Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pleo infuziya uchun eritma 200ml
Pleo infuziya uchun eritma 200ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Натрия хлорид, хлористый калий, кальция хлорид, натрия лактат, сорбитол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
200 мл
Производитель
Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское для ZEUS PHARMA Ltd.Великобритания
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pleo
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) sorbitol, natriy laktat eritmasi, natriy xloridi, kaltsiy xloridi, kaliy xloridi, magniy xloridi.
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar sorbitol - 6,0 g, natriy laktat eritmasi - 1,9 g, natriy xloridi - 0,6 g, kaltsiy xloridi - 0,01 g, kaliy xloridi – 0,03 g, magniy xloridi - 0,02 g;
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv 100 ml gacha.
Ta'rifi tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
tuzli eritma.
ATX kodi V05SV
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Pleo reologik, shokka qarshi, dezintoksikatsion, ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta'sirga ega. Preparatni asosiy farmokologik faol moddalaridan sorbitol va natriy laktat hisoblanadi. Jigarda sorbitol avval fruktozaga, keyinchalik glyukozaga va so‘ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi dolzarb energiya manbai sifatida, qolgan qismi glikogen sifatida ishlatiladi. Sorbitolning izotonik eritmasi to‘qimalar perfuziyasi va mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilab dezagregat ta'sir ko‘rsatadi.
Bikarbonat eritmalardan farqli ravishda, metabolik atsidozni natriy laktati yordamida tuzatish, uni moddalar almashinuvi jarayoniga kirishi tufayli, rNni keskin o‘zgarishlarini chaqirmagan holda sekinroq amalga oshadi. Yuborilganda 20 - 30 min dan keyin natriy laktatning ta'siri yuzaga chiqadi.
Kaltsiy xloridi – kaltsiy ionlar tanqisligini to‘ldiradi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarini uzatilishi jearayonida, skelet va silliq mushaklar qisqarishida, miokard faoliyatida, suyak to‘qimasining shakllanishida, qon ivishida kerakli hisoblanadi. Xujayra va qon tomir devorlari o‘tkazuvchanligini susaytirib, yallig‘lanish reaktsiyalarini rivojlanish oldini oladi va organizmni infektsiyalarga nisbatan chidamli qiladi.
Kaliy xloridi suv – tuz muvozanatni tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta'sirni, yuqori dozalarda manfiy ino – va dromotrop ta'sirni va o‘rtacha diuretik ta'sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonida ishtirok etadi. Atsetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimini simpatik qismida qo‘zg‘alishni chaqiradi. Miasteniya, distrofiyada skelet mushaklarini qisqarishini yahshilaydi.-
Farmakokiyentikasi
Sorbitol umumiy metabolizmga tez kirishadi, 80-90 % utilizatsiya qilinadi va jigarda glikogen holida yig‘iladi, 5% bosh miya to‘qimasida, yurak va skelet muskullarida yig‘iladi, 6 – 12% siydik bilan chiqariladi. Qon tomir tizimiga tushgandan keyin natriy laktatdan natriy, karbonat angidridi va suv hosil bo‘ladi, ulardan natriy bikarbonat hosil qiladi, bu L izomerini oshishi va boshqa qismi (D izomeri) metabolizmga uchramaydi va siydik orqali chiqariladi.
Natriy xlorid qon tomir tizimidan tezda ajralib, vaqtinchalik qon sirkulyatsiyasini hajmini ko‘paytiradi. Diurezni kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
Kapilyar qon aylanishini yaxshilash maqsadida travmatik, operatsion, gemolitik, toksik va kuyish shokida oldini olish va davolash uchun;
o‘tkir qon yo‘qotish, intoksikatsiya bilan kechadigan kuyish kasalliklarida va infektsion kasalliklar;
surunkali gepatit, sepsis;
operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi davr;
Reyno kasalligi, endarteriitlar, tromboflebitlar, trombozlarni oldini olishda arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat kattalarda vena ichiga tomchilab minutiga 40-60 tomchi tezlik bilan yuboriladi. Preparatni tomchilab yuborish yo‘li bilan minutiga 30 tomchi tezlik bilan yuborib tekshirib kurilgandan so‘ng, zarur bo‘lganida oqimli yuborish mumkin.15 tomchi yuborilgandan so‘ng preparat yuborish to‘htatiladi, va 3 minutdan keyin reaktsiyalar paydo bo‘lmasa, preparat oqim bilan yuboriladi.
Kattalarga travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shokda 600-1000 ml (10-15 kg/ml bemorning tana vazniga) bir marta va qaytadan 600-1000 ml (10-15 kg/ml tana vazniga) avval oqim bilan keyin tomchilab yuboriladi.
Surunkali gepatit bo‘lgan kattalarga 400 ml (6-7 kg/ml tana vazniga) tomchilab yuboriladi.
O‘tkir qon yuqotishda 1500-1800 ml (25 kg/ml tana vazniga) buyuriladi.
Operatsiyadan oldingi davrda va har xil turdagi operatsiya aralashuvlarida 400 ml (6-7 kg/ml tana vazniga) 3-5 kun davomida buyuriladi.
Tromboobliteratsiyalovchi qon tomir kasalliklarida venaga 8-10 kg/ml tana vazniga hisoblab tomchilab kun ora buyuriladi, davolash kursi 10 ta infuziyagacha tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan buzilishlar anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar arterial qon bosimining kutarilishi yoki tushishi, taxikrdiya, hansirash, akrotsianoz.
Nevrologik buzilishlar tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.
Teri va teri osti klechatkasi tomonidan buzilishlar ter toshmasi, eshakemi, qichishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga shahsiy yuqori sezuvchanlik. Pleoni alkalozda, hamda katta hajmda suyuqlik quyish mumkin bo‘lmagan holatlarda (bosh miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak - qon tomir dekompensatsiyasi, III bosqichidagi arterial gipertenziya, buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi), suvsizlanishda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarining o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari uchun tashuvchi-eritma sifatida qo‘llash mumkin emas.
Pleoni fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan qo‘shish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qondagi elktrolitlar va kislota – ishqoriy holatini, arterial qon bosimi va jigar faoliyatini nazorati ostida qo‘llash kerak. Toshli xoletsistit bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanilishi
Homiladorlik davri va emizishda qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida ma'lumotlar yuq.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanidmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Alkaloz, ayrim holatlarda kollaps, suvsizlanish (kuchli diurez hisobiga) namoyon bo‘ladi, preparatni darhol yuborishni to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi. Yuborish tezligi hisobiga taxikardiya, arterial bosimning oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, to‘sh orqasida og‘riq, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin. Eritma qo‘llash to‘xtatilgandan keyin yoki quyish tezligi sezilarli kamaytirilganda ko‘rsatilgan simptomlari tezda yo‘qoladi.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 100 yoki 200 ml, 250 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept buyicha.
Ishlab chiqaruvchi
«REMEDY GROUP» MChJO‘zbekiston-Buyuk Britaniya QK.
O‘zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘chasi, 51.Tel./faks (99871) 248-02-05.
“Izida Pharma Ltd” Buyuk Britaniya uchun ishlab chiqarilgan
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.