Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Felozin NEO infuziya uchun eritma 200ml
Felozin NEO infuziya uchun eritma 200ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминокилоты
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
200 мл
Производитель
Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Felozin NEO
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) aminokislotalar L-prolin, L-serin, L-alanin, L-izoleytsin, L-leytsin, L-asparagin kislotasi, L-tirozin, L-glutamin kislotasi, L-fenilalanin, L-arginin gidroxloridi, L-lizin gidroxloridi, L-valin, L-treonin, L-gistidin gidroxloridi monogidrati, L-triptofan, L-metionin, L-tsistin/ L-tsistein gidroxlorid monogidrati, glitsin.
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1000 ml infuzion eritma quyidagilarni saqlaydi
L-prolin (C5H9NO2) /1,00 g;
L-serin (C3H7NO3) / 1,00 g;
L-alanin (C3H7NO2) / 2,00 g;
L-izoleytsin (C6H13NO2) / 3,52 g;
L-leytsin (C6H13NO2) / 4,90 g;
L-asparagin kislotasi (C4H7NO4) / 2,50 g;
L-tirozin (C9H11NO3) / 0,25 g;
L-glutamin kislotasi (C5H9NO4) / 0,75 g;
L-fenilalanin (C9H11NO2) / 5,33 g;
L-arginin gidroxloridi(C6H14N4O2*HCl) / 5,00 g;
L-lizin gidroxloridi(C6H14N2O2 HCl) / 4,30 g;
L-valin (C5H11NO2) / 3,60 g;
L-treonin (C4H9NO3) / 2,50 g;
L-gistidin gidroxloridi monogidrati(C6H9N3O2.HCl.H2O) / 2,50 g;
L-triptofan (C11H12N2O2) / 0,90 g;
L-metionin (C5H11NO2S) / 2,25 g;
L-tsistin (C6H12N2O4S2) / 0,1 g;
L-tsistein gidroxlorid
monogidrati (C3H7NO 2 S*HCl*H2O) / 0,172 g;
Glitsin (C2H5NO2 ) / 7,60 g;
Sorbit (C6H14NO6) / 50,00 g;
Natriy bisulfiti (NaHSO3) / 0,50 g;
Natriy metabisulfiti (Na2S2O5) / 0,457 g;
In'ektsiya uchun suv/ 1000 ml gacha.
Ta'rifi rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Parenteral oziqlantirish uchun preparatlar, aminokislotalar.
ATX kodi V05VA01
Farmakologik xususiyatlari
Parenteral oziqlantirish uchun L-aminokislotalarning infuzion eritmasi. Aminokislotalar - bu oqsillar sintezi uchun zarur bo‘lgan komponentlardir. Preparatda saqlanuvchi aminokislotalar L - shaklda bo‘ladi, bu oqsil biosintezida ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta'minlaydi. Aminokislotalarni saqlovchi eritmalar, energiyani tashuvchilar, elektrolitlar va suyuqlik bilan bir vaqtda organizmning holatini yaxshilash yoki tutib turish yoki tana vaznining yo‘qotilishini minimumga kamaytirish maqsadida parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi. Patologik holatlarda aminokislotalarni ekzogen yuborishning iloji bo‘lmagan sharoitlarda qon plazmasida aminokislotalarning to‘plamini ham, ayrim aminokislotalarning mutloq kontsentratsiyasi ham, ularning qon plazmasidagi foiz nisbatini tipik yaqqol o‘zgarishi rivojlanadi.
Preparat eritmasining 1 litrida 50 g aminokislota, 8 g umumiy azot saqlanadi.
Preparat barcha 8 almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni, shuningdek shartli almashtirilishi mumkin bo‘lgan L-arginin va L-gistidinni saqlaydi. L-arginin ammiakning mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘luvchi ammoniyning zaharli ionlarini bog‘lab oladi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda (oqsillar sintezi) qatnashadi, katabolik jarayonlarni sekinlashtiradi, reparatsiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intratsellyulyar suyuqliklarining gemostazini boshqaruvchi bufer tizimining bir qismi hisoblanadi. Sorbit energiya tashuvchisi hisoblanadi, jigarda fosforlanadi va fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Sorbit aldegid va keton guruhlarini saqlamasligi tufayli glyukozaga nisbatan aminokislotalarni erituvchisi sifatida yaxshiroqdir, chunki ular aminokislotalarning aminoguruhlari bilan majmuada aminokislotalarning ta'sirini pasaytiruvchi komplekslarni hosil qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Preparatning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Preparat yuborilganidan keyin aminokislotalar oqsil sinteziga kirishadilar. Proteinlar va boshqa biomolekulalarning sinteziga kirishmagan aminokislotalarning ortiqcha miqdori to‘planmaydi (yog‘ kislotalari va glyukozadan farqli ravishda), balki α-aminoguruh dezaminlanishi yo‘li bilan parchalanadi va mochevinani hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ohirgisi buyraklar orqali chiqariladi. Aminokislotalarning ozgina qismi (5%) o‘zgarmagan xolda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Quyidagilarda parenteral oqsilli oziqlantirish uchun qo‘llanadi
- turli genezli gipoproteinemiyalar va suyuqlikni yo‘qotishlari;
- operatsiyadan oldingi va keyingi davrda ovqatni odatdagidek qabul qilishni imkoniyati yo‘qligi yoki keskin cheklangani;
- katta chuqur kuyishlar (ayniqsa, kuyish oqibatidagi holdan toyish);
- jarohatlar, sinishlar, yiringli jarayonlar, sepsis;
- ichakning yallig‘lanish kasalliklari, kaxeksiya, zaharlanishlar;
- me'da-ichak yo‘llarining (MIY) havfli o‘smalari, doimiy isitmali holatlar;
- bolalarda oqsilli distrofiyalar, gipotrofiyalar, MIY nuqsonlarida qo‘llanadi.
