Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinegra Long qobiq bilan qoplangan tab. №4 (Sildenafil, Dapoksetin)
Sinegra Long qobiq bilan qoplangan tab. №4 (Sildenafil, Dapoksetin)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Силденафил
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
NOBEL-PHARMSANOAT
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Sinegra®Long
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sildenafil+dapoksetin
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletkaning tarkibi
Faol moddalar
50 mg sildenafil (70,225 mg sildenafil sitratdan hisoblaganda)
30 mg dapoksetin (33,580 mg dapoksetin gidroxloriddan hisoblaganda)
Yordamchi moddalar laktoza monogidrat, kaltsiy gidrofosfat, mikrokristall sellyuloza, kolloidli kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati;
qobiq film-qoplama uchun material №14 (polivinil spirt - 40,00%, polietilenglikol -20,20%, titan dioksidi - 18,97%, talk - 14,800%, indigokarmin - 6,020%, temir sariq oksidi - 0,010%)
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, havorang qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Urogenital a'zolar va jinsiy gormonal kasalliklarini davolash uchun preparatlar. Urologik kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Urologik kasalliklarni davolovchi boshqa preparatlar. Erektsiya buzilishida qo‘llaniladigan kombinatsiyalangan preparatlar.
ATX kodi G04BE30
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
SINEGRA®LONG erektil disfunktsiyani davolash uchun peroral terapiya vositasi hisoblanadi. Tabiiy sharoitda, ya'ni seksual stimulyatsiya bilan jinsiy olatga qon oqimini ko‘paytirish orqali buzilgan erektil funktsiyani tiklaydi. Jinsiy olat erektsiyasi uchun mas'ul bo‘lgan fiziologik mexanizm jinsiy stimulyatsiya vaqtida kavernoz tanalarda azot oksidining (NO) ajralishini zimmasiga oladi. Azot oksidi guanilattsiklaza fermentini faollashtiradi, bu esa siklik guanozin-monofosfat (tsGMF) darajasini oshiradi, kavernoz tanalarda silliq mushaklar bo‘shashadi va qon oqimini ta'minlaydi. Sildenafil FDE-5 sGMF ning parchalanishi uchun mas'ul bo‘lgan kavernoz tanada maxsus fosfodiesteraza 5 (FDE-5) turi sGMFning kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi. Sildenafil erektsiyaga periferik ta'sir ko‘rsatadi. Sildenafil odamning izolyatsiya qilingan kavernoz tanalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi, ammo bu to‘qimalarga NO ning bo‘shashtiruvchi ta'sirini sezilarli darajada oshiradi.
Dapoksetin serotoninni qayta qamrashning kuchli selektiv ingibitori (SQQSI) hisoblanadi. Erta eyakulyatsiyada dapoksetinning ta'sir mexanizmi serotoninni neyronal qamrashni ingibirlash va so‘ngra presinaptik va postsinaptik retseptorlarga neyrotransmitter ta'sirning ortishi bilan bog‘liq.
Odamlarda eyakulyatsiya, asosan simpatik asab tizimi tomonidan stimullanadi. Eyakulyatsiya jarayoni orqa miyaning refleks markazida boshlanadi, keyin bosh miyaning bir qator yadrolariga (medial predoptik va paraventrikulyar yadrolar) ta'sir ko‘rsatadigan miya o‘zagi orqali o‘tadi. Shuning uchun preparatning taxmin qilingan foydali farmakologik ta'siriga ega bo‘lish uchun seksual stimulyatsiya zarurdir.
Farmakokinetikasi
Dapoksetin va sildenafil oshqozon-ichak yo‘lida tezda so‘riladi va tabletka qabul qilgandan taxminan 1-2 soatdan keyin plazmada maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) erishiladi. Preparatning absolyut biokirishimliligi taxminan 40% ni tashkil qiladi. Preparat yog‘li oziq-ovqat bilan bir vaqtda qabul qilganda, so‘rilish tezligi kamayadi, shu sababli maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti sekinlashadi va qondagi maksimal kontsentratsiya Cmax sildenafil uchun 29% ga, dapoksetin uchun 10% ga kamayadi. Ushbu o‘zgarishlar klinik jihatdan ahamiyatli emas. Preparat ovqat bilan yoki ovqatsiz qabul qilinishi mumkin. Sildenafil va uning asosiy metaboliti N-desmetil qon plazmasi oqsillari bilan taxminan 96% ga, dapoksetin va uning faol metaboliti desmetildapoksetin esa taxminan 99% ga bog‘lanadi.
