Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zestkal ichga qabul qilish uchun suspenziya qulupnay ta'mi bilan 200 ml dan
Zestkal ichga qabul qilish uchun suspenziya qulupnay ta'mi bilan 200 ml dan
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Молочный кальций, витамин D3
Страна производитель
Индия
Дозировка
200 мл
Производитель
Coral Laboratories Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суспензия
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Zestkal
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya
Tarkibi
Har 5 ml quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
600 mg elementar kaltsiyga ekvivalent
bo‘lgan sutli kaltsiy 150 mg
elementar fosfor75 mg
kolekaltseferol (D3 vitamini) BF200 XB
yordamchi moddalar propilenglikol - 25,0 mg, natriy metilparaben - 7,50 mg, natriy propilparaben - 0,75 mg, bronopol - 2,50 mg, limon kislotaning monogidrati - 15,0 mg, suyuq sorbitol (kristallanmaydigan) - 4000,0 mg, ksantan qatroni - 15,0 mg, magniy alyuminiy silikati - 10,0 mg, suvsiz kolloid kremniy - 10,0 mg, glitserin - 666,6 mg, propilenglikol - 5,0 mg, askorbin kislotasi - 0,5 mg, rats-alfa-tokoferil-atsetat -
0,5 mg, suyuq qulupnay aromatizatori - 20,0 mg, yalpiz yog‘i 18774 - 0,5 mg, eritrozin supra buyovchisi - 0,08 mg, tozalangan suv - 5 ml gacha.
Saqlashdagi yo‘qotishlarni o‘rnini bosish uchun vitaminning muvofiq yo‘l qo‘yiladigan miqdori qo‘shilgan.
Ta'rifi pushti rangli suspenziya, o‘ziga xos tam va xid bilan.
Farmakoterapevtik guruhi
Mineral qo‘shimcha. Kaltsiy, boshqa dori vositalari bilan majmuada.
ATX kodi A12AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Zestkal peroral suspenziya bo‘lib, unda kaltsiy fosfati kolekaltseferol (D3 vitamini) bilan assotsiatsiyalangan.
Kaltsiy va D vitamini “suyaklarni tiklanish” jarayoniga fundamental ta'sirga ega va bu kaltsiyning salbiy balansi va aylanib yuruvchi D vitaminining past darajasi va qon zardobida paratgormonning yuqori darajalari bilan xarakterlanuvchi keksa bemorlarda qo‘llash uchun sabab hisoblanadi. Bu ikkilamchi giperparatireoz Zestkal suspenziyasining faol ingrediyentlari trikaltsiyfosfat va D3 vitaminining majmuaviy samarasi bilan samarali to‘g‘rilanadi.
D3 vitamini ichakning shilliq qavatida kaltsiyni so‘rilishini kafolatlab, kaltsiy va fosfor metabolizmini boshqaradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Kaltsiyning taxminan 30% dozasi ingichka ichakning proksimal qismida so‘riladi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin D vitamini ham ichakda tez so‘riladi. O‘t kislotalarini so‘rilishini yengillashtirishdagi roli yaxshi ma'lum.
Taqsimlanishi
Plazmada kaltsiyning taxminan 40% proteinlar bilan bog‘langan, ayniqsa albuminning taxminan 1/10 diffuziyalanaoladigan hisoblanadi, lekin anionlar (fosfatlar) bilan bog‘langan; qolgan fraktsiyasi diffuziya qilaoladigan kaltsiy ionlari bo‘lib, ular fiziologik samaraga ega.
D vitaminini yarim parchalanishi 19 soatdan 25 soatgachani tashkil qiladi, maxsus oqsil - alfa-globulin bilan bog‘langan va plazmada aylanib yuradi, va u uzoq vaqt davomida organizmda to‘planadi.
Metabolizmi
D vitamini jigarda 25-gidroksilaza (kaltsidiol) hosilasiga aylanadi, u qayta aylanmaga joylashadi, u yerda solishtirma alfa-globulin bilan bog‘lanadi va buyraklarda keyingi 1-25 gidroksi hosila (kaltsitriol) ga gidroksillanishga duchor bo‘ladi.
