VaksigripTetra susp 1 doza / 0,5 ml №1 (shprits)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
1 доза/0,5 мл
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Франция
Yoʻriqnoma: VaksigripTetra susp 1 doza / 0,5 ml №1 (shprits)
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Savdo nomi
Vaksigrip Tetra(grippni oldini olish uchun faolsizlantirilgan split-vaktsina)
Xalqaro patentlanmagan nomi
yo‘qDori shakli
mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun suspenziya 0,5 ml li bir dozani saqlovchi shpritsda.Tarkibi
Bir doza (0,5 ml) quyidagilarni saqlanadi:faol modda: tovuq embrionlarida kultivirlangan, faolsizlantirilgan, parchalangan gripp viruslari quyidagilarga ekvivalent shtammlarda taqdim qilingan:
A (H1N1) * ............ 15 mkg gemagglyutinin;
A (H3N2) * ............ 15 mkg gemagglyutinin;
V * ......................... 15 mkg gemagglyutinin. yordamchi komponentlar: natriy xloridi, kaliy xloridi, natriy gidrofosfat digidrati, kaliy digidrofosfati, 0,5 ml gacha in'ektsiya uchun suv saqlovchi bufer eritmasi.
Ushbu vaktsina JSST Shimoliy yarim shar uchun tavsiyalariga va 2016-2017 y.y. mavsumi gripp vaktsinalarining tarkibi bo‘yicha YeI qaroriga muvofiqdir.
Ta'rifi
biroz oqish, tovlanuvchi suyuqlik.Farmakoterapevtik guruhi
Grippga qarshi vaktsinalar. Gripp virusi – faolsizlantirilgan, split-vaktsina (parchalangan) yoki yuza joylashgan antigenlarATX kodi: J07BB02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Vaksigrip ham yuza, ham ichki antigenlarni saqlovchi parchalangan (split-) vaktsinalar sinfiga mansub.Seroprotektsiyaga erishish uchun odatda 2-3 hafta talab etiladi. Gomologik yoki bir-biriga yaqin, vaktsinalarni tayyorlashda ishlatiladigan virus shtammlariga immunitetni saqlanib turish davomiyligi o‘zgarib turadi, lekin odatda 6-12 oyni tashkil etadi.
Farmakokinetikasi
Vaktsinalar uchun farmakokinetik xususiyatlarni baholash talab etilmaydi.Qo‘llanilishi
- kattalar va 6 oylikdan katta bolalarda grippni oldini olishda qo‘llaniladi.Qo‘llash usuli va dozalari
Vaktsina mushak ichiga va teri ostiga chuqur yuboriladi.Vena ichiga yuborilmasin!
Ishlatishdan oldin vaktsinani xona haroratida tutib turish va chayqatish kerak.
Suspenziyada yot zarrachalar bo‘lgan hollarda preparatni ishlatish mumkin emas.
6 oylikdan 35 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun 0,25 ml bir martalik doza buyuriladi.
36 oylikdan oshgan bolalar va kattalar uchun – 0,5 ml buyuriladi.
Grippga qarshi birinchi marta vaktsinatsiya qilinayotgan bolalarga vaktsinani 4 haftalik interval bilan ikki marta yuborish ko‘rsatilgan.
0,25 ml yuborish tayinlangan bolalarni immunizatsiyasi uchun 0,5 ml vaktsina saqlovchi shprits ishlatilganda, porshenni maxsus riskagacha bosib, shpritsning ichidagi moddani yarmini chiqarib tashlash lozim. Patsiyentga vaktsinaning qolgan qismini yuborish kerak.
Vaktsinatsiyani mamlakatda qabul qilingan tavsiyalarni hisobga olib o‘tkaziladi.
Vaktsinani yuborish texnikasi
Vaktsina mushak ichiga yuboriladi, tavsiya etilgan yuborish joyi – 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sonning old-lateral yuzasining o‘rta qismi, 1 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun yelkaning deltasimon mushagi hisoblanadi.
Vaktsina qoldiqlari va barcha chiqindilar mahalliy talablarga muvofiq utilizatsiya qilinishi lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlarni aniqlash quyidagi mezonlarga muvofiq o‘tkaziladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez(≥1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000).
Tez-tez
- isitma, lohaslik, bosh og‘rig‘i, et uvishishi, kuchli terlash, toliqish;
- qizarish, shish, og‘riq, qontalash (ekximoz), in'ektsiya joyida zichlashish;
- mialgiya, artralgiya.
