Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Torroks infuziya uchun eritma, 5% aminokislota va sorbitol 5% eritmasi 200ml
Torroks infuziya uchun eritma, 5% aminokislota va sorbitol 5% eritmasi 200ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминокислоты
Страна производитель
Китай
Дозировка
200 мл
Производитель
Jiangsu Pengyao Pharmaceutical Co., Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Torroks
Dori shakli
infuziya uchun eritma
Tarkibi
№AminokislotaYorlig‘idagi ko‘rsatma
g/100 mlSpetsifikatsiya
1. L-Asparagin kislotasi0,250Br.F.
2.L-Treonin0,250AQSh F.
3.L-Serin0,100AQSh F.
4.L-Glutamin kislotasi0,075AQSh F.
5.Glitsin0,760Br.F.
6.L-Alanii0,200AQSh F.
7.L-Valin0,360AQSh F.
8.L-Metionin0,225AQSh F.
9.L-Izoleytsin0,352AQSh F.
10.L-Leytsin0,490AQSh F.
11.L-Tirozin0,025AQSh F.
12.L-Fenilalanin0,533AQSh F.
13.L-Gistidin0,250Br.F.
14.L-Triptofan0,090AQSh F.
15.L-Lizin gidroxloridi0,430AQSh F.
16.L-Arginin0,500AQSh F.
17.L-Prolin0,100AQSh F.
18.L-TSistein0,010Br.F.
19.Sorbitol5,000Br.F.
20.Natriy metabisulfiti0,020Br.F.
21.Natriy gidroksidi0,140Br.F.
22.In'ektsiya uchun suvQ.S.Br.F.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki och sariq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
parenteral oziqlantirish uchun preparat, aminokislotalar.
ATX kodi V05VA10
Farmakologik xususiyatlari
“TORROKS” oqsilga ehtiyoji past, normal yoki yuqori bo‘lgan turli patologiyali bemorlarni, enteral oziqlanish samarasiz yoki iloji bo‘lmagan hollarda parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan. “TORROKS” da saqlanuvchi almashtirib bo‘ladigan va almashtirib bo‘lmaydigan L-aminokislotalar tabiiy fiziologik birikmalardir. Ovqat bilan tushadigan va oqsillarning parchalanishi yo‘li bilan olinadigan aminokislotalar kabi, parenteral yuboriladigan aminokislotalar ham qon plazmasining erkin aminokislotalarining umumiy tarkibiga tushadi, undan xujayralarga oqsillarning sintezi uchun va turli metabolik yo‘llariga ketadi.
Barcha aminokislotalar L-shakllarda bo‘lib, bu ularning oqsil biosintezida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta'minlaydi. Barcha sakkizta almashtirib bo‘lmaydigan, shuningdek shartli ravishda almashtirib bo‘ladigan L-arginin va L-gistidin saqlaydi. L-arginin ammiakni mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘ladigan ammoniyning zaharli ionlarini bog‘laydi.
Bu preparatlarda energiyaning asosiy manbai sorbitoldir, u jigarda fruktoza-6-fosfatga fosforlanadi. Sorbitol va fruktozani o‘zlashtirilishida insulin ishtirok etmaydi, bu ularni insulinga bog‘liq bo‘lmagan energiya manbaiga aylantiradi – ular qo‘llanganida glyukoza saqlovchi parenteral oziqlanish uchun preparatlar ishlatilganida uchrashi mumkin bo‘lgan giperglikemik atsidoz paydo bo‘lmaydi. Bundan tashqari, sorbitol glyukozaga qaraganda aminokislotalarning eng yaxshi erituvchisidir, chunki aldegid va keton guruhlarni saqlamaydi, aminoguruxlar bilan o‘zaro ta'sir qilmaydi va aminokislotalarning o‘zlashtirilishini pasaytirmaydi.
Farmakokinetikasi
Parenteral yuborilgan aminokislotalar organizmda oqsil sintezi jarayonida ishlatiladi. Bu jarayonda ishlatilmaydigan aminokislotalar mochevinani hosil bo‘lishi bilan dezaminatsiyaga uchraydilar, u so‘ngra siydik bilan chiqariladi. Aminokislotalarning T1/2 (sog‘lom odamlarda) 5-15 minutni tashkil qiladi. Aminokislotalarning qondagi kontsentratsiyasi tez oshirilganida, ular biotransformatsiyalanishga ulgurmay, organizm tomonidan o‘zlashtirilmay, siydik bilan chiqishi mumkin.
