Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dyufalak Mama & Baby ichga qabul qilish uchun eritma 667mg/ml 200ml
Nomi | Narx | |||||
ДЮФАЛАК MAMA & BABY р-р д/внутрь 667мг/мл 200мл (370692##1562) |
UZS 58 400
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
ДЮФАЛАК MAMA & BABY р-р д/внутрь 667мг/мл 200мл (370692##1564) |
UZS 58 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лактулоза
Страна производитель
Нидерланды
Дозировка
667 мг/мл 100 мл
Производитель
Abbott Healthcare Products B.V.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dyufalak® Mama & Baby
Ta'sir etuvchi modda (XPN) laktuloza
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 667 mg laktuloza;
0,1% olxo‘ri aromatizatori (hajmiy nisbatda),
yordamchi moddalar 1.00 ml gacha tozalangan suv
Ta'rifi rangsizdan jigarrang tusli, och-sariq ranggacha bo‘lgan olxo‘ri hushbo‘yli tiniq, qovushqoq suyuqlik
Farmakoterapevtik guruhi
surgi vositasi.
ATX kodi A06AD11
Farmakologik xususiyatlari
Yo‘g‘on ichak florasining ta'siri ostida, laktuloza past molekulyar organik kislotalargacha parchalanadi. Kislotalar yo‘g‘on ichakda rN ni kamaytirishga yordam beradi va osmotik ta'siri ostida ichak ichidagisining xajmini oshishiga olib keladi. Bu yo‘g‘on ichak peristaltikasini rag‘batlantiradi va axlat massasining konsistentsiyasini me'yorlashtiradi, bu qabziyatni bartaraf etish va yo‘g‘on ichakning fiziologik ritmini tiklashga yordam beradi.
Jigar entsefalopatiyasida (JE) laktulozaning ta'siri atsidofil bakteriyalarning (masalan laktobakteriyalar) miqdorini oshishi, yo‘g‘on ichak tarkibining nordonlashuvi hisobiga ammiakni ion shaklga transformatsiyasi, past rN va osmotik samara tufayli yo‘g‘on ichakni bo‘shashi, shuningdek oqsil sintezi uchun bakteriyalar tomonidan sarf etilishini kuchayishi yo‘li bilan azotli birikmalarning bakterial metabolizmini o‘zgarishi natijasida proteolitik bakteriyalarning o‘sishini susaytirilishi bilan izohlanadi.
Ayni paytda jigar entsefalopatiyasining barcha psixonevrologik simtomlari faqat giperammoniyemiya natijasida yuz bermasligini tushunish juda muhimdir. Biroq ammiak boshqa azotli moddalarni shakllanishi uchun substrat bo‘lib xizmat qiladi.
Laktuloza, prebiotik vositasi kabi, organizm uchun foydali bo‘lgan bifido va laktobakteriyalarni o‘sishiga yordam beradi, ayni paytda klostridiy va ichak tayoqchasi kabi potentsial patogen bakteriyalarning o‘sishi esa bostirilishi mumkin. Bu ichak florasining yanada yaxshi muvozanati shakllanishiga yordam beradi.
Kolonoskopiyaga tayyorlashda ichaklarni tozalash sxemasi buyurilgan muolaja arafasida kechki payt bisakodil (10 mg) va muolaja o‘tkaziladigan kunda 12,5% (m/m) laktuloza eritmasi. Bisakodil – rag‘batlantiruvchi ta'sirli surgi dori, laktuloza – osmotik xususiyatlarga ega surgi dori hisoblanadi. Farmakodinamik samarasi kuchli ichni suradigan ta'sir va diareyani rivojlantirishdan iborat. Ichaklar asta-sekin bo‘shaydi va tozalanadi.
Farmakokinetikasi
Laktuloza ichga qabul qilingandan keyin yomon so‘riladi va yo‘g‘on ichakka o‘zgarmagan holda tushadi, bu yerda ichak florasi tomonidan metabolizmga uchraydi. 25-50 g yoki 40-75 ml dozalarda to‘liq metabolizmga uchraydi; yuqoriroq dozalarda qisman o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin.
