Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Elektro plyus infuziya uchun eritma 500ml
Elektro plyus infuziya uchun eritma 500ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Натрия хлорид, хлористый калий, натрия цитрат, безводная глюкоза
Страна производитель
Китай
Производитель
Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Sichuan Kelun Pharmaceutical Co., Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Elektro plyus
Dori shakli
infuziya uchun eritma
Tarkibi
Har bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar natriy xloridi – 1,75 mg, kaliy xloridi – 1,50 mg, natriy laktati –
2,24 mg, glyukoza – 27,0 mg$
yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
regidratatsiya qiluvchi vosita.
ATX kodi B05CB
Farmakologik hususiyatlari
Ionli tarkibi bo‘yicha muvofiqlashtirilgan majmuaviy preparat.
Natriy – hujayradan tashqaridagi asosiy kation. Hujayradan tashqari suyuqlik hajmi uning kontsentratsiyasiga bog‘liq 92% kationlar va hujayradan tashqaridagi barcha osmotik faol zarrachalarning taxminan yarmi unga to‘g‘ri keladi. Xlor anioni bilan birga gomeostazni ushlab turish uchun muhim element hisoblanadi.
Kaltsiy mushaklar qisqarishi, nerv to‘qimalarida impulslarni o‘tishi, qon ivishi jarayonlarida ishtirok etadi. Qon-tomirlar devorining o‘tkazuvchanligini kamayishiga olib keladi, yallig‘lanish shishini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Kaliy – hujayra ichidagi asosiy kation. Neyronlar va mushak hujayralarini qo‘zg‘alish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Proteinlar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.
Sut kislotasi anionlari (laktat) vodorod ionlarini biriktirib olib, atsidozni bartaraf qiladi. Bikarbonatga nisbatan sekinroq ta'sir qiladi, rN muhitini keskin o‘zgarishlarini chaqirmaydi.
Glyukoza – metabolik jarayonlarni ta'minlash uchun asosiy va eng qulay energiya manbai hisoblanadi.
Shunday qilib, preparat aylanib yuruvchi qon hajmini normallashishiga, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilanishiga, atsidozni bartaraf qilishga, intoksikatsiyani kamayishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Qon tomirlar havzasiga yuborilganida natriy laktati karbonat angidridi va suv bilan o‘zaro ta'sir qilib, natriy bikarbonatini hosil qiladi, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladigan natriy laktatining faqat yarmi (L izomeri) faol hisoblanadi, qolgan yarmi esa (D izomeri) metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xloridi qon tomirlar havzasidan tez chiqariladi, u AQH (aylanib yuruvchi qon hajmi) ni vaqtinchalik oshiradi. Diurezni kuchaytiradi.
Glyukoza molekulalari organizmni energiya bilan ta'minlash jarayonlariga sarflanadi. Glyukoza to‘qimalarga borganidan so‘ng, fosforlanadi va glyukozo-6-fosfatga aylanadi, keyinchalik u moddalar almashinuviga kirishadi (metabolizmning oxirgi mahsulotlari bo‘lib karbonat angidrid gazi va suv hisoblanadi). Gistogematik to‘siqlar orqali barcha a'zolar va to‘qimalarga oson o‘tadi. Organizm tomonidan butunlay o‘zlashtiriladi, buyraklar orqali chiqarilmaydi (siydikda paydo bo‘lishi patologik belgi hisoblanadi).
Qo‘llanilishi
Shokda (jarohat, kuyish oqibatidagi, toksik) gipovolemiyani muvofiqlashtirish, o‘tkir qon yo‘qotilishini davolash, intoksikatsiya belgilari (infektsion kasalliklar, kuyish kasalligi, sepsis, gepatitni zo‘rayishi) bartaraf qilish, tromboflebitlarda, endoarteriitlarda va boshqalarda qonning qovushqoqligini pasaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga vena ichiga infuziya holida 500 ml dan 1000 ml gacha bo‘lgan eritma soatiga 300 ml dan 500 ml gacha (minutiga taxminan 80-130 tomchi) bo‘lgan tezlik bilan yuboriladi.
Bolalarga soatiga 50 ml dan 100 ml gacha bo‘lgan eritma, shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha va patsiyentning yoshi, vazni va kasallikning simptomlariga qarab yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Agar eritma katta hajmda va yuqori tezlikda yuborilgan bo‘lsa, quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar o‘pka shishi, bosh miya shishi, periferik shishlar, giperglikemiya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Giperglikemiya, alkaloz, preparatni shaxsiy o‘zlashtirolmaslik, qon ketishiga moyillik bilan kechuvchi kasalliklar (me'da-ichak yara kasalligi, gemorragik kolit, jigarni og‘ir kasalliklari), arterial gipertenziya, yurak dekompensatsiyasi, bosh miyaga qon quyilishi, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari uchun tashuvchi-eritma sifatida qo‘llanmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak yetishmovchiligi, yurak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan, qandli diabet bilan xastalangan patsiyentlar, siydik chiqarish yo‘llarini obstruktsiya oqibatida siydikni hajmi pasaygan patsiyentlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Qo‘llashdagi maxsus ko‘rsatmalar
Diurezni buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun kuniga 500 ml yoki soatiga 20 ml eritma yuborish tavsiya etiladi.
Sovuq kunlarda preparatni qo‘llashdan oldin preparatni tana xaroratigacha ilitish tavsiya etiladi.
Rezina tiqini “O” belgilangan joyidan igna bilan vertikal holatda teshilishi kerak. Rezina tiqinni igna yordamida qiya teshish eritmani oqishiga olib kelishi mumkin.
Agar o‘ramning tashqi tomonida tomchi paydo bo‘lgan bo‘lsa, yoki eritmaning rangi o‘zgargan yoki xiralashgan bo‘lsa, eritma qo‘llash uchun yaroqli emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida alkaloz belgilari rivojlanadi, agar preparatni yuborish darhol to‘xtatilsa, belgilari o‘z-o‘zidan tez o‘tib ketadi. Diurez kuchayganligi tufayli ba'zida kollaps, suvsizlanish kuzatiladi. Yuborish tezligi tez bo‘lganida arterial bosim oshishi, taxikardiya, to‘sh suyagi ortida og‘riq, qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i rivojlanishi mumkin. Agar eritmani yuborish tezligi ahamiyatli darajada kamaytirilsa yoki to‘xtatilsa, dozani oshirib yuborilish simptomlari o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Chiqarilish shakli
Eritma 500 ml dan polipropilen flakonda; bir polipropilen flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Sichuan Kelun Pharmaceutical Co., Ltd.
South of No. 2 Road, Xindu Satellite City,
Industrial Development Zone, Chengdu, Sichuan, Xitoy
Caritas Healthcare Pvt. Ltd.
316, 3rd Floor, Neelkanth-B, Opp. Seema Hotel, 100 ft.
Satellite Road, Ahmedabad – 380015 Gujarat, Hindiston
uchun ishlab chiqarilgan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.