“TORROKS” organizmda flavinmononukleotid fermentiga biotransformatsiyalanadi, so‘ngra esa flavinadenindinuleotidga. “TORROKS” metabolitlari plazma oqsillari bilan 60% ga bog‘lanadi. “TORROKS” siydik bilan, qisman metabolitlari shaklida chiqariladi. Sorbitol dastlab jigarda fruktozagacha metabolizmga uchraydi, lekin darhol glyukozagacha metabolizmga uchrashi ham mumkin.
Qo‘llanilishi
-Enteral oziqlanishning imkoni yo‘qligida;
-ovqat hazm qilish a'zolarining og‘ir kasalliklarida (me'da-ichak yo‘llarining obstruktsiyasi, kamso‘rilish sindromi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari, pankreatit, ichak oqmalari);
-jarohatlarda;
-kuyishlarda;
-sepsisda;
-xavfli o‘smalarda operatsiyadan oldingi va keyingi davrda parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Patsiyentning holatiga qarab individual ravishda belgilanadi.
Dozalash patsiyentning yoshi, tana vazni va holatiga qarab, aminokislotani talab etilishiga muvofiq buyurilishi kerak.
Preparat v/i infuziya ko‘rinishida (yuborish tezligi minutiga 3-4 ml) sutkada tana vazniga qarab qo‘llaniladi, bu sutkada 1-2 g aminokislota/kg ga muvofiq keladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi jigar fermentlarining faolligini oshishi.
Mahalliy reaktsiyalar preparat yuborilgan joyda terini ta'sirlanishi, tromboflebit.
Aminokislotalar qon tarkibini o‘zgartirishi va qonda ammiakning miqdorini oshirishi mumkin. Ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riqlar, charchoqlik hissi, eshakemi, arterial gipertenziya, taxikardiya, paresteziyalar, nafasni buzilishi, terlash va tana haroratini oshishi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-proteinlar sintezini buzilishi;
-buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari;
-jigar funktsiyasini yaqqol buzilishlari;
-yurak yetishmovchiligining og‘ir shakllari;
-fruktozani o‘zlashtiraolmaslik;
-metanol bilan zaharlanish;
-giperkaliyemiya;
-atsidoz.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Argininni tiazid diuretiklar va aminofillin bilan bir vaqtda yuborish qonda insulin miqdorini oshiradi.
Arginin spironolakton bilan bir vaqtda qo‘llanganida og‘ir giperkaliyemiya bo‘lishi mumkin. Birga qo‘llanganida izoniazid, penitsillin, peroral kontratseptivlar piridoksinning metabolizmini pasaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida “TORROKS” doksitsiklinning, tetratsiklinning, oksitetratsiklinning, eritromitsinning va linkomitsinning faolligini ahamiyati kamaytirdi.
Preparat yuborilganida argininni tiopental bilan nomutanosibligini hisobga olish kerak.
Eritmaga amikatsin, ampitsllin, sefotaksim, seftriakson, xloramfenikol, klindamitsin, doksitsiklin, eritromitsin glyutseptati yoki laktobionati ko‘rinishida, gentamitsin, netilmitsin, penitsillin, piperatsilin, tetratsiklin, torbamitsin, vankomitsinlarni qo‘shish mumkin. Bunday eritmalar xona haroratida 6-24 soatgacha barqaror bo‘lib qoladi.
Shuningdek eritmaga aminofillin, kaltsiy glyukonati, xlorpromazin, simetidin, nizatidin, famotidin, ranitidin, siklofosfamid, sitarabin, digoksin, dopamin, ftoruratsil, folat kislotasi, furosemid, geparin, insulin, propranolol, noradrenalin, lidokain, morfin, metotreksat, metildopa, metilprednizolon, metoklopamid, fitomenadionni qo‘shish mumkin. Bunday eritmalarning xona haroratidagi barqarorligi – 24 soatgacha.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sepsisda, noaniq genezli arterial gipertenziyada, jigar kasalliklarida, shuningdek suyuqlikni yuborish cheklash kerak bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni buyurishda, preparatning tarkibiga kiruvchi arginin qon plazmasida fosforning kontsentratsiyasini kamayishini va kaliyning kontsentratsiyasini oshishini, ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda chaqirishi mumkin. Shuning uchun har qanday turdagi qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga “TORROKS” ni faqat insulinoterapiya fonida buyurish mumkin.
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi “TORROKS” preparatini homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar taqdim etilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlarini kuchayishi.
Davolash simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
100 ml, 200 ml va 500 ml dan rezina tiqinli, alyuminiy qopqoqcha bilan zich yopilgan shisha flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Jiangsu Pengyao Pharmaceutical Co., Ltd. Xitoy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.