi generalizatsiyalangan tonik-klonik tutqanoq kasalligi xurujlari (o‘smirlik mioklonik epilepsiyasi, o‘smirlik absans-epilepsiyasi, bolalar absans-epilepsiyasi yoki qo‘zg‘atilganida katta tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lgan epilepsiya) bilan idiopatik generalizatsiyalangan tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lgan mioklonik tutqanoq kasalligi xurujlari bilan idiopatik generalizatsiyalangan tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lgan cheklangan sonli bolalar, o‘smirlar va katta yoshdagi patsiyentlar ishtirokida 24 hafta davomida o‘tkazilgan qo‘sh yashirin platsebo-nazoratli tadqiqotda levetiratsetamning samaradorligi aniqlangan.
Ushbu tadqiqotda o‘smirlar va katta yoshdagi patsiyentlar uchun levetiratsetamning dozasi kuniga ikki marta qabul qilish uchun bo‘lingan 3000 mg hamda bolalar uchun kuniga 60 mg/kg ni tashkil etgan. Levetiratsetam qabul qilgan patsiyentlarning 72,2 foizi va platsebo qabul qilgan patsiyentlarning 45,2 foizida dastlabki darajadan haftasiga 50% yoki undan ko‘proq birlamchi generalizatsiyalangan tonik-klonik tutqanoq kasalligi xurujlarining takrorlanish tezligi qisqarishiga erishilgan. Uzluksiz uzoq muddatli davolashda patsiyentlarning yarmida, eng kamida, 6 oy davomida tonik-klonik tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lmagan, patsiyentlarning taxminan uchdan bir qismida esa, eng kamida, 1 yil davomida tonik-klonik tutqanoq kasalligi xurujlari qayd etilmagan.
Farmakokinetikasi
Levetiratsetam – yaxshi eruvchan va singuvchan xususiyatlarga ega birikma. Uning farmakokinetik profili to‘g‘ri chiziqli bo‘lib, quyi ichki va sub'ektlararo variabillikka ega. Ko‘p karra qabul qilinganidan so‘ng klirens o‘zgarishlari yuz bermaydi. Patsiyentning jinsiga, irqiga yoki sutkalik tebranishlarga qarab, biron-bir o‘zgaruvchanlik haqida ma'lumotlar yo‘q. Farmakokinetik profili sog‘lom ko‘ngillilarda va tutqanoq kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘xshashdir.
Butunlay va liniyali so‘rilishi tufayli preparat tarkibining qon plazmasidagi darajasini levetiratsetamning tana vazniga mg/kg da ifodalangan oral dozasi asosida oldindan taxmin qilish mumkin. Shu sababli plazmada levetiratsetam darajasini kuzatib borish zaruriyati yo‘q.
Katta yoshdagi patsiyentlar va bolalarda preparatning so‘lak va plazmadagi kontsentratsiyasi o‘rtasida jiddiy farq aniqlangan (so‘lak/ plazmadagi kontsentratsiyasi nisbati dori shaklidagi oral tabletkalar uchun, shuningdek dori shaklidagi oral eritma uchun qabul qilingandan so‘ng 4 soatdan keyin 1 dan 1,7 gacha intervalda bo‘lgan).
Katta yoshdagi patsiyentlar va o‘smirlar
So‘rilishi
Levetiratsetam oral qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Mutloq oral biokiraolishligi 100% ga yaqin. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) qabul qilinganidan so‘ng 1,3 soatdan keyin erishiladi. Barqaror holatga kuniga ikki marta qabul qilish jadvalida ikki kundan keyin erishiladi.
Maksimal kontsentratsiyasi (Cmax), odatda, bir marta 1000 mg doza qabul qilinganidan so‘ng va kuniga ikki marta 1000 mg doza har kuni ko‘p marta qabul qilinganidan so‘ng, tegishli ravishda, 31 va 43 mkg/ml ni tashkil etadi.
So‘rilish darajasi dozaga bog‘liq emas va ovqatlanishda o‘zgarmaydi.
Taqsimlanishi
Odam to‘qimalarida taqsimlanishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Levetiratsetam ham, uning birlamchi metaboliti ham plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi (<10%). Levetiratsetamning taqsimlanish hajmi taxminan 0,5 dan 0,7 l/kg gacha tashkil etadi – ushbu miqdor organizmda suvning umumiy hajmiga yaqin keladi.
Biotransformatsiyasi
Levetiratsetam odamda intensiv metabolizmga uchramaydi. Metabolizmning asosiy yo‘li (24% doza) – atsetamid guruhining fermentli gidrolizidan iborat. Birlamchi metabolit, ucb L057 ishlab chiqarilishi P450 jigar sitoxromi izoformalari bilan quvvatlanmaydi. Atsetamid guruhining gidrolizi ko‘plab to‘qimalarda, shu jumladan qon hujayralarida o‘lchanadi. Metabolit ucb L057 farmakologik jihatdan faol emas.
Ikkita ikkinchi darajali metabolit ham aniqlangan. Bittasi pirrolidon halqaning gidroksillanishi orqali (1,6% doza), ikkinchisi esa – pirrolidon halqaning uzilishi orqali (0,9% doza) olingan.
Boshqa identifikatsiyalanmagan tarkibiy moddalar jami faqat taxminan 0,6% dozani tashkil etgan.
