Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Натрия алгинат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
250 мг
Производитель
Нижфарм
Chiqarillish shakli
Rektal shamchalar
Natalsid rek. supp. 250mg №10 haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Natalsid
Guruhlangan nomi Natriy alginati
Dori shakli
Rektal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda natriy alginati (natriy alginat) – 250 mg;
suppozitoriylar uchun asos qattiq yog‘ (vitepsol, supposir) – 2,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.
Ta'rifi
Och-qo‘ng‘ir tusli och-sariq rangli, torpedasimon suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy qo‘llash uchun gemostatik vosita.
ATX kodi V02VS
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning faol moddasi – natriy alginati – qo‘ng‘ir dengiz o‘tlaridan olinadigan tabiiy polisaxarid. Yaqqol gemostatik, yallig‘lanishga qarshi va reparativ ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Epitelizatsiya bosqichidagi surunkali anal yoriqlar, surunkali qonab turuvchi gemorroy, proktosigmoidit va operatsiyadan keyingi davrdagi to‘g‘ri ichakdagi yallig‘lanish ko‘rinishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Bolalarda (14 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Natalsid preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal. Ichak o‘z-o‘zidan yoki tozalovchi xo‘qnadan bo‘shalganidan keyin, to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta qo‘llanadi. Natalsid preparati bilan davolash kursining davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Natalsid rektal suppozitoriylari 250 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.