Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rotavit Kaltsium Forte vishillovchi tabletkalar 1000mg/880XB №20 (tubalar)
Nomi | Narx | |||||
Ротавит Кальциум Форте шипучие таблетки 1000мг/880МЕ №20 (тубы) (2202038##1559) |
UZS 49 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кальция карбонат, колекальциферол
Страна производитель
Болгария
Дозировка
1000 мг+880 МЕ
Производитель
Rotapharm Limited, Bеликобритания произведено: Kendy LTD
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки шипучие
Ko'rsatmalar
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdl nomi Rotavit Kaltsium Forte
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) kaltsiy karbonati + xolekaltsiferol
Dori shakli
vishillovchi tabletkalar
Tarkibi
1 vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
kaltsiy (kaltsiy karbonati shaklida) 1000 mg;
D3 vitamini (xolekaltsiferol) 880 XB
yordamchi moddalar suvsiz limon kislotasi, maltodekstrin, sorbitol, aspartam, kaliy atsesulfam, «Apelsin» aromatizatori, olma kislotasi, polietilenglikol 6000, saxaroza, kristall natriy askorbati, o‘rta zanjirli triglitseridlar, kremniy dioksidi, DL-alfa-tokoferol, modifikatsiyalangan kraxmal.
Ta'rifi dumaloq, yassi, faskali oq rangli tabletkalar, apelsin hidli, biroz marmarsimon bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita
ATX kodi A12AX
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Kaltsiy va fosfor almashinuvini, ayniqsa suyak to‘qimasida, boshqaruvchi majmuaviy preparatdir. Rezorbtsiya (kaltsiyni suyaklardan chiqarilishi) ni pasaytiradi va organizmda kaltsiy va D3 vitaminining tanqisligini tiklab, suyak to‘qimasining zichligini oshiradi.
Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning samarasi bilan belgilanadi.
Kaltsiy suyak to‘qimasini shakllanishida, tishlarni mineralizatsiyasi, nerv o‘tkazuvchanligi va mushaklar qisqarishini boshqarishda, yurak faoliyatini barqaror tutib turishda ishtirok etadi, qon ivishi tizimining komponenti hisoblanadi.
D3 vitamini ichakda kaltsiyni so‘rilishini va uni suyak to‘qimasiga bog‘lanishini kuchaytiradi, organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi.
Kaltsiy va D3 vitaminini qo‘llash yuqori suyak rezorbtsiyasi (kaltsiyni suyaklardan chiqarilishi) ni stimulyatori hisoblangan, paratireoid gormoni (PTG) ni ishlab chiqarilishini oshishiga to‘sqinlik qiladi.
Farmakokinetikasi
Kaltsiy
So‘rilishi odatda me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladigan kaltsiyning miqdori qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi va metabolizmi organizmda kaltsiyning 99% suyaklar va tishlarning qattiq strukturasida bo‘ladi. Qolgan 1% hujayradan tashqari va ichki suyuqliklarida bo‘ladi. Qonda umumiy kaltsiy miqdorining taxminan 50% fiziologik jihatdan faol ion holatida bo‘ladi, shundan taxminan 10% sitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan kompleks holatida, qolgan 40% oqsillar, birinchi navbatda albumin bilan bog‘langan holatda bo‘ladi.
Chiqarilishi kaltsiy organizmdan ichak, buyrak va ter bezlari orqali chiqariladi. Buyrak orqali chiqarilishi kaltsiyni kalavalar filtratsiyasi va naychalar orqali qayta so‘riliishi bilan bog‘liq.
D3 vitamini
So‘rilishi D3 vitamini ingichka ichakdan oson so‘riladi (qabul qilingan dozaning taxminan 80% so‘riladi).
Taqsimlanishi va metabolizmi xolekaltsiferol va uning metabolitlari qonda maxsus globulin bilan bog‘langan holatda aylanib yuradi. Xolekaltsiferol jigarda gidroksillanish yo‘li bilan 25-gidroksixolekaltsiferolgacha metabolizmga uchraydi. So‘ngra buyrakda faol shakli 1,25-gidroksixolekaltsiferolga aylanadi. 1,25-gidroksixolekaltsiferol kaltsiyni so‘rilishini oshishiga mas'ul metabolit hisoblanadi. O‘zgarmagan xolekaltsiferol yog‘ va mushak to‘qimasida to‘planadi.
Chiqarilishi xolekaltsiferol organizmdan buyrak va ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
D3 vitamini va kaltsiyni tanqisligi yoki tanqislik rivojlanishini yuqori havfi;
D3 vitamini kaltsiyni tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda osteoporoz (menopauzadagi, senil, steroid osteoporoz) ni oldini olish va kompleks davolash;
suyaklarni sinishi, suyak to‘qmasini jarohatdan keyingi regeneratsiya jarayonlarini sekinlashishida qo‘llanidi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rotavit Kaltsium Forte ovqatlanishdan qat'iy nazar ichga qabul qilinadi. Bitta tabletkani xona xaroratidagi bir stakan ichimlik suvda (200 ml) eritish va tayyorlangan zahoti ichish kerak.
Osteoporozni oldini olish uchun – kattalarga 1 tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi; osteoporozni kompleks davolashda – kattalarga 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta buyuriladi.
Profilaktik vosita sifatida – kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 tabletkadan buyuriladi. 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – to‘liq bo‘lmagan dozani (tayyorlangan eritmani yarmini) qabul qilish buyuriladi.