Levetiratsetam uchun ham, uning birlamchi metaboliti uchun ham in vivo enantiomerli o‘zaro o‘zgarish aniqlanmagan.
In vitro levetiratsetam va uning birlamchi metaboliti P450 odam jigari asosiy sitoxromi izoformalari (CYP3A4, 2A6, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 1A2), glyukuroniltransferazlar (UGT1A1 AND UGT1A6]) va epoksid gidroksilaz faolligini susaytirmasligi aniqlangan. Bundan tashqari, levetiratsetam in vitro sharoitda valproat kislotasining glyukuronidatsiyasiga ta'sir etmagan.
Odam gepatotsitlar mikroorganizmlarida levetiratsetam CYP1A2, SULT1E1 yoki UGT1A1 ga ta'sir etmagan yoki biroz ta'sir etgan. Levetiratsetam CYP2B6 va CYP3A4 kuchsiz induktsiyasini chaqirgan. In vitro va in vivo sharoitlarda oral kontratseptivlar, digoksin va varfarin bilan o‘zaro ta'sir haqida ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, in vivo sharoitda jiddiy fermentli induktsiyani kutish kerak emas. Tegishli ravishda, levetiratsetamning boshqa moddalar bilan yoki aksincha o‘zaro ta'sirining ehtimoli kam.
Chiqarilishi
Katta yoshdagi patsiyentlarda qon plazmasidan yarim chiqarilish davri 7±1 soatni tashkil etgan va dozaga, qabul qilish usuliga yoki ko‘p marta qo‘llanilishiga qarab o‘zgarmagan. Organizmdan o‘rtacha umumiy klirens 0,96 ml/daqiqa/kg ga teng.
Asosiy chiqarilish yo‘li – siydik bilan chiqarilishi o‘rtacha 95% doza (taxminan 93% doza 48 soat davomida chiqarilgan). Axlat bilan chiqarilishi dozaning bor-yo‘g‘i 0,3 foizini tashkil etgan.
Levetiratsetam va uning birlamchi metabolitining dastlabki 48 soat davomida siydik bilan jami chiqarilishi, tegishli ravishda, 66% va 24% dozani tashkil etgan.
Levetiratsetam va ucb L057 buyrak klirens, tegishli ravishda, 0,6 va 4,2 ml/daqiqa/kg ga teng. Bu levetiratsetamning kelgusi kanalli reabsorbtsiyasi bilan tugunsimon filtratsiya orqali chiqarilishidan va birlamchi metabolit tugunsimon filtratsiyaga qo‘shimcha ravishda faol kanalli sekretsiya orqali ham chiqarilishidan dalolat beradi.
Levetiratsetamning chiqarilishi kreatinin klirensi bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda yarim chiqarilish davri taxminan 40% (10 soatdan 11 soatgacha) oshirilgan. Bu ushbu patsiyentlar guruhida buyraklar funktsiyasi pasayishi bilan bog‘liq.
Bolalar (4 yoshdan 12 yoshgacha)
Tutqanoq kasalligi bo‘lgan bolalarda (6 yoshdan 12 yoshgacha) bir marta oral doza (20 mg/kg) qabul qilinganidan so‘ng levetiratsetamning yarim chiqarilish davri 6,0 soatni tashkil etgan. Tana vazniga tuzatish bilan aniq klirens tutqanoq kasalligi bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlardagiga nisbatan taxminan 30% yuqori bo‘lgan.
Tutqanoq kasalligi bo‘lgan bolalarda (4 yoshdan 12 yoshgacha) ko‘p marta oral doza (kuniga 20 mg/kg dan 60 mg/kg gacha) qabul qilinganidan so‘ng levetiratsetam tez so‘rilgan. Plazmada maksimal kontsentratsiyasi qabul qilinganidan so‘ng 0,5 – 1,0 soatdan keyin kuzatilgan. Plazmada maksimal kontsentratsiya va “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonning dozaga nisbatan liniyali va proportsional oshishi kuzatilgan. Yarim chiqarilish davri taxminan 5 soatni tashkil etgan. Aniq klirens 1,1 ml/daqiqa/kg ni tashkil etgan.
Chaqaloqlar va bolalar (1 oylikdan 4 yoshgacha)
Tutqanoq kasalligi bo‘lgan bolalarda (1 oylikdan 4 yoshgacha) 100 mg/ml oral eritma shaklidagi oral doza (20 mg/kg) bir marta qabul qilinganidan so‘ng levetiratsetam tez so‘rilgan va plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi qabul qilinganidan so‘ng taxminan 1 soatdan keyin kuzatilgan. Farmakokinetika ma'lumotlari shundan dalolat beradiki, yarim chiqarilish davri katta yoshdagi patsiyentlardagiga (7,2 soat) nisbatan qisqaroq (5,3 soat) bo‘lgan va aniq klirens katta yoshdagi patsiyentlardagiga (0,96 ml/daqiqa/kg) nisbatan tezroq (1,5 ml/daqiqa/kg) bo‘lgan.
1 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar uchun amalga oshirilgan farmakokinetikaning populyatsion tahlilida tana vazni aniq klirens (tana vazni oshirilganda klirens yuqorilashgan) va aniq taqsimlanish hajmi bilan sezilarli ravishda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan. Yosh ham har ikki ko‘rsatkichga ta'sir etgan. Ushbu ta'sir, ayniqsa, chaqaloqlar uchun yaqqol ifodalangan, yosh kattalashishi bilan kuchsizlangan va taxminan 4 yoshda ayniqsa kichraygan.
