Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nevralon ampulasi 2ml. №5 (vitamin B complex)
Nevralon ampulasi 2ml. №5 (vitamin B complex)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин B1, B6, B12
Страна производитель
Румыния
Дозировка
2 мл
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nevralon
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
Preparatning 1 ampulasi quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
tiamin gidroxloridi (B1 vitamini) 100 mg;
piridoksin gidroxloridi (B6 vitamini) 100 mg;
sianokobalamin (B12 vitamini) 1 mg;
lidokain gidroxloridi 20 mg;
yordamchi moddalar benzil spirti, kaliy geksatsianoferrati (III), natriy geksametafosfati, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi to‘q qizil rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Ovqat hazm qilish tizimiga va metabolizmga ta'sir etuvchi vositalar. Vitaminlar. V1 vitamini V6 vitamini va/yoki V12 vitamini bilan majmuada.
ATX kodi A11DB
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Nevralon preparati V guruhi vitaminlari (B1, B6 va B12) va mahalliy anestetik (lidokain) saqlovchi majmuaviy preparat hisoblanadi.
Neyrotrop ta'sirga ega bo‘lgan V guruhi vitaminlari nerv tizimi va tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarini davolashda samaralidir. Nevralon organizmda vitaminlar tanqisligini to‘ldirish uchun ishlatiladi, shu bilan birga uning tarkibida yuqori dozalarda saqlangan vitaminlar qo‘shimcha farmakologik hususiyatlarning keng doirasiga ega, bu holat preparatning shu bilan bir qatorda analgetik ta'siriga sabab bo‘ladi.
B1 vitamini (shu bilan birga antinevrit vitamin nom bilan ma'lum) fosforlangan shaklda kokarboksilaza ko‘rinishida uglevodlarni parchalanish jarayonini boshqaradi va moddalar almashinuvini atsidoz bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlarini korrektsiya qilish uchun ishlatiladi.
B6 vitamini oqsillar, yog‘lar va uglevodlarni parchalanish jarayonini boshqaradi, shuningdek miya ustuniga ta'sir ko‘rsatadi, natijada ekstrapiramid buzilishlarning simptomlari susayadi. U izoniazid bilan davolanish bilan bog‘liq bo‘lgan nevritlarni oldini olish uchun ishlatiladi.
B12 vitamini hujayra metabolizmi, normal qon yaratilishi jarayonlari va nerv tizimini funktsiyasi uchun kerakli komponent bo‘lib hisoblanadi, nuklein kislotalar biosintezida (yangi hujayra yadrolarini hosil bo‘lishida) ishtirok etadi. Yuqori dozalarda u analgetik ta'sir ko‘rsatadi.
Lidokain gidroxloridi mahalliy og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ta'sir qiladi.
Farmakokinetikasi
B1 vitamini me'da-ichak yo‘llari (MIY) da faol transport yo‘li orqali so‘riladi; uni MIYda so‘rilishi cheklangan va sutkada 8-15 mg ni tashkil etadi. Har kuni organizmda 1 mg B1 vitaminini parchalanishi kuzatiladi, uning ortiqchasi siydik bilan chiqariladi.
Organizmda B6 vitamini tanqisligini aniqlash uchun triptofan bilan yuklama sinamasi bajariladi. L-triptofan 1 kg tana vazniga 0,1 g/kg dozada peroral qabul qilinganidan so‘ng ksanturen kislotasini chiqarilish tezligi odatda 24 soat davomida 30 mg dan kamroq qiymatni tashkil etadi. Ksanturen kislotasini yanada yuqoriroq chiqarilish tezligi organizmda B6 vitamini tanqisligi borligini ko‘rsatadi.
Piridoksin, piridoksal va piridoksamin tizimli qon oqimiga tezda o‘tadi, u yerda oqibatda piridoksal-5-fosfat va piridoksalgacha fosforlanadi va oksidlanadi. Organizmdan chiqariladigan asosiy metaboliti 4-piridoksin kislotasi hisoblanadi.