Sildenafil va dapoksetin asosan jigar fermentlari tomonidan parchalanadi. Dapoksetinning metabolitlari asosan kon'yugatlar shaklida siydik bilan chiqariladi va o‘zgarmagan faol moddalar siydikda topilmaydi. Dapoksetin tez chiqariladi, doza qabul qilingandan 24 soatdan keyin moddaning qon plazmasidagi (maksimal miqdordan 5% dan kam) past kontsentratsiyasi bundan dalolat beradi. Og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng, sildenafil metabolit shaklida asosan najas bilan (taxminan dozaning 80%) va kamroq darajada siydik bilan (dozaning taxminan 13%) chiqariladi.
Har kuni qabul qilinganda organizmda faol moddalarning to‘planishi minimal darajada bo‘ladi. Peroral qabul qilinganda, yakuniy yarim ajralish davri taxminan 19 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda erta eyakulyatsiya (EE) va erektil disfunktsiyani davolash uchun.
SINEGRA®LONG faqat quyidagi mezonlarga javob beradigan patsiyentlarga buyurilishi lozim
intravaginal eyakulyatsiyaning (IVE) ushlanish vaqti ikki daqiqadan kam;
minimal seksual stimulyatsiyada kirishdan oldin yoki ko‘p o‘tmay, shuningdek, patsiyent hohlagan vaqtgacha doimiy yoki davriy eyakulyatsiya;
EE oqibatida sezilarli shaxsiy distress yoki shaxslararo qiyinchiliklar;
eyakulyatsiyaning kuchsiz nazorati;
oxirgi 6 oy davomidagi jinsiy aloqalarning aksariyat harakatlarida anamnezda erta eyakulyatsiya.
Preparatni EE tashxisi qo‘yilmagan erkaklargaeyakulyatsiyani kechiktirish uchun buyurish mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Achchiq ta'mni oldini olish uchun tabletkalarni butunligicha, bo‘lmasdan yutish kerak,stakan to‘la suv bilan ichiladi, ovqat bilan yoki ovqatsiz qabul qilish mumkin.
Katta yoshdagi (18 yoshdan 64 yoshgacha) erkaklar
Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza barcha patsiyentlar uchun bir kunda 1 ta tabletka seksual faollikdan taxminan 1 – 3 soat oldin.
Preparat har kuni muntazam qabul qilish uchun mo‘ljallanmagan. Preparat har 24 soatda bir martadan ko‘p qabul qilinishi mumkin emas.
24 hafta davolash davomida preparatning samaradorligi va xavfsizligiga oid ma'lumotlar chegaralangan. SINEGRA®LONG preparati bilan davolanishni davom ettirishning klinik maqsadga muvofiqligini va foyda-xavf nisbatini kamida har olti oyda bir marotaba qayta baholab borish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar ularning rivojlanish chastotasiga qarab quyidagicha tasniflanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam(≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1 / 10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma'lum - mavjud ma'lumotlar bo‘yicha yuzaga kelish chastotasini aniqlash imkoniyati yo‘q).
Marakaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, issiq quyilishlar hissi, bosh aylanishi, uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan dispepsiya, asteniya, diareya, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin.
Mushak-skelet tizimidan artralgiya, mialgiya, mushaklar tonusining ortishi.
Nafas tizimi tomonidan burun bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llarining infektsiyasi, nafas olishning buzilishi.
Ko‘rish a'zolari tomonidan ko‘rishni o‘zgarishi (engil va vaqtinchalik, asosan ob'ektlar rangining o‘zgarishi, shuningdek, yorug‘likni sezish hissining kuchayishi va ko‘rish aniqligining buzilishi), kon'yunktivit.
Alohida xabarlar
Patsiyentlarda dori preparatini qabul qilish bilan bog‘liq ongni yo‘qotish, bradikardiya yoki sinoatrial blokadalar bilan tavsiflanadigan hushdan ketish haqida ma'lumotlar ma'lum. Ko‘pgina holatlar qabul qilingandan keyin birinchi 3 soatda, birinchi marotaba qabul qilingandan keyin yoki klinika sharoitida (masalan, qon olish yoki ortostatik manipulyatsiya, shuningdek, qon bosimini o‘lchashda) tekshiruv o‘tkazishga kiradigan muolajalarni o‘tkazish bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Hushdan ketishdan oldin ko‘pincha prodromal simptomlar sodir bo‘lgan. Bexushlik holati va ehtimoli bo‘lgan prodromal belgilar aftidan doza bilan bog‘liq, chunki patsiyentlar orasida ular yuzaga kelishining yuqori chastotasi preparatni tavsiya qilingan dozadan oshirgan patsiyentlardakuzatilgan.
