Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ibufen® Yunior kaps. 200mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ибупрофен
Страна производитель
Польша
Дозировка
200 мг
Производитель
Pharmaceutical Works Polpharma S.A., Польша произведено: Медана Фарма АО
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ibufen® Yunior
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ibuprofen (ibuprofen)
Dori shakli
yumshoq kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 200 mg ibuprofen;
yordamchi moddalar makrogol 600, kaliy gidroksidi, tozalangan suv;
jelatin kapsula suyuq maltitol, kristallanmaydigan suyuq sorbitol, jelatin, tozalangan suv.
Ta'rifi oval shaklli, och sariq rangli, qovushqoq suyuqlik saqlovchi jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar (NYaQP), propion kislotasining hosilalari.
ATX kodi M01AE01
Farmakologik xususiyatlari
Ibuprofen propion kislotasining hosilasidir. Og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchiva yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Ibuprofenning ta'sir mexanizmi eng avvalo, araxidon kislotasini prostaglandinlar, prostatsiklin va tromboksanga aylanishinishini boshqaruvchi ferment - siklooksigenaza (TSOG) ning faolligini pasaytirish hisobiga prostaglandinlar biosintezini susaytirishi bilan bog‘liq. Bunda araxidon kislotasining metabolizmini siklooksigenazali yo‘lini qaytmas tormozlanishi natijasida prostaglandinlarni hosil bo‘lishi kamayadi. Yallig‘lanishjoyida prostaglandinlarning kontsentratsiyasini kamayishi bradikinin, endogen pirogenlar, boshqa biologik faol moddalar, kislorod va NO radikallarini hosil bo‘lishini kamayishi bilan kechadi. Bu yallig‘lanish jarayonini susayishiga olib keladi (ibuprofenning yallig‘lanishga qarshi samarasi) va og‘riq retseptsiyasini kamayishi bilan kechadi (og‘riq qoldiruvchi samarasi). Serebrospinal suyuqlikda prostaglandinlarning kontsentratsiyasini kamayishi tana haroratini normallashishiga olib keladi (antipiretik samara).
Farmakokinetikasi
Peroral qo‘llanilgandan keyin ibuprofenning 80% dan ortig‘i ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘riladi. Preparatning 90% qon plazmasi oqsillari (asosan albuminlar) bilan bog‘lanadi.
Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti och qoringa qabul qilinganda - 45 minut, ovqatdan keyin qabul qilinganda – 1,5-2,5 soat; sinovial suyuqlikda – 2-3 soat bo‘lib, u yerda qon plazmasidagiga qaraganda kattaroq kontsentratsiyalari hosil bo‘ladi.
Preparat organizmda to‘planmaydi.
Ibuprofen asosan jigarda metabolizmga uchraydi.
Preparatning 60-90% buyrak orqali metabolitlar va ularning glyukuron kislotasi bilan birikkan mahsulotlari shaklida, kamroq darajada safro bilan chiqariladi va 1% dan ortig‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi. Bir martalik doza qabul qilinganidan keyin preparat 24 soat davomida to‘liq chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• Quyidagilardagi kuchsiz va o‘rtacha jadallikka ega kelib chiqishi turlicha bo‘lgan og‘riq sindromi
-o‘rta quloq yallig‘langandagi quloq og‘rig‘i;
-tish og‘riqlari, tishlarni og‘riq bilan chiqishida;
-bosh og‘rig‘i, migren;
-og‘riqli xayz ko‘rishlar,
-nevralgiyalar,
-revmatik og‘riqlar,
-mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riqlar;
-tayanch-harakat apparatining jarohatlarida qo‘llaniladi.
• Quyidagilardagi turli genezli tana haroratini oshishi
-shamollash kasalliklarida,
-o‘tkir respirator virusli infektsiyalarda,
-grippda;
-anginada (faringitda);
-tana haroratini oshishi bilan kechuvchi bolalar infektsiyalarida;
-postvaktsinal reaktsiyalarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar simptomlarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lgan eng past samarali dozani maksimal qisqa vaqt davomida, qabul qilinsa, nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi va yaqqollik darajasini kamaytirish mumkin.
