Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mineralf tab. 0.5mgk (2х10) №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Альфакальцидол
Страна производитель
КНР
Дозировка
0,5 мкг
Производитель
YAOPHARMA Co., Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Mineralf®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) alfakaltsidol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda alfakaltsidol – 0,25 mkg yoki 0,5 mkg;
yordamchi moddalar tret-butilgidroxinon, povidon, kaliy gidroksidi, laktoza, mikrokristall sellyuloza, polivinilpirrolidon, stearin kislotasi, kremniy dioksidi.
Ta'rifi oq rangli tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi
D vitamini va uning hosilalari
ATX kodi A11SS03
Farmakologik xususiyatlari
Vitamin, kaltsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchisi.
Farmakodinamika
si
Alfakaltsidol (D3 1α-gidroksivitamini) jigarda kaltsiy va fosfor almashinuvining boshqaruvchisi sifatida ta'sir ko‘rsatuvchi D vitaminining (kaltsitriol) faol metaboliti D3 1,25- digidroksivitaminiga tez aylanadi.
Ichakda kaltsiy va fosfor so‘rilishini oshiradi, ularni buyrakda reabsorbtsiyasini oshiradi, kaltsiy mal’absorbtsiyasi sindromida ijobiy kaltsiy muvozanatini tiklaydi va qonda paratireoid gormon kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Alfakaltsidol suyak remodelizatsiyasi jarayonining ikkala qismiga (rezorbtsiya va sintez) ta'sir ko‘rsatib, nafaqat suyak to‘qimasining minerizatsiyasini oshiradi, balki suyak matriksi oqsillari, suyak morfogenetik oqsillari, suyak o‘sishi omillari sintezini rag‘batlantirish hisobiga ularning mustahkamligini ham oshiradi, bu suyak sinishlari rivojlanishi tez-tezligini kamayishiga olib keladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda endokrin-immun disfunktsiya, shu jumladan D-gormon (kalьtsitriol) ishlab chiqarilishini tanqisligi fonida umumiy mushak massasini pasayishi (sarkopeniya) va mushak kuchsizligi sindromi paydo bo‘ladi (nerv-mushak apparatini normal faoliyat ko‘rsatishini buzilishi oqibatida), bu yiqilishlar va bu jarohat bilan bog‘liq suyak sinishlari xavfini oshishi bilan kechadi. Bir qator tadqiqotlarda keksa yoshdagi patsiyentlarda alfakaltsidolni qo‘llaganda yiqilishlar tez-tezligini ahamiyatli darajada kamayishini namoyish qilgan.
Alfakaltsidol mushak tolalarini regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, bu yo‘qotilgan mushak tonusini tiklaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Alfakaltsidol ichga qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga alfakaltsidol bir marta qabul qilingandan 8-12 soatdan keyin erishiladi.
Metabolizmi
Alfakaltsidolni kaltsitriol (1,25-digidroksikolekalьtsiferol - 1α, 25-(OH)2D3) ga aylanishi uglerodning 25 atomi bo‘yicha gidroksilizatsiya yo‘li bilan jigarda amalga oshadi, bunda gidrosilizatsiya jarayoni juda tez amalga oshadi (substratga bog‘liq xarakterga ega). Nativ D vitamidan farq qilib, alfakaltsidol buyraklarda gidrosilizatsiyaga muhtoj emas, shuning uchun hatto buyrak 1-alfa-gidroksilazasi faolligi pasayishi bo‘lgan patsiyentlarda (buyrak patologiyasi, keksalar) ham samarali.
Chiqarilishi
Buyraklar va safro bilan ichak orqali deyarli teng miqdorda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-osteoporoz (shu jumladan postmenopauza, senil, steroid);
-surunkali buyrak yetishmovchiligidagi osteodistrofiya;
-gipoparatireoz va soxtagipoparatireoz;
-oziqlanish yoki so‘rilishni yetishmovchiligi bilan bog‘liq raxit va osteomalyatsiya;
-gipofosfatemik D vitaminiga rezistent raxit va osteomalyatsiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Alfakaltsidol tabletkasining dozasi patsiyentning qon zardobidagi kalьtsiyning darajasini sinchkovlik bilan nazorati asosida muvofiqlashtirilishi kerak.
