Barboval 25ml
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Tarkibi
:
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Украина
Yoʻriqnoma: Barboval 25ml
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
BarbovalDori shakli
peroral qo‘llash uchun tomchilarTarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:Faol moddalar: 100% quruq moddaga hisoblaganda 18 mg bromizovalerian kislotasining etil efiri; 80 mg izovalerian kislotasining mentil efiridagi (validol) mentol eritmasi, 17 mg fenobarbital;
Yordamchi moddalar: natriy atsetat trigidrati, etanol (96%), tozalangan suv.
Ta'rifi
tiniq, rangsiz, spetsifik xushbo‘y hidli suyuqlik.Farmakoterapevtik guruhi
Uyqu chaqiruvchi va sedativ preparatlar. Barbituratlarning majmuaviy preparatlari.ATX kodi: N05C B02.
Farmakologik xususiyatlari
Barboval - majmuaviy dori vositasi, uning terapevtik ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq.Bromizovalerian kislotasining etil efiri asosan og‘iz bo‘shlig‘ining retseptorlari va burun-tomoq retseptorlarining ta'sirlanishi, nerv tizimining markaziy bo‘limlarida reflektor qo‘zg‘aluvchanligini pasayishi va bosh miya po‘stlog‘ining neyronlarida va po‘stloq osti strukturalarida tormozlanish jarayonini kuchayishi, shuningdek markaziy tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faolligini pasayishi va silliq mushaklarga mahalliy to‘g‘ridan-to‘g‘ri spazmolitik ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan reflektor, tinchlantiruvchi va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Fenobarbital o‘rta va uzunchoq miyaning retikulyar farmatsiyasi markazlarini katta yarim sharlarning po‘stlog‘iga faollashtiruvchi ta'sirini susaytiradi, shu orqali bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti strukturalariga qo‘zg‘atuvchi ta'sir oqimlarini kamaytiradi. Dozaga bog‘liq tinchlantiruvchi, trankvilizatsiyalovchi yoki uyqu chaqiruvchi samaralari faollashtiruvchi ta'sirini kamayishini chaqiradi. Barboval umumiy arterial bosimni pasaytirib, tomirlarning spazmlarini yo‘qotib va oldini olib, ayniqsa yurak tomirlarining, tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarga, koronar va periferik tomirlarga qo‘zg‘atuvchi ta'sirlarini kamaytiradi.
Validol markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, me'da va ichakning peristalьtikasini sekinlashtiradi, meteorizmni kamaytiradi, shuningdek o‘rtacha reflektor tomirlarni kengaytiruvchi va spazmolitik ta'sirga ega.
Etanol har bir komponentlarning samarasini kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
Yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, isteriya bilan kechuvchi nevrozlar; stenokardiyaning yengil xurujlari, arterial gipertenziyaning boshlang‘ich bosqichi, funktsional genezli taxikardiyani, me'da va ichakning spazmlarini, meteorizmni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Barboval ichga, oz miqdordagi suyuqlik bilan yoki qand bo‘lagida til ostiga qabul qilinadi. Dozasi va davolashning davomiyligini shifokor shaxsiy belgilaydi. Odatda kattalar 10-15 tomchidan kuniga 2-3 marta 10-15 kun davomida qabul qiladilar. Preparatni yaxshisi ovqatdan 20-30 minut oldin qabul qilish kerak. 10-15 kunlik tanaffusdan keyin davolash kursini takrorlash mumkin.Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Alohida hollarda uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, yurak ritmining sekinlashishi, diqqatni jamlashni pasayishi, teri toshmasi, eshakemi, qichishish kuzatilishi mumkin. Bu ko‘rinishlar doza kamaytirilganida o‘tib ketadi. Juda kam allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida preparatga qaramlik va bromizm paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat bolalarga, homilador va emizikli ayollarda qo‘llanmaydi. Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda, jigar va buyrak yetishmovchiligida, jigar porfiriyasida qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Neyroleptiklar va trankvilizatorlar bilan bir vaqtda qo‘llash, preparatning har bir komponentining ta'sirini potentsiyalaydi, markaziy nerv tizimining stimulyatorlari bilan esa - zaiflashtiradi. O‘z tarkibida barbiturat kislotasining hosilalarini saqlovchi Barboval mahalliy anesteziyalovchi, og‘riqni qoldiruvchi va uyqu chaqiruvchi vositalarning ta'sirini kuchaytiradi. Alkogol preparatning samarasini kuchaytiradi va uning zaharliligini oshirishi mumkin. Barboval tarkibida fenobarbitalning bo‘lishi jigar fermentlarini induktsiyalashi mumkin va jigarda metabollanuvchi dorilar bilan bir vaqtda qo‘llash (kumarin hosilalari, grizeofulьvin, glyukokortikoidlar, homilaga qarshi peroral vositalar) maqsadga muvofiq emas, chunki metabolizmining yuqoriroq darajasi natijasida ularning samaradorligi pasayishi mumkin. Preparat metotreksatning zaharliligini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Preparat homiladorlarga va emizikli ayollarga buyurilmaydi.Bolalar. Bolalarni davolash uchun preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun u pediatriya amaliyotida qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Preparat ishi yuqori diqqat bilan bog‘liq shaxslarga - haydovchilarga, operatorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Uzoq muddat yoki tez-tez qo‘llanganida preparatni kumulyatsiyasi yuz berishi mumkin, bu dozani oshirib yuborilishining klinik belgilariga olib keladi, xususan:• markaziy nerv tizimini susayishi, bu MNT stimulyatorlarini qo‘llanishi bilan bartaraf qilinadi (kofein, kordiamin va boshq.);
• nistagmga, ataksiyalarga, arterial bosimni pasayishiga, qon formulasida o‘zgarishlarga.
Quyidagilar brom bilan surunkali zaharlanish belgilaridir: depressiya, apatiya, rinit, kon'yunktivit, gemorragik diatez, harakat koordinatsiyasini buzilishi. Ko‘rsatilgan belgilarni bartaraf qilish uchun simptomatik davolash buyuriladi.
Preparatni doimiy davomli qo‘llash o‘rganib qolishni, doriga qaramlikni, abstinent sindromini, qo‘llashni to‘satdan to‘xtatish esa – bekor qilish sindromini chaqirishi mumkin. Preparatni davomli qo‘llash ba'zida kutiladigan sedatsiyaning o‘rniga psixodinamik faollikni kuchayishi bilan kechadi. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
25 ml dan flakonda, qutiga joylangan.Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» OAJ.Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.