Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kyupen YUnior peroral suspenziya 60 ml
Kyupen YUnior peroral suspenziya 60 ml
Nomi | Narx | |||||
Кюпен Юниор сусп д/ приема внутрь 60 мл (UQS2301##2021) |
UZS 23 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ибупрофен, парацетамол
Страна производитель
Индия
Дозировка
100 мг+162,5/5 мл 60 мл
Производитель
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суспензия для приема внутрь
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Kyupen Yunior
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) paratsetamol, ibuprofen
Dori shakli
qandsiz peroral suspenziya
Tarkibi
Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
ibuprofen BF100 mg;
paratsetamol BF162.5 mg;
aromatizatsiyalangan asosq.s.
yordamchi moddalar suvsiz kolloid kremniy, natriy benzoati, 70% li sorbitol eritmasi, ksantan kamedi, natriy metilparaben, natriy propilparaben, natriy xloridi, polisarbat – 80, dinatriy edetati, limon kislotasi, natriy saxarrin, sukraloza, glitserol, Pineapple Sweet aromatizatori.
Ta'rifi to‘q sariq rangli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
analgetik-antipiretik
ATX kodi N02DE51
Farmakodinamik xususiyatlari
Ibuprofen va paratsetamolni farmakologik ta'siri ularni ta'sir mexanizmi va joyi bo‘yicha farqlanadi. O‘zaro to‘ldiruvchi ta'sir mexanizmlari sinergik xisoblanadi, bu xar bir komponentini alohida ta'siriga nisbatan, ko‘proq antinotsitseptsiya va antipiretik samaraga olib keladi.
Ibuprofen nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita xisoblanadi, uning ta'siri siklooksigenaza-2 (SOX-2) izofermentini periferik ingibitsiya qilish va keyinchalik notsitseptiv nerv oxirlarining sezuvchanligini pasaytirishi bilan bog‘liq. Ibuprofenning isitma tushuruvchi samarasi gipotalamusda prostaglandinlar sintezini markaziy tormozlanishi bilan chaqiriladi. Ibuprofen trombotsitlar agregatsiyasini qayta ingibitsiya qiladi. Odamlarda ibuprofen yallig‘lanishda kuzatiladigan og‘riq, shish va isitmani kamaytiradi.
Paratsetamol siklooksigenaza fermentini MNTda samaraliroq ingibitsiya qiladi. Paratsetamolning isitma tushuruvchi samarasi bevosita gipotalamusdagi prostaglandinlar, xususan, termoregulyatsiya markazining mediatorlari xisoblangan, Ye2 va G‘2 prostaglandinlar biosintezini tormozlanishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Ibuprofen me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Ibuprofen sinovial suyuqlikka o‘tadi. Ibuprofen jigarda ikkita asosiy metabolitigacha metabolizmga uchraydi va metabolitlar ko‘rinishida yoki asosiy kon'yugatlar ko‘rinishida buyrak orqali birlamchi chiqariladi, shuningdek o‘zgarmagan ibuprofen ko‘rinishida kam miqdorda chiqariladi. Buyrak orqali chiqarilishi tez va to‘liqdir. Yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil etadi.
Paratsetamol me'da-ichak yo‘llaridan oson so‘riladi. Paratsetamol jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan asosan glyukuronid va sulfat kon'yugatlari ko‘rinishida va taxminan 10% glutation kon'yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. Paratsetamolning 5% dan kamroq qismi o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 3 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Isitma, turli sohalarda joylashgan og‘riqlar emlashdan keyingi isitma, tish og‘rig‘i, infektsion yallig‘lanish va suyak-mushaklardagi og‘riqlarni barcha turlari, shu jumladan sportdagi jaroxatlarni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi.
Bolalarga
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga1 choy qoshiqdan sutkada 3-4 marta.
1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 choy qoshiqdan sutkada 3-4 marta.
5 yoshdan oshgan bolalarga 4 choy qoshiqqacha sutkada 3-4 marta
yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Suspenziyani qabul qilishdan oldin flakonni yaxshilab chayqating.
Nojo‘ya ta'sirlari
O‘ta yuqori sezuvchanlik, me'da va 12-barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichi yoki me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar, pankreatit, teri toshmalari, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral soxada diskomfort, bosh aylanishi va boshqa allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Dori vositasi bekor qilingandan so‘ng nojo‘ya reaktsiyalarning simptomlari (agar ular bo‘lsa) kamayishi kerak. Agar simptomlari yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Ushbu preparatni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas
• NYaQV, ibuprofen, paratsetamol yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga ma'lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga.
• anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQV) ni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, bronxospazm, angioedema, astma, rinitlar va eshakemi) bo‘lgan patsiyentlarga.
• anamnezida me'da-ichak yarasi/perforatsiyasi yoki qon ketishlari bo‘lgan, jumladan NYaQV qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan patsiyentlarga;
• qon ivishini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga.
• jiddiy jigar, buyrak yoki yurak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga.
• nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi tufayli, tarkibida NYaQV saqlovchi boshqa vositalar, shu jumladan siklooksigenaza-2 (COX-2) spetsifik ingibitorlari bilan va atsetilsalitsil kislotasini kuniga 75 mg dan ko‘proq dozasi bir vaqtda qo‘llanganda.
• jiddiy nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi tufayli, tarkibida paratsetamol saqlovchi boshqa vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida.
• o‘pka gipertenziyasini rivojlanishi xavfi bilan kechuvchi homilada arterial yo‘lini muddatidan oldin yopilish xavfi tufayli, homiladorlikni oxirgi uch oyligi davomida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tarkibi
da ibuprofen va paratsetamol saqlovchi vositalar gipotenziv preparatlar, diuretiklar, siklosporinlar, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, xloramfenikol va varfarin bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llaganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. O‘ramidagi yaroqlilik muddatini tekshiring.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Paratsetamol
Kattalarda jigarni shikastlanishi paratsetamolni 10 g va undan ko‘proq qabul qilinganida kuzatilishi mumkin. Agar patsiyent karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampitsin yoki jigar fermentlarini induktsiya qiladigan boshqa preparatlar bilan uzoq davolanganda yoki etanolni haddan tashqari ko‘proq dozalarda qo‘llanganda, paratsetamol 5 g va undan katta dozalarda qabul qilinganida jigarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Doza oshirib yuborilgandan keyin 1 soat davomida faollashtirilgan ko‘mir bilan davolash o‘tkazish kerak.
Ibuprofen.
Dozani oshirib yuborilishi
ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral soxada og‘riq, kam hollarda ich ketishi, bosh og‘rig‘i va me'da-ichakdan qon ketishlar kabi simptomlarni chaqirishi mumkin.
Davolash simptomatik va bir maromda tutib turuvchi bo‘lishi kerak va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tutib turishi va yurak monitoringi va xayot uchun muhim funktsiyalarni stabil darajada tutib turishni o‘z ichiga oladi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya 60 ml dan o‘lchov stakanchasi bilan komplektda (flakonda).
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Hindistonda ishlab chiqarilgan
Avison Pharmaceutical Pvt. Ltd., India
Coral Laboratories Limited
Plot № . 27-28, Pharmacity, Selaqui,
Dehradun, Uttarakhand – 248197, India
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100057, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Usta Shirin ko‘ch, 117
Tel 99(871) 2281692 (93/94)
Fax 99(871) 2281695
www.shayanafarm.uz, shayanafarm@yahoo.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.