Kattalar uchun dozalash
1.Surunkali buyrak yetishmovchiligi va osteoporoz
Alьfakalьtsidolning peroral qabul qilinadigan kattalar uchun odatdagi dozasi kuniga bir marta 0,5-1,0 mkg alfakaltsidolni tashkil etadi. Patsiyentning yoshi va simptomlarga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak. Davolash kursi 2-3 oy, bu davolash davridir, davolash davriyligi – yiliga 2-3 marta.
2.Gipoparatireoz va D vitaminining metabolizmini buzilishlari bilan bog‘liq boshqa kasalliklar.
Alfakaltsidolning peroral qabul qilinadigan kattalar uchun odatdagi dozasi kuniga bir marta 1,0-4,0 mkg alfakaltsidolni tashkil etadi. Kasallik, patsiyentning yoshi, simptomlari va kasallikning tipiga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak. Davolash kursi 2-3 oy, bu davolash davridir, davolash davriyligi – yiliga 2-3 marta.
Bolalar uchun dozalash
Bolalardagi osteoporozda alьfakalьtsidol tabletkalarining odatdagi peroral dozasi kuniga bir marta 0,01-0,03 mkg/kg alfakaltsidolni, boshqa kasalliklarda kuniga bir marta 0,05-0,1 mkg/kg alfakaltsidolni tashkil etadi. Kasallik va simptomlarga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak. Davolash kursi 2-3 oy, bu davolash davridir, davolash davriyligi – yiliga 2-3 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan anoreksiya, qusish, jig‘ildon qaynashi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, epigastriy sohasida diskomfort hissi, qabziyat, diareya; kam hollarda – jigar fermentlari faolligi biroz oshishi.
Nerv tizimi tomonidan umumiy holsizlik, toliqish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish.
Suyak-mushak tizimi tomonidan mushaklarda, suyaklarda, bo‘g‘imlarda o‘rtacha og‘riq.
Moddalar almashinuvi tomonidan giperkalьtsiyemiya, YuZLP kontsentratsiyasini biroz oshishi, buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda giperfosfatemiya rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-giperkalьtsiyemiya;
-giperfosfatemiya (giperparatireozdagi giperfosfatemiyadan tashqari);
-gipermagniyemiya;
-D gipervitaminozi
-homiladorlik;
-laktatsiya (emizish) davri;
-3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
-alfakaltsidol va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni nefrolitiaz, ateroskleroz, surunkali yurak yetishmovchigi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, sarkoidoz yoki boshqa granulematozlarda, o‘pka tuberkulyozidi (faol shakli), giperkalьtsiyemiya rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa siydik-tosh kasalligi bo‘lganida, 3 yoshdan oshgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Osteoporozni davolaganda alfakaltsidolni estrogenlar va suyak rezorbtsiyasini pasaytiruvchi dori vositalari bilan majmuada buyurish mumkin.
Alfakaltsidolni yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda yurak ritmini buzilishi rivojlanishi xavfi oshadi.
Jigar mikrosomal fermentlarining induktorlari (shu jumladan fenitoin va fenobarbital) qon plazmasida alfakaltsidolning kontsentratsiyasini pasaytiradi, ingibitorlar esa – oshiradi (uning samaradorligi o‘zgarishi mumkin).
Alfakaltsidolni mineral moylar (uzoq vaqt davomida), kolestiramin, kolestipol, sukralfat, antatsidlar, albumin asosidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda uning so‘rilishi kamayadi. O‘zaro ta'sir ehtimolini kamaytirish uchun alfakaltsidolni yuqorida ko‘rsatilgan preparatlarni qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 4-6 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Magniy saqlovchi antatsidlarni va alfakaltsidolni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida magniyning darajasini oshishini, alyuminiy saqlovchi antatsidlarni esa – qon plazmasida alyuminiy darajasini, ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligida oshishiga olib kelishi mumkin.