Farmakokinetikaning har ikki populyatsion tahlilida, levetiratsetam ferment kuchaytiruvchi tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanilganida levetiratsetamning aniq klirensi taxminan 20% ga oshgan.
Buyraklar funktsiyasi buzilishi
Levetiratsetam uchun ham, uning birlamchi metaboliti uchun ham ehtimoliy klirens kreatinin klirensi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan. Shu tufayli o‘rtacha va og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda kreatinin klirensi miqdorlariga asoslangan holda levetiratsetamning kundalik quvvatlovchi dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.
Buyrak yetishmovchiligining yakuniy bosqichi va anuriya bo‘lgan tekshiruvdan o‘tkazilayotgan katta yoshdagi patsiyentlarda yarim chiqarilish davri dializ seanslari o‘rtasidagi davrda va dializ davrida, tegishli ravishda, taxminan 25 va 3,1 soatni tashkil etgan.
Levetiratsetamning chiqarilish ulushi standart 4 soatli dializ davri vaqtida 51% ni tashkil etadi.
Jigar funktsiyasi buzilishi
Kuchsiz va o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan tekshiruvdan o‘tkazilayotgan patsiyentlarda levetiratsetam klirensining tegishli o‘zgarishi kuzatilmagan. Og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan tekshiruvdan o‘tkazilayotgan aksariyat patsiyentlarda levetiratsetam klirensi tegishli buyrak yetishmovchiligi tufayli 50 foizdan ko‘proq miqdorga kamaygan.
Qo‘llanilishi
Letiram® birinchi marta epilepsiya tashxisi qo‘yilgan 16 yoshdan katta yoshdagi patsiyentlarda ikkilamchi generalizatsiyalangan yoki generalizatsiyasiz partsial tutqanoq kasalligi xurujlarini davolashda monoterapiya sifatida tavsiya etilgan.
Letiram® quyidagi holatlarda qo‘shimcha davolash sifatida tavsiya etilgan
katta yoshdagi patsiyentlarda, bolalarda va 1 oylik va undan kattaroq bo‘lgan chaqaloqlarda ikkilamchi generalizatsiyalangan yoki generalizatsiyasiz partsial tutqanoq kasalligi xurujlarini davolashda;
o‘smirlar mioklonik epilepsiyasi bo‘lgan 12 yosh va undan katta yoshdagi o‘smirlarda va katta yoshdagi patsiyentlarda mioklonik tutqanoq kasalligi xurujlarini davolashda;
idiopatik generalizatsiyalangan epilepsiya bo‘lgan 12 yosh va undan katta yoshdagi o‘smirlarda va katta yoshdagi patsiyentlarda birlamchi generalizatsiyalangan tonik-klonik tutqanoq kasalligi xurujlarini davolashda.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash rejimi
Monoterapiya
Katta yoshdagi patsiyentlar va 16 yoshdan katta yoshdagi o‘smirlar
Kuniga ikki marta 250 mg ga teng tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza ikki haftadan keyin kuniga ikki marta 500 mg ga teng boshlang‘ich terapevtik dozagacha oshirilishi kerak. So‘ngra klinik reaktsiyaga qarab, doza har ikki haftada kuniga ikki marta 250 mg dan oshirilishi mumkin. Maksimal doza kuniga ikki marta 1500 mg ni tashkil etadi.
Qo‘shimcha terapiya
Tana vazni 50 kg yoki undan og‘irroq bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlar (18 yosh va undan katta yoshdagi) va o‘smirlar (12 yoshdan 17 yoshgacha)
Boshlang‘ich terapevtik doza kuniga ikki marta 500 mg ga teng. Davolashning birinchi kunida ushbu dozadan boshlash mumkin. Klinik reaktsiyaga va chidamlilikka qarab, kundalik doza kuniga ikki marta 1500 mg gacha oshirilishi mumkin. Doza o‘zgartirilishini har ikki-to‘rt haftada kuniga ikki marta 500 mg ga oshirish yoki kamaytirish orqali amalga oshirish mumkin.
Davolashni bekor qilish
Davolashni bekor qilish zarur hollarda, levetiratsetam qo‘llanilishini asta-sekin bekor qilish kerak (tana vazni 50 kg dan og‘irroq katta yoshdagi patsiyentlarda va o‘smirlarda dozani har 2-4 haftada kuniga ikki marta 500 mg dan kamaytirish; 6 oylikdan katta yoshdagi chaqaloqlarda, tana vazni 50 kg dan kamroq bolalar va o‘smirlarda doza har 2 haftada kuniga 10 mg/kg dan oshirilmasligi kerak. 6 oylikdan katta yoshdagi chaqaloqlarda dozaning kamaytirilishi har 2 haftada kuniga 7 mg/kg dan oshirilmasligi kerak.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
Keksa yoshdagi patsiyentlar (65 yosh va undan katta yoshdagi)
Buyrak funktsiyalari buzilishi bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi (quyidagi “Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar” bandiga qarang).
Bolalar va o‘smirlar
Shifokor patsiyentlarning tana vazniga va tavsiya etiladigan dozalash rejimlariga muvofiq eng mos dori shaklini va kontsentratsiyasini buyurishi kerak.