Ushbu reaktsiyalar odatda 1-2 kun davomida o‘tib ketadi va maxsus davolashni talab qilmaydi.
Juda kam hollarda
- o‘tkinchi trombotsitopeniya va limfadenopatiya,
- allergik reaktsiyalar: yoyilgan teri reaktsiyalari, shu jumladan qichishish, eshakemi yoki nospetsifik toshma, anafilaktik shok, angionevrotik shish;
- nevralgiya, paresteziya, febril tirishishlar, entsefalomiyelit, nevrit va Giyen-Barre sindromi kabi nevrologik buzilishlar;
- buyrak faoliyatini tranzitor buzilish bilan bilan kechuvchi vaskulit.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Vaktsinaning faol komponentlariga, yordamchi moddalaridan birontasiga, shuningdek tuxum komponentlaridagi qoldiq miqdorlarida bo‘lgan moddalarga (ovalbuminga, tovuq oqsiliga), neomitsinga, formaldegidga, oktoksinol-9 ga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.O‘tkir infektsion kasallikda yoki surunkali kasallikni zo‘rayishi hollarida vaktsinatsiyani kechiktirish kerak.
6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vaksigrip boshqa vaktsinalar bilan bir vaqtda qo‘llanishi mumkin. Bunda preparatlar har xil shpritslarni ishlatish bilan tananing har xil sohalariga yuborilishi kerak. Immunosupressiv davolash olayotgan patsiyentlarda immun javob pasaygan bo‘lishi mumkin.
Vaktsinatsiyadan keyin OITV-1, S gepatiti virusiga va ayniqsa odam T-limfotrop 1 tur virusiga antitelalarni immunoferment (IFA) usuli yordamida aniqlashda soxta musbat natijalar aniqlangan. IFA soxta musbat natijalarini aniqlash uchun vestern-blotting ishlatiladi. Qisqa muddatli soxta musbat natijalar vaktsinaga bo‘lgan IgM-bilan bog‘liq reaktsiya tufayli yuz berishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
In'ektsiya qilinadigan boshqa vaktsinalarni ishlatilganda bo‘lgani kabi, preparat yuborilganidan keyin anafilaktik shok rivojlangan hollarda tegishli dorilarni bo‘lishi va yaxshi tibbiy kuzatuv talab etiladi.Vena ichiga yuborilmasin!
Endogen yoki yatrogen immunosupressiyasi bo‘lgan shaxslarda emlashdan keyin gumoral immun javob yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Avvalgi epidemik mavsum vaqtida amalga oshirilgan grippga qarshi vaktsinatsiya, kelgusi mavsumda ishonchli himoyani ta'minlay olmaydi, chunki har bir epidemik mavsum uchun o‘zining gripp virusining eng tarqalgan shtammlari xarakterlidir.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Grippga qarshi faolsizlantirilgan vaktsina homiladorlarda homiladorlikning har bir bosqichida qo‘llanilishi mumkin. Biroq xavfsizlik yuzasidan eng keng ko‘lamli ma'lumotlar 2 va 3 oyliklar uchun keltirilgan. Vaktsinani homiladorlarda ishlatilishi to‘g‘risida mavjud ma'lumotlar, vaktsinatsiyani homilaga va ayol organizmiga salbiy ta'siri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmaydi. Vaktsina emizish davrida ishlatilishi mumkin.
Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xos xususiyatlari
Ushbu vaktsinani ishlatish avtomobilni yoki boshqa texnikani boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya qilingan dozalarga amal qilinganda dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan.Chiqarilish shakli va o‘rami
0.5 ml (1 doza) dan vaktsinalar ignali yoki ignasiz, porshenli neytral shisha shpritslarda, shpritsning oxiri himoya qiluvchi rezina qalpoqchasi yoki igna tiqini bilan berkitilgan.
1 shpritsdan polimer plyonka kontur uyasiz o‘ramga joylangan.
1 kontur o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
5 shpritsdan polimer plyonka kontur uyasiz o‘ramga joylangan.
2 va/yoki 4 kontur uyasiz o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 2oS dan 8oS gacha haroratda saqlansin.Muzlatilmasin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
1 yil.O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
Sanofi Paster S.A.2, avenyu Pon Paster 69007
Lion, Fransiya
Qayd etish guvohnomasining egasi
Sanofi Paster S.A., Fransiya.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.