B12 vitamini peroral qabul qilinganida me'daning pariyetal hujayralari tomonidan sekretsiyalanadigan glikoprotein, ichki omil (Kasl omili) bilan bog‘lanadi. B12 vitamini - ichki omil kompleksi proteolitik fermentlarning ta'siriga chidamli hisoblanadi, u ingichka ichakka tushadi va asosan yonbosh ichak devoridagi (distal qismi) o‘ziga xos retseptorlar bilan bog‘lanadi, shundan keyin B12 vitaminini so‘rilishi kuzatiladi. Ichakning shilliq qavati orqali o‘tganidan so‘ng B12 vitamini kapillyar qon-tomirlar to‘ri orqali tizimli qon oqimiga tushadi va transport oqsili bilan bog‘lanadi, ushbu kompleks oqibatda jigarga, suyak ko‘migi va boshqa proliferatsiya qiluvchi hujayralarga boradi. Ichki omil mavjud bo‘lmaganida, malabsorbtsiya sindromida, ichakni kasalliklarida yoki buzilishlarida, shuningdek gastroektomiyadan keyin yoki ichki omilga qarshi autoimmun antitanachalar bo‘lganida B12 vitaminini so‘rilishi pasayishi mumkin. Odatda MIYga ovqat bilan birga tushganida sutkada 1,5-3,5 mkg B12 vitamini so‘riladi.
B12 vitamini organizmdan safro bilan chiqariladi, enterogepatik sirkulyatsiya u uchun xarakterli hisoblanadi. U yo‘ldosh orqali o‘tadi.
Qo‘llanilishi
V1, V6 va V12 vitaminlarini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan, parhezga tuzatish kiritish orqali tanqislikni to‘ldirish imkoni bo‘lmagan tizimli nevrologik kasalliklarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalari
Og‘ir holatlarda og‘riq sindromi ahamiyatli darajada ifodalanganida davolash qonda preparatning yuqori kontsentratsiyasiga erishish uchun har kunlik in'ektsiya – 1 ampula (2 ml) dan sutkada bir marta yuborish bilan boshlanadi. O‘tkir og‘riq yo‘qolganidan so‘ng va og‘riq sindromi ahamiyatsiz darajada ifodalangan holatlarda, preparatning dozasi 1 ampula (2 ml) dan haftada 2-3 marta yuborishni tashkil etadi.
Davolashni har hafta baholash tavsiya etiladi. Maksimal darajada qisqa vaqt davomida patsiyentni preparatning peroral dori shakllari bilan davolashga o‘tkazish kerak.
Qo‘llash usuli
Preparat faqat mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan; preparatni mushakka chuqur yuborish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ayrim holatlarda preparat qo‘llanganida ter ajralishini kuchayganligi, taxikardiya, akne, qichishish va eshakemi bilan kechuvchi teri reaktsiyalari, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, ekzantema, hansirash, anafilaktik shok, angionevrotik shish) kuzatilganligi xaqida xabar berilgan.
Tizimli qon oqimiga tez tushganida (bexosdan vena ichiga yuborilganida, perfuziya darajasi yuqori bo‘lgan sohaga in'ektsiya qilinganida) yoki preparatning dozasi oshirib yuborilganida bosh aylanishi, qusish, bradikardiya, aritmiya, uyquchanlik va tirishishlar kabi tizimli nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Shuningdek in'ektsiya joyida achishish hissi (uchrash tezligi noma'lum) rivojlanganligi xaqida xabarlar mavjud.
Shubha qilingan nojo‘ya reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan nojo‘ya reaktsiyalar xaqida habarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy nojo‘ya reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi nojo‘ya reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq ravishda axborot berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning faol moddalariga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlikda;
• yurak o‘tkazuvchanligini og‘ir buzilishlarida;
• o‘tkir dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya
Ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash qarorini davolovchi shifokor faqat foyda/havf nisbati yaxshilab baholanganidan keyin qabul qilishi lozim.
Bolalar
Nevralon tarkibida benzil spirti va V1, V6 va V12 vitaminlarining yuqori dozalarini saqlaydi, shuning uchun 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
V1 vitamini sulfitlarni saqlovchi eritmalarda butunlay parchalanadi, bunda boshqa vitaminlar V1 vitaminining parchalanish mahsulotlari ta'sirida faolsizlanishi mumkin.
V6 vitaminining terapevtik dozalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida L-digidroksifenilalanin (L-DOFA, levodopa) ning samaradorligi pasayishi mumkin; shuningdek izoniazid, D-penitsillamin va sikloserin bilan o‘zaro ta'siri aniqlangan.
Lidokain parenteral yuborilganida va adrenalin yoki noradrenalin bilan bir vaqtda ishlatilganida yurak tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar kuchayishi mumkin; shuningdek sulfonamidlar bilan o‘zaro ta'sirlari ma'lum.