6 yoshdan kichik yoshdagi bolalar uchun qattiq dori shakllaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday patsiyentlar uchun ichga qabul qilinadigan eritma qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Bundan tashqari, 250 mg, 500 mg, 750 mg va 1000 mg tabletkalari bilan tana vazni 25 kg dan kamroq bo‘lgan bolalarda, tabletkalarni yutolmaydigan patsiyentlarda va 250 mg dan kamroq doza talab qilinadigan patsiyentlarda levetiratsetamning mos boshlang‘ich dozalanishini ta'minlash mumkin emas. Bunday holatlarda, ichga qabul qilish uchun levetiratsetam eritmasi qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
Monoterapiya
16 yoshdan kichik yoshdagi bolalar va o‘smirlarda levetiratsetamning monoterapiya sifatidagi samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Bunday ma'lumotlar yo‘q.
6 oylikdan 23 oylik yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar, tana vazni 50 kg dan kamroq bo‘lgan bolalar (2 yoshdan 11 yoshgacha) va o‘smirlar (12 yoshdan 17 yoshgacha) uchun qo‘shimcha terapiya
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ichga qabul qilish uchun levetiratsetam eritmasi buyurilishi kerak.
6 yosh va undan katta yoshdagi bolalarga, agar preparat dozasi 250 mg dan kamroq bo‘lsa, shuningdek preparat dozasi 250 mg karra bo‘lmasa, ya'ni bir necha tabletkalarni qabul qilish yordamida 250 mg ga erishilmasa yoki patsiyent tabletkani yutolmasa, ichga qabul qilish uchun levetiratsetam eritmasi buyurilishi kerak.
Preparatning eng samarali kam dozasidan foydalanish kerak. Tana vazni 25 kg bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun boshlang‘ich doza kuniga ikki marta 250 mg ni tashkil etadi. Maksimal doza kuniga ikki marta 750 mg ni tashkil etadi.
Tana vazni 50 kg va undan og‘irroq bo‘lgan bolalar uchun dozalash katta yoshdagi patsiyentlardagi dozalash kabi bo‘lishi kerak.
1 oylikdan 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun qo‘shimcha terapiya
Chaqaloqlarga ichga qabul qilish uchun levetiratsetam eritmasi buyurilishi kerak.
Buyrak funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Kundalik doza mutaxassis tomonidan buyraklar funktsiyalari holatiga qarab, yakka tartibda tanlanishi kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bolalar uchun buyraklar funktsiyalari holatiga qarab, levetiratsetam dozasiga tuzatish kiritilishi kerak, chunki levetiratsetam klirensi buyraklar funktsiyalariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tavsiya buyrak funktsiyalari buzilishi bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslangan.
Jigar funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Kuchsiz darajadan o‘rtacha darajagacha jigar funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritilishi kerak emas. Og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun kreatinin klirensi buyrak yetishmovchiligini aks ettirmasligi mumkin. Shu tufayli kreatinin klirensi <60 ml/daqiqa/1,73 m2 ni tashkil etgan holatda, kundalik quvvatlovchi dozani tavsiya etilgan dozadan 50% ga qisqartirish tavsiya etiladi.
Qo‘llanish usuli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan tashqari ichga qabul qilinishi, ustidan yetarli miqdorda suyuqlik ichilishi kerak. Tabletkalar qabul qilinganidan so‘ng levetiratsetamning taxir ta'mi sezilishi mumkin. Kunduzgi doza teng dozalarda ikki marta qabul qilinish uchun bo‘linadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Xavfsizlik profili rezyumesi
Quyida taqdim qilingan noxush holatlar profili qo‘llanishga ko‘rsatmalarni barcha o‘rganib chiqqan patsiyentlar uchun platsebo-nazoratli klinik tadqiqotlar jami tahliliga asoslangan (jami levetiratsetam bilan davolangan 3416 nafar patsiyent). Ushbu ma'lumotlar tegishli ochiq tadqiqotlarda levetiratsetamdan foydalanilganda, so‘ngra kuzatuvlarda va preparat ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng qo‘llanilganda olingan ma'lumotlar bilan to‘ldirilgan. Eng tez-tez ma'lum qilinadigan noxush reaktsiyalar rinofaringit, seruyqulik, bosh og‘rishi, toliquvchanlik va bosh aylanishidan iborat bo‘lgan. Levetiratsetamning xavfsizlik profili, odatda, turli yosh guruhlarida (katta yoshdagi patsiyentlar va bolalar yoshidagi patsiyentlar) va tutqanoq kasalligida qo‘llanilishga turli tasdiqlangan ko‘rsatmalar uchun o‘xshash bo‘lgan.
Noxush reaktsiyalarning jadval shaklidagi rezyumesi
Klinik tadqiqotlarda (katta yoshdagi patsiyentlar, o‘smirlar, 2 oylikdan boshlab bolalar) va ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda ma'lum qilingan noxush reaktsiyalar quyidagi jadvalda a'zolar tizimlari va takrorlanish tezligi asosida qayd etilgan. Ularning takrorlanish tezligi quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (>1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) va juda kam hollarda (<1/10000).