Qo‘llanilishi
• Qabziyat yo‘g‘on ichakni bo‘shalishini fiziologik ritmini boshqarish;
• Ahlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish (gemorroy, yo‘g‘on ichakda va anal yorig‘i sohasidagi operatsiyalardan keyingi holatlar);
• Jigar entsefalopatiyasi jigar komasi yoki prekomasini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi. ( katta yoshdagi patsiyentlar);
• Katta yoshdagi patsiyentlarni kolonoskopiyaga tayyorlashda ichaklarni tozalashda qo‘llaniladi;
• Katta yoshdagi patsiyentlarda prebiotik kabi ichaklar mikroflorasining sog‘lom muvozanatini yaratishga va ta'minlashga yordam beradi hamda ichaklarga kaltsiy va magniy so‘rilishini rag‘batlantiradi (katta yoshdagi patsiyentlar).
Qo‘llash usuli va dozalari
Laktuloza eritmasini suyultirilgan holda ham, suyultirmasdan ham qabul qilish mumkin.
Dozalash patsiyentning holatiga qarab shaxsiy belgilanadi.
Qabul qilingan bir martalik dozani og‘izda tutib turmasdan, darhol yutish kerak. Kuniga bir dozani qabul qilish buyurilgan bo‘lsa, uni aynan bir vaqtda, masalan nonushta vaqtida qabul qilish kerak.
Surgi vositalari bilan davolanish vaqtida kuniga yetarli miqdorda suyuqlik (1,5-2 litr, bu 6-8 stakanga to‘g‘ri keladi) qabul qilish tavsiya etiladi.
Flakondagi preparatni dozalash uchun o‘lchov stakanchasi ishlatilishi mumkin.
Qabziyatni davolashda va axlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish uchun dozalash
Laktulozani sutkalik dozasini bir marta o‘lchov stakanchadan foydalanib yoki ikkiga bo‘lib qo‘llash mumkin. Bir necha kundan so‘ng boshlang‘ich doza davolanishga bo‘lgan javobga qarab, bir maromda tushlab turuvchi dozagacha to‘g‘rilash mumkin. Ba'zida davolash samarasi namoyon bo‘lishi uchun uchun bir necha kun (2-3 kun) kerak bo‘lishi mumkin.
Patsiyentning yoshi Boshlang‘ich sutkalik doza Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza
Kattalar va14 yoshdan
oshgan o‘smirlar15-45 ml15-30 ml
7-14 yoshli bolalar15 ml10-15 ml
1-6 yoshli bolalar5-10 ml5-10 ml
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar5 ml gacha5 ml gacha
Jigar komasi va prekomasini davolashda dozalash
(faqat kattalarda)
Ichga qabul qilish uchun
Boshlang‘ich doza 20-30 g yoki 30-45 ml dan kuniga 3-4 marta buyuriladi.
So‘ngra individual tanlangan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga shunday o‘tiladiki, bunda kuniga 2-3 marta ichi yumshoq kelishi kerak.
Rektal yuborish uchun
Shoshilinch holatlarda (komani rivojlanish xavfi yoki koma) Dyufalak® Mama & Baby tutib turuvchi huqna sifatida yuborilishi mumkin (300 ml Dyufalak® Mama & Baby/700 ml suv). Huqna 30-60 minut davomida ushlab turiladi, muolaja dori vositasi ichga qo‘llanishi mumkin bo‘lmagunicha har 4-6 soatda takrorlanishi lozim.
Bolalarda qo‘llanilishi
Bolalarda (0-18 yosh) preparatning xavfisizligi va samarasi aniqlanmagan. Ma'lumotlar yo‘q.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi.
Dozalash bo‘yicha biron-bir maxsus tavsiyalar mavjud emas, chunki laktulozaning tizimli ta'siri ahamiyatsiz hisobalanadi.
Ichaklarni tozalash uchun (katta yoshdagi patsiyentlar).
Ichaklarni tayyorlash buyurilgan muolaja arafasida kechki payt 10 mg bisakodil va kolonoskopiya o‘tkazilgungacha olti soat oldin Dyufalak® Mama & Baby preparati 1 l eritmasini qabul qilish bilan boshlanadi (masalan, muolaja o‘tkaziladigan kunda yengil nonushtadan so‘ng bir soat oldin). Patsiyentlarga kolonoskopiya o‘tkazilgungacha uch soat oldin suv yoki choy ichishga ruxsat beriladi.
