Natalsid rek. supp. 250mg №10
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Natalsid rek. supp. 250mg №10
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
NatalsidGuruhlangan nomi: Natriy alginati
Dori shakli
Rektal suppozitoriylarTarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:faol modda: natriy alginati (natriy alginat) – 250 mg;
suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (vitepsol, supposir) – 2,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.
Ta'rifi
Och-qo‘ng‘ir tusli och-sariq rangli, torpedasimon suppozitoriylar.Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy qo‘llash uchun gemostatik vosita.ATX kodi: V02VS
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning faol moddasi – natriy alginati – qo‘ng‘ir dengiz o‘tlaridan olinadigan tabiiy polisaxarid. Yaqqol gemostatik, yallig‘lanishga qarshi va reparativ ta'sir ko‘rsatadi.Qo‘llanilishi
Epitelizatsiya bosqichidagi surunkali anal yoriqlar, surunkali qonab turuvchi gemorroy, proktosigmoidit va operatsiyadan keyingi davrdagi to‘g‘ri ichakdagi yallig‘lanish ko‘rinishlarida qo‘llanadi.Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Bolalarda (14 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Natalsid preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal. Ichak o‘z-o‘zidan yoki tozalovchi xo‘qnadan bo‘shalganidan keyin, to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta qo‘llanadi. Natalsid preparati bilan davolash kursining davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi.Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Natalsid rektal suppozitoriylari 250 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.Yaroqlilik muddati
3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.