MedDRA SOC (System Organ Class – a'zolar tizimlari sinfi)
Takrorlanish tezligi toifalari
juda tez-tez
tez-tez
tez-tez emas
kam hollarda
Yuqumli va parazitar kasalliklar
Rino-faringit
Infektsiya
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Trombotsitopeniya, leykopeniya
Pantsitopeniya,
neytropeniya,
agranulotsitoz
Immun tizim tomonidan buzilishlar
Eozinofiliya va tizimli simptomlar (DRESS) bilan dori preparatlari reaktsiyasi, yuqori sezuvchanlik, shu jumladan angionevrotik shish va anafilaksiya
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tizimi tomonidan buzilishlar
Anoreksiya
Tana vazni kamayishi, tana vazni oshishi
Giponatriyemiya
Psixik buzilishlar
Depressiya, jahldorlik /
agressiya, xavotirlanish,
uyqusizlik, asabiylashish/ achchiqlanish
Suitsidal urinishlar, suitsidal fikrlar, psixoz, xatti-harakat buzilishlari,
gallyutsinatsiya,
g‘azablanish, fikrlashdagi chalkashliklar, tahlikali hujum, affekt o‘zgaruvchanligi/ kayfiyat o‘zgarishlari, hayajonlanish
Yakunlangan suitsid, shaxs buzilishlari, fikrlash buzilishi,
deliriya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Seruyqulik, bosh og‘rishi
Tomir tortishishlar, muvozanat buzilishlari, bosh aylanishi, letargiya,
tremor
Amneziya, xotira buzilishi, muvozanat buzilishi / ataksiya,
paresteziya,
diqqat-e'tiborlilik buzilishi
Xoreoatetoz,
diskineziya,
giperkineziya,
yurish buzilishi,
entsefalopatiya
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Ko‘ziga ikkita bo‘lib ko‘rinish, ko‘rish xiralashishi
Eshitish a'zosi va muvozanat tizimi tomonidan buzilishlar
Muntazam bosh aylanishi
(vertigo)
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
Yo‘tal
Me'da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlar
Qorindagi og‘riq, diareya, dispepsiya, qayt qilish, ko‘ngil aynishi
Pankreatit
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar
Jigar funktsiyalari ko‘rsatkichlarining og‘ishlari
Jigar yetishmovchiligi,
gepatit
Teri va teri osti biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar
Teri toshmasi
Alopetsiya (1), ekzema, teri qichishishi
Toksik epidermal nekroliz,
Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema
Suyak, mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar
Mushak kuchsizlanishi, mialgiya
Rabdomioliz va kreatin-fosfokinaz oshishi*
Buyrak va siydik yo‘llari tomonidan buzilishlar
O‘tkir darajali buyrak yetishmovchiligi
Umumiy kasalliklar va dori yuborilgan joydagi buzilishlar
Asteniya / toliquvchanlik
Jarohatlar, intoksikatsiya va manipulyatsiyalar asoratlari
Jarohat
* yapon millatiga mansub bo‘lmagan patsiyentlarga nisbatan yapon millatiga mansub bo‘lgan patsiyentlarda ancha ko‘proq uchraydi.
Tanlangan noxush reaktsiyalar ta'rifi
Anoreksiya xavfi topiramat va levetiratset birga buyurilganida yuqori bo‘ladi.
Alopetsiya rivojlanishi bir necha holatlarida, levetiratsetam qo‘llanilishi bekor qilinganidan so‘ng sochlar o‘sishining tiklanishi kuzatilgan.
Ayrim pantsitopeniya holatlarida ilik funktsiyasi susayishi kuzatilgan.
Entsefalopatiya holatlari, odatda, davolash boshida kuzatilgan (bir necha kundan bir necha oygacha) va davolash bekor qilinganidan so‘ng o‘tib ketgan.
Bolalar yoshidagi patsiyentlar
1 oylikdan 4 yoshgacha bo‘lgan jami 190 nafar patsiyent platsebo-nazoratli tadqiqotlarda va kelgusida kuzatuvli ochiq tadqiqotlarda levetiratsetam bilan davolangan. Ushbu patsiyentlarning 60 (oltmish) nafari platsebo-nazoratli tadqiqotlarda levetiratsetam qabul qilgan. 4-16 yoshda bo‘lgan jami 645 nafar patsiyent platsebo-nazoratli tadqiqotlarda va kelgusida kuzatuvli ochiq tadqiqotlarda levetiratsetam bilan davolangan. Ulardan 223 nafari platsebo-nazoratli tadqiqotlarda levetiratsetam qabul qilgan. Har ikki bolalar yosh guruhlarida ushbu ma'lumotlar levetiratsetamning ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llanilish tajribasi bilan to‘ldirilgan.
Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda preparat xavfsizligining klinik tadqiqoti o‘tkazilgan bo‘lib, unda 12 oylik yoshgacha tutqanoq kasalligi bo‘lgan 101 nafar patsiyent ishtirok etgan. Ushbu yosh guruhida xavfsizlik nuqtai nazaridan yangi xavf omillari aniqlanmagan.