Dozalar
Bolalar – ibuprofenning maksimal sutkalik dozasi, 3-4 marta bir martalik dozalarga bo‘lingan holda 20-30 mg/kg ni tashkil etadi.
6 yoshdan 9 yoshgacha (20-29 kg) bo‘lgan bolalar bir martalik doza 1 kapsula. So‘ngra zarurat bo‘lganida 1 kapsuladan har 8 soatda. Maksimal sutkalik doza 3 kapsula (600 mg ibuprofen).
10 yoshdan 12 yoshgacha (30-39 kg) bo‘lgan bolalar bir martalik doza 1 kapsula. So‘ngra zarurat bo‘lgan hollarda 1 kapsuladan har 6 soatda buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 4 kapsula (800 mg ibuprofen) ni tashkil etadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan (40 kg dan ortiq) bolalar bir martalik doza 1-2 kapsula. So‘ngra zarurat bo‘lgan xollarda 1 (200 mg) dan 2 kapsulagacha har 4 soatda (200 mg dozasi uchun) va xar 6 soatgacha (400 mg dozasi uchun). Maksimal sutkalik doza 6 kapsula (1200 mg ibuprofen) ni tashkil etadi.
Agar preparatni qabul qilish fonida simptomlar 3 kundan ortiq saqlansa yoki kuchaysa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.
Preparat shoshilinch ravishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Tana vazni 20 kg dan kam bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi patsiyentlar dozani alohida tanlash talab etilmaydi. Ushbu guruh patsiyentlarga nisbatan nojo‘ya samaralarning mavjudligini monitoringini o‘tkazish talab etiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar buyrak funktsiyasini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dozani kamaytirishga yo‘q.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar jigar funktsiyasining yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dozani kamaytirishga zarurati yo‘q.
Qo‘llash usuli
Preparatni ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kapsulani butunligicha, bir stakan suv bilan ichiladi. Kapsulani tishlash, shimish yoki chaynash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ibuprofenni retseptsiz beriladigan dozalarda qisqa muddat davomida qabul qilinganda quyida ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar kuzatilgan.
Ibuprofenni boshqa ko‘rsatmalarda uzoq muddat davomida qo‘llash boshqa nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Yuz berishi tezligi bo‘yicha nojo‘ya samaralar quyidagi mezonlar bo‘yicha taqsimlangan juda tez-tez ≥1/10, tez-tez ≥1/100, <1/10, tez-tez emas ≥1/1000, <1/100, kam hollarda ≥1/10000, <1/1000, juda kam hollarda <1/10000, tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asosalanib, aniqlash mumkin emas).
Infektsiyalar va parazitar kasalliklar
Juda kam hollarda aseptik meningit
Qon va limfatik tizim tomonidan
Juda kam hollarda qonning morfologik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi (anemiya, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz).
Ushbu buzilishlarning birinchi simptomlari bo‘lib, isitma, tomoqda og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ining yuza yaralari, grippsimon simptomlar, kuchli holsizlik, burundan qon ketishi va teri ostida qon quyilishlari hisoblanadi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas qichishish va eshakemi bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Juda kam hollarda autoimmunologik kasalliklari (tizimli qizil yugirik va biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarda ibuprofen bilan davolanish vaqtida ensa mushaklarining rigidligi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma, dezoriyentatsiya kabi aseptik meningit uchun xos bo‘lgan simptomlarning yakka holatlari aniqlangan. Yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari. Simptomlari yuzni va tilni va xalqumni shishi, nafas siqilishi, taxikardiya, gipotenziya (anafilaksiya, angionevrotik shish, shok) bo‘lishi mumkin. Bronxial astmani zo‘rayishi va bronxospazm.
Ruhiy buzilishlar
Juda kam hollarda asabiylik
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas bosh og‘rig‘i
Kam hollarda bosh aylanishi, uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, jizzakilik va charchoq hissi. Alohida hollarda, depressiya, ruhiy buzilishlar ta'riflangan.
Ko‘rish a'zolari tomonidan
Juda kam hollarda ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a'zolari va vestibulyar apparat tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda quloqlarni shang‘illashi va bosh aylanishi
Yurak tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda shishlarni paydo bo‘lishi, NYaQP guruhi preparatlarini qo‘llash natijasida arterial gipertenziya va yurak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda bronxial astma, bronxospazm, nafasni siqilishi va xushtaksimon nafas olish.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas dispepsiya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qorinni dam bo‘lishi.
