Distreptaza suppozitoriylar № 6
202 500 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
15000 МЕ/1250 МЕ
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Польша
Yoʻriqnoma: Distreptaza suppozitoriylar № 6
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
DISTREPTAZA®Ta'sir etuvchi moddalar (XPN): streptokinaza, streptodornaza
Dori shakli
suppozitoriylarTarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 13500 XB-16500 XB streptokinaza, 1250 XB -2000 XB streptodornaza;
yordamchi moddalar: suyuq parafin va neytral yog‘
Ta'rifi
konus yoki “torpeda” shaklli, uchi o‘tkir; yuzasi bir xil, dog‘larsiz, g‘adir-budirsiz, havoli pufakchalarsiz, yoriqlarsiz va mexanik shikastlarsiz, sarg‘ish oq rangli suppozitoriylar.Farmakoterapevtik guruhi
ferment preparati (majmuaviy).ATX kodi: V06AA55
Farmakologik xususiyatlari
Preparat ikkita faol substantsiya saqlaydi: streptokinaza va streptodornaza. Streptokinaza odam qonidagi plazminogen proenzimining aktivatori hisoblanadi va streptokinaza ta'siri ostida plazminga aylanadi, u quyilib qolgan odam qonini eritish xususiyatiga ega.Streptodornaza enzim hisoblanadi, u tirik hujayralarga va ularning fiziologik funktsiyasiga ta'sir ko‘rsatmay, o‘lik hujayralarni yoki yiring nukleoproteinlarining yopishqoq massasini eritish xususiyatiga ega.
Preparat dori vositalarining yallig‘lanish o‘chog‘iga kirishini yengillashtiradi.
Qo‘llanilishi
-bachadon bo‘ynining surunkali yallig‘lanishi;-kichik chanoq a'zolarining operatsiyadan keyingi infiltrativ shikastlanishlari;
-bachadon shilliq qavatini yallig‘lanishi;
-o‘tkir va surunkali kechuvchi gemorroy;
-keng yallig‘lanish infiltrati bo‘lgan to‘g‘ri ichak oldi abstsesslari va oqmalari;
-yiringli kaudal kistalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash usuliSuppozitoriyni blister uyasidan olingandan keyin to‘g‘ri ichakka chuqur kiritish kerak.
Dozalash
Dozalash yallig‘lanish jarayonini jadallik turi va darajasiga bog‘liq.
Shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llanadi.
Kattalarda kasallikning og‘ir kechishida:
1 suppozitoriydan kuniga 3 marta birinchi 3 kun davomida, so‘ngra
1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 3 kun davomida, so‘ngra
1 suppozitoriydan kuniga 1 marta 3 kun davomida.
Kattalarda kasallik og‘irligining yengil va o‘rtacha darajasida:
1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 3 kun davomida, so‘ngra
1 suppozitoriydan kuniga 1 marta 4 kun davomida, yoki
1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 2 kun davomida.
Davolash kursida o‘rtacha 8-18 suppozitoriy ishlatiladi.
Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi 7-10 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ayrim hollarda allergik reaktsiyalar, tana haroratini oshishi, shuningdek qon ketishiga moyillik kuzatilishi mumkin.
Har qanday notipik reaktsiyalarni paydo bo‘lish holatlarida albatta preparatni qo‘llashni davom ettirish xaqida shifokor bilan maslahatlashing.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparat yangi jarohatga yoki chokka tegmasligi kerak, chunki bu choklarni bo‘shashishiga va oqibati sifatida jarohatdan qon ketishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davri. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki mahalliy qon ketishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Yallig‘lanish o‘chog‘iga antibiotiklarni yoki ximioterapevtik preparatlarni o‘tishini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas. Preparat yangi jarohat yoki choklarga tegishi kerak emas, chunki bu choklarning bo‘shashishi va oqibati sifatida jarohatdan qon ketishiga olib kelishi mumkin.DISTREPTAZA® preparati bilan davolash vaqtida oldindan shifokor bilan maslahatlashmasdan hech qanday dori vositalarini qo‘llamang.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari noma'lum.Chiqarilish shakli
6 rektal suppozitoriylar blisterda, 1 blisterdan karton qutida.Yaroqlilik muddati
3 yil.Saqlash sharoiti
2°S - 8°S haroratda (sovutgichda) saqlansin. Muzlatilmasin.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
«BIOMED-LYUBLIN» Vitvurnya Surovits i Sh’epyonek Spulka AktsiynaUniversitetskaya ko‘ch. 10, 20-029 Lyublin, Polsha.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
Uzbekiston, 100041, Toshkent sh., M.Ulugbek tumani, Navnixol ko‘ch., 86
Tel.: +99871 230 91 93
email: intopharm@zoho.com
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.