Operatsiyadan keyingi davrda metabolik va reparativ jarayonlarni yaxshilash zarurati tug‘ilganida qo‘llanadi.
Ovqat hazm qilish, so‘rilish va chiqarilish jarayonlaridagi oqsillar almashinuvining buzilishida va unga yuqori ehtiyoj yoki uni sarf etilishi oqibatida paydo bo‘ladigan oqsil tanqisligini to‘ldirish yoki bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga (v/i) tomchilab, bemorning holatini sinchkov kuzatuvi ostida asta-sekin yuboriladi. Preparat patsiyentning klinik holati va uning aminokislotalar va suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoji, tana vazni va katabolizm darajasiga qarab buyuriladi.
Kattalarga 0,6 dan 1,0 g gacha aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 20 ml eritma) buyuriladi.
Katabolik holatlarda - 1,3-2 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) buyuriladi.
2-18 yoshli bolalarga 1,0-2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza - 2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi.
Infuziyaning maksimal tezligi soatiga 1 kg tana vazniga 2 ml, bu tana vazniga 0,1 g/kg aminokislotaga tengdir.
Kattalarda parenteral oziqlantirishda yuboriladigan suyuqlikning umumiy miqdori tana vazniga sutkada 40 ml/kg dan oshmasligi kerak.
Preparat patsiyentni enteral yoki peroral oziqlanishga to‘liq o‘tkazilgunga qadar qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Yakka hollarda - ko‘ngil aynishi, qusish, etni uvishishi, flebit (ayniqsa tez yuborilganida). Preparatda natriy disulfiti saqlanishi tufayli yakka hollarda (ayniqsa bronxial astma bo‘lgan patsiyentlarda) giperergik reaktsiyalar, qusish, diareya, dispnoe, bronxial astma hurujlari, ongni buzilishi, shok bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, natriy disulfitini preparatning boshqa komponenti - triptofan bilan o‘zaro ta'sirining mahsulotlari - qon plazmasida bilirubinning miqdorini va jigar fermentlarining faolligini oshirishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Hayot uchun havf tug‘diruvchi noturg‘un qon aylanishi (shok);
- gipoksiya(hujayralarni kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmasligi);
- og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi;
- dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;
- aminokislotalar almashinuvining buzilishi;
- metabolik atsidoz;
- kalla suyagi-miya jarohatining o‘tkir davri;
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, koma yoki komatoz holatni chaqirishi mumkin bo‘lgan bosh miya faoliyatini buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan bir eritmada aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida ko‘rsatmalarga ko‘ra qo‘llash mumkin.
Preparat faqat statsionar sharoitlarida qo‘llanadi.
Zardobning yuqori osmolyarligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Jigar va buyrakni o‘rtacha yetishmovchiligida dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi.
Qonning suv va elektrolit balansini, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini va kislota-ishqor tarkibini nazorat qilish lozim.
To‘liq parenteral oziqlantirishni o‘tkazish uchun bir vaqtda energiya tashuvchilar, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlarni qo‘shish kerak.
Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritmalar ishlatilsin.
Flakon ochilganidan keyin preparatni darhol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta qo‘llanilmasin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Muzlatilmasin! Isitilmasin!
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilmagan.
Chiqarilish shakli
100 ml, 200 ml va 250 ml dan infuzion eritma shisha flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«REMEDY GROUP» MChJO‘zbekiston-Buyuk Britaniya QK
O‘zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘chasi, 51.Tel./faks(99871) 248-02-05.
“Citco Chemicals” Ltd, Angliya uchun ishlab chikarilgans
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.