Kam hollarda diareya, meteorizm, qabziyatlar, qusish.
Juda kam hollarda yara kasalligi, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketish va perforatsiya, qora qatron ich kelishi, ba'zi hollarda ayniqsa keksa yoshli shaxslarda o‘lim bilan tugaydigan qon aralash qusish; yarali stomatit, gastrit; yaralikolitni zo‘rayishi, Kron kasalligi.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda jigar funktsiyasini buzilishi, ayniqsa uzoq muddat qabul qilinganda, gepatit va sariqlik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas turli teri toshmalari
Juda kam hollarda bullyoz toshma kabi terining og‘ir reaktsiyalari (shu jumladan, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema va toksik epidermal nekroliz).
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganda zardobda mochevina darajasini oshishi va shishlar bilan kechuvchi buyrak so‘rg‘ichlarining nekrozi; gematuriya, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, proteinuriya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi holat
Juda kam hollarda shishlar, periferik shishlar.
Diagnostik tekshiruvlar
Juda kam hollarda gematokrit ko‘rsatki va gemoglobinkontsentratsiyasini kamayishi.
Klinik tadqiqotlarning natijalari, ibuprofenni, ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) qo‘llanganda, arterial trombotik asoratlar (masalan miokard infarkti yoki insult) xavfini biroz oshishiga olib kelishini ko‘rsatdi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Ibuprofenga, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori preparatlariga (NYAQP) yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik
• Atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarini (NYAQP) qabul qilinganidan keyin anamnezida bronxospazm, bronxial astma, tumov, angionevrotik shish yoki eshakemi ko‘rinishidagi allergiyani borligi;
• Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi yoki faol bosqichdagi yoki anamnezdagi yaradan qon ketishlari (yara kasalligining ikki yoki undan ortiq ko‘rinishlari yoki yarali qon ketishi).
• NYAQP qo‘llanishi oqibatida qo‘zg‘algan, anamnezdagi MIY dan qon ketishi yoki perforatsiyada;
• Og‘ir jigar yetishmovchiligi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi,
• Og‘ir yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha IV sinfi)
• Tana vazni 20 kg dan kam bolalar
• Serebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishlar
• Gemorragik diatez
• Qon yaratish tizimining noaniq genezli buzilishlari (masalan, trombotsitopeniya)
• homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ibuprofenni (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlari guruhining boshqa dori vositalari kabi) quyida keltirilgan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas
Atsetilsalitsil kislotasi nojo‘ya samaralarni og‘irlashishini nazarda tutib, ibuprofen va atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda davolash tavsiya etilmaydi.
Ekperimental ma'lumotlar, birga davolash o‘tkazilganda ibuprofen atsetilsalitsil kislotasining past dozalarini trombotsitlar agregatsiyasiga samarasini susaytirishini ko‘rsatdi. Garchi, ushbu ma'lumotlarning klinik ahamiyati yuzasidan noaniqlik mavjud bo‘lsada, ibuprofenni muntazam, uzoq vaqt potentsial qabul qilish ehtimoli atsetilsalitsil kislotasining past dozalarida kardioprotektiv samarasini kamaytirishi mumkinligi inkor etmaydi.
Ibuprofenni vaqti–vaqti bilan qabul qilishda klinik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro ta'sirining ehtimoli kam.
Boshqa NYAQP, asosan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari ikkita yoki undan ortiq NYAQP larni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim, chunki nojo‘ya samaralarni yuz berishi xavfini oshirishi mumkin.
Quyida ko‘rsatilgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur
Kortikosteroidlar MIY tomonidan nojo‘ya samaralarning xavfi oshadi.
