Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kolofort gomeopatik tabletkalar №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Россия
Производитель
ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки для рассасывания
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kolofort
Dori shakli
shimish uchun gomeopatik tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar o‘sma nekrozining odam alfa omiliga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*, S-100 bosh miyaga spetsifik oqsilga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*, gistaminga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*.
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
* muvofiq ravishda 10012, 10030, 100200 marta suyultirilgan substantsiyaning uchta faol suvli-spirtli eritmalarining aralashmasi ko‘rinishida laktoza monogidratiga o‘tkaziladi.
Ta'rifi yassi silindrik shaklli, riskali va faskali, oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar. Riskali yassi tomonida MATERIA MEDICA, boshqa yassi tomonida KOLOFORT yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
yallig‘lanishga qarshi vosita, spazmolitik vosita, anksiolitik vosita.
ATX kodi A03A, A03AE, A03S.
Farmakologik xususiyatlari
Eksperimental sharoitda preparatning komponentlari tegishli retseptorlari bilan endogen regulyatorlarni ligand-retseptor o‘zaro ta'siri faolligini modifikatsiya qiladi S-100 oqsiliga antitelalar – serotonin retseptorlariga va sigma 1 retseptorlariga; O‘NO-α ga antitelalar - O‘NO-α retseptorlariga; gistaminga antitelalar – me'da-ichak yo‘llarida (MIY) joylashgan N4-gistamin retseptorlariga.
Uchta faol komponentni qo‘shilishi ichakning funktsional buzilishlari patogenezining markaziy va periferik bo‘g‘inlariga, shu jumladan abdominal og‘riq sindromiga majmuaviy ta'sir ko‘rsatish imkonini beradi.
S-100 oqsiliga antitelalar keng doiradagi psixotrop faollikka, shu jumladan anksiolitik va antidepressiv, antiastenik va nootrop samaralarga ega, bu klinik jihatdan ichki taranglik, xavotirlikni bartaraf etish, bir qator vistseral faoliyatni, shu jumladan yo‘g‘on ichak faoliyatini normallashishi bilan namoyon bo‘ladi. Sedativ ta'sir, ko‘nikish, bekor qilish sindromini chaqirmaydi. O‘NO-α ga antitelalar yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, yallig‘lanish va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning muvozanatini normallashishiga yordam beradi.
Gistaminga antitelalar spazmolitik, yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Majmuaviy preparatning tarkibidagi komponentlarni birga qo‘llash ichak faoliyatini nerv va gumoral boshqarilishiga; MIY izdan chiqqan motorikasini tiklanishini ta'minlab, yo‘g‘on ichakdagi retseptorlarni cho‘zilishga vistseral o‘ta yuqori sezuvchanligini pasayishiga; qorinni dam bo‘lishi va me'dani to‘lib ketish hissini bartaraf etishga, og‘riq sindromining yaqqolligini kamayishiga yordam beradi. Preparatning spazmolitik ta'siri silliq mushak bo‘shashishi va MIY devori tonusini kamayishi, bo‘shliq ichidagi bosimni pasayishi, axlat konsistentsiyasini, uni tez-tezligini va yondosh simptomlarni (imperativ qistovlar, tenezmlar, ichakni to‘liq bo‘shamaganlik hissi, defekatsiya jarayonida qo‘shimcha urinishlar va boshqalar) normallashishi bilan namoyon bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlikli xromatografiya, yuqori samarali suyuqlikli xromatografiya, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi biologik suyuqliklar, a'zolar va to‘qimalarda antitelalarning xaddan tashqari past dozalari miqdorini baholash imkonini bermaydi, bu Divaza preparatining farmakokinetikasini o‘rganishni texnik jihatdan imkoni yo‘qligini bildiradi.
Qo‘llanilishi
Ta'sirlangan ichak sindromi; me'da-ichak yo‘llarining funktsional buzilishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Bir marta qabul qilishga – 1 yoki 2 tabletka (to‘liq eriguncha og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish kerak – ovqatlanish vaqtida emas). Kuniga 2 marta qabul qilinadi. Davolash kursi – 1-3 oy. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 6 oygacha uzaytirish mumkin va/yoki 1-2 oydan keyin takrorlash mumkin. Kasallikni zo‘rayishi fonida 7 kundan 14 kungacha muddatga qabul qilish tez-tezligi sutkada 4 martaga oshirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari hozirgi vaqtgacha qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.
Kolofort transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani to‘satdan oshirib yuborilganda preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispepsik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Dori preparatini ishlab chiqaruvchisining/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilotning nomi, manzili
“NPF “MATERIA MEDIKA XOLDING” MChJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh., 3-chi Samotechny per., 9 uy.
Tel./faks (495) 684-43-33.
Dori preparatini ishlab chiqarish maydonchasi manzili
Rossiya, 454139, Chelyabinsk sh., Buguruslanskaya ko‘ch., 54 uy.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot nomi
“NPF “MATERIA MEDIKA XOLDING” MChJ vakolatxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Tarobiy ko‘ch., 11 uy.
Tel. +998712544057.
E-mail uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.