Levetiratsetamning noxush holatlar profili, umuman, turli yosh guruhlari va turli ro‘yxatdan o‘tkazilgan tutqanoq kasalligida qo‘llanilishga ko‘rsatmalar uchun o‘xshash bo‘lgan. Platsebo-nazoratli klinik tadqiqotlarda bolalar yoshidagi patsiyentlarda xavfsizlikka tegishli natijalar katta yoshdagi patsiyentlarda levetiratsetam xavfsizligi profiliga o‘xshash bo‘lgan, psixik va xatti-harakat noxush reaktsiyalari bundan mustasno bo‘lib, ular katta yoshdagi patsiyentlarga nisbatan bolalarda ko‘proq qayd etilgan. 4-16 yoshda bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qayt qilish (juda tez-tez, 11,2%), qattiq hayajonlanish (tez-tez, 3,4%), kayfiyat o‘zgarishi (tez-tez, 2,1%), affekt o‘zgaruvchanligi (tez-tez, 1,7%), agressiya (tez-tez, 8,2%), xatti-harakat buzilishi (tez-tez, 5,6%) va lanjlik (tez-tez, 3,9%) boshqa yosh guruhlariga yoki umumiy xavfsizlik profiliga nisbatan ko‘proq qayd etilgan. 1 oylikdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda achchig‘lanish (juda tez-tez, 11,7%) va muvozanat buzilishi (tez-tez, 3,3%) boshqa yosh guruhlariga yoki umumiy xavfsizlik profiliga nisbatan ko‘proq ma'lum qilingan.
Bolalarda xavfsizlikning qo‘sh yashirin platsebo-nazoratli tadqiqotida (nol gipoteza solishtirilayotgan preparatlar tengligi) partsial tutqanoq kasalligi xurujlari bo‘lgan 4-16 yoshdagi bolalarda levetiratsetamning kognitiv va psixonevrologik funktsiyalarga ta'siri baholangan. Diqqat-e'tibor va xotira ko‘rsatkichlari (Leyter R shkalasi asosida) va bayonnoma asosida populyatsiyada xotira skriningini tarkibiy baholash bo‘yicha o‘zgarishlarga nisbatan levetiratsetamning platsebodan (yomon tarafga) farq qilmasligi haqida xulosa chiqarilgan. Validlangan vositalardan (Axenbaxning bola xatti-harakatini kuzatish varag‘idan) foydalanilgan holda standartlashtirilgan va tizimlashtirilgan o‘lchov asosidagi xatti-harakat va ruhiy soha bilan bog‘liq natijalar levetiratsetam qabul qilgan patsiyentlarda agressiv xatti-harakatning kuchayganligidan dalolat bergan.
Biroq uzoq muddatli kulgusi kuzatuvli ochiq tadqiqotda levetiratsetam qabul qilgan ishtirokchilarda o‘rtacha darajali xatti-harakat va emotsional faoliyatda yomonlashish qayd etilmagan. Shu jumladan, agressiv xatti-harakat ko‘rsatkichlari dastlabki darajalardan yomon bo‘lmagan.
Nojo‘ya reaktsiyalar ehtimoli haqida ma'lum qilish
Preparatning taxmin qilinadigan nojo‘ya reaktsiyalari haqida ma'lumotlarning taqdim qilinishi dori preparati xavf/foyda nisbatining uzluksiz monitoringini amalga oshirish imkoniyatini beradigan juda muhim payt hisoblanadi. Tibbiyot xodimlariga har qanday taxmin qilinadigan noxush reaktsiyalar haqida axborotni yo‘riqnoma oxirida ko‘rsatilgan aloqa bog‘lash ma'lumotlari orqali, shuningdek milliy axborot to‘plash tizimi orqali taqdim qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Levetiratsetamga, pirrolidonning boshqa hosilalariga yoxud yordamchi moddalarning istalgan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlar
Katta yoshdagi patsiyentlar orasida ro‘yxatdan o‘tkazilgungacha klinik tadqiqotlar ma'lumotlari levetiratsetam mavjud tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlarning (fenitoin, karbamazepin, valproat kislotasi, fenobarbital, lamotrigin, gabapentin va primidon) qon zardobidagi kontsentratsiyasiga ta'sir etmasligidan dalolat beradi va ushbu tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlar levetiratsetam farmakokinetikasiga ta'sir etmaydi. Katta yoshdagi patsiyentlardagi kabi kuniga 60 mg/kg gacha levetiratsetam qabul qilayotgan bolalarda dori mahsulotlarining klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Tutqanoq kasalligi bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda (4 yoshdan 17 yoshgacha) farmakokinetik o‘zaro ta'sirning retrospektiv baholanishi oral qo‘llaniladigan levetiratsetam bilan qo‘shimcha davolash turg‘un holatda bir vaqtda qabul qilinadigan karbamazepin va valproatning zardobdagi kontsentratsiyasiga ta'sir etmasligini tasdiqlagan. Biroq ma'lumotlar ferment kuchaytiruvchi tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan bolalarda levetiratsetam klirensining 20 foizga oshishini taxmin qilish imkonini beradi. Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Probenitsid
Kanalli sekretsiyani blokirovka qiluvchi preparat hisoblangan probenetsid (kuniga to‘rt marta 500 mg) levetiratsetamning emas, balki uning birlamchi metaboliti buyrak klirensini sekinlashtiradi. Shunga qaramay, ushbu metabolit kontsentratsiyasi quyi bo‘lib qoladi.
Metotreksat
Levetiratsetam va metotreksat birga qo‘llanilganida metotreksatning klirensi pasayishi haqida ma'lum qilingan, bu toksik darajalarga erishish ehtimoli bilan qon plazmasida metotreksat kontsentratsiyasining uzoq muddatli oshishiga olib keladi. Levetiratsetam va metotreksatni birga qabul qilayotgan patsiyentlarda qonda levetiratsetam va metotreksat kontsentratsiyalarini puxta nazorat qilish kerak.