Antigipertenziv va siydik xaydovchi preparatlar NYAQP guruhi preparatlari gipotenziv preparatlarning samarasini kamaytirishi mumkin; siydik xaydovchi preparatalar NYAQP larni nefrotoksik ta'siri xavfini oshirishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan ayrim patsiyentlarda (masalan, degidratatsiya holatida yoki keksalarda) NYAQP ni AAF –ingibitorlari, beta-adrenomimetiklar yoki angiotenzin II agonistlari bilan birgalikda qo‘llash buyrak yetishmovchiligini o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha kuchayishiga (ko‘pincha qaytuvchan) olib kelishi mumkin. Demak, majmuaviy davolashni ayniqsa keksa yoshli patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan buyurishni talab etadi. Bunday patsiyentlarda davolash kursining boshida, shuningdek, davolanish davomida vaqti-vaqti bilan gidratatsiya va buyrak funktsiyasini qat'iy monitoringi talab etiladi. Kaliy saqlovchi preparatlar bilan muvofiq davolash qon zardobida kaliyning darajasini oshishi bilan kechishi mumkin.
Antikoagulyantlar NYaQP varfarin kabi, qon ivishini kamaytiruvchi dori preparatlarining ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Antitrombotsitar preparatlar va serotoninni qayta qamrab olinishining ayrim selektiv ingibitorlari (SQQOSI) me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishini paydo bo‘lishi xavfi oshadi.
Yurak glikozidlari NYAQP buyrak kalavalari filtratsisi tezligini kamayishini (GFR) chaqirib va plazmada glikozidlar kontsentratsiyasini oshirib, yurak yetishmovchiligini kuchaytirishi mumkin.
Litiy nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar qon plazmasida litiy kontsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkinligi isbotlangan.
Metotreksat nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar qon plazmasida metotreksatning kontsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkinligi isbotlangan.
Fenitoin ibuprofen farmakologik faol fenitoinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Siklosporin buyrakni shikastlovchi ta'sir xavfi oshadi.
Mifepriston mifepristonni qabul qilingandan keyin 8-12 kun davomida NYAQP qo‘llash mumkin emas, chunki NYAQP uning ta'sirini susaytirishi mumkin.
Zidovudin NYAQP va zidovudinni bir vaqtda qabul qilish gematoksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin. OIV musbat bo‘lgan gemofiliya bilan xastalangan, zidovudin va ibuprofen bilan birga davolangan patsiyentlarda, gemoartroz va gematomani kelib chiqish xavfini oshishi xaqida ma'lumotlar mavjud.
Ritonavir NYAQP ning plazmadagi kontsentratsiyasi oshadi.
Xinolonlar guruhi antibiotiklari xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, NYAQP lar xinolonlar guruhi antibiotiklari bilan bog‘liq tirishishlar xavfini oshirishi mumkinligi isbotlandi. NYAQP va xinolonlarni birga qabul qilayotgan patsiyentlar tirishishlarni yuz berish xavfiga ko‘proq duchordirlar.
Aminoglikozidlar guruhi antibiotiklari NYAQP aminoglikozidlarni chiqarilishini susaytirishi mumkin.
Peroral antidiabetik vositalar sulfanilmochevina hosilalari metabolizmini susayishi, yarim chiqarilish davrini uzayishi va gipoglikemiya xavfini oshishi kuzatilishi mumkin.
Probenitsid va sulfinperazon ibuprofenni chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin.
Xolestiramin ibuprofenni so‘rilish darajasini sekinlashtirishi yoki kamaytirishi mumkin (25%). Shu sabali, ibuprofenni xolestiraminni qabul qilishdan bir soat oldin yoki qabul qilgandan keyin kamida 4-6 soatdan so‘ng buyurish tavsiya etiladi.
Varikonazol yoki flukonazol varikonazol va flukonazolni (CYP2C9 ingibitorlari) qo‘llash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda ibuprofen S (+) ning ekspozitsiyasini taxminan 80-100% ga oshishi kuzatilgan. CYP2C9 ning kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilganida, ayniqsa varikonazol yoki flukonazol bilan birga preparat yuqori dozalarda buyurilgan hollarda, ibuprofenning dozasini pasaytirish zaruratini ko‘rib chiqish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Quyidagipatsiyentlarda ibuprofenni qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim
• aseptik meningitni rivojlanish xavfini oshishi tufayli, tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalligiga chalinganlar
• me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari bo‘lgan va ichakning yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar; chunki ushbu kasalliklar zo‘rayishi mumkin (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi)
• anamnezida arterial gipertenziya va (yoki) yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda davolashni boshlashdan oldin ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki NYaQP bilan davolanish oqibatida suyuqliklar retentsiyasi, gipertenziya va shishlarni paydo bo‘lishi kuzatiladi
• buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, chunki buyrak yetishmovchiligi kuchayishi mumkin
• jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda
• Qon ivish tizimi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda (ibuprofen qon ketishi vaqtini uzaytirishi mumkin).