Eritmani tayyorlash 12,5% laktuloza eritmasini olish uchun Dyufalak® Mama & Baby preparatini aralashtirish kerak. Bunga 200 ml preparatni 800 ml suv yoki limon sharbatida eritib aralashtirish orqali erishiladi (agar shirin ta'm tegishli ta'm sifatlariga salbiy tarzda ta'sir etsa, limon sharbatini qo‘shish eritmani kamroq shirin qilish imkonini beradi) (1 litr Dyufalak® Mama & Baby preparati = 1334 g, laktuloza tarkibi = 667 g/l, laktulozaning foizli tarkibi = 667/1334 = 50% m/m). 200 ml laktuloza va 800 ml suvdan iborat aralashma zichligi = 1067 g/l. Aralashmada laktuloza tarkibi = 133 g/l, aralashmada foizli tarkib esa, shu tarzda, quyidagilarni tashkil etadi 12,5% (m./m.).
Kolonoskopiyaga tayyorlashda ichaklarni tozalash uchun laktuloza va bisakodil qo‘llanilgan holatda, bisakodil tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomadagi xavfsizlik bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar va axborotni alohida e'tiborga olish kerak.
Bolalar yoshidagi patsiyentlarda ichaklarni tozalash uchun preparat qo‘llanilishining xavfsizligi aniq belgilanmagan.
Prebiotik kabi (katta yoshdagi patsiyentlar)
Sutkalik doza7,5 ml -15 ml laktuloza (bu bir sutkada 5 g - 10 g ga to‘g‘ri keladi) prebiotik ta'sir etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Laktulozani qabul qilishning birinchi kunlari meteorizm bo‘lishi mumkin. Odatda u bir necha kundan keyin o‘tib ketadi. Tavsiya etilgan dozalar oshirilganda, qorin sohasida og‘riq, diareya kuzatilishi mumkin, bu dozani kamaytirishni talab etadi. Yuqoridozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llangan hollarida (odatda jigar entsefalopatiyasini davolashda), patsiyentlarda diareya oqibatida elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin.
Nohush samaralarning umumiy ro‘yhati
Platsebo-nazoratli klinik tadqiqotlar jarayonida laktuloza bilan davolangan patsiyentlarda ko‘rsatilgan tez-tezlikda quyidagi noxush samaralar to‘g‘risida xabar berilgan [juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000)].
A'zo tizimlarining sinfi (MedDRAfaoliyatining normativ-xuquqi uchun tibbiy lug‘ati)
Tez-tezligi
Juda tez-tez
Tez-tez
Tez-tezemas
Kam hollarda
Immun tizim tomonidan buzilishlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik
MIY tomonidan buzilishlar
Diareya
Meteorizm, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish.
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar
Toshma, teri qichishishi, eshakemi, eritema
Laborator va asboblar tadqiqotlarining natijajalariga ta'siri
Diareya oqibati-dagi elektrolit muvozanatini buzilishi
Bolalar
Preparatni bolalarda qo‘llanganida kattalardagi kabi xavfsizlikning o‘xshash profili kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning faol komponentiga yoki faol bo‘lmagan komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik;
• galaktozemiya,
• ichak tutilishi, ichak perforatsiyasi yoki ichak perforatsiyasi xavfida qo‘llash mumkin emas;
• Dyufalak® Mama & Baby preparati eritmasi xushsiz holatdagi yoki sezish tizimi buzilgan patsiyentlarda yoxud aspiratsiya yoki qayt qilishga moyil bo‘lgan, umumiy madorsizlik, kuchli suvsizlanish yoki yutinish refleksi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ichaklarni tozalash uchun qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmagan.
Ichaklarni tozalashning boshqa sxemalaridagi kabi ichaklarni tozalash uchun Dyufalak®Mama & Baby preparati eritmasini qabul qilishgacha bir necha soat oldin, qabul qilish vaqtida yoki qabul qilgandan so‘ng bir soat doirasida ichga qabul qilingan dori preparatlari me'da-ichak yo‘lidan yuvilib ketishi yoki singimasligi/qisman singishi mumkin. Agar dori preparatining buyurilishi ichaklarni tozalashgacha ancha oldin yoki tozalash vaqtida hayot uchun xavf soladigan ko‘rsatma bo‘yicha mutlaq zarur bo‘lsa, peroral dori preparatlarini qabul qilishni muqobil qo‘llanish usuliga o‘tish bilan vaqtincha to‘xtatib qo‘yish kerak.
Boshqa surgi dorilar (masalan, bisakodil bilan) bir vaqtda qo‘llanilganida me'da-ichak yo‘li tomonidan laktulozaning nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shifokorga murojaat qilish lozim, agar
• davolashni boshlashdan oldin, qorinda noaniq sababli og‘riqlar o‘rin tutsa;
• preparat qabul qilinganidan keyin, bir necha kun davomida terapevtik samara yetarli bo‘lmasa.