Chiqarilishi
D vitamini asosan safro bilan chiqariladi. Yuborilgan dozaning faqat katta bo‘lmagan qismi siydikda aniqlanadi.
Kaltsiy me'da-ichak yo‘llarida so‘lak, safro va pankreatik sekretsiya orqali chiqariladi. Bu manbalardagi kaltsiy, so‘rilmagan kaltsiy bilan bir qatorda, ahlat bilan chiqariladi. Buyrak tizimi bilan chiqariladigan kaltsiyning taxminan 2-3 qismi so‘riladigan kaltsiy hisoblanadi.
Paratgormon burama distal naychalarda kaltsiyning qayta so‘rilishini rag‘batlantiradi, shu vaqtning o‘zida D vitamini proksimal qayta so‘rilishni oshiradi. Kaltsiyning bir qismi ter bilan ham chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Keksa yoshli odamlarda kaltsiy, fosfor, D vitaminining tanqisligini to‘g‘rilash.
Zestkal suspenziyasini patsiyentlardagi osteoporozni spetsifik davolashga qo‘shimcha sifatida yoki D vitamini va kaltsiyni majmuaviy tanqisligida yoki bunday davolovchi qo‘shimchalarga muxtoj yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlar qabul qilishlari mumkin.
Suspenziya ayollarda postmenopauzada, osteoporozni davolashda va sinishlardan keyin ishlatiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat ichga qabul qilish uchun.
Kattalar Ikki choy qoshiqdan sutkada ikki marta.
Yoki shifokor qo‘rsatmasi bo‘yicha.
Nojo‘ya ta'sirliri
Nojo‘ya samaralari MedDRA a'zolar tizimi sinfiga muvofiq sanab o‘tilgan.
Quyidagi reaktsiyalar Zestkal suspenziyasini qo‘llashning postregistratsion tajribasida qayd etilganligi tufayli, ularning tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosidi baholash mumkin emas).
Immun tizimini buzilishlari
Anafilaktik reaktsiyalar, allergik dermatit.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish
Giperkaltsiyemiya va giperkltsiuriya.
Me'da-ichak yo‘llarini buzilishlari
Ko‘ngil aynishi, qabziyat, diareya, epigastral soxasida og‘riq.
Teri va teri osti kletchatkasining kasalliklari
Eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
Giperkaltsiyemiya (>10,5 mg/dl), giperkaltsiuriya (24 soatda 300 mg yoki 7,5 mmol), og‘ir buyrak yetishmovchiligi, buyrak toshi, kaltsiyli litiaz, to‘qimalarning kaltsifikatsiyasi, giperkaltsiuriya va/yoki giperkaltsiyemiya bilan birga kechuvchi davomli immobilizatsiya.
Zestkal suspenziyasini D gipervitaminozi holida bolalarda, homilador va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kaltsiy bilan bir vaqtda qabul qilinganida peroral qabul qilingan tetratsiklinni so‘rilishi pasayishi mumkin. Bu 2 preparatni 3 soatlik oraliq bilan qabul qilish kerak.
Ayrim diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi), alyuminiy saqlovchi antatsidlar va qalqonsimon bezining gormonlari kaltsiyni so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi va buyraklar orqali va ahlat bilan chiqarilishini kuchaytirishi mumkin. Tiazid diuretiklar siydik bilan kaltsiyni chiqarilishini pasaytirishi va giperkaltsiyemiya chaqirishi mumkin, penitsillin, neomitsin va xloramfenikol kabi ayrim antibiotiklar uning so‘rilishini oshirishlari mumkin. Uzoq muddatli davolash vaqtida qon zardobida kaltsiyning darajasini nazorat qilish kerak.
Kolesteramin, kortikosteroidlar va mineral moylar D vitaminini so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi va kamaytiradi, shu vaqtning o‘zida fenitoin va barbituratlar uning faolsizlanishiga yordam beradi.
Yurakdagi kaltsiy/digitalisli sinergizm yurak faoliyatini og‘ir buzilishlarini chaqirishi mumkin.
Bisfosfonat yoki natriy ftoridi bilan bir vaqtda davolangan holda, yaxshisi, Zestkal suspenziyani qabul qilishdan oldin minimal muddat 2 soat bo‘lishi kerak (bisfosfonatlar va natriy ftoridining me'da-ichakdan so‘rilishini pasayish xavfi).
