Glitserin MR rekt. supp. 1.24g №10
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
1,24 г
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Узбекистан
Yoʻriqnoma: Glitserin MR rekt. supp. 1.24g №10
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
MR GlitserinTa'sir etuvchi modda (XPN): Glitserol
Dori shakli
Rektal suppozitoriylarTarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:faol modda: glitserol – 1,24 g yoki 2,11 g;
yordamchi moddalar: stearin kislotasi, natriy karbonat dekagidrati, polietilenglikol 400.
Ta'rifi
tiniq yoki yarimtiniq, deyarli rangsiz yoki sarg‘ish-jigarrang tusli rangli, torpedosimon shaklli suppozitoriylar. Gigroskopik,Farmakoterapevtik guruhi
Surgi vositasi.ATX kodi: A06AG04
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Surgi vositasi bo‘lib, qotgan ahlat massalarini yumshatadi, ularni yo‘g‘on ichak bo‘ylab o‘tishini yengillashtiradi, ichak shilliq qavatiga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatib, ichak motorikasini reflektor rag‘batlatlantiradi.Farmakokinetika
Rektal qo‘llanganda deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali qabziyat, shu jumladan homiladorlik va emizish davrida simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.Defekatsiya vaqtida kuchanish mumkin emas bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal qo‘llanadi. Ovqat qabul qilinganidan keyin 15-20 minut o‘tgach buyuriladi.Suppozitoriylar 2,11 g: kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta buyuriladi.
Suppozitoriylar 1,24 g: hayotining birinchi kunlaridan boshlab qo‘llashga ruxsat beriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta uyuriladi.
Zarurati bo‘lganida doza sutkada 2 suppozitoriygacha oshiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, mahalliy reaktsiyalar (terini qichishishi va achishishi). Uzoq muddat qo‘llanganida – ich kelishi fiziologik jarayonini susayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, zo‘riqish bosqidagi gemorroy, to‘g‘ri ichak yallig‘lanish kasalliklari va o‘smalari, qorinda sabablari aniqlanmagan og‘riqlarda qo‘llash mumkin emas.Ehtiyotkorlik bilan: buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glitserin bilan suppozitoriylar rektal qo‘llanadigan dori vositalarning ta'sirini kamaytirishi mumkin. Boshqa rektal preparatlar qo‘llash zarurati bo‘lsa, ular qo‘llash orasida 1 soatdan kam bo‘lmagan interval saqlash lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Muntazam qabul qilish tavsiya etilmaydi. Ichakni normal peristaltikasi tiklanganidan keyin davolash to‘xtatiladi. Suppozitoriylarga suyuq yoki quyuq mineral moylarni surkash mumkin emas.Qo‘llanganda ichakdan suppozitoriylarni qoldiqlari ahlat bilan chiqariladi.
Transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparatni qo‘llash transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari noma'lum. Preparat qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma muvofiq qo‘llansa dozani oshirib yuborilishi ehtimoldan uzoq.Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 1,24 g yoki 2,11 g. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda joylanadi. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.