Jarrohlik operatsiyalaridan keyin preparatni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Preparatning simptomlarini yengillashtirish uchun zarur bo‘lgan preparatni minimal samarali dozada qisqa muddat davomida qabul qilish, nojo‘ya samaralarning xavfini kamaytiradi (quyiga qaralsin me'da-ichak yo‘llariga va qon aylanish tizimiga ta'siri).
Keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatni qabul qilish natijasida nojo‘ya samaralarning xavfi (asosan, qon ketishi va perforatsiya) yosh patsiyentlarga nitsbatan yuqori bo‘ladi. Anamnezida yoki faol bronxial astmasi bo‘lgan va boshqa allergik kasalliklari bo‘lgan shaxslarda ibuprofenni qabul qilish bronxospazmni chaqirishi mumkin.
Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan, shu jumladan siklooksigenaza – 2 ingibitorlari bilan birgalikda qo‘llashdan saqlanish lozim.
Suvsizlangan bolalarda va o‘smirlarda buyrak yetishmovchiligining xavfi mavjud.
MIY ga ta'siri
Me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishining simptomlari yoki qon ketish bilan epizodlari yoki usiz kechuvchi davolanishning xar bir davrida barcha NYaQV qo‘llanganidan keyin ayrim xollarda o‘lim bilan tugagan me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, yara hosil bo‘lishi yoki perforatsiya kuzatilgan. Me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, yaralanish va perforatsiya xavfi anamnezida me'da-ichak yaralari bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi yoki perforatsiya bilan asoratlangan patsiyentlarda va keksa yoshdagi odamlarda NYaQP ning dozasi oshigani sayin oshib boradi. Bunday patsiyentlarni davolashni eng kichik ruxsat berilgan dozadan boshlash lozim.
Anamnezida me'da ichak yo‘llari tomonidan kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga, asosan keksa yoshli insonlarga, me'da-ichak bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tipik bo‘lmagan simptomlar (asosan qon ketishlarda) haqida, eng asossiysi davolashning ilk bosqichlarida shifokorga xabar berishlari kerakligi to‘g‘risida aytish lozim.
Me'da-ichak buzilishlari yoki qon ketishlar xavfini oshiruvchi, kortikosteroidlar yoki antikoagulyantlar, varfarin, serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari yoki agregantlar, atsetilsalitsil kislotasi kabi boshqa dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llayotgan patsiyentlarda preparatni qo‘llayotgan ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Me'da-ichakdan qon ketishi yoki yaralanish hollarida dori preparatini qabul qilishni darhol to‘xtatish lozim.
Teri tomonidan reaktsiyalar
NYaQP guruhi dori preparatlarini qo‘llash oqibatida juda kam hollarda og‘ir teri reaktsiyalari, ayrimlari o‘lim bilan tugagan, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stevens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz ta'riflangan. Ushbu og‘ir reaktsiyalarni paydo bo‘lishining eng katta xavfi, davolashning boshida kuzatiladi, ko‘pchilik hollarda preparatni qo‘llashning birinchi oylarida kuzatiladi. Birinchi simptomlar teri toshmalari, shilliq qavatlarni shikastlanishi yoki allergiyaning boshqa simptomlari paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Kamdan-kam hollarda terining va yumshoq to‘qimalarning og‘ir infektsion asoratlarini sababi suvchechak bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu infektsiyalarni kuchayishida NYaQP ningrolini istisno qilib bo‘lmaydi.
Qon tomir tizimiga ta'siri.
Klinik tadqiqotlarning natijalari, ibuprofenni, ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) qo‘llanishi arterial trombotik asoratlarni (masalan miokard infarkti yoki insultni) xavfini biroz oshishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Umuman olganda, epidemiologik tadqiqotlarning natijalari, ibuprofenni past dozalarda (masalansutkada >1200 mg) qo‘llanishi arterial tromboembolik asoratlarni rivojlanish xavfini oshishi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatmadi.