Alfakaltsidol fosfor saqlovchi preparatlarning so‘rilishini va giperfosfatemiya paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
Alfakaltsidolni kaltsiy preparatlari, tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash giperkalьtsiyemiya rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Alfakaltsidol bilan davolash fonida, additiv o‘zaro ta'sir va giperkalьtsiyemiya rivojlanishi xavfini oshishi tufayli, D vitamini va uning hosilalarini saqlovchi boshqa dori preparatlarini qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Alfakaltsidolni bolalar va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilganida qon plazmasida kaltsiy va fosfatlar darajasini (davolashni boshida – xaftada 1 marta, qon plazmasida Smax ga erishilganda va barcha davolash davrida – har 3-5 xaftada), shuningdek IF faolligini (surunkali buyrak yetishmovchiligida – har xaftada nazorat) nazorat qilish kerak. Surunkali buyrak yetishmovchiligida dastlab giperfosfatemiyani muvofiqlashtirish talab etiladi.
Qon plazmasida IF ning normal faolligiga erishilganda alfakaltsidolning dozasini kamaytirish kerak, bu giperkaltsiyemiya rivojlanishidan saqlanish imkonini beradi.
Alfakaltsidol bilan davolashni boshida, ayniqsa suyaklarni ahamiyatli shikastlanishlari bo‘lmagan hollarda, masalan gipoparatireozda va agar qon plazmasida kaltsiyning darajasi oshgan bo‘lsa, shuningdek davolashning kechroq davrlarida – suyak to‘qimasi strukturasini tiklanish belgilari bo‘lganida kaltsiyning darajasini o‘lchash tavsiya etiladi.
Giperkaltsiyemiya rivojlanishi xavfi suyak demineralizatsiya darajasi, buyrakning funktsional qobiliyati va preparatning dozasi kabi omillar bilan belgilanadi.
Giperkaltsiyemiya yoki giperkalьtsiuriya qon plazmasida kalьtsiyning darajasi normallashguncha preparatning dozasini kamaytirish va kaltsiyni iste'mol qilishni kamaytirish orqali muvofiqlashtiriladi. Odatda bu davr 1 xaftani tashkil etadi. Normallashgandan keyin oxirgi qabul qilingandan dozaning yarmini qo‘llab, davolash davom ettiriladi.
Giperkaltsiyemiya yoki klinik normaning chegarasidan chiquvchi kaltsiy-fosfat birikmalarning darajasini turg‘un oshishi rivojlanganda preparatni kamida ushbu ko‘rsatkichlar normallashmaguncha (odatda bir xafta davomida) darhol bekor qilish kerak, so‘ngra preparatni qo‘llashni avvalgi dozaning yarmini tashkil etuvchi dozada takroran boshlash mumkin.
Suyak to‘qimasini yaqqol shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlar (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlardan farq qilib) preparatning yuqoriroq dozalarini giperkaltsiyemiya belgilarisiz o‘zlashtiraolishlari mumkin. Osteomalyatsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasida kalьtsiyning darajasini tez oshmasligi har doim ham preparatning dozasini oshirish kerakligidan dalolat bermaydi, chunki kalьtsiy ichakda so‘rilishini oshishi hisobiga demineralizatsiyaga uchragan suyakka kirishi mumkin.
Qon va siydikda kalьtsiyning darajasi, IF faolligi, paratgormon kontsentratsiyasi, rentgenologik va gistologik ma'lumotlar kabi ko‘rsatkichlarga asoslanib, ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligida davomli giperkaltsiyemiyani oldini olish kerak.
Buyrak genezli suyaklarni shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlarda giperfosfatemiyani rivojlanishini oldini olish uchun alfakaltsidolni fosfat-bog‘lovchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Turli patsiyentlarda D vitaminiga sezgirlik individual ekanligini e'tiborga olish kerak va ayrim hollarda hatto terapevtik dozalarni qo‘llash gipervitaminoz simptomlari bilan kechishi mumkin.
