Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Selestoderm V garamitsin bilan surtma 0.1% 30g
Selestoderm V garamitsin bilan surtma 0.1% 30g
Nomi | Narx | |||||
Целестодерм В с гарамицином мазь 0,1% 30,0 (A105305##2 055) |
UZS 64 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бетаметазон, гентамицин
Страна производитель
Бельгия
Дозировка
30г
Производитель
Schering-Plough Central East AG, Швейцария
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Крем для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Selestoderm-V® s Garamitsinom
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) betametazon, gentamitsin (betamethasone, gentamycin)
Dori shakli
surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 1 mg betametazonga ekvivalent betametazon valerati va 1 mg gentamitsinga ekvivalent gentamitsin sulfati;
yordamchi moddalar oq, yumshoq parafin, mineral moyi.
Ta'rifi yot kiritmalarsiz, deyarli oq rangdan och-sariq ranggacha bo‘lgan bir xil surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Dermatologiyada qo‘llash uchun kortikosteroidlar. Kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada. Betametazon antibiotiklar bilan birga.
ATX kodi D07SC01.
Farmakologik xususiyatlari
Selestoderm-V® s Garamitsinom o‘zida betametazon valeratining yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi ta'sirini va gentamitsin sulfatining keng antibiakterial ta'sir doirasini o‘z ichiga oladi. Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlari) ga va grammanfiy bakteriyalar Aerobacter aerogenes, Escherihia coli, Proteus vulgaris va boshqalarga nisbatan faol.
Farmakokinetikasi
Selestoderm-V® s Garamitsinom preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Glyukokortikosteroidlar bilan davolash mumkin bo‘lgan dermatozlar gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan ikkilamchi infektsiya bilan asoratlangan yoki asoratlarga gumon qilingan ekzema (atopik, bolalar, tangasimon), anogenital va qariyalardagi qichishish, kontakt dermatit, seboreyali dermatit, neyrodermit, intertriginoz dermatit, quyosh ta'siridagi dermatit, eksfoliativ dermatit, staz-dermatit va psoriazda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Surtma terining barcha shikastlangan sohasiga sutkada 2 marta – ertalab va kechqurun yupqa qavat qilib surtiladi.
Preparatni surtish soni kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda shaxsiy ravishda belgilanadi. Yengil hollarda sutkada 1 marta qo‘llanadi, og‘irroq shikastlanishlarda ko‘proq qo‘llashga zarurat tug‘ilishi mumkin. Davolash davomiyligi kasallikni o‘lchamlari va joylashishiga, shuningdek bemorning davolashga bo‘lgan javobiga bog‘liq. Ammo, agar 3-4 hafta davomida klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashhisni qayta ko‘rib chiqish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat bilan davolashda nojo‘ya reaktsiyalar kam kuzatiladi va sezuvchanlikni oshishi, toshmalar va terining pigmentatsiyasini o‘z ichiga oladi.
Uzoq muddat qo‘llanganida va/yoki yuqori dozalarda qo‘llanganida, shikastlangan sohalarga
surtilganida terining atrofik o‘zgarishlari, teleangioektaziyalar, striyalar, steroidli akne, rozatseya, shuningdek perioral dermatit va gipertrixoz kabi samaralar rivojlanishi mumkin. Tizimli samaralarni (gipokortitsizm, diabet, osteoporoz) rivojlanishi mumkinligini hisobga olish lozim.
Gentamitsin bilan davolash terini vaqtinchalik ta'sirlanishi (eritema va qichishish) bilan kechishi mumkin, ular odatda davolashni bekor qilishni talab qilmaydi.
Okklyuzion bog‘lovlar ostiga mahalliy kortikosteroidlar qo‘llanganida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin achishish hissi, qichishish, ta'sirlanish, terining quruqligi, follikulit, gipertrixoz, aknesimon toshmalar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit va allergik kontakt dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, teri atrofiyasi, striyalar va issiqlik toshmasi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Terining aniqlangan infektsiyalari (virusli, bakterial, shu jumladan tuberkulezli, o‘tkir zamburug‘li), akne. Preparatni uning faol moddalariga yoki har-qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Lateksni cho‘zilishga nisbatan mustahkamligini pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Selestoderm-V® s Garamitsinom surtmasi oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Selestoderm-V® s Garamitsinom surtmasi qo‘llash fonida terini ta'sirlanishi yoki yuqori sezuvchanlikni ko‘rinishlari paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va bemorga adekvat davolashni tanlash kerak.