Oral kontratseptiv preparatlar va boshqa farmakokinetik o‘zaro ta'sirlar
Kuniga 1000 mg levetiratsetamni qabul qilish oral kontratseptivlar (etinilestradiol va levonorgestrel) farmakokinetikasiga ta'sir etmagan; endokrin parametrlar (lyuteinlovchi gormon va progesteron) o‘zgarmagan. Kuniga 2000 mg levetiratsetamni qabul qilish digoksin va varfarin farmakokinetikasiga ta'sir etmagan; protrombin vaqti miqdorlari o‘zgarmagan.
Digoksin, oral kontratseptivlar va varfarin bilan birga qabul qilish levetiratsetamning farmakokinetikasiga ta'sir etmagan.
Surgi dorilar
Osmotik makrogol surgi dori ichga qabul qilish uchun levetiratsetam bilan birga qo‘llanilganida levetiratsetamning faolligi pasayganligi haqida alohida ma'lumotlar mavjud. Shunday qilib, levetiratsetam qabul qilingungacha va qabul qilinganidan so‘ng 1 soat davomida makrogolni ichga qabul qilmaslik kerak.
Ovqatlanish va alkogol
Ovqatlanish levetiratsetamning so‘rilish darajasi o‘zgarishlarini chaqirmagan, biroq so‘rilish tezligi biroz qisqargan.
Levetiratsetamning alkogol bilan o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak funktsiyalari buzilishi
Buyrak funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda levetiratsetam qo‘llanilganida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og‘ir darajali jigar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozalashni tanlashdan oldin buyrak funktsiyalari baholanishini amalga oshirish tavsiya etiladi.
O‘tkir darajali buyrak yetishmovchiligi
Juda kam hollarda levetiratsetam qo‘llanilishi o‘tkir darajali buyrak yetishmovchiligini chaqirgan bo‘lib, u preparatni qabul qilish boshlangandan so‘ng bir necha kun yoki bir necha oydan keyin rivojlangan.
Qonning hujayraviy tarkibi
Kam hollarda levetiratsetam bilan davolash sharoitida, ayniqsa, davolash boshlanishida qonning hujayraviy tarkibi pasayishi (neytropeniya, agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya va pantsitopeniya) haqida ma'lum qilingan. Madorsizlik, isitmalash, qaytalanuvchi infektsiyalar yoki qon quyulishi buzilishidan shikoyatlari bo‘lgan patsiyentlarga qonning hujayraviy tarkibining to‘liq tahlilini amalga oshirish tavsiya etiladi.
O‘z joniga suiqasd qilish (suitsid)
Tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlar (shu jumladan, levetiratset) qabul qilgan patsiyentlarda o‘z joniga suiqasd qilish, o‘z joniga suiqasd qilishga urinishlar holatlari, suitsidal fikrlar va xatti-harakatlar haqida ma'lum qilingan. Tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlarning randomizatsiyalangan platsebo-nazoratli tadqiqotlarida meta-tahlili suitsidal fikrlar va xatti-harakatlar xavfi biroz oshishi tasdiqlangan. Ushbu xavf mexanizmi ma'lum emas.
Shu sababli patsiyentlar depressiyalar va/yoki suitsidal fikrlar va xatti-harakatlar belgilari yuzasidan kuzatilishi va tegishli davolash tanlanishi kerak. Patsiyentlarga (va ularga qarovchi shaxslarga) depressiyalar va/yoki suitsidal fikrlar yoki xatti-harakatlar belgilari paydo bo‘lgan holatda tibbiy yordam uchun murojaat qilish tavsiya etilishi kerak.
Me'yordan tashqari agressiv xatti-harakat
Levetiratsetam psixotik simptomlarni va xatti-harakat o‘zgarishlarini, shu jumladan, asabiylashish va agressivlikni chaqirishi mumkin. Levetiratsetam bilan davolangan patsiyentlar o‘zlarida kayfiyat va shaxsning jiddiy o‘zgarishlaridan dalolat beruvchi psixik belgilar paydo bo‘lishi nuqtai nazaridan tekshiruv o‘tkazishlari kerak. Bunday o‘zgarishlar aniqlangan holatda davolashni o‘zgartirish va preparat qo‘llanilishini bekor qilish imkoniyati haqida o‘ylab ko‘rish kerak.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar
Tabletkalar 16 yoshdan kichik yoshdagi bolalar uchun qo‘llanilishga mo‘ljallanmagan.
Bolalarda qo‘llanilishiga doir mavjud ma'lumotlar o‘sish va jinsiy yetilishga ta'sirni nazarda tutmaydi. Biroq bolalarda ta'lim olish, aqliy qobiliyat, o‘sish, endokrin funktsiyaga, jinsiy yetilishga va reproduktiv potentsialga uzoq muddatli ta'sir hozircha o‘rganilmagan.
Letiram® 750 mg tabletkalari allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan sariq sanset bo‘yoq moddasini saqlaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Reproduktiv yoshdagi ayollar
Reproduktiv yoshdagi ayollar shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda levetiratsetam bilan davolash zaruriyatini qayta ko‘rib chiqish kerak. Boshqa tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlardagi kabi preparat qo‘llanilishini to‘satdan bekor qilishdan saqlanish kerak, chunki bu bekor qilishning tomir tortishish xurujlarini chaqirishi, bu esa ona uchun ham, tug‘ilmagan bola uchun ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Barcha holatlarda monoterapiya tanlanishi kerak, chunki turli tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlarning birga qo‘llanilishi, qo‘llaniladigan tutqanoq kasalligiga qarshi preparatlarga qarab, monoterapiyaga nisbatan tug‘ma anomaliyalar rivojlanishining yuqori xavfi bilan birga kechishi mumkin.
