Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kaltsiy D3 Nikomed apelsin ta'mli tab. №100
Nomi | Narx | |||||
Кальций Д3 Никомед апельсин таб. №100 (12504802##2 173) |
UZS 115 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kaltsiy-D3 Nikomed
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Kaltsiy karbonati+kolekaltsiferol
Dori shakli
Apelsin ta'mli chaynaladigan tabletkalar
Tarkibi
faol moddalar 500 mg elementar kaltsiyga ekvivalent bo‘lgan 1250 mg kaltsiy karbonati; 5,0 mkg kolekaltsiferol 2,0 mg kolekaltsiferol kontsentrati ko‘rinishida (quyidagilardan tashkil topgan kolekaltsiferol - 0,00550 mg; DL-α-tokoferol - 0,0220 mg; o‘rtacha zanjirli triglitseridlar - 0,0660 mg; modifikatsiya qilingan makkajo‘xori kraxmali - 1,61 mg; saxaroza - 0,385 mg; natriy askorbati - 0,0880 mg; kremniy dioksidi - 0,0264 mg);
yordamchi moddalari ksilitol – 225 mg; 55,9 mg apelsin granulyati aromatizatori (quyidagilardan tashkil topgan izomalt - 55,2 mg; apelsin aromatizatori – 0,723 mg; yog‘ kislotalarini mono va diglitseridlari – 0,000575 mg); povidon – 15,75 mg; magniy stearati – 6,0 mg; sukraloza - 0,25 mg.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiqsiz, oq rangli tabletkalar.
Katta bo‘lmagan dog‘lari bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
kaltsiy preparatlari boshqa preparatlar bilan majmuasi.
ATX kodi A12AX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
D3 vitamini ichakda kaltsiyni so‘rilishini oshiradi.
Kaltsiy va D vitaminini qabul qilish suyaklarda kaltsiyning tanqisligi oqibatida yuz bergan va suyaklarning rezorbtsiyasini oshishiga olib keluvchi paratireoid gormon (PTG) darajasini ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
D vitaminining tanqisligi qayd etilgan patsiyentlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalari 500 mg kaltsiyning ikki tabletkasi / 400 XB D vitaminini olti oy davomida har kuni qabul qilish D3 vitaminining 25-gidroksil guruhi metaboliti ko‘rsatkichlarini normallashtirishini va ikkilamchi giperparatireozni va ishqoriy fosfatazani pasayishini ko‘rsatdi.
Farmakokinetikasi
Kaltsiy
So‘rilishi Me'da-ichak yo‘llari orqali so‘riladigan kaltsiyning miqdori, qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi va metabolizmi Tanadagi 99% kaltsiy suyaklar va tishlarning qattiq strukturasida to‘plangan. Qolgan 1% xujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqlikda bo‘ladi. Qondagi kaltsiyning umumiy miqdorini taxminan 50% fiziologik faol ionlangan shaklda bo‘ladi, ulardan taxminan 10% sitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmuada, qolgan 40% esa, oqsillar bilan, asosan albuminlar bilan bog‘langan bo‘ladi.
Chiqarilishi Kaltsiy ahlat, siydik va ter bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilishi kaltsiyning buyrak kalavalari filtratsiyasi va naychalardan qayta so‘rilishiga bog‘liq.
Kolekaltsiferol
So‘rilishi D3 vitamini ingichka ichakda oson so‘riladi.
Taqsimlanishi va metabolizmi kolekaltsiferol va uning metabolitlari spetsifik globulin bilan bog‘langan holda qonda aylanib yuradi. Kolekaltsiferol jigarda gidroksil guruhini ajralib chiqishi yo‘li bilan 25-gidroksikolekaltsiferolga aylanadi. So‘ngra buyrakda faol shakli - 1,25-gidroksikolekaltsiferolga aylanadi, 1,25-gidroksikolikaltsiferol kaltsiyni so‘rilishini oshishiga mas'ul bo‘lgan metabolit hisoblanadi. Metabolizmga uchramagan D3 vitamini yog‘ va mushak to‘qimasida to‘planadi.
Chiqarilishi D3 vitamini axlat va siydik orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kaltsiy va/yoki D3 vitamining tanqisligini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Kaltsiy va D vitaminining tanqisligi xavfi bo‘lgan patsiyentlarda osteoporozni davolashda yordamchi vositalar sifatida kaltsiy va D vitaminini qo‘shishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Katta va keksa patsiyentlar
Osteoporozda yordamchi davolash vositasi sifatida
Bir tabletka kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Kaltsiy va D vitamini tanqisligida
Bir tabletka kuniga 1-3 marta buyuriladi.
Bolalar
Faqat kaltsiy va D vitaminini tanqisligida
Bir tabletka kuniga 1-2 marta buyuriladi.
Buyrak faoliyatini buzilishlari
Kaltsiy-D3 Nikomed tabletkalarini og‘ir buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. («
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» bo‘limiga qarang).
