Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kokarboksilaza gidroxloridi 50 mg in'ektsion eritma tayyorlash uchun liofilizat №10 (Biofarma Ukraina)
Kokarboksilaza gidroxloridi 50 mg in'ektsion eritma tayyorlash uchun liofilizat №10 (Biofarma Ukraina)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol modda
Preparatning savdo nomi
Kokarboksilaz gidroxlorid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) kokarboksilaza gidroxloridi
Dori shakli
in'ektsion eritma tayyorlash uchun liofilizat.
Tarkibi
1 ampula yoki flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda
50 mg kokarboksilaza gidroxloridi;
yordamchi modda natriy karbonati.
Ta'rifi oq rangli, biroz o‘ziga xos hidli, gigroskopik, g‘ovak massa.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni to‘g‘rilovchi vosita.
ATX kodi A11DA.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Kokarboksilaza modda almashinuv jarayonlarini boshqaruvchi fermentlarning oqsilsiz tarkibiy qismi (kofermenti) dir. Organizmda tiamindan uni fosforlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Ayniqsa uglevodlar almashinuvida, xususan, ketokislotalarning (pirouzum, α-ketoglyutar va boshqa) oksidlanishli dekarboksillanishida, shuningdek glyukozaning parchalanishini pentozofosfat yo‘lida muhim rol o‘ynaydi. Organizmda sut va pirouzum kislotalarning darajasini pasaytiradi, glyukozaning o‘zlashtirilishini, nerv to‘qimasini trofikasini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini normallashishiga yordam beradi.
Kokarboksilaza V1 gipovitaminozi va avitaminozini davolash uchun qo‘llanmaydi, chunki uning biologik xususiyatlari tiaminning xususiyatlari bilan to‘liq to‘g‘ri kelmaydi.
Farmakokinetikasi
Organizmda to‘planmaydi. Siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kelib chiqishi diabetik bo‘lgan atsidoz; jigar va diabetik koma, prekomatoz holatlar; jigar va buyrak yetishmovchiligi; o‘pka-yurak yetishmovchiligidagi nafas atsidozi, qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi, ekstrosistoliya, paroksizmal taxikardiya, xilpillovchi aritmiya va ritmning boshqa buzilishlari bilan kechuvchi yurak kasalliklari, tarqoq sklerozning yengil shakllari, preeklampsik holatlar va eklampsiya, periferik nevritlar, uglevodlar almashinuvini yaxshilashni talab qiluvchi turli patologik jarayonlar.
Qo‘llash usullari va dozalari
Odatda majmuaviy davolashning komponenti sifatida qo‘llanadi. Mushak ichiga, kam hollarda - teri ostiga yoki vena ichiga yuboriladi. Yuborishdan oldin ampulaning ichidagisi 2 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi. Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun hajmni 10-20 ml yetkazish, tomchilab yuborganda esa, 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasini qo‘shib, 200-400 ml ga yetkazish kerak. Yuborish uchun doza kasallikning xarakteri va patsiyent holatining og‘irligini hisobga olib, shaxsiy ravishda belgilanadi. Kattalarga sutkada 50-100 mg dan bir marta yuboriladi. Davolash kursi 15-30 kun. Zarurati bo‘lganida (diabetik komada) ko‘rsatilgan doza 1-2 soatdan keyin takroran yuborilishi mumkin. Keyinchalik tutib turuvchi davolashga o‘tiladi –
50 mg dan sutkada 1 marta. O‘tkir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida sutkada 3 marta 100-150 mg (4-6 ml) dan vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab (5% li glyukoza eritmasida) 100-150 mg (4-6 ml) dan 1-1,5 oy davomida yuboriladi.
Bolalarga teri ostiga yoki mushak ichiga yuboriladi tug‘ilganidan boshlab hayotining uch oyligigacha - 25 mg dan sutkada 1 marta; 4 oylikdan 7 yoshgacha - 25-50 mg sutkada 1 marta, 8-18 yoshda – 50-100 mg sutkada 1 marta. Zarurati bo‘lganida ko‘rsatilgan sutkalik dozalarni ikki qabulga bo‘lib yuborish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, shu jumladan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Simptomlari qichishishdan, teri toshmasidan, eshakemidan to anafilaktik shokkacha bo‘lishi mumkin; vena ichiga yuborilganda – in'ektsiya joyida giperemiya, qichishish, shish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Kokarboksilazaga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri.
Kokarboksilaza yurak glikozidlarining kardiotonik ta'sirini kuchaytiradi va ularning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.
Nomutanosiblik. Tayyorlangan eritmani boshqa dori vositalari bilan qo‘llash mumkin emas. Faqat o‘ramiga joylangan erituvchi ishlatilsin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Majmuaviy davolashni o‘tkazishda kokarboksilazani yurak glikozidlarining kardiotonik ta'sirini kuchaytirish xususiyatini hisobga olish lozim. Xilpillovchi aritmiyada preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Kokarboksilaza gidroxloridini homiladorlarni davolash uchun yoki emizish davrida qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni bu davrda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Bolalar.
Tug‘ilganidan boshlab qo‘llanadi. Preparat vena ichiga qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir etish qobiliyati. Tekshirilmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya reaktsiyalari yaqqolroq shaklda ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Preparatni qo‘llashni to‘xtatish, nafasni va yurak-tomir tizimining faoliyatini me'yorlashtirishga qaratilgan simptomatik davolash tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
50 mg dan preparat ampulalarda. 2 ml dan erituvchi ampulalarda.
5 yoki 10 preparatli ampuladan qutida, yoki 5 yoki 10 preparatli ampulalar va 5 yoki 10 erituvchili ampulalar qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘lik ta'siri himoyalash uchun original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«BIOFARMA» XAJ, Ukraina;
«FZ «BIOFARMA» MChJ, Ukraina.
Manzili
Ukraina, 03038, Kiyev sh., N.Amosov ko‘ch., 9
Ukraina, 09100, Kiyevskaya oblast, g. Belaya Serkov, ul. Kiyevskaya, 37.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.