Laktozani o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarga laktulozani ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Odatda qabziyatni davolash uchun qo‘llaniladigan dozani, qandli diabet bilan kasallangan patsiyentlarda to‘g‘rilash talab etilmaydi. Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda odatda preparatning yuqori dozalari buyuriladi, bu qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun hisobga olinishi lozim.
Dozani tanlamasdan preparatni uzoq muddat va noto‘g‘ri qabul qilish diareya va suv-elektrolit muvozanatini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Dyufalak® Mama & Baby laktoza, galaktoza va fruktozaning juda oz miqdorinisaqlashini hisobga olish lozim, shuning uchun galaktoza yoki fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga ushbu dori preparatini buyurish mumkin emas.
Tutib turuvchi xuqna holida yuborilganida, kuchli tozalash samarasi tufayli, axlatni tutib turolmaslik, ixtiyorsiz ich kelishi, to‘shaklarni ifloslanishi, shuningdek nordon axlat tufayli, perianal sohani shikastlanishi yuz berishi mumkin. Patsiyentda suyuqlik yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirilishi diqqat bilan kuzatib turilishi lozim.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ajralib chiqadigan sulfitlarni tarkibida saqlashimumkin.
Sulfitlar kamdan-kam hollarda og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini, shu jumladan bronxospazmni keltirib chiqarishi mumkin.
Bolalarda qo‘llanilishi
Bolalarni davolashda surgi vositalari istisno hollarda va shifokor nazorati ostida qo‘llanishi lozim.
Davolanish vaqtida bo‘shalish refleksini buzilishlari ro‘y berishi mumkinligini hisobga olish dozim.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homilaga yoki emizikli bolaga ta'siri taxmin qilinmaydi, chunki homilador yoki emizikli ayolga laktulozaning tizimli ta'siri juda kam.
Dyufalak® Mama & Baby ni homiladorlik vaqtida va emizish davrida buyurish mumkin.
Fertillik
Fertillikka preparatning biron-bir ta'siri taxmin qilinmaydi, chunki laktulozaning tizimli ta'siri juda oz.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dyufalak® Mama & Baby preparatini qo‘llash avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki juda oz ta'sir qiladi.
Diareya kolonoskopiyaga tayyorlashda, ayniqsa, bisakodil bilan kombinatsiyada ichaklarni tozalash uchun laktuloza qo‘llanilishi bilan bog‘liq kutilgan ta'sir hisoblanadi. Ko‘ngil aynishi, qayt qilish, meteorizm yoki qorin sohasida og‘riq paydo bo‘lgan holatda, preparat qo‘llanilishini sekinlashtirish yoki ushbu simptomlar ifodalanishi kamayishigacha vaqtincha to‘xtatib qo‘yish kerak. Shuningdek, preparat bilan ichaklarni tozalashda xavf guruhidagi muayyan toifali patsiyentlarda, masalan, keksa yoshdagi yoki kuchsizlangan patsiyentlarda, klinik ahamiyatli buyraklar funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda suv-elektrolit balansini puxta tekshirish talab qilinadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ichga haddan tashqari yuqori dozalarda qabul qilinganida qorinda og‘riq va diareya ro‘y berishi mumkin.
Davolash dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak, diareya yoki qusish oqibatida ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotilganida elektrolit disbalansini muvofiqlashtirish kerak.
Chiqarilish shakli
667 mg/ml ichga qabul qilish uchun eritma.
200 mldan oq rangli yuqori zichlikdagi polietilen, birinchi marta ochish nazoratiga ega, buraladigan polipropilen qopqoqli flakonlarda. Qopqoq ustiga o‘lchov stakanchasi bo‘lib xizmat qiluvchi plastik qopqoqcha (polipropilendan) kiydiriladi. Flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoitlari
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Ebbott Biolodjikalz B.V., Niderlandiya/Abbott Biologicals B.V., The Netherlands.
Manzili
Veyerveg 12,8121 AA Olst, Niderlandiya/Veerweg 12,8121 AA Olst, The Netherlands.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Abbott Laboratories GmbH” kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, 100015, Toshkent sh., Oybek ko‘chasi, 38a yoki telefon orqali O‘zbekistonda +998781290550 (sutka davomida). Email pv.cis@abbott.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.