Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
СофаВит филм (Витамин В комплекс) таб.№20 (66D23##2 433) |
UZS 35 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Комплекс витамина B
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Bolgariya
Производитель
АО "Софарма"
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
SofaVit
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 5,0 mg tiamin nitrati (V1 vitamini); 1,0 mg riboflavin (V2 vitamini); 4,0 mg piridoksin gidroxloridi (B6 vitamini); 50,0 mg nikotinamid (RR vitamini);
yordamchi moddalar bug‘doy kraxmali, mikrokristall sellyuloza, gidroksipropiltsellyuloza, stearin kislotasi 50, tal'k, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, Opadray AMV 80W 24766 pushti (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, tal'k, E171, E120, E322, E110, E415, E132).
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan 6 mm diatmetrli tabletkalar, rangi – malina-qizil, hidi — tiaminga xos.
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar
Kod ATX A11EX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
V guruhi vitaminlari organizmning hayotiy muhim faoliyatlari uchun juda muhim bo‘lgan turli kimyoviy tuzishga ega organik substantsiyalar hisoblanadi. Ular past kontsentratsiyalarda biologik faol va xujayra faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. V guruhi vitaminlari ko‘pgina ferment tizimlari tarkibiga kiradi va uglevodlar, oqsillar va yog‘lar metabolizmini boshqarishda va nuklein kislotalari sintezida ishtirok etadi. V guruhi vitaminlarini majmuaviy qo‘llash ularning ta'sirini sinergizmiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi B1 vitamini peroral qo‘llanilganidan keyin o‘n ikki barmoq va ingichka ichakda so‘riladi. V2 vitamini me'da-ichak yo‘llarida, asosan ingichka ichakda tez va to‘liq so‘riladi.
B6 vitamini peroral qo‘llanilganidan keyin me'da-ichak yo‘llarida yengil so‘riladi.
Nikotinamid me'da-ichak yo‘llarining barcha sohalarida to‘liq so‘riladi.
Taqsimlanishi B1 vitamini organizmning barcha to‘qimalarida bir tekis taqsimlanadi.
Organizmda B6 vitaminining 70-80% mushaklarda, 10% gacha jigarda, qolgan qismi boshqa to‘qimalar va a'zolarda taqsimlanadi. Riboflavin turli to‘qimalarda bir tekis taqsimlanadi.
Metabolizmi B1 vitamini yuqori darajada metabolizmga uchraydi va uning asosiy metabolitlari bo‘lib tiaminkarbon kislotasi va piramin hisoblanadi.
Piridoksin va piridoksamin piridoksal' kinaza fermenti tomonidan fosforlanadi va so‘ngra piridoksal' 5’-fosfatga aylanadi.
Nikotinamid N-metil-nikotinamidgacha metabolizmga uchraydi, so‘ngra oksidlanadi.
Chiqarilishi B1 vitamini siydik bilan va bir qismi safro bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda yoki faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. B1 vitamini ko‘krak suti bilan ajraladi.
Riboflavin o‘zgarmagan ko‘rinishda asosan buyraklar orqali chiqariladi.
B6 vitamini asosan metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Gemodializ yordamida chiqariladi, shuning uchun gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda yuqoriroq dozalar–tavsiya etilgan dozaning 100% dan 300% gacha dozalarda davolash tavsiya etiladi.
Nikotinamid asosan safro bilan, yuqoriroq dozalarda esa metabolitlari yoki o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali ham chiqariladi.
Qo‘llanilishi
B guruhi vitaminlari (B1, B2, B6) va nikotinamid tanqisligi holatlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
SofaVitni yo‘riqnoma yoki davolovchi shifokorning ko‘rsatmalariga aniq rioya qilgan holda qo‘llashga harakat qiling.
Kattalarga 1-2 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
6 yoshdan katta bolalarga sutkada 1-2 tabletkadan buyuriladi.
Tabletkalarni yetarli miqdorda suv bilan ichga qabul qilinadi.
Agar Siz dori vositasini tavsiya etilgandan ko‘proq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Ko‘proq miqdorda to‘satdan qabul qilgan holatlarda organizmdan uni chiqarib yuborishning umumiy choralarini ko‘rish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Agar Siz preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz bir dozani qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, unitilgan dozani o‘tkazib yuborib, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani qabul qilmang.