Ortostatik gipotenziya paydo bo‘lishi haqida ham xabarlar bo‘lgan.
NOJO‘Ya TAЪSIR KUZATILGANDA ShIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
azot oksidi, har qanday shakldagi organik nitratlar yoki nitritlar donatorlari bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish;
jigar funktsiyasining o‘rta yoki og‘ir darajadagi buzilishi;
laktozani ko‘tara olmaslik, tug‘ma Lapp-laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza/galaktoza so‘rilishi bilan bog‘liq kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar;.
ko‘rish nervining oldingi noarteriit ishemik neyropatiyasi (NAION) tufayli bitta ko‘zda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan patsentlarga, ushbu epizod 5-turdagi fosfodiesteraza ingibitorlari bilan oldindan davolashga bog‘liq yoki bog‘liq emasligidan qat'iy nazar;.
to‘r pardaning irsiy degenerativ kasalliklari, shu jumladan pigmentli retinit;
arterial gipotenziya;
fenilketonuriya;
ayollar;
65 yoshdan katta erkaklar;
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar;
Ehtiyotkorlik bilan jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (shu jumladan, angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyroni kasalligi), priapizmning rivojlanishiga moyil kasalliklar (masalan, o‘roqsimon hujayrali anemiya, ko‘p miyeloma, leykemiya, trombotsitemiya), qon ketishi bilan kechadigan kasalliklar, oshqozon yarasining qo‘zishi, yurak yetishmovchiligi, atrioventrikulyar blokada yoki sinus tugunining zaiflik sindromi, yurakning ishemik kasalligi, axamiyatli klapan kasalligi, noturg‘un stenokardiya, so‘nggi 6 oyda miokard infarktini boshdan kechirganlar, insult yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan aritmiyalar, arterial gipertenziya (arterial bosim (AB) > 170 / 100 mm simob ustuni), anamnezda hushdan ketish, maniya yoki og‘ir depressiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Monoaminooksidaza ingibitorlari bilan ehtimoli bo‘lgan o‘zaro ta'sirlashuv
Preparatni monoaminoksidaza ingibitorlari bilan birgalikda qabul qilganda, jiddiy reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin, ba'zan o‘lim bilan tugaydi, bularga gipertermiya, rigidlik, miokloniya, hayotiy muhim funktsiyalarning tezkor o‘zgarishlari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vegetativ nerv tizimining buzilishi, shuningdek, ruhiy holat o‘zgarishlari, jumladan, deliriyga va komaga o‘tadigan yaqqol qo‘zg‘alishlar kiradi.
SQQSI va MAO ingibitorlarini birgalikda qo‘llash qon bosimini oshirib va qo‘zg‘aluvchanlikni keltirib chiqarib, sinergik ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun, SINEGRA®LONGni MAO ingibitorlari bilan yoki ularni qabul qilish to‘xtatilgandan 14 kundan keyin qo‘llash kerak. Xuddi shunday, MAO ingibitorlarini ham SINEGRA®LONGni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin 7 kun ichida qabul qilmaslik kerak.
