Vitrum Kids chaynaladigan tabletkalar №30 Yunifarm
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Vitrum Kids chaynaladigan tabletkalar №30 Yunifarm
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
VITRUM® KIDSDori shakli
chaynaladigan tabletkalarTarkibi
Bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi:Faol moddalar:
Retinol atsetati (A vitamini) 2500 XB1)
Kolekaltsiferol (D3 vitamini) 400 XB2)
Alfa-tokoferol atsetati (E vitamini) 15 XB3)
Askorbin kislotasi (S vitamini) 60 mg
Tiamin mononitrati (V1 vitamini) 1,05 mg
Riboflavin (V2 vitamini) 1,2 mg
Piridoksin (V6 vitamini) 1,05 mg
Nikotinamid 13,5 mg
Sianokobalamin (V12 vitamini) 4,5 mkg
Biotin 20 mkg
Folat kislotasi 300 mkg
Kaltsiy pantotenati 5 mg
Kaltsiy karbonati kaltsiyga qayta hisoblanganda 100 mg
Magniy fosfati magniyga qayta hisoblanganda 40 mg
Temir fumarati temirga qayta hisoblanganda 15 mg
Mis oksidi misga qayta hisoblanganda 1 mg
Rux oksidi ruxga qayta hisoblanganda 10 mg
Marganets sitrati marganetsga qayta hisoblanganda 1 mg
Natriy selenati selenga qayta hisoblanganda 25 mkg
Xrom aminoati xromga qayta hisoblanganda 20 mkg
Magniy fosfati fosforga qayta hisoblanganda 50 mg
Kaliy yodidi yodga qayda hisoblanganda 150 mkg
1) 0,86 mg retinolga ekvivalent
2) 10 mkg kolekaltsiferolga ekvivalent
3) 15 mg alfa-tokoferol atsetatiga ekvivalent.
Yordamchi moddalar: saxaroza – 488,53 mg, stearin kislotasi – 29,53 mg, kolloid kremniy dioksidi – 12,0 mg, magniy stearati – 8,0 mg, qulupnay xushbo‘yi – 10,0 mg, sukraloza – 1,0 mg, qizil bo‘yovchi (E129) – 1,6 mg.
Ta'rifi
och-pushtidan to to‘q-pushti rangligacha bo‘lgan, och va to‘q rangli dog‘lari bo‘lgan, yengil meva ta'mli va hidli, hayvonlar shaklidagi chaynaladigan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
polivitamin vosita + minerallar.ATX kodi: [A11AA04].
Farmakologik xususiyatlari
Vitaminlar va minerallarning muvozanatlangan majmuasi bolalarning sog‘lom o‘sishi va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Maxsus tanlab olingan dozalari 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning vitaminlar, makro- va mikroelementlarga bo‘lgan kundalik talabiga to‘g‘ri keladi. Preparatning farmakologik ta'siri uni tarkibiga kiruvchi ingrediyentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi.Qo‘llanilishi
- bolalarda jadal o‘sish davridagi gipovitaminoz, mineral moddalarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash;- o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;
- muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanish, ishtahani pasayishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin, tabletka yaxshilab chaynab qabul qilinadi.4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Siydikni to‘q sariq rangiga bo‘yalishi mumkin, bu xavfli emas, chunki bu preparatning tarkibida riboflavin bo‘lganligi bilan bog‘liq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dozani oshrib yuborilishidan saqlanish uchun, A, Ye, D vitaminlari va temir saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Fosfatlar va kaltsiy tuzlari me'da-ichak yo‘llarida magniyning so‘rilishini pasaytiradi; magniy tetratsiklinning so‘rilishini pasaytiradi. Piridoksin levodopaning faolligini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etiladigan dozalar oshirilmasin.Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi: ma'lumotlar yo‘q.
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta'siri haqida ma'lumotlar: ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling.Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir buyurish, me'dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Chaynaladigan tabletkalar.30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalar burab yopiladigan himoyalovchi folgasi bo‘lgan qopqoqchali va folgali himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan yopiladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, rangli varaqa bilan ta'minlangan karton qutilarga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 10-30oS haroratda.Yaroqlilik muddati
5 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
Yunifarm, Ink., AQShDiqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.