Ardeysedon Naxt tab. q/t №20
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Ardeysedon Naxt tab. q/t №20
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Ardeysedon® NaxtXalqaro patentlanmagan nomi
yo‘q.Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalarTarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 200 mg valeriana ildizining quruq ekstrakti (47:1 nisbatda), 68 mg qulmoq g‘uddasining quruq ekstrakti (48:1 nisbatda), yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, glyukoza siropi, kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall sellyuloza, sellyuloza kukuni, natriy karboksimetil kraxmali (A turi), stearin kislotasi, magniy stearati, qobig‘ining tarkibi: eudragit Ye100, saxaroza, talk, kaltsiy karbonat, gummiarabik, tragakant, titan dioksidi (E171), poli (Oatsetil) kraxmali, montanglikol mumi.
Ta'rifi
qandli qobiq bilan qoplangan, jigarrang-och sariq yadroli va o‘ziga xos valeriana hidli, oq, dumaloq, yaltiroq tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
uxlatuvchi vosita.ATX kodi: N05SM
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ardeysedon® Naxt preparatining farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi faol moddalarga asoslanadi.Valeriana (ildizi): efir moyi (bornilizovalerianat, borneol, kamfen, pinen), alkaloidlar (valerin, xatinin), oshlovchi moddalar, saponinlar, qand, valepotriatlar (valtrat, atsetoksivaltrat), organik kislotalar (olma, sirka, chumoli), yelimli va oshlovchi moddalar, selen, temir saqlaydi. Valeriana markaziy nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, koronar qon aylanishini yaxshilaydi, safro chiqarilishini va me'daichak yo‘llarida temir sekretsiyasini kuchaytiradi, spazmolitik, gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi.
Qulmoq (g‘uddalar): efir moyi, achchiq lyupulin moddasi, askorbin, qulmoqoshlovchi moddalari, gumulen va valeriana kislotalari, trimetilamin, yelim, kamed, bo‘yovchi va teri oshlovchi moddalar, xolin, achchiq moddalar, gipoksantin, mum, fitontsidlarni saqlaydi. Xmel nevr qo‘zg‘aluvchanligida, uyqusizlikda va yengil depressiyada tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Ardeysedon® Naxtning ta'siri dorivor o‘simliklarning - valeriana va qulmoq komponentlarining birgalikdagi ta'siri hisoblanadi, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazishning iloji yo‘q.Qo‘llanilishi
- uyquni buzilishida- yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlikda
- xavotirlikda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi.Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga:
- yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik va xavotirlik holatini davolashda 1 tabletkadan kuniga 3 martagacha qabul qilinadi;
- uyqusizlikda 1 tabletkadan uyqudan ½ 1 soat oldin; zarur bo‘lganida qo‘shimcha yana 1 tabletkani oldinroq kechki paytda qabul qilish mumkin.
Tabletkalarni chaynamasdan va yetarli miqdordagi suyuqlik (1 stakan ichimlik suvi bo‘lsa maqsadga muvofiq) bilan qabul qilinsin.
Maksimal sutkalik doza 3 tabletkani tashkil qiladi.
Davolash kursi 24 hafta. Zarur bo‘lganida takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam hollarda
- terining allergik reaktsiyalari
- uyquchanlik
- umumiy holsizlik.
Nojo‘ya ta'siri yo‘q bo‘lishi uchun preparatni qabul qilishni to‘xtatishni o‘zi kifoya. Ushbu yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;- bolalar va 12 yoshgacha o‘smirlar;
- homiladorlik va laktatsiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Markaziy nerv tizimi (MNT) ni susaytiruvchi dori vositalari (shuningdek sedativ va uxlatuvchi) bilan birga qo‘llaganda oxirgilarning ta'sirini kuchayishiga olib keladi.
Alkogol bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi, chunki alkogol preparatning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ardeysedon® Naxt da laktoza va saxaroza saqlanadi, shuning uchun agar Sizda qandni o‘zlashtiraolmaslik va qandli diabet bo‘lsa birinchi qabuldan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak.Agar Siz yanglishib tavsiya qilinganidan yoki shifokor buyurganidan ikki yoki uch barobar ko‘p (ushbu preparatning 23 tabletkasiga mos ravishdagi) dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, bu odatda sog‘ligingizga katta zarar ko‘rsatmaydi. Bunday hollarda preparatni tavsiya qilingan yoki shifokor buyurgan dozada qabul qilishni davom ettiring.
Transport vositasini yoki potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Preparat qabul qilinganidan keyin 2 soat davomida transport vositasini haydash va mexanizmlarni boshqarish yoki texnika havfsizligiga rioya qilmagan holda ishlash tavsiya qilinmaydi, chunki Ardeysedon® Naxt preparati psixomotor reaktsiyalarni pasaytirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.Chiqarilish shakli
10 tabletkadan polivinilxlorid va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.2 yoki 5 kontur uyali o‘ram davlat va rus tilidagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“Ardeyfarm GmbX”, Germaniya 58313 Xerdeke, tel: (+0 23 30) 977 677, faks 977 697Qayd etish guvohnomasi egasi
“Ardeyfarm GmbX”, Germaniya
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.