Jigar faoliyatini buzilishlari
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Qo‘llash usuli
Tabletkalar ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash yoki shimish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlar a'zolar tizimi sinfi va tez-tezligi bo‘yicha quyida sanab o‘tilgan. Tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10,000); yoki noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).
Immun tizimini buzilishlari
Noma'lum angionevrotik shish va xiqildoq shishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Metabolizmni va ozuqa moddalarini o‘zlashtirilishini buzilishi
Tez-tez emas giperkaltsiyemiya va giperkaltsiuriya.
Juda kam hollarda sut-ishqoriy sindrom (siyishga bo‘lgan tez-tez qistovlar; uzoq davom etuvchi bosh og‘rig‘i; ishtahani uzoq yo‘qolishi; ko‘ngil aynishi va qusish; xos bo‘lmagan charchoq va holsizlik; giperkaltsiyemiya, alkaloz va buyrak faoliyatini buzilishi). Odatda faqat dozani oshirib yuborilganda kuzatiladi («
Dozani oshirib yuborilishi
» bo‘limiga qarang).
Me'da-ichak yo‘llari tomondan buzilishlar
Kam hollarda qabziyat, dispepsiya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va diareya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda qichishish, achishish va eshakemi.
Maxsus guruh patsiyentlari
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar giperfosfatemiyani, nefrolitiazni va nefrokaltsinozni rivojlanishini potentsial xavfi bor. «
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tarkibi
” bo‘limida keltirilgan faol va yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Og‘ir buyrak kasalliklari (kalavalar filtratsiyasi tezligi <30 ml/min/1,73 m2)
Giperkaltsiyemiya va/yoki giperkaltsiuriya bilan kechuvchi holatlar va/yoki kasalliklar
Buyrakdagi toshlar (nefrolitiaz)
D vitaminining gipervitaminozida qo‘llash mumkin emas.
3 yoshgacha bo‘lmagan bolalar
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tiazid diuretiklar siydik bilan kaltsiyni chiqarilishini kamaytiradi, shuning uchun giperkaltsiyemiya xavfini oshishi mumkinligi tufayli, tiazid diuretiklar bilan yondosh davolash vaqtida zardobdagi kaltsiy darajasini muntazam nazorat qilish kerak.
Tetratsiklin qatori preparatlarini bir vaqtda qabul qilinganda kaltsiy karbonati preparatlarni so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun tetratsiklin preparatlarini kaltsiy karbonatini peroral qabul qilishdan kamida ikki soat oldin yoki to‘rt-olti soatdan keyin qabul qilish kerak.
Giperkaltsiyemiya yurak glikozidlarini kaltsiy va D vitamini bilan davolash vaqtida toksikligini oshirishi mumkin. Patsiyentlarni kuzatish kerak, elektrokardiogrammani (EKG) o‘tkazish va zardobda kaltsiy darajasini nazorat qilish kerak.
Bisfosfonatlarni bir vaqtda qabul qilinganda, ularni Kaltsiy-D3 Nikomedni qabul qilishdan kamida bir soat oldin qabul qilish kerak, chunki me'da-ichakda so‘rilishi pasayishi mumkin.
Levotiroksinning samarasi, levotiroksinni so‘rilishini pasayishi tufayli, qaltsiyni bir vaqtda qabul qilinganda pasayishi mumkin. Kaltsiyni va levotiroksinni qabul qilish orasida kamida to‘rt soat o‘tishi kerak.
Xinolon antibiotiklarini so‘rilishi kaltsiy bilan bir vaqtda qabul qilinganda sekinlashishi mumkin. Xinolon antibiotiklarini kaltsiyni qabul qilishdan ikki soat oldin yoki olti soatdan keyin qabul qilish kerak.
Kaltsiy tuzlari temir, rux va strontsiy renelatini so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun temir, rux yoki strontsiy ranelatini saqlovchi preparatlarni Kaltsiy-D3 Nikomedni qabul qilishdan kamida ikki soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak.
Orlistat bilan davolash yog‘da eruvchi vitaminlarni (masalan D3 vitaminini) so‘rilishini potentsial pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddat davolanish vaqtida qon zardobida kaltsiy miqdorini nazorat qilish va qon zardobida kreatinin darajasini o‘lchash yo‘li bilan buyrak faoliyatini kuzatish kerak. Ayniqsa yurak glikozidlari va diuretiklar bilan davolanayotgan keksa yoshdagi patsiyentlar va buyrakda toshlarni hosil bo‘lishiga yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlar nazorat ostida bo‘lishlari kerak («Dorilarning o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang). Giperkaltsiyemiya yoki buyrak faoliyatini buzilishlari belgilari bo‘lgan hollarda dozani kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak.