Mahalliy anestetiklarning dozalari oshirib yuborilganida noradrenalin va adrenalinni qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nevralon faqat mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan, preparat bexosdan vena ichiga yuborilganida yuzaga kelgan simptomlarning og‘irligiga qarab, ambulator sharoitlarda yoki statsionar sharoitlarida patsiyentni tibbiy kuzatilishini ta'minlash kerak.
Preparat 6 oydan ortiq muddat davomida qo‘llanganida neyropatiya rivojlanishi mumkin.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Alohida ehtiyotkorlik choralari talab etilmaydi.
Yordamchi moddalar
Nevralon preparati tarkibida, allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan, 40 mg benzil spirtini (bir ampula (2 ml) da) saqlaydi. Jigar yoki buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda organizmda benzil spirtini to‘planish havfi va nojo‘ya reaktsiyalarni (metabolik atsidozni) rivojlanish havfi mavjud, buni shuningdek preparat ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanganida ham inobatga olish kerak.
Nevralon eritmasi bir ampulada (2 ml da) 1 mmol (23 mg) dan kamroq natriy saqlaydi, ya'ni deyarli “natriy saqlamaydi”.
Nevralon eritmasi bir ampulada (2 ml da) 1 mmol (39 mg) dan kamroq kaliy saqlaydi, ya'ni deyarli “kaliy saqlamaydi”.
Nomutanosibligi
V1 vitamini kimyoviy oksidlovchi yoki kimyoviy qaytaruvchi hususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar bilan, simob xloridi, yodidlar, karbonatlar, atsetatlar, temir sulfati, tanin kislotasi, temir-ammoniy sitrati bilan, shuningdek natriy fenobarbital, riboflavin, benzilpenitsillin, glyukoza va metabisulfiti bilan nomutanosibdir. Mis moddasi V1 vitaminini parchalanish jarayonini tezlashtiradi; bundan tashqari, rN qiymati oshganida (rN 3 dan ortiq bo‘lganida) V1 vitaminining samaradorligi pasayadi.
V12 vitamini kimyoviy oksidlovchi yoki kimyoviy qaytaruvchi hususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar bilan, va og‘ir metallarning tuzlari bilan nomutanosibdir. V1 vitaminini saqlovchi eritmalarda V12 vitamini, shuningdek V guruhining boshqa vitaminlari V1 vitaminini parchalanish mahsulotlari ta'sirida (temir ionlari past kontsentratsiyalarda shunga sabab bo‘lishi mumkin) tezda parchalanadilar. Riboflavin, ayniqsa bir vaqtda quyosh nurini ta'sirida parchalaydi; nikotinamid fotoliz jarayonini tezlashtiradi, antioksidantlar esa ushbu jarayonni ingibitsiya qiladilar.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida ayollar uchun B1 va B6 vitaminlarining tavsiya etilgan sutkalik dozalari muvofiq ravishda 1,4-1,6 mg va 2,4-2,6 mg ni tashkil etadi. Homilador ayollarda yuqorida ko‘rsatilgan vitaminlarni yanada yuqoriroq dozalarda ularning tanqisligi muvofiq tarzda tasdiqlangan holatlardagina qo‘llash kerak (ushbu vitaminlarni tavsiya etilgan dozalardan ortiq sutkalik dozalarda qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma'lumotlar mavjud emas).
B1 va B6 vitaminlari ko‘krak suti bilan ajralib chiqadilar. B6 vitamini yuqori dozalarda ishlatilganida ko‘krak sutini ishlab chiqarilishi pasayishi mumkin.
Ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash masalasini davolovchi shifokor foyda/havf nisbati yaxshilab baholagandan keyingina hal qilishi kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Alohida ehtiyotkorlik choralari talab etilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida biror-bir simptomlar rivojlanganida muvofiq davolash o‘tkazish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma. To‘q rangli 5 shisha ampula 2 ml dan kontur uyali o‘ramlarda. 1 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar olomaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqarilgan
“Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.”, Turkiya
(ChOSB G.O. Pasha Max. 6. Djad. № 30 Cherkezkyoy / Tekirdag).
“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(ÇOSB G.O. Paşa Mah. 6. Cad. No 30 Çerkezköy / Tekirdağ).
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Tar Pharm Alliance” MChJ,
O‘zbeksiton Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch., 166 uy
Telefon (+998) 71 277-76-78, (+998) 71 277-76-48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.