Kaltsiyni so‘rilishi past bo‘lgan ovqat (masalan, fosfat, shovul yoki fitin kislotasini saqlovchi mahsulotlar) bilan mumkin bo‘lgan o‘zaro ta'sirlar paydo bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Zestkal suspenziyasini buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki siydik toshlarini hosil bo‘lishiga yaqqol moyillik bo‘lganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Kaltsiyemiya va kaltsiuriya, bu patsiyentlarda giperkaltsiyemiya yuz berishini oldini olish uchun kerakli tarzda nazorat qilinishi kerak. Agar kaltsiyning darajasi 24 soatda 7,5 mmol (24 soatda 300 mg) dan yuqori bo‘lsa, darhol davolashni to‘xtatish kerak.
Alohida ehtiyotkorlik, shuningdek yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolashda ham talab etiladi. Yurak glikozidlarining samarasi D vitamini bilan majmuadagi kaltsiyni peroral qabul qilishda kuchayishi mumkin. Qat'iy tibbiy kuzatuv, va agar talab etilsa EKG va kaltsiyemiyani monitoring qilish kerak.
Zestkal suspenziyasi bilan davolanish vaqtida D vitaminining barcha mahsulotlari va hosilalaridan, shu jumladan D vitamini bilan boyitilgan ovqat mahsulotlarning iste'molidan saqlanish kerak.
Preparatni D vitaminini uning faol shakliga metabolizmini oshishi mumkinligi tufayli, sarkoidozi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bu patsiyentlarning zardobdagi va siydikdagi kaltsiyni nazorat qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi D gipervitaminozga va giperkaltsiyemiyaga olib kelishi mumkin. Giperkaltsiyemiyaning simptomlari anoreksiya, chanqoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorin og‘rig‘i, mushaklar kuchsizligi, charchoqlik, ruxiy buzilishlar, polidipsiya, poliuriya, bo‘g‘imlarda og‘riq, nefrokaltsinoz, buyrak-tosh kasalligi va og‘ir hollarda yurak aritmiyasini o‘z ichiga olishi mumkin. Haddan ziyod giperkaltsiyemiya koma va o‘limga olib kelishi mumkin. Kaltsiyning barqaror yuqori darajalari buyraklarni qaytmas buzilishiga va yumshoq to‘qimalarning kaltsifikatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Giperkaltsiyemiyada davolash kaltsiy va D vitamini bilan davolashni to‘xtatish.
Yana tiazid diuretiklar, litiy, A vitamini va yurak glikozidlari bilan davolashni to‘xtatish kerak. Suyuqlik tanqisligi muvozanatlanishi va shifokor tomonidan shaxsiy qutqarish choralari buyurilishi kerak.
Regidratatsiya, va giperkaltsiyemiyaning og‘irlik darajasiga qarab xalqali diuretiklar, bisfosfonatlar, kaltsitonin va kortikosteroidlar bilan alohida yoki majmuaviy davolash tavsiya etiladi. Zardob elektrolitlari, buyraklar faoliyati va diurezni nazorat qilish kerak. Og‘ir hollarda EKG va SVD ni nazorat qilish kerak.
Qalqonsimon bezi oldi bezlarining faoliyati normal bo‘lgan odamlarda D vitaminining intoksikatsiyasini chegarasi sutkada 40000 va 100000 XB 1-2 oy davomida, kaltsiy uchun kuniga 2000 mg dan yuqori. Giperkaltsiyemiya bilan bog‘liq bo‘lgan D vitamini intoksikatsiyasining simptomlari yuqorida ko‘rsatilgandek davolanishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
200 ml o‘lchov stakanchasi bilan qaxrabo rangli plastmassa butilkada. 1 butilka o‘lchov stakancha va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30oS dan past xaroratda saqlansin. Yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanasidan boshlab 24 oy.
Ishlab chiqarilgan
Coral Laboratories Ltd.
PlotNo.57/1 (16), Bhenslore,
Dunetha, Nani Daman-396 210, India
Email exports@corallab.com
Website www.corallab.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.