Maxsus taklif
Sentral-B kapsulalar №30
68 700 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Бельгия
Yoʻriqnoma: Sentral-B kapsulalar №30
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Sentral-BDori shakli
qattiq jelatin kapsulalarTarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
passifloraning suv-spirtli quruq ekstrakti - 25 mg;
do‘lananing suv-spirtli quruq ekstrakti - 25 mg;
valeriananing suv-spirtli quruq ekstrakti - 100 mg;
yordamchi moddalar: yengil magniy karbonat asosi, suvsiz kalloid kremniy dioksidi, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati. kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, titan dioksidi, natriy indigotindisulfonati, temir (II) oksidi.
Ta'rifi
korpusi oq rangli, qopqoqchasi yashil rangli, oq rangli dog‘lari bo‘lgan, o‘ziga xos xidli jigarrang kukun bilan to‘ldirilgan №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.Farmakoterapevtik guruhi
sedativ vosita.ATX kodi: N05CM
Farmakologik xususiyatlari
Sentral-B – sedativ ta'sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparatdir. Uning tarkibiga uchta komponent – dorivor o‘simliklar: passiflora, do‘lana va valeriananing quruq, suv-spirtli ekstraktlari kiradi.Passiflora ekstrakti tarkibida alkaloidlar va flavonoid-viteksin saqlaydi, markaziy nerv tizimiga yumshoq tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, uyquni tiklanishiga yordam beradi, bezovtalik va asabiylikni kamaytiradi, silliq mushaklarga nisbatan spazmolitik ta'sirga ega, yurak funktsiyasini yaxshilaydi, sedativ ta'sir ko‘rsatadi.
Do‘lana ekstrakti tarkibida flavonoidlar, xolin, atsetilxolin, burishtiruvchi moddalar, fitoserinlar va boshqalarni saqlaydi. Triterpen birikmalar va flavonoidlar mavjudligi tufayli, spazmolitik, ta'sir ko‘rsatadi; yurak va bosh miyadagi qon tomirlarini tanlab kengaytirib, gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi, venoz bosimini normallashuviga yordam beradi, qon tomirlar devorlarining funktsiyasini yaxshilaydi. Yengil sedativ ta'sirga ega.
Valeriana ekstrakti asosiy komponenti borneol va izovalerian kislotasining murakkab efiri bo‘lgan efir moyini, shuningdek erkin valerian kislotasi va borneol organik kislotalar (shu jumladan, spazmolitik ta'sir ko‘rsatuvchi valeriana kislotasi), alkaloidlar (valerin va xatinin), burishtiruvchi moddalar, qandlar va boshqa biologik faol moddalarni saqlaydi. Sedativ ta'sirga ega, ruxiy toliqish va nevrasteniyaga uchun xarakterli bo‘lgan zo‘riqish va ta'sirchanlikni kamaytiradi. Spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Sentral-B preparatining ta'siri uning tarkibidagi komponentlarning birgalikdagi hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.Qo‘llanilishi
• yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanlik;• asabni zo‘riqishi;
• ta'sirchanlik;
• xavotirlik, ezilish xissi;
• uyquni buzilishi, uyqusizlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sentral-B ichga buyuriladi, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.Preparat kattalar va 12 yosh va undan katta bolalar uchun mo‘ljallangan.
Nerv qo‘zg‘aluvchanligi oshganida, asabni zo‘riqishida, ta'sirchanlikda, xavotirlik va ezilish xissida odatda 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza - 6 kapsulani tashkil etadi.
Uyquni buzilishida va uyqusizlikda preparatning dozasi 2 kapsulani tashkil etadi, uyqudan yarim soat oldin qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Sentral-B preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kam hollarda: allergik reaktsiyalar, xolsizlik kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sentral-B yurak glikozidlari, trankvilizatorlar, markaziy nerv tizimining faoliyatiga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadigan moddalar, xamda alkogolning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sentral-B preparatini qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Preparat bekor qilinganida abstinentsiya sindromi rivojlanmaydi.Biron-bir jiddiy kasallikni o‘tkazgandan so‘ng preparatni qo‘llash mumkin emas.
Sentral-B uyquni buzilishi va nerv qo‘zg‘aluvchanligini yengil shakllarida qo‘llanadi.
Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni iste'mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Homiladorlikda va laktatsiyada qo‘llanishi
Xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni, ona uchun kutilayotgan foyda xomila yoki bola uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan axamiyatli darajada ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash tavsiya etiladi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Sentral-B preparatini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish vaqtida avtotransportni haydash va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki uyquchanlik rivojlanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: bosh aylanishi, qorinda spastik og‘riqlar, ko‘krakni siqilishi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘ngil aynishi, qusish.Davolash: me'dani yuvish mumkin, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Qattiq jelatin kapsulalar. 15 kapsula blisterda. 1, 2 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi“Rotafarm Limited” Buyuk Britaniya
(“Rotapharm Limited”, Great Britain).
Ishlab chiqarilgan
“Laboratoriya Kalifar N.V./S.A.”, Riyksverg 9, V-2880 Bornem, Belgiya.(“Laboratoria Qualiphar N.V./S.A.”, Rijksweg 9, B-2880 Bornem, Belgium).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
«Tar Pharm Alliance» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch., 166 uy
Telefon: 277-76-78, 277-76-48
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.