Homiladorlik
Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda, homiladorlikning birinchi uch oyligida monoterapiya sifatida levetiratsetam qabul qilgan 1800 nafardan ko‘proq homilador (1500 ta holatda ekspozitsiya homiladorlikning birinchi uch oyligiga to‘g‘ri kelgan) haqida ma'lumotlar to‘plangan. Ushbu ma'lumotlar og‘ir darajali tug‘ma rivojlanish nuqsonlari xavfi oshishidan dalolat beradi. Homiladorlik vaqtida levetiratsetam qabul qilgan ayollarning bolalarida neyro-rivojlanish haqida faqat cheklangan ma'lumotlar bor. Biroq hozirgi vaqtda mavjud epidemiologik ma'lumotlar (taxminan 100 nafar bola) bolalarda neyro-rivojlanish buzilishi yoki sekinlashishi xavfi oshishidan dalolat bermaydi.
Agar levetiratsetamning qo‘llanilishi puxta tahlil qilinganidan so‘ng klinik zaruriyat deb hisoblansa, levetiratsetam homiladorlik vaqtida qo‘llanilishi mumkin. Ushbu holatda eng samarali kam doza buyurilishi kerak.
Homiladorlik vaqtida paydo bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar levetiratsetam kontsentratsiyasiga ta'sir etishi mumkin. Homiladorlik vaqtida plazmada levetiratsetam kontsentratsiyasi kamayishi qayd etilgan. Ushbu kamayish homiladorlikning uchinchi uch oyligida yaqqolroq ifodalanadi (homiladorlikka qadar dastlabki kontsentratsiyaning 60 foizigacha). Levetiratsetam qabul qilayotgan homilador ayollar klinik kuzatilishi kerak.
Ko‘krakdan emizish davri
Levetiratsetam odam ko‘krak sutida chiqariladi. Shu tufayli emizish tavsiya etilmaydi. Biroq ko‘krakdan emizish vaqtida levetiratsetam bilan davolash zarur bo‘lsa, ko‘krakdan emizish muhimligi hisobga olingan holda davolash foydasi va xavfini solishtirish kerak.
Fertillik
Eksperimental ma'lumotlar levetiratsetamning fertillikka ta'sirini aniqlamagan. Klinik ma'lumotlar yo‘q, odam uchun xavf ehtimoli ma'lum emas.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Levetiratsetam minimal yoki o‘rtacha darajada transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etadi. Shaxsiy ta'sirchanlik farqlari ehtimollari tufayli patsiyentlar, ayniqsa, davolash boshlanishida yoki doza oshirilganidan so‘ng markaziy nerv tizimi bilan bog‘liq seruyqulik yoki boshqa simptomlarni boshdan kechirishlari mumkin. Shu tufayli patsiyentlarga muayyan malakalar talab qiluvchi vazifalarni bajarishda, masalan, transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Preparat transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etmasligi aniqlangungacha patsiyentlarga transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya etiladi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Simptomlari
Levetiratsetam dozasi oshirib yuborilgan holatda, seruyqulik, xavotirlanish, agressivlik, fikrlash darajasi pasayishi, nafas yetishmovchiligi va og‘ir behushlik holati kuzatilgan.
Davolash
O‘tkir darajali doza oshirib yuborilgan holatda, me'dani yuvish yoki qayt qilishni chaqirish orqali tozalab tashlash mumkin. Levetiratsetam uchun maxsus antidot yo‘q. Doza oshirib yuborilgan holatda qo‘llaniladigan choralar simptomatik bo‘lishi kerak va gemodializni o‘z ichiga olishi mumkin. Dializ samaradorligi levetiratsetam uchun 60% va birlamchi metabolit uchun 74% ga teng.
Ishlab chiqarilish shakli
PVX/PE/PVDX/alyuminiy folgadan tayyorlangan blisterda qobiq bilan qoplangan 10 tadan tabletka joylashtirilgan. 3 yoki 6 ta bunday blister patsiyentlar uchun tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton o‘ramga joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti
25˚S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ram idishda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Qayd etilgan oyning so‘nggi kuni yaroqlilik muddati tugagan sana hisoblanadi.
Dori preparatlarini maishiy chiqindilarga yoki oqova suvga tashlab yubormaslik kerak. Kelgusida keragi bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlab yuborish zarur hollarda, farmatsevt bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhit ifloslanishi oldini olishga yordam beradi.
Dorixonalardan berilish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Qayd etish guvohnomasining egasi
«EGIS farmatsevtika zavodi» YoAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘chasi, 30-38
VENGRIYa
Ishlab chiqaruvchi
Rontis Hellas S.A.
P.O. Box 3012, Larisa Industrial Area,
41004 Larisa, Gretsiya.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
YoAJ “Farmatsevticheskiy zavod EGIS” O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Toshkent sh., Afrosiab ko‘ch. 4B uy,
Tel. (99878) 140 44 90
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.