Nazorat qilish qiyin bo‘lgan arterial gipertenziyali, dimlangan yurak yetishmovchligi (NYHA bo‘yicha II–III sinfi), diagnostika qilingan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasallligi va/yoki serebrovaskulyar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ibuprofenni, faqat xavfni sinchiklab baholagandan so‘nggina buyurish lozim, bunda uning yuqori dozalarini (sutkada 2400 mg) buyurishdan saqlanish lozim. Kardiovaskulyarasoratlarning xavf omillari (arterial gipertenziyali, giperlipidemiyali, qandli diabet, chekuvchi shaxslar), bo‘lgan patsiyentlarga ibuprofen bilan uzoq muddat davolashni buyurishdan oldin, xususan agar ibuprofenni yuqori dozalarida (sutkada 2400 mg) qo‘llash talab etilsa foyda-xavf nisbatini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.
Boshqa ko‘rsatmalar
Juda kam hollarda og‘ir, o‘tkir allergik reaktsiyalar (masalan anafilaktik shok) kuzatiladi. Ibufen® yunior preparatini qabul qilingandan keyin allergikreaktsiyalarning birinchi simptomlari paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish lozim. Paydo bo‘lgan simptomlarga qarab, shu ixtisosdagi xodim zarur bo‘lgan tibbiy muolajalarni o‘tkazishi lozim.
Og‘riqni qoldiruvchi turli dori preparatlarini bir vaqtda, uzoq muddat qo‘llanilishi buyrak yetishmovchligi xavfi bilan kechuvchi buyrakni shikastlanishiga (analgetik nefropatiya) olib kelishi mumkin. Bu xavf tuzlarni yo‘qotilishiga va suvsizlanishga olib keluvchi jismoniy mashqlar vaqtida oshishi mumkin, shuning uchun og‘riqni qoldiruvchi turli preparatlarni bir vaqtda, uzoq muddat qabul qilishdan saqlanish lozim.
NYaQP guruhiga mansub, preparatlar infektsiya simptomlarini niqoblashi mumkin.
Ibuprofen qo‘llanganda toksik ambliopiyaning yakka hollari aniqlangan, shuning uchun ko‘rishning barcha buzilishlarida shifokorga xabar berish lozim.
Preparat sorbitol va maltitol saqlaydi va uni kam uchraydigan fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Bir kapsula 10.5 mg kaliy saqlaydi. Buyrak funktsiyasi pasaygan va ovqat bilan kaliyni tushishi nazorat qilinadigan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Homiladorlik
Prostagalandinlar sintezini tormozlanishi homiladorlikka va/yoki homilani rivojlanishiga nohush ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Epidemiolgik ma'lumotlar, homiladorlikni boshlang‘ich davrlarida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarni qo‘llaganda homilani o‘z-o‘zidan tushishi, homilada yurak va miyaning rivojlanishida nuqsonlarni kelib chiqish xavfini oshishini ko‘rsatgan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilani implantatsiyadan oldin va implantatsiyadan keyingi bosqichida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qo‘llash, homilani tushishi xavfini oshirishi, hamda embrion yoki homilani o‘lim sonini oshishini chaqirishi isbotlanadi. Homilaning organogenez jarayonida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qabul qilish, turli rivojlanish nuqsonlarini kelib chiqishi sonini oshiradi. Agar ibuprofen homilador bo‘lishga xarakat qilayotgan ayol tomonidan yoki homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyligida qo‘llanilsa, doza iloji boricha juda kichik, davolashni davomiyligi esa eng qisqa bo‘ilishi lozim.
Homiladorlikning uchinchi uch oyligi davomida prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlari qo‘llanilganda quyidagi ta'sirlarni ko‘rsatishi mumkin
• homilaga
-yurak-o‘pka toksikligi (arterial yo‘lni muddatidan oldin yopilishi va o‘pka gipertenziyasini rivojlanishi)
-buyrak funktsiyasini buzilishi, bu oligogidramnion bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligigacha avj olib borishi mumkin
• homiladorlikniso‘ngida onaga va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ta'siri
-qon ketish vaqtini oshishi, antiagregant samara, bu hattoki juda kichikdozalar qo‘llanilganda ham yuz berishi mumkin.
