Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Djetepar in'ektsiya uchun eritma 2 ml №10
Djetepar in'ektsiya uchun eritma 2 ml №10
Nomi | Narx | |||||
Джетепар р-р д/ инъекц 2 мл №10 (JA567##1746) |
UZS 162 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Комбинированный препарат
Страна производитель
Пакистан
Дозировка
2 мл
Производитель
Popular Chemical Works (Pvt.) Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Djetepar®
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
Mushak ichiga in'ektsiya uchun mo‘ljallangan har bir ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
betain glyukuronati (glyukometamin) 150,0 mg;
dietanolamin glyukuronati (glyukodiamin) 40,0 mg
nikotinamid 8,2 mg;
yordamchi moddalar askorbin kislotasi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Vena ichiga in'ektsiya uchun mo‘ljallangan har bir ampula (10 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
betain glyukuronati (glyukometamin) 750,0 mg;
dietanolamin glyukuronati (glyukodiamin) 200,0 mg;
nikotinamid 41,0 mg;
yordamchi moddalar askorbin kislotasi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi o‘ziga xos hidli va shirin ta'mli, och jigarrang rangli, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor.
ATX kodi A05VA.
Farmakologik xususiyatlari
Djetepar® o‘ziga xos antitoksik ta'sir ko‘rsatadi.
Glyukometamin (betain glyukuronati) jigarga tushganidan so‘ng, betain va glyukuronat kislotasiga parchalanadi. Betain samarali lipotrop va detoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek metil guruhlarini donori hisoblanadi. Glyukometamin jigarda amalga oshadigan dezintoksikatsion reaktsiyalarda ishtirok etadigan asosiy modda hisoblangan glyukuron kislotasi tufayli, kuchli detoksikatsion va glikogen ta'sirga ega.
Glyukodiamin (dietanolamin glyukuronati) glyukuron kislotasining dezintoksikatsion va gepatoprotektor ta'sirini to‘ldiradi. Dietanolamin jigardagi lipidlar (ham aortadagi xolesterin, ham qon zardobidagi xolesterin) ning darajasini ahamiyatli darajada pasayishiga olib keladi.
Nikotinamid askorbat shaklida, antitoksik, enterofik va antiastenik ta'sirlarga ega. Nikotinamid I (NAD) va II (NADP) hujayralardagi oksidlanish qaytarilish jarayonlarida, yog‘lar, proteinlar, aminokislotalar, purinlar metabolizmida, to‘qima nafasida va glikogenezda ishtirok etadi. Djetepar® bir necha kun davomida qo‘llanganidan so‘ng organizmdan endogen toksinlarni tez chiqarilishiga yordam beradi, jigar faoliyatini tez yaxshilanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Betain glyukuronati (glyukometamin) organizmga tushganida ingichka ichakning shilliq qavatidagi enterotsitlar tomonidan oson so‘riladi va qonga tushadi. Qon oqimi bilan jigarga boradi va betain hamda glyukuron kislotasiga parchalanadi. Molekula betain gomotsisteinning metil guruhini beradi, shu orqali jigarga toksik ta'sirini pasaytiradi. Betain glyukuronatini metabolizm mahsulotlari bo‘lib, L-metionin va dimetilglitsin hisoblanadi, ular safro bilan chiqariladilar. Nikotinamid tuzilish jihatidan nikotin kislotasiga yaqin turadi. Ichakning shilliq qavati orqali yaxshi so‘riladi. U barcha to‘qimalarga tez taqsimlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda metabolizmga uchrab, nikotinamid-N-metilnikotinamid hosil qiladi. Buyrak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-Endogen va ekzogen intoksikatsiyalar;
-o‘tkir va surunkali virusli gepatit, toksik gepatit va jigar faoliyatini boshqa buzilishlari;
-jigar yetishmovchiligi;
-jigarning yog‘li distrofiyasi;
-xolestaz, sariqlik;
-entsefalopatiya (shu jumladan alkogolli entsefalopatiya);
-ovqatdan zaharlanish, alkogoldan va i nikotindan zaharlanish;
-jigar sirrozi;
-bilirubinning darajasini yuqori bo‘lishi;
-surunkali qabziyatlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar
Turli zaharlanishlar va jigar faoliyatini turli buzilishlarining og‘ir holatlari
Vena ichiga in'ektsiya uchun eritma (10 ml li ampulalar) sutkada 1-5 ampula vena ichiga (oqim bilan yoki infuzion holda) har kuni yuboriladi.
Og‘irlik darajasi kamroq bo‘lgan buzilishlar va tutib turuvchi davolash uchun
Mushak ichiga in'ektsiya qilish uchun eritma (2 ml li ampulalar) sutkada 1-2 ampula mushak ichiga yuboriladi.
Nojo‘ya samaralari
Djetepar® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kam hollarda quyidiga noxush ko‘rinishlar me'dada diskomfort hissi, axlatni yumshashi yoki diareya kuzatilgan. Parenteral yuborilganidan so‘ng allergik teri reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda preparatning og‘iz orqali qabul qilinadigan dori shaklini buyurish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Suvsiz betainga yoki betainning boshqa shakllariga yuqori sezuvchanligi yoki allergiyasi bo‘lgan odamlarga qo‘llashdan saqlanish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'sirini klinik ahamiyatli turlari kuzatilmagan. Shunday bo‘lsa ham, jigar faoliyatiga ta'sir ko‘rsatib, Djetepar® turli dori vositalarning, shu jumladan antatsid vositalar, N2-retseptorlarining antagonistlari, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlarning metabolizmiga ta'sir qilishi mumkin. Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat vena ichiga yuborish uchun eritma shaklida ko‘pchilik infuzion eritmalar (Ringer eritmasi, Xartaman eritmasi, natriy xloridini 0,9% li eritmasi, turli kontsentratsiyadagi glyukoza eritmasi) bilan mutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanilsin.
Keksa yoshdagi patsiyentlar, buyrak yetishmovchiligi hamda boshqa og‘ir darajadagi yondosh patologiya bilan xastalangan patsiyentlar uchun eng kichik samarali dozalarni qo‘llash zaruriyati bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash yuzasidan yetarli ma'lumotlar mavjud emas. Shuning uchun Djetepar® preparatini homiladorlikning birinchi uch oyligi va emizish davrida qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi, bunda ona uchun qo‘llashdan kutilgan potentsial foyda, homila uchun havfdan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Dozasi bexosdan oshirib yuborilganida nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga in'ektsiya uchun eritma tiniq eritma 2 ml dan ampulalarda, 10 ampula kontur uyali o‘ramda, kontur uyali o‘ram karton qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Vena ichiga in'ektsiya uchun eritma tiniq eritma 10 ml dan ampulalarda, 5 ampula kontur uyali o‘ramda, kontur uyali o‘ram karton qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Popular Chemical Works (Pvt.) Ltd.”,
9-km, Sheikhura Road, Lahore, Pokiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.