Kaltsiy karbonati tabletkalari kolekaltseferol bilan giperkaltsiyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda yoki jigar faoliyatini buzilishi belgilari bo‘lgan patsiyentlarda shuningdek kaltsiy va fosfatlar darajasini kuzatish kerak. Yumshoq to‘qimalar kaltsifikatsiyasi xavfini inobatga olish kerak. Yondosh davolash vaqtida D vitaminining boshqa manbalari va/yoki kaltsiy saqlovchi dorilarni yoki ozuqa moddalarini (sut kabi) qo‘llab yondosh davolash o‘tkazilgan vaqtda, giperkaltsiyemiya va keyinchalik buyrak faoliyatini buzilishlariga olib keluvchi sut-ishqor sindromini rivojlanish xavfi mavjud. Bunday patsiyentlarda qon zardobida kaltsiy darajisini nazorat qilish va buyrak faoliyatini kuzatish kerak.
D3 vitaminining faol shakliga o‘tish metabolizmini oshish xavfi tufayli Kaltsiy-D3 Nikomed tabletkalarini sarkoidozi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday patsiyentlarni qon zardobida va siydikda kaltsiy miqdorini aniqlash yuzasidan kuzatish kerak.
Tabletkalarini osteoporozi bo‘lgan xarakatsizlanib qolgan patsiyentlarga giperkaltsiyemiyaning yuqori xavfi tufayli, Kaltsiy-D3 Nikomed ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Kaltsiy-D3 Nikomed tabletkalari aspartam (E 951, fenilalanin) saqlaydi. Fenilketonuriyasi bo‘lgan patsiyentlarga ziyon yetkazishi mumkin.
Kaltsiy D3 Nikomed tabletkalari sorbitol (E420), izomalt (E953) va saxaroza saqlaydi. Fruktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmasligi, glyukoza galaktoza malabsorbtsiyasi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar bu dori preparatini qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida kaltsiy va D vitamini tanqisligi hollarida Kaltsiy-D3 Nikomedni qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida sutkalik doza kaltsiy uchun 2500 mg dan va D vitamini uchun 400 XB dan oshmasligi lozim. Homilador ayollar kaltsiy va D3 vitaminining ruxsat berilgan dozasini oshirish mumkin emas, chunki doimiy giperkaltsiyemiya rivojlanayotgan homilaga nohush ta'sir ko‘rsatishi mumkin. D vitamini terapevtik dozalarda rivojlanayotgan xomilaga teratogen ta'sir ko‘rsatishi haqida ko‘rsatmalar yo‘q.
Laktatsiya davri
Kaltsiy-D3 Nikomedni emizish davrida qo‘llash mumkin.
Kaltsiy va D3 vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi. Buni D vitaminini bolaga qo‘shimcha ravishda buyurilganida e'tiborga olish lozim.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Kaltsiy-D3 Nikomed preparati avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va qurilmalar bilan ishlashga ma'lum ma'lum ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Dozani oshirib yuborilishi
giperkaltsiyemiyaga va D gipervitaminoziga olib kelishi mumkin. Giperkaltsiyemiya simptomlari ishtaxani yo‘qolishi, chanqoq, ko‘ngil aynishi,qusish, ich qotishi, konstipatsiya, qorinda og‘riq, mushaklar kuchsizligi, toliqish, ruhiy buzilishlar, polidipsiya, poliuriya, suyaklarda og‘riq, nefrokaltsinoz, buyrakda toshlarni hosil bo‘lishi va og‘ir hollarda yurak aritmiyalarini o‘z ichiga olishi mumkin. Giperkaltsiyemiyaning eng yuqori darajasi komaga yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Kaltsiyni doimiy yuqori darajasi buyrak faoliyatini qaytmas buzilishlariga va yumshoq to‘qimalar kaltsifikatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Sut-ishqoriy sindromi ovqat bilan ko‘p miqdorda kaltsiy va so‘riladigan ishqorlar qabul qiladigan patsiyentlarda paydo bo‘lishi mumkin.
Giperkaltsiyemiyani davolash
Asosan simptomatik va samarani bir maromda tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. Kaltsiy va D vitamini bilan davolashni bekor qilish kerak. Tiazid diuretiklari va yurak glikozidlari bilan davolashni to‘xtatish kerak. («Dorilarning o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang). Ongni buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda me'dani yuvish kerak. Regidratatsiya va og‘irlik darajasiga ko‘ra, xalqali diuretiklar, bisfosfonatlar, kaltsitonin va kortikosteroidlar bilan alohida yoki majmuaviy davolash tavsiya etiladi. Zardob elektrolitlarini, jigar faoliyatini va diurezni nazorat qilish kerak. Og‘ir holatlarda EKG o‘tkazish va markaziy venoz bosimni (MVB) nazorat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
50 yoki 100 tabletkadan, tagida flakonni birinchi ochilishini nazorat qilinishini ta'minlovchi, zichlashtiruvchi taglikni uzib tashlash halqasi bo‘lgan buraluvchan qopqoq bilan berkitilgan, yuqori zichlikka ega polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtirilgan. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Flakon zich yopilgan holda, quruq joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
30 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.