Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zifort tabletkalar №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин B1, B6, B12
Страна производитель
Индонезия
Производитель
Novell Pharmaceutical Laboratories
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Zifort
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Tiamin mononitrati, piridoksin gidroxloridi va sianokobalamin.
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
faol moddalar
Tiamin mononitrati 100 mg;
Piridoksin gidroxloridi 200 mg;
Sianokobalamin 200 mkg.
yordamchi moddalar dixlormetan, etanol, laktoza, primogel, povidon, magniy stearati, tal'k, tozalangan suv, jelatin, ak-di-sol, FDC-qizil 3 al-lake bo‘yovchisi, mikrokristallik sellyuloza, Opaglos plyonka qobig‘i, FDC- qizil 40 al-lake bo‘yovchisi.
Ta'rifi Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, to‘q pushti rangli, ikki tomonlama silliq, hidsiz, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, farmakologik ta'siri tarkibiga kiruvchi vitaminlarning xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tiamin - kokarboksilazaning (karbonsuvlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etuvchi koferment) tarkibiy qismi bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘ining faoliyatida, nerv impulsini o‘tkazilishini kimyoviy mexanizmida va nerv tizimining trofik faoliyatini amalga oshirilishida muhim rol o‘ynaydi. Tiamin nerv qo‘zg‘alishining kimyoviy o‘tkazuvchilari - mediatorlar (atsetilxolin, adrenalinsimon moddalar va gistamin) almashinuvida faol ishtirok etadi. Tiaminning yetishmovchiligi karbonsuvlar almashinuvini buzilishiga va to‘qimalarda sut va pirouzum kislotasini to‘planishiga olib keladi, bu o‘z navbatida yurak faoliyatini buzilishiga, nevritlar va nerv tizimining boshqa kasalliklarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Piridoksin - organizmga tushib aminokislotalarning (triptofan, metionin, sistein, glyutamin kislotasi va boshqalar) almashinuvini amalga oshiruvchi ko‘pchilik fermentlarning tarkibiga kiradi, nerv to‘qimalarida ta'sir etuvchi o‘ta muhim fermentlarning kofermenti sifatida o‘rin tutadi. Adrenalin, noradrenalin, dopamin, gistamin va GAMK kabi ko‘pgina neyromediatorlarning biosintezida ishtirok etadi. Bundan tashqari, u yog‘ almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, aterosklerozda lipidlar almashinuvini yashilaydi.
Sianokobalamin - normal qon hosil bo‘lishi va eritrotsitlarning yetilishi uchun zarur, shuningdek organizmning hayot faoliyatini ta'minlovchi qator biokimyoviy reaktsiyalarda - transmetillanish jarayonlarida, nuklein kislotalari, oqsillar sintezi, aminokislotalar, karbonsuvlar, lipidlarning almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi. Sianokobalaminning koferment shakllari - metilkobalamin va adenozinkobalamin - xujayralarning replikatsiyasi va o‘sishi uchun zarurdir. Sianokobalamin nerv tizimidagi jarayonlarga (nuklein kislotalari va serebrozidlar va fosfolipidlarning lipid tarkibining sintezi) ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv tolalarining miyelin qobig‘ini hosil bo‘lishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Sianokobalaminning tanqisligi anemiyaga va nerv tizimining asta-sekin rivojlanib boruvchi qaytmas shikastlanishlariga olib kelishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Quyidagi nevrologik kasalliklarni majmuaviy davolash uchun qo‘llanadi
• o‘tkir yoki surunkali nevritlar va polinevritlar, (uch shoxlik nervning nevralgiyasi, ishialgiya);
• umurtqa pog‘onasining degenerativ o‘zgarishlari oqibatidagi ildiz sindromi;
• pleksitlar;
• diabetik polinevropatiya;
• toksik polinevropatiyalar (shu jumladan dorili);
• alkogolli periferik nevropatiya (Vernike-Korsakov sindromi);
• Beri-beri kasalligi (quruq va xo‘l);
• o‘rab oluvchi gerpes;
• Birmer kasalligi (pernitsioz anemiya).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Kattalar bir tabletkadan sutkada 3 marta bir oy davomida qabul qilinadi.
Tabletkalarni ovqatdan keyin, chaynamasdan va ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar qichishish, eshakemi.
Boshqalar kam hollarda - taxikardiya, ko‘ngil aynishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganida preparat levodopaning parkinsonizmga qarshi samaradorligini pasaytiradi, bu piridoksinning ta'siri ostida levodopaning periferik dekarboksillanishini kuchayishi bilan bog‘liq. Etanol tiaminni so‘rilishini keskin pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning yuqori dozalari bilan 4 haftadan ortiq vaqt davomida davolash tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Bolalar
Bolalarni davolash uchun qo‘llash tajribasi yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam, preparatning nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish hollari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 donadan kontur uyali o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 15°S dan 30°S gacha haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Novell Pharmaceutical Laboratories», Indoneziya.
O‘ramlovchi
"Pharmed®"XK
O‘zbekiston Respublikasi 100132, Toshkent sh., Ibrat ko‘chasi 1, tel/faks 247-45-90
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.