Agar Sizda bu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha har qanday qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, iltimos shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat eting.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha boshqa dori vositalari kabi SofaVit har bir odamda paydo bo‘lmasa ham nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Preparatni o‘zlashtiraolinishi juda yaxshi.
Juda kam hollarda eshakemi, qichishish, Kvinke shishi, yuz va bo‘yin terisini qizarishi, qizib ketish hissi, ayniqsa o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin.
Agar har qanday nojo‘ya ta'sirlar jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, iltimos bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
SofaVitni quyidagi holatlarda qabul qilmang
- agar Sizda preparatning faol moddalari yoki har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa;
- arterial qon bosimi oshganida (II-III bosqichdagi arterial gipertenziya);
- 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
• Preparatning tarkibida Bi vitamini bo‘lganligi tufayli, yuqori arterial bosimni davolash uchun dori preparatlari (antigipertenziv vositalar) ning samarasini susayishi, shuningdek barbituratlar va glutemidning uxlatuvchi samarasini susaytirishi mumkin.
• B1 vitamini ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlardagi depressiv holatlarni davolash uchun dori preparatlarining (imipramin, dezipramin), ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
• B guruhi vitaminlari tetratsikliklar (antibiotik) bilan bir vaqtda qo‘llanilganida samaradorligini kamaytirishi mumkin.
• B6 vitamini L-Dofaning antiparkinsonik samarasini kamaytiradi.
• Nikotinamid va tutqanoqqa qarshi vositalarni (karbamazepin, diazepam va natriy val'proat) bir vaqt qabul qilish ularning tirishishga qarshi samarasini kuchaytirishi mumkin.
• Xlorpromazin B2 vitaminini siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi.
• Probenetsid bilan bir vaktda qo‘llanilganida preparatni siydik bilan chiqarilishi sekinlashadi va nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta'sirlardan saqlanish uchun boshqa dori vositalari bilan har qanday yondosh davolash holatlarida davolovchi shifokoringizga xabar berish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar Sizda quyidagi kasalliklar bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga xabar bering
• xavfli kasalliklar;
• jigar kasalliklari, o‘t qopi va o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklari, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, qon quyilishlari, podagra.
• yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilinganda davolash boshlanganidan 1 oydan 3 oygacha koordinatsiyani buzilishi va panja sohasida achishuvchi og‘riqlar bilan namoyon bo‘luvchi periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin.
• preparat Erlix reaktivini qo‘llash bilan siydikda urobilinogenni aniqlaganda soxta-musbat natijasiga olib kelishi mumkin.
• preparat siydikni sariq-to‘q sariq rangga bo‘yashi mumkin.
Homiladorlik va emizish davri
Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Preparatni homiladorlik vaqtida terapevtik dozalarda qo‘llash mumkin. Piridoksinning yuqori dozalarini qabul qilish yangi tug‘ilgan chaqaloqda piridoksinga qaramlikni chaqirishi mumkin.
SofaVit preparatini emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar uni qabul qilish zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potenuial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Avtomashinani boshqarishda va murakkab mashinalarda ishlashda preparatni hech qanday xavfsiz qo‘llash mumkin.
SofaVit preparatining tarkibiy qismlari haqida muhim ma'lumot
Bu dori preparati bug‘doy kraxmali saqlaydi. Peliakiyasi bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri keladi.
Bug‘doyga allergiyasi (tseliakiyadan farqli) bo‘lgan patsiyentlarda bu dori vositasini qo‘llash mumkin emas.
Preparatning qobig‘ida allergik reaktsiya chaqirishi mumkin bo‘lgan Ye110 bo‘yovchisi mavjud.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning juda yuqori dozalari qabul qilish qo‘zg‘alish, qo‘rquv, qaltirash, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlarni chaqirishi mumkin.
Agar Siz buyurilgan dozadan yuqori dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringiz yoki yaqindagi tibbiyot muassasasiga murojaat eting.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 20 tabletka qattiq, rangsiz, tiniq PVX piyonka alyumin fol'gali blisterda.
1 (bir) blister, tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga, bir tomoni pigment bilan qoplangan kartondan yasalgan bitta yig‘ma qutiga solinadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«SOFARMA» AJ – Bolgariya
1220 Sofiya, Iliyenskoye shosse ko‘ch., 16.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.