Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yantasol infuziya uchun eritma 200 ml
Yantasol infuziya uchun eritma 200 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Натрия хлорид, калия хлорид, кальция хлорид, магния хлорид, кислота янтарная, натрия гидрокарбонат
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
200 мл
Производитель
СП ООО «REMEDY GROUP», для «IZIDA PHARMA» Ltd., Великобритания
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Yantasol
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) natriy xlorid, kaliy xlorid, kaltsiy xlorid, magniy xlorid, qahrabo kislotasi, natriya gidrokarbonati.
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar natriy xlorid – 0,62 g, kaltsiy xlorid – 0,0082 g, kaliy xlorid – 0,03 g, magniy xlorid – 0,01 g, qahrabo kislotasi – 0,2 g, natriy gidrokarbonati – 0,3 g.
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv 100 ml gacha.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tuzli eritmalar.
ATX kodi V05XA
Farmakologik xususiyatlari
Farmokodinamikasi
Majmuaviy preparat bo‘lib, uning ta'siri tarkibidagi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu komponentlardan eng muhimi qahrabo kislotasidir.
Qahrabo kislotasi Krebs siklining yagona metaboliti bo‘lib, to‘qimalarda kislorodning partsial bosimi pasayganda, NAD – ga bog‘liq substratlarning oksidlanishi to‘xtaganida ham oksidlanish hususiyatiga ega. Qahrabo kislotasining fosforlanish tezligi NAD – ga bog‘liq substratlarga nisbatan axamiyatli darajada yuqori ekanligini e'tiborga olib, vaqt birligida qahrabo kislotasining hisobiga ATF ko‘proq sintezlanadi.
Preparat suv – tuz almashinuvida boshqaruvchi ta'sir ko‘rsatadi va energiya almashinuvini faollashtiradi, kislota – ishqor holatini faqat qonda to‘lik oksidlanmagan maxsulotlarni passiv neytrallash, hujayralardagi metabolik jarayonlarni me'yorlashtirish hisobiga xam me'yorlashtiradi. Turli qon yo‘qotishlarda, shoklarda, jismoniy zo‘riqishlarda mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. gemodinamik ko‘rsatkichlarni va yurak mushaklari faoliyatini tiklaydi. Siydik haydovchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparatning ta'siri yuborilgandan keyin 20-30 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Shoshilinch holatlar qon ketishlari (operatsiya vaqtidagi gipotonik, operatsiyadan keyingi, me'da-ichak, travmatik) va shoklar (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik), qon yo‘qotishlarda (1000 ml gacha) aylanayotgan qon hajmini to‘ldirish, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, metabolik atsidozni korrektsiya qilish va hujayralarda metabolizmni tiklash uchun, shuningdek o‘rtacha va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Shoshilinch holatlarda qon ketishlarda (operatsiya vaqtidagi gipotonik, me'da-ichak, operatsiyadan keyingi, travmatik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) va shoklarda (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik) 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.
Tayanch-harakat apparatini shikastlanishi va kasalliklari yuzasidan operatsiyalardan oldin va keyin 400 ml dan sutkada bir martda buyuriladi.
Operatsiyadan keyingi davrda atsidozni bartaraf qilish uchun 200- 400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.
Temir tanqisligi anemiyasida asosiy davolar fonida 200 ml dan sutkada bir marta yuboriladi.
Preparat 1 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda gipoksiya va zaxarlanishga qarshi vosita sifatida kelib chiqishi turlicha bo‘lgan endogen va eksogen o‘tkir zaxarlanishlarda qo‘llanilishi tafsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Doza sezilarli oshirib yuborilganida, kamdan-kam hollarda alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni alkalozda (ayniqsa dekompensatsiyalangan), organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan barcha hollarda (bosh miya ichki bosimi bilan kechuvchi bosh miya yopiq jarohatida, yurak faoliyatini dekompensatsiyasi, o‘pka shishida va shunga o‘xshashlarda) homiladorlik va laktatsiya davrida, shuningdek preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar va glyukoza eritmasi bilan birga qo‘llash mumkin. Suktsinasolni boshqa ishqorlantiruvchi va tuzli eritmalar bilan birga qo‘llash taqiqlanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llash fonida (organizmda aerob jarayonlarning faollashuvi tufayli) qon va siydikda ishqoriy reaktsiyani paydo bo‘lishi mumkin.
Flakon ochilganidan keyin preparatni darxol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta ko‘llanilmasin.
Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritma ishlatilsin!
Saqlash sharoiti
ga rioya qilmaslik va notog‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.
Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!
Muzlatilmasin! Isitilmasin!
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim qilinmagan.
Chiqarilish shakli
100 ml, 200 ml va 250 ml dan flakonlarda infuzion eritma.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«REMEDY GROUP» MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100069, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘ch., 51.
Tel./faks (99871) 248 02 05.
«IZIDA PHARMA» Ltd., Buyuk Britaniya uchun.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.