Boshqa dori preparatlarining ta'siri
CYP3A4 ingibitorlari (ketokonazol, eritromitsin va simetidin kabi) bilan bir vaqtda qabul qilinganda sildenafil klirensi kamayadi. Sitoxrom R450 ning kuchli ingibitori bo‘lgan OIV proteazasi ingibitori ritonavir bilan bir vaqtda qabul qilish, sildenafil (bir martalik doza 100 mg) bilan belgilangan rejimda (kuniga ikki marotaba 500 mg) sildenafilning Cmax 300% ga (4 baravar) oshishiga, shuningdek, plazmadagi sildenafilning AUC ni 1000% ga (11 baravar) ortishiga olib keldi. Sildenafil ritonavirning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Shundan kelib chiqib, SINEGRA®LONGni ritonavir bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi va har qanday holatda sildenafilning maksimal dozasi 48 soat davomida 25 mg dan oshmasligi kerak. CYP3A4 ingibitori hisoblangan OIV proteazasi ingibitori sakvinavir bilan bir vaqtda sildenafil preparatlarini qabul qilish sildenafilning Cmax ni, shuningdek, sildenafilning AUC ni ortishiga olib keldi. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Ketokonazol va itrakonazol kabi CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari yanada yaqqol ta'sir qildi. SINEGRA®LONGni CYP3A4 ning maxsus ingibitori bo‘lgan eritromitsin bilan birga qabul qilgandasildenafil tizimli ta'sirining ortishi kuzatildi. Birga qabul qilganda AUC, Cmax, tmax, eliminatsiyaning o‘zgarmas tezligi yoki sildenafil yoki uning asosiy aylanuvchi metabolitining keyingi yarim chiqarilish davrining ko‘rsatkichlariga ta'sir ko‘rsatish belgilari aniqlanmagan. Sitoxrom R450 ning ingibitori va CYP3A4 ning maxsus ingibitori bo‘lgan simetidin bilan bir vaqtda qabul qilganda plazmada sildenafil kontsentratsiyasining oshishiga olib keldi. Greypfrut sharbati ichak devorida CYP3A4 vositachiligidagi metabolizmning kuchsiz ingibitori hisoblanadi va plazmadagi sildenafil darajasining biroz ortishiga olib kelishi mumkin. Antatsid vositaning (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) bir martalik qabuli sildenafilning biokirishimliligiga ta'sir qilmaydi. CYP2S9 ingibitorlari (tolbutamid, varfarin va fenitoin), CYP2D6 ingibitorlari (serotonini selektiv qamrab olish ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar), tiazid, “halqali” va kaliy saqlovchi diuretiklar, angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, kaltsiy kanal blokatorlari, beta-adrenergik retseptorlar blokatorlari va sitoxrom CYP450 metabolik faollik ingibitorlari (rifampitsin va barbituratlar) bilan bir vaqtda qabul qilish sildenafilning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Nikorandil kaliy kanallarning aktivatorining va nitratning gibridi hisoblanadi. Nitrat komponenti tufayli u sildenafil bilan jiddiy o‘zaro ta'sirlashuvga kirishishi mumkin.
Markaziy asab tizimiga ta'sir qiluvchi dori preparatlari
Erta eyakulyatsiya bo‘lgan patsiyentlarda SINEGRA®LONGni MATga ta'sir qiluvchi dori preparatlar (masalan, tutqanoqqa qarshi preparatlar, antidepressantlar, antipsixotik preparatlar, anksiolitiklar, sedativ ta'sirga ega uyqu chaqiruvchi preparatlar) bilan birgalikda qabul qilishnini tizimli baholash o‘tkazilmagan. Shuning uchun, preparat va ushbu dori preparatlarini birgalikda qo‘llashda ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi. Narkotiklar va benzodiazepinlar kabi sedativ xossalarga ega bo‘lgan rekreatsion vositalar bilan preparatni qo‘llash qo‘shimcha ravishda uyquchanlik va bosh aylanishini kuchaytirishi mumkin.
Boshqa dori preparatlariga ta'siri
Preparatning teofillin yoki dipiridamol kabi nomaxsus fosfodiesteraza ingibitorlari bilan o‘zaro ta'sirlashuvi haqida ma'lumotlar yo‘q.