D vitaminini qabul qilayotgan bolalarda muvofiqlashtirilgan oziqlantirgan afzal. Keksalik yoshida D vitaminining so‘rilishini kamayishi, terini D3 provitaminini sintez qilish qobiliyatini pasayishi, insolyatsiya vaqtini qisqarishi, buyrak yetishmovchiligi paydo bo‘lishi tez-tezligini oshishi oqibatida D vitaminiga ehtiyoj oshishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparat homiladorlik va emizish davrida faqat, agar kutilayotgan foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llanishi mumkin.
Homiladorlik vaqtidagi D vitaminining dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq onadagi giperkalьtsiyemiya homilada D vitaminiga sezuvchanlikni oshishi, qalqonsimon oldi bezi funktsiyasini susayishi, spetsifik elьfasimon ko‘rinish, aqliy rivojlanishni sekinlashishi, aortal stenozni chaqirishi mumkin.
Emizikli ayollar preparatni qo‘llashdan saqlanishlari yoki preparatni qabul qilish davrida emizishni to‘xtatishlari kerak.
Pediatriya
Dozani oshirib yubormaslik uchun preparat bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak masalan qabul qilish past dozadan boshlanishi va qon zardobida kalьtsiyning darajasi va siylikda kalьtsiy/kreatinin darajasini nazorati ostida asta-sekin oshirilishi kerak.
Dori vositasini avtotransport va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Transport vositalarini va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi mexanizmlarni boshqarganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki alьfakalьtsidolni qo‘llaganda bosh aylanishi va uyquchanlik rivojlanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
D gipervitaminozining erta simptomlari (giperkalьtsiyemiya bilan bog‘liq) diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, anoreksiya, og‘izda metall ta'mi, giperkalьtsiuriya, poliuriya, polidipsiya, pollakiuriya/nikturiya, bosh og‘rig‘i, toliqish, umumiy holsizlik, mialgiya, suyaklarda og‘riq.
D gipervitaminozining kechki simpmtolari bosh aylanishi, ongni chalkashishi, uyquchanlik, siydikni to‘qlashishi, yurak ritmini buzilishi, teri qichishishi, arterial bosimni oshishi, kon'yunktiva giperemiyasi, nefrolitiaz, tana vaznini kamayishi, yorug‘likdan qo‘rqish, pankreatit, gastralgiya, psixotik buzilishlar.
Surunkali D gipervitaminozining simptomlari yumshoq to‘qimalar, qon tomirlar va ichki a'zolar (buyrak, o‘pka) ning kaltsinozi, buyrak va yurak-qon tomir yetishmovchiligi hatto o‘limgacha, bolalarda o‘sishni buzilishi.
Davolash preparatni bekor qilish kerak. O‘tkir dozani oshirib yuborilishining erta muddatlarida – so‘rilishni kamayishi va ichak orqali chiqarilishini oshirishga yordam beruvchi me'dani yuvish, mineral moylarni (vazelin) qo‘llash. Og‘ir hollarda tutib turuvchi davolash muolajalarini qo‘llash talab etilishi mumkin – infuzion tuzli eritmalarni yuborish bilan gidratatsiya o‘tkaziladi (jadallashgan diurez), ayrim hollarda – GKS, “halqali” diuretiklar, bifosfonatlar, kaltsitonin qo‘llanadi, kaltsiyni kam miqdorda saqlovchi eritmalarni qo‘llab gemodializ o‘tkaziladi. Ayniqsa digoksin yoki boshqa yurak glikozidlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda qonda elektrolitlar darajasini, buyrak faoliyatini va yurakning holatini (EKG ma'lumotlari asosida) nazorat qilish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
va o‘rami
10 tabletkadan alyuminli kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
YAOPHARMA Co., Ltd., XXR, 100 Xingguang Avenue, Renhe Town, Yubei District, Chongqing
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Mu Lin Sen» MChJ,
Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi, Do‘rmon yo‘li ko‘ch., 31A uy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.