Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Eron
Dozasi
30 мл
Производитель
Amin Pharmaceutical Co.
Aditen 30 ml ichga qabul qilish uchun tomchilar (Vitamin А+D3) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Aditen®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) A vitamini+D3 vitamini
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun tomchilar
Tarkibi
Bir ml quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar A vitamini (palmitat ko‘rinishida) - 1500 XB,
kolekaltsiferol (D3 vitamini) - 400 XB
yordamchi moddalar Ye vitamini, askorbin kislotasi, metilparaben, propil paraben, natriy saxarin, propilen glikol, polioksil 40, gidrirlangan kanakunjut moyi, glitsirin, natriy sitrat, limon kislotasi, butilgidroksitoluol, tutti frutti, tozalangan suv.
Ta'rifi tutti frutti hidli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar.
ATX kodi A11C.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
A vitamini retinni faoliyatida, epitelial to‘qimani o‘sish va faoliyatida, reproduktiv faoliyatida va embronal rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
D3 vitamin bu kaltsiy va fosforni gomeostazini boshqaruvchisidir.
Farmakokinetikasi
D3 vitamini odatdagi dozalari ovqat bilan deyarli to‘liq so‘riladi. Yuqori dozalarda D3 vitaminining 2/3 qismi so‘riladi, qolgani ahlat bilan chiqariladi. D3 vitaminining metabolizmga uchramagan qoldig‘i yog‘ to‘qimasida saqlanadi, shuning uchun uzoq biologik parchalanish davriga ega.
Qo‘llanilishi
A vitamini va D vitaminini tanqisligi
raxit va raxitsimon kasalliklar
emizikli bolalarda va katta yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanishdan orqada qolish
teri va shilliq qavatini kasalliklari (masalan, psoriaz, ixtioz, dermatozlar)
holsizlangan va/yoki tez-tez kasallanadigan bolalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
raxitda sutkada 1 ml-2 ml (30-60 tomchi),
4 haftalik chala tug‘ilgan bolalarga - sutkada 1 ml-2 ml dan buyuriladi.
1 oylikkacha bo‘lgan bolalarda preparat faqat shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda A va/yoki D vitaminiga yuqori sezuvchanlik aniqlanadi.
Gipervitaminoz simptomlari quyidagi buzilishlarga olib kelishi mumkin.
ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi qusish, qabziyatlar, ishtahani yo‘qolishi, og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi, jigar funktsiyasini buzilishi,
siydik-chiqarish tizimi tomonidan poliuriya, siydik tosh kasalligi,
skelet tizimi tomonidan suyak va bo‘g‘im og‘riqlari,
to‘qimalarni kaltsifikatsiyasi, sochlarni to‘kilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A va/yoki D gipervitaminozi, buyrak yetishmovchiligi, sust so‘rilish holatida qo‘llash mumkin emas. A, D vitaminlarini saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish hollarida dozani oshirib yuborilishni bartaraf qilish maqsadida vitaminlarni yig‘indi dozalarini hisobga olish zarur.
Dorilarning o‘zaro tas'iri
Tutqanoqqa qarshi vositalar rifampitsin, neomitsin, xolestiramin, suyuq parafin-A va D3 vitaminlarini reabsorbtsiyasini pasaytiradi. Tiazidlar bilan bir vaqtda qo‘llash giperkaliyemiya xavfini oshiradi. Yurak glikozidlari bilan qo‘llash ularni toksik ta'sirlari kuchayishi mumkin. A vitamini yuqori dozalarda peroral ivishga qarshi vositalarni ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Etretinat preparatning ta'sirini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborishdan saqlanish kerak.
Buyrak-tosh kasalligi bo‘lgan shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat qo‘llanganda A vitaminiga boy (masalan, jigar) ovqatlarni ko‘p miqdorda qabul qilish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Qo‘llashdan oldin homiladorlik yoki shubha qilinayotgan homiladorlik to‘g‘risida shifokorni xabardor qilish lozim, dorini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanish mumkinligiga nisbatan shifokorni maslahati zarur.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat dozasini oshirib yuborilganda (gipervitaminozda) quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin holsizlik, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, depressiya, ruxiy buzilishlar, ataksiya, stupor.
Dozani oshirib yuborishdan keyin davolash preparatni qo‘llashni to‘xtatish. Ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilish. Shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
30 ml/15 ml li flakon gradatsiya qilingan pipetka bilan.
Saqlash sharoiti
30oS dan past haroratda saqlansin. Yorug‘likdan va muzlab qolishdan himoya qiling.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Amin Pharmaceutical Co.
3rd km Baharan town, Kelishad, Zobe Ahan Highway, Isfahan -Eron
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
MChJ “Farm Abidi INT”
Manzil Toshkent sh., Kozitarnov 2-tor kucha, 38 uy.
Tel (+998 71) 234 -52- 75, 234-73-24 .Fax; (+998 71) 237-63-33
www.abidi-int.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.