-bachadonni qisqarishini susayishi, bu tug‘ruq akti davomiyliginini kechikishiga va uzayishiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida qo‘rsatilgan ta'sirlar tufayli, ibuprofenni homiladorlikning uchinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri
Kam sonli o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga muvofiq, NYaQP juda past kontsentratsiyalarda ko‘krak sutiga o‘tishi mumkin.
Emizikli bolalarga ibuprofenni zararli ta'siri haqida xozirgacha xabarlar yo‘qligini nazarda tutib, og‘riq va isitmani davolashda qo‘llaniladigan dozalarda ibuprofen bilan qisqa muddatli davolashda emizishni to‘xtatish zarur hisoblanmaydi.
Fertillik
Siklooksigenazani ingibitsiya qiluvchi (prostaglandinlar sintezi) dori preparatlari ovulyatsiyaga ta'sir qilib ayollarda fertillikni buzilishini chaqirishi mumkinligi haqida ma'lumotlar mavjud. Ushbu ta'sir vaqtinchalik bo‘lib, davolash tugaganidan so‘ng to‘xtaydi.
Avtotransportni boshqarish va qurilmalarga xizmat kzo‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Tavsiya etilgan dozalarda va davolash muddatlarga qo‘llanganda avtotransportni boshqarish va qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri kutilmaydi.
Ibuprofenni katta dozalarda qo‘llanganda markaziy nerv tizimiga ta'sir ko‘rsatuvchi charchoq va bosh aylanishi kabi nojo‘ya samaralar yuz berishi mumkinligi tufayli, ayrim xollarda patsiyentning reaktsiya qobiliyati va ko‘cha xarakatida faol ishtirok etish hamda xarakatdagi mexanizmlarni boshqarish qobiliyati susayishi mumkin.
Mazkur ehtiyotkorlik preparatni alkogol bilan birga qabul qilingan hollarda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
NYaQP ning klinik ahamiyatli dozalarini qabul qilayotgan ko‘pchilik patsiyentlarda ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq yoki kam hollarda diareya bo‘lishi mumkin. Shuningdek quloqlarni shang‘illashi, bosh og‘rig‘i, me'da yoki ichakdan qon ketishi kuzatilishi mumkin. Og‘ir zaharlanish markaziy nerv tizimiga ta'sir qiladi va bosh aylanishi, bosh og‘riqlari, nafasni susayishi, xansirash, uyquchanlik, shuningdek juda kam hollarda qo‘zg‘aluvchanlik va dezoriyentatsiya yoki komani chaqiradi.
Juda kam hollarda tirishish xurujlari bo‘lishi mumkin. Ba'zi hollarda og‘ir toksikatsiyada metabolik atsidoz kuzatiladi, ayni paytda protrombin vaqti oshishi mumkin. Shuningdek o‘tkir buyrak yetishmovchiligi yoki jigarni shikastlanishi kuzatilishi mumkin. Astmasi bo‘lgan patsiyentlarda uning simptomlari xuruj darajasigacha avj olishi mumkin.
Davolash
Simptomatik,nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta'minlash, EKG monitoringi va hayot faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini patsiyent holatini normallashuviga qadar ta'minlash muhimdir. Faollashtirilgan ko‘mirni peroral qo‘llash tavsiya etiladi yoki ibuprofenning potentsial toksik dozasini qabul qilgandan keyin 1 soat davomida me'dani yuvish tavsiya etiladi. Tez-tez yoki davomli tirishishlarni diazepam yoki lorazepamni vena ichiga yuborish bilan bartaraf etish lozim. Bronxial astma yomonlashganda bronxodilatatorlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
10 yoki 20 kapsula saqlovchi PVX/PVDX va alyumin folgali blister karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Qayd qilish guvohnomasining egasi
«POLFARMA» AJ farmatsevtika zavodi
Pelplinska ko‘ch., 19, 83-200 Starogard Gdanski, Polsha
Ishlab chiqaruvchi
Medana Farma AJ
98-200 Seradz, V. Loketka ko‘ch. 10, Polsha
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.