SINEGRA®LONG preparatining NO/tsGMF signal yo‘liga ma'lum ta'siriga muvofiq nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi, shuning uchun preparatni azot oksidi donatorlari yoki nitratlar bilan, har qanday shaklda, bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Alfa-adrenoblokatorlar bilan davolanayotgan patsiyentlarda bir vaqtning o‘zida preparatni qo‘llash ba'zi sezgir patsiyentlarda simptomatik arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Bularning barchasi preparat dozasini qabul qilgandan keyin 4 soat ichida kuzatilish ehtimoli bor. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (PXG) bo‘lgan patsiyentlarda, doksazozin terapiyasi yordamida stabillashgan holatda alfa-adrenoblokatorlar, doksazozin va sildenafil preparatlarini bir vaqtda qo‘llashda, yotgan holda arterial bosim 7/7-9/5 mm simob ustuniga qo‘shimcha holda pasayishi kuzatildi. Doksazozin bilan davolash orqali kasallik stabillashgan, preparat va doksazozin bir vaqtda qo‘llangan patsiyentlarda simptomatik arterial gipotenziya, bosh aylanishi va hushdan ketishdan oldingi holatlar (lekin hushdan ketish emas) kamdan-kam hollarda yuzaga kelishi haqida ma'lumotlar berilgan. Tolbutamid yoki varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ularning ikkalasi ham CYP2C9 tomonidan parchalanadi, hech qanday sezilarli ta'sir aniqlanmadi. SINEGRA®LONG atsetilsalitsil kislotasini qabul qilish natijasida yuzaga kelgan qon ketish vaqtining uzayishiga ta'sir qilmaydi. Arterial gipertenziyali patsiyentlarda amlodipin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, orqa bilan yotganda sistolik arterial bosimning qo‘shimcha pasayishi 8 mm simob ustunini tashkil etdi. Orqa bilan yotganda diastolik arterial bosimning qo‘shimcha pasayishi 7 mm simob ustunini tashkil etdi. CYP3A4ning substratlari va OIVning proteaza ingibitorlari hisoblangan sakvinavir va ritonavirning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Etanol
Preparatni etanol bilan birgalikda bir vaqtda qo‘llash bosh aylanishini kuchaytiradi, uyquchanlikni oshiradi va hushyorlikni sezilarli darajada pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jinsiy buzilishlarning boshqa turlari. Jinsiy buzilishlarning boshqa turlari, jumladan erektil disfunktsiya bo‘lgan patsiyentlarni davolashni boshlashdan oldin to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish kerak.
Erektil disfunktsiyani davolashning boshqa usullari bilan bir vaqtda qo‘llash. Erektsiya buzilishlarini davolash uchun mo‘ljallangan boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, shuning uchun bunday kombinatsiyalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Yurak-qon tomir kasalliklarini yuzaga keltiradigan xavf omillari. Erektil disfunktsiyani davolashni boshlashdan oldin shifokorlar o‘z patsiyentlarining yurak-qon tomir holatini baholashlari kerak, chunki jinsiy faoliyat bilan bog‘liq yurak asoratlari xavfining ma'lum bir darajasi mavjud.
Yurak-qon tomir tizimining fonli organik kasalliklari (masalan, qon oqish yo‘llarining hujjatlashtirilgan obstruktsiyasi, yurak klapani nuqsoni, uyqu arteriyasining stenozi va koronar arteriya patologiyasi) bo‘lgan patsiyentlarda hushdan ketish bilan bog‘liq yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya oqibatlar xavfi ortadi. Yurak-qon tomir tizimining fonli organik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda vazovagal hushdan ketish yuzaga kelishining yuqori xavfi bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun ma'lumotlar yetarli emas.
Ortostatik gipotenziya. Davolashni boshlashdan oldin shifokor batafsil tekshirishi, jumladan, ortostatik kasalliklarga nisbatan anamnez to‘plashi kerak. Davolashni boshlashdan oldin ortostatik test (tananing vertikal va gorizontal holatida arterial bosimni va puls tezligini o‘lchash) o‘tkazish lozim. Agar hujjatlashtirilgan ortostatik reaktsiya yoki unga shubha mavjud bo‘lsa, preparat bilan davolash kerak emas.
Priapizm. Erektil disfunktsiyani davolashda qo‘llaniladigan preparatlarni, shu jumladan SINEGRA®LONGni jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (masalan, angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyroni kasalligi) bor patsiyentlarda, shuningdekpriapizm rivojlanishiga moyil bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘p miyeloma yoki leykemiya) ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim. Erektsiya davomiyligi va priapizm postmarketing davrda qayd etilgan. 4 soatdan ortiq davom etadigan erektsiya sodir bo‘lsa, patsiyent darhol tibbiy yordam uchun murojaat qilishi lozim. Agar priapizm darhol davolanmasa, u jinsiy olatning shikastlanishiga va potentsiyaning doimiy yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Etanol. Patsiyentlar preparatni spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilmasliklari kerak. Spirtli ichimliklarni preparat bilan aralashtirish spirtli ichimliklar bilan bog‘liq neyrokognitiv effektlar sonini oshirishi mumkin va hushdan ketish kabi neyrokardiogen nojo‘ya ta'sirlarni ham ko‘paytirishi mumkin, bu esa tasodifiy shikastlanish xavfini oshiradi.