Preparat D3 vitamini va kaltsiyni tanqisligini to‘ldirish uchun qo‘llanganida davolash kursining o‘rtacha davomiyligi kamida 4-6 haftani tashkil etadi. Bir yil davomida takroriy kurslarning miqdori individual ravishda belgilanadi.
Osteoporozni oldini olish va kompleks davolash uchun qo‘llanganida davolashning davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qabziyat, meteorizm, ko‘ngil aynishi, gastralgiya, diareya.
Moddalar almashinuvi tomonidan yuqori dozalari bilan uzoq muddat davolanganda giperkaltsiuriya va giperkaltsiyemiya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya;
siydik tosh kasalligi (nefrolitiaz);
D3 vitaminini gipervitaminozi;
og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
tuberkulyozning og‘ir shakli;
sarkoidozda qo‘llash mumkin emas.
Preparat organizmda fenilalaninga transformatsiya bo‘ladigan aspartam saqlaydi, shuning uchun preparatni fenilketonuriyada qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan homiladorlik, laktatsiya davri, buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fenitoin va barbituratlarni yondosh qo‘llash metabolik faolsizlinishi oqibatida D3 vitaminining ta'sirini pasaytirishi mumkin.
Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda davolanganda EKG va patsiyentlarning klinik holatlarini nazorat qilish kerak, chunki kaltsiy preparatlari yurak glikozidlarining terapevtik va toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Bisfosfonatlar, natriy ftoridi yoki tetratsiklinlar og‘iz orqali yondosh qabul qilinganida preparatni faqatgina 3 soatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi (bisfosfonatlar, natriy ftoridi yoki tetratsiklinlarni me'da-ichak yo‘llari orqali so‘rilishini pasayish havfi mavjud).
Tiazid diuretiklar qo‘llanganida giperkaltsiyemiyani rivojlanish havfi oshadi, chunki ular kaltsiyni buyrak naychalari orqali qayta so‘rilishini oshiradilar. Furosemid va boshqa xalqali diuretiklar, aksincha, kaltsiyni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradilar.
Preparatni glyukokortikosteroidlar bilan birga qo‘llash kaltsiyni so‘rilishini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Oksalatlar (shovul, ismaloq) va fitin (yorma) saqlovchi ozuqa mahsulotlarini qabul qilish kaltsiyni so‘riluvchanligini pasaytiradi, shuning uchun Rotavit Kaltsium Forte preparatini shovul, ismaloq, yorma qabul qilinganidan keyin ikki soat davomida qabul qilish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat uzoq muddat qo‘llanganida kaltsiyning darajasini aniqlash maqsadida qon zardobi va siydikni, shuningdek kreatinin klirensini aniqlash orqali buyrak funktsiyasini monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi. Monitoring o‘tkazish yurak glikozidlari yoki siydik haydovchi vositalarni qabul qilayotgan keksa yoshdagi patsiyentlar uchun ayniqsa muhim. Giperkaltsiyemiyada yoki buyrak yetishmovchiligida preparatning dozasini qisqartirish yoki uni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Agar siydikdagi kaltsiyning darajasi 24 soat davomida 7,5 mmol (24 soat davomida 300 mg) dan oshsa, davolashni qisqartirish yoki vaqtinchalik to‘xtatish tavsiya etiladi.
Preparatni tarkibida kaltsiy va D3 vitamini saqlovchi vitamin-mineral komplekslari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Organizmga D3 vitaminini boshqa manbalardan qo‘shimcha ravishda tushishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda D3 vitaminining metabolizmini o‘zgarishi kuzatiladi. Agar bunday patsiyentlar xolekaltsiferol qabul qilayotgan bo‘lsalar, uni kaltsiy va fosfatlarning gomeostaziga ta'sirini tekshirish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Kaltsiy va D3 vitamini homiladorlikda organizmda ularning tanqisligini to‘ldirish uchun qo‘llanadi. Homiladorlikda preparatning sutkalik dozasi kaltsiy 1500 mg dan va D3 vitamini 600 XB dan oshmasligi kerak. Rotavit Kaltsium Forte preparatining to‘liq bo‘lmagan dozasini (tayyor bo‘lgan eritmaning yarmini) qabul qilish mumkin.
D3 vitamini va uning parchalanish mahsulotlari ko‘krak sutiga o‘tadi. D3 vitaminining miqdori yuqori bo‘lganligi tufayli, laktatsiya davrida Rotavit Kaltsium Forte preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
12 yoshdan boshlab o‘smirlarga Rotavit Kaltsium Forte preparatini kuniga 1 tabletkadan qabul qilish tavsiya etiladi. Kichik yoshdagi bolalarga preparatni tayyorlangan eritmani proportsiyalarga bo‘langan shaklda, tavsiya etilgan kunduzgi dozalarga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish ehtimoli kam.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida simptomlari quyidagilar ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik, kuchli chanqoqlik, poliuriya, qabziyat, suvsizlanish bo‘lgan giperkaltsiuriya va giperkaltsiyemiya kuzatiladi.
Dozani surunkali oshirib yuborilishi giperkaltsiyemiyani oqibati sifatida qon-tomirlar va boshqa a'zolarni kaltsinoziga olib kelishi mumkin.
Davolash kaltsiy va D3 vitaminini qabul qilishni to‘xtatish, organizmga katta miqdorda suyuqlik yuborish lozim.
Chiqarilish shakli
Vishillovchi tabletkalar. 10 yoki 20 vishillovchi tabletkalar polipropilen tubada, silikagelli polipropilen tiqin bilan yopilgan. 1 tuba tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda va 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.