Аskorutin tab. №10 (Navbahor Sanoat)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
50мг/50мг
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Узбекистан
Yoʻriqnoma: Аskorutin tab. №10 (Navbahor Sanoat)
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
AskorutinTa’sir etuvchi moddalar: (xpn) askorbin kislotasi, rutin.
Dori shakli
tabletkalar.Tarkibi
1 tab quyidagilarni saqlaydi:Faol moddalar: askorbin kislotasi – 0,05g, rutin – 0,05 g.
Yordamchi moddalar: shakar, kartoshka kraxmali, kalsiy steriati, talk.
Ta’rifi: och yashilsimon-sariq rangli, biroz dog’lari bo’lgan, bir tomonlama riskali va ikki tomonlama faskali tabletakalar.
Farmakologik xususiyatlari
Askorbin kislotasi oqsidlanish-qaytarilish reaksiyalarini boshqarishda, uglevodlar almashinuvida, kollagenning sintezida ishtirok etadi.Rutozid kapillyallarning yuqori o’tkazuvchanligini bartaraf qiladi, qon-tomirlarning devorini mustahkamlaydi.
Qo’llanilishi
С va R gipo va avitaminozlarni oldini olish va davolash. Venalarni varikoz kengayishi, terini trofik buzilishlari va yaralari, surunkali venoz yetishmovchiligi, gemorrafik diatezlarda majmuaviy davolash tarkibida qo’llanadi.
Qo’llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi, 1 tabletkadan kuniga 2- marta ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan so’ng qabul qilinadi. Davolash kursi – 2-3 xafta tashkil qiladi. Oldini olish uchun – sutkada 1-2 tabletkadan buyuriladi. Davolash kursi individual ravishda aniqlanadi.
Nojuya ta’sirlari
Allergik reaksiyalar, dispeptik buzilishlar, bosh og’rig’I kuzatilishi mumkin.
Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar
O’ta yuqori sezuvchanlik, bolalik Yoshi, saxaroza/izomaltozaning tanqisligi, fruktozani o’zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so’rilishida qo’llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: qonning, giperkoagulatsiyasi va tromboz, tromboflebitlarga moyillik bilan birga kechuvchi holatlar.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Askorbin kislotasi penitsillin guruhi dori vositalari, temirning so’rilishini oshiradi; geparin va bevosita antikoagulyantlarning klinik samaralarini pasaytiradi.
Maxsus ko’rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo’llanilishi
Preparatning tarkibida rutin borligi tufayli, uni homiladorlikning 1 uch oyligida qo’llash mumkin emas. Homiladorlikning 2-3 uch oyliklarida askorbin kislotasiga bo’lgan minimal kundalik ehtiyoj – taxmiman 60mg. Homila homilador ayol qabul qilayotgan askorbin kislotasining yuqori dozalariga moslashishi mumkinligini va so’ngra yangi tug’ilgan chaqaloqda «bekor qilish» sindromi rivojlanishi mumkinligini nazarda tutish kerak.
Laktasiya davrida minimal kundalik ehtiyoj – 80mg. Askorbin kislotasining adekvat miqdorini saqlovchi onaning parhezi, emizikli bolada uning tanqisligini oldini olish uchun yetarli bo’ladi. Ona askorbin kislotasining yuqori dozalarini qabul qilganida nazariy jihatdan bola uchun xaqf mavjud ( emizikli ona tomonidan askorbin kislotasiga bo’lgan kundalik ehtiyojini oshirmaslik tavsiya qilinadi).
Homiladorlik va laktasiya davrida preparat qabul qilinganida, shifokor buyurgan dozaga va qabul qilish kursining davomiyligiga rioya qilish kerak.
Chiqarilish shakli
30, 40 yoki 50 tabletkadan polimer bankada.10 tabletkadan pvx/alyumin folgali kontur uyali o’ramda.
Saqlash sharoyiti
Quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda 25 gradusdan yuqori bo’lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
RetseptsizYaroqlik muddati
2 yil
Yaroqlilik muddati tugagandan so’ng qo’llanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi
O’zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo’yicha etirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:«NAVBAHOR SANOAT» MCHJ
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. Chilonzor-6, Cho’pon-Ota ko’chasi 17/1-uy
Tel: +99871 202-15-51
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.