Maniya. Preparat anamnezida maniya, gipomaniya yoki bipolyar buzilishlar bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llanilmasligi va shunday kasalliklar alomatlari bo‘lgan har qanday patsiyentda uni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Tutqanoqlar. Nazorat qilinadigan epilepsiyali patsiyentlarga preparatni buyurishda ularni diqqat bilan kuzatib borish kerak, bunda tutqanoqlar paydo bo‘lishi mumkin, bunday hollarda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi.
Depressiya va/yoki ruhiy kasalliklar. Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin, depressiya belgilari va simptomlari bo‘lgan erkaklarni tashxis qilinmagan depressiv kasalliklarni istisno qilish uchun tekshiruvlardan o‘tkazish kerak. SINEGRA®LONGni ruhiy kasalliklarda qo‘llash mumkin emas va shizofreniya kabi kasalliklari bo‘lgan yoki surunkali depressiyadan aziyat chekadigan erkaklar qabul qilmasliklari kerak. Antidepressantlar, shu jumladan SQQSI va SIOZSN bilan birgalikda qo‘llash mumkin emas.
Keksalar (65 yosh va undan kattalar)
65 yosh va undan katta yoshdagi patsiyentlarda preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Ko‘rish organlari tomonidan buzilishlar. SINEGRA®LONG ni qabul qilganda, ko‘rish organlarida midriaz va og‘riq bo‘lishi mumkin. Ko‘z ichi bosimi ko‘tarilgan patsiyentlar, shuningdek, yopiq burchakli glaukoma rivojlanish xavfi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qabul qilishda ehtiyot bo‘lishlari kerak. Ko‘rish kutilmaganda yomonlashganda yoki yo‘qolganda, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Alfa-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qabul qilish. Alfa-adrenoblokatorlar guruhi preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotlik bilan qo‘llash lozim, chunki ularni bir vaqtda qo‘llash ba'zi sezgir patsiyentlarda simptomatik arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Bularning barchasi preparat dozasini qabul qilgandan keyin 4 soat ichida kuzatilish ehtimoli bor. Shifokorlar patsiyentlarga postural gipotenziya simptomlari paydo bo‘lganda nima qilish kerakligini tavsiya qilishlari kerak.
Qon ivishiga ta'siri. Qon ivishining buzilishi yoki faol oshqozon yarasi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llashning xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. SQQSI qabul qilish bilan bog‘liq qon ketish haqida ma'lumotlar mavjud.
SINEGRA®LONG preparatini, ayniqsa bir vaqtning o‘zida trombotsitlar faoliyatiga ta'sir qiluvchi preparatlar (masalan, atipik antipsixotik preparatlar va fenotiazinlar, atsetilsalitsil kislotasi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP), antiagregantlar) yoki antikoagulyantlarni (masalan, varfarin) qabul qilayotgan patsiyentlarda, shuningdek anamnezida qon ketish yoki qon ivishning buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Buyrak faoliyati buzilgan patsiyentlar. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan, shuning uchun og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, buyrak funktsiyasi yengil yoki o‘rtacha og‘irlikda buzilgan patsiyentlarga esa, uni qabul qilishda ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi.
Jigar faoliyati buzilgan patsiyentlar. Preparatni o‘rtacha va og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha V va C sinflar) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davri.
SINEGRA®LONG ayollarda qo‘llashga mo‘ljallanmagan.
Preparatning transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining xususiyatlari.
Preparatni qabul qilishda ABning pasayishi, ko‘rishning xiralashishi, bosh aylanishi, e'tiborning pasayishi, uyquchanlik rivojlanishi mumkin, shuning uchun patsiyentlar jarohatlanish xavfi mavjud vaziyatlardan, jumladan transport vositasini boshqarish va xavfli mexanizmlar bilan ishlashdan qochish kerakligi haqida ogohlantirilishi kerak.
Dozaning oshirib yuborilishi
Simptomlar nojo‘ya ta'sirlarning kuchayishi.
Davolash simptomatik. Gemodializ samarasiz. Maxsus antidot ma'lum emas.
Chiqarilish shakli
«SINEGRA®» LONG, qobiq bilan o‘ralgan tabletkalar, 50/30 mg, №4 (1x4).
«SINEGRA®» LONG, qobiq bilan o‘ralgan tabletkalar 50/30 mg, №12 (3x4).
Saqlash shartlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish shartlari
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
MChJ "NOBEL PHARMSANOAT" ChEK
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 “A” Tel (99871) 207 99 00; Faks (99871) 207 99 01; E-mail pv@nobel.uz, HYPERLINK "www.nobel.uz"www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.