Tizimli glyukokortikosteroidlarning har qanday nojo‘ya samaralari, shu jumladan buyrak usti bezi po‘stlog‘i faoliyatini susayishi, glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida ham, ayniqsa chaqaloqlarda va bolalarda aniqlanishi mumkin.
Aminoglikozid guruhi antibiotiklari bilan kesishgan allergik reaktsiyalar kuzatilgan.
Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida, agar davolash terining katta yuzalarida o‘tkazilayotgan bo‘lsa yoki okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida, shuningdek uzoq muddatli davolashda ularni tizimli so‘rilishi yuqoriroq bo‘ladi. Tegishli ehtiyotkorlik choralariga, ayniqsa chaqaloqlar va bolalarni davolashda rioya qilish lozim.
Mahalliy qo‘llanganida gentamitsinni tizimli so‘rilishi terining katta yuzalarini davolashda, ayniqsa uzoq muddatli davolashda yoki terining butunligi buzilganida yuqoriroq bo‘ladi. Bunday hollarda gentamitsinni tizimli so‘rilishi bilan bog‘liq nohush holatlar paydo bo‘lishi mumkin. Tegishli ehtiyotkorlik choralariga, ayniqsa chaqaloqlar va bolalarni davolashda rioya qilish lozim.
Antibiotiklarni uzoq muddat mahalliy qo‘llash ba'zida sezgir bo‘lmagan mikroflorani, shu jumladan zamburug‘li mikroflorani o‘sishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ta'sirlanish, sensibilizatsiya yoki superinfektsiya rivojlangan hollarda davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish lozim.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Mahalliy glyukokortikosteroidlarni homiladorlarda qo‘llashning xavfsizligi isbotlanmagan. Bu guruh preparatlarni homiladorlik davrida faqat ayol uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish mumkin. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni yuqori dozalarda yoki uzoq muddat qo‘llash mumkin emas.
Kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash tizimli so‘rilishi tufayli ularni ona sutida paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi aniqlanmagan. Emizishni to‘xtatish yoki preparatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni preparatni onada qo‘llashning zaruratini hisobga olib qabul qilish kerak.
Bolalar. Bolalar gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimining susayishini chaqiruvchi mahalliy kortikosteroidlarning ta'siriga katta yoshli patsiyentlarga qaraganda ko‘proq moyil bo‘ladilar. Bu bolalarda teri yuzasining maydonini tana vazniga nisbati qiymatining kattaligi tufayli preparatni ko‘proq so‘rilishi bilan bog‘liq. Mahalliy kortikosteroidlarni qabul qilayotgan bolalarda gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini susayishi, Kushing sindromi, o‘sishni kechikishi, tana vaznini oshishini kechikishi, bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Bolalarda buyrak usti bezi po‘stlog‘i faoliyatini susayish simptomlari qon plazmasida kortizolning darajasini pasayishi va AKTG rag‘batlantirishiga javobning yo‘qligini o‘z ichiga oladi. Bosh miya ichki bosimini oshishi liqildoqni bo‘rtishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ruv nervlari disklarining ikki tomonlama shishi bilan namoyon bo‘ladi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy kortikosteroidlar uzoq muddat yoki haddan ziyod ko‘p miqdorda mahalliy qo‘llanganida buyrak usti bezi po‘stlog‘ining ikkilamchi yetishmovchiligini rivojlanishi va giperkortitsizm simptomlarini, shu jumladan Kushing sindromini paydo bo‘lishi bilan kechuvchigipofizar-adrenal tizimining faoliyatini susaytirishi mumkin.
Gentamitsinning dozasini bir marta oshirib yuborilishi dozani oshirib yuborilishi simptomlarini paydo bo‘lishiga olib kelmagan. Gentamitsinni haddan ziyod ko‘p miqdorda yoki uzoq vaqt qo‘llash antibiotikka sezgir bo‘lmagan mikroflorani o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Davolash. Tegishli simptomatik davolash buyuriladi. Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchandir. Agar zarurati bo‘lsa elektrolit disbalansini to‘g‘rilash amalga oshiriladi. Surunkali toksik ta'siri bo‘lgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi. Rezistent mikroorganizmlarni xaddan tashqari o‘sib ketgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
15 g yoki 30 g dan alyumin tubalarda. 1 tubadan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
.
Shering-Plau Labo N.V., Xeyst-op-den-Berg, Belgiya
Qayd etish guvohnomasining egasi
Shering-Plau Sentral Ist AG, Veyshtrasse 20 SN-6000 Lyutsern 6, Shveytsariya.
Schering-Plough Central East AG, Weystrasse 20 CH-6000, Lucerne 6, Switzerland.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.