Alʼbumin-Biofarma 10% 100 ml (flakon)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
10%
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Украина
Yoʻriqnoma: Al'bumin-Biofarma 10% 100 ml (flakon)
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
ALBUMIN-BIOFARMATa'sir etuvchi modda (XPN): albumin (albumin)
Dori shakli
infuziya uchun eritma 10%.Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:faol modda: odam qon plazmasinig albumin fraktsiyasi - 100 mg;
yordamchi moddalar: natriy kaprilati - 3 mg, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha.
Ta'rifi
sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan tiniq yopishqoq suyuqlik, yashilsimon tusga yo‘l qo‘yiladi.Farmakoterapevtik guruhi
plazma o‘rnini bosuvchilar.ATX kodi: V05A A01
Farmakologik xususiyatlari
Odam qon plazmasini fraktsiyalash yo‘li orqali olinadigan plazma o‘rnini bosuvchi vosita.Immunologik va biologik xususiyatlari.
Albumin - odam qon plazmasining oqsil fraktsiyasi. Retsipiyentga vena ichiga yuborilganida albumin aylanib yuruvchi qonda osmotik bosimni saqlab turadi, arterial bosimni oshiradi, to‘qima suyuqligini qon havzasiga tushishiga va uni saqlanishiga yordam beradi, to‘qimalar va qon orasidagi almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, organizmning oqsil ozuqasi manbai hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
Preparatni travmatik va operatsion shoklarda, degidratatsiyasi va qonning kontsentratsiyalanishi bilan birga kechuvchi kuyishlarda, turli kelib chiqishga ega bo‘lgan gipoproteinemiya va gipoalbuminemiyada (nefrotik sindrom, jigar sirrozi, davomli septik va yiringli jarayonlar va boshqalar) buyuriladi. Albumin eritmasi, shuningdek me'da-ichak yo‘llarining kasalliklarida (yara kasalligi, o‘smalar, me'da-ichak anastomozining o‘tkazuvchanligini kamayishi), o‘tkir pankreatitda, ekstrakorporal qon aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarda qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga tomchilab yuboriladi, shok holatlarida esa arterial bosimni tez oshirish maqsadida - 250 ml dan 500 ml gacha hajmlarda oqim bilan yuboriladi.Nojo‘ya ta'sirlari
Ba'zida haroratni qisqa muddatli oshishi, kamdan-kam hollarda - belda og‘riqlar, eshakemi kuzatiladi. Allergik yoki anafilaktik reaktsiyalarga qandaydir gumon bo‘lsa preparatni darhol yuborishni to‘xtatish kerak. Shok rivojlangan holda standart shokka qarshi davolash o‘tkazilishi lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Trombozlar, arterial gipertoniya, ichki qon ketishlar, qonning oqsil preparatlariga yuqori sezuvchanlik. Agar gipervolemiya va uning oqibatlari yoki gemodilyutsiya alohida xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lsa preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, vena varikoz kengayishi, o‘pka shishi, gemorragik diatez, og‘ir darajali anemiya, buyrak yoki postrenal yetishmovchiligi ushbu hollarda misol bo‘lishi mumkin.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Albumin AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Albumin preparati faqat statsionar sharoitlarda aseptik qoidalariga rioya qilib qo‘llanadi. Preparatni yuborish uchun alohida tomchilagich qo‘llash zarur. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin preparatni ishlatish mumkin emas. Ahamiyatlari qon yo‘qotishlarida albuminni qon quyish bilan birga qo‘llash mumkin. Degidratatsiyada preparatni faqat regidratatsiyadan keyin (peroral va parenteral yo‘li bilan) qo‘llash mumkin. Preparatni dozasi har bir patsiyentga alohida belgilanadi. U klinik manzarasiga, qo‘llanilishiga va bemorning yoshiga bog‘liq. Preparat yuborilganda o‘pka shishini oldini olish uchun gemodinamik ko‘rsatkichlarini, nafas olish tizimi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim.Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi.
Homiladorlikda albuminni faqat o‘ta zarur hollarda qo‘llash mumkin.
Preparatni laktatsiya davrida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
O‘rganilmagan.Chiqarilish shakli
Infuziya uchun 10% li eritma. 10 ml, 20 ml dan preparat flakonlarda.1 yoki 5 flakondan karton qutida. 10 ml, 20 ml, 50 ml, 100 ml, 200 ml va 400 ml dan butilkalarda. 1 butilkadan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
“BIOFARMA PLAZMA” MChJ, UkrainaUkraina, 03038, Kiyev- sh., N. Amosov ko‘ch., 9, tel. (044) 277-36-10; 275-91-50; 521-15-39.
TIBP qo‘llanganidan keyingi nojo‘ya ta'siri hollarida (asoratlar):
Ukraina SSV, Bosh sanitar-epidemiologik boshqarmasiga Kiyev sh., Grushevskiy ko‘ch. 7, tel: +38 (044) 253-61-94;
“Gosudarstvenniy ekspertnIy sentr MZ Ukraini» DK (Ukraina, 03151, Kiyev sh., Ushinskiy ko‘ch., 40, tel. (044) 393-75-86);
ishlab chiqaruvchi korxona manziliga shoshilinch xabar yuborish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«MED REG NUR SERVIS» XK
O‘zbekiston, Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani,
To‘y Tepa sh., K.Sultonov ko‘ch., 11 uy.
MRN-servis@yandex.ru, (+99897) 764-04-31, (+99897) 744-29-08.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.