Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tales Energo tab. № 60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Якорцев стелющихся травы экстракт сухой
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
250 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Tales® Energo
Ta'sir etuvchi modda (XPN) temirtikan o‘tining quruq ekstrati
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
faol modda temirtikan o‘tining quruq ekstrati 250 mg (furostanolli saponinlar yig‘indisi protodiostsinga nisbatan hisoblanganda – 112,5 mg dan kam emas).
yordamchi moddalar mikrokristallik sellyuloza, laktoza angidrid, aerosil, polivinilpirrolidon, poliplasdon, talk, magniy stearati;
qobiq Sepifilm LP 007 (gipromelloza, mikrokristallik sellyuloza, stearin kislotasi); kandurin «Qizil yaltiroq».
Ta'rifi to‘q qizil rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomoni riskali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapiya guruhi Jinsiy faollikni rag‘batlantiruvchi fitopreparat. Umumiy tetiklashtiruvchi vosita. O‘simliklardan tayyorlangan.
Farmokologik xususiyatlari
Tales®Energo – Tribulus Terrestris L o‘simligining yer usti qismidan olingan tabiiy preparat. Preparat asosan furostanol turiga mansub steroidli saponinlardan iborat bo‘lib, tarkibdagi eng katta ulush protodiostsinga tegishlidir. Preparatning ta'sir qilish mexanizmi aynan ushbu tarkibiy qism bilan shartlanadi. Protodiostsin organizmda degidroepiandrosteron (DGEA) darajasigacha singib, hujayra membranasining o‘tkazuvchanligi, erektil funktsiya, xolesterin metabolizmi va immunitetga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Oqilona kichik dozalarda tribulus mevalari oksidlanish yetkazadigan shikastdan ichki organlarni himoya qiladi, o‘simlik tribulus antistress ta'siriga ega, bu esa adaptogen maqomini tasdiqlaydi.
Adaptogen dorilar organizmning issiq, sovuq, jismoniy va ruhiy stress, ochlik, tashnalik, zaharlanish va hattoki radiatsiya kabi turli salbiy tashqi omillarga tez va samarali moslashishni stimullaydi.
Adaptogenning universal hususiyatlardan biri bu organizmdagi funktsional imkoniyatlarini va stressga barqarorlikni oshirish. Ularni ko‘p hollarda og‘ir jismoniy davrda yoki aqliyzo‘riqishda va sportning a'lo natijalariga erishish uchun ishlash qobiliyatini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Tales®Energo jinsiy tizimning ayrim funktsiyalarini rag‘batlantiradi va tetiklantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Erkaklarda libido va erektsiya tiklanadi va yaxshilanadi. Spermatozoidlar miqdorini harakatchanligini oshirgan holda spermatogenezga rag‘batlantiruvchi ta'sir qiladi va testosteron darajasini ko‘taradi. Tales®Energo ayollarda ham libidoni yaxshilaydi va ovulyatsiyani rag‘batlantiradi. Gormonal faollikka muvozanatlovchi ta'sir natijasida tabiiy va postkastratsion klimakterik sindrom jarayonida vazomotor faolliklarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Sog‘lom ko‘ngillilarda olingan natijalarga ko‘ra Tales®Energo buyrak usti bezlari gormonlari va AKTG miqdoriga sezilarli darajada o‘zgartirmagan holda qon plazmasidagi gipofiz-gonad o‘qidagi gormonlar darajasiga ta'sir ko‘rsatadi.
Tales®Energo gipolipidemik samaraga ega bo‘lib, dislipoproteinemiya bilan og‘rigan bemorlarda triglitseridlar va qon plazmasidagi yuqori zichlikka ega lipoproteidlar miqdoriga ta'sir o‘tkazmagan holda umumiy xolesterin va zichligi kam lipoproteidlar miqdorini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat organizmda degidroepiandrosteron darajasigacha faol singib boradi. O‘zgarmas protodiostsin qon plazmasida tezda chiqariladi va 3 soat o‘tganidan keyin uning kontsentratsiyasi sezilarli darajada kamayadi.
Preparat qabul qilinganidan so‘ng 24 soat ichida safro bilan birga protodiostsinning minimal miqdori – 2% dan 4% chiqariladi. O‘zgarmagan protodiostsinning peshob tarkibidagi o‘lchanadigan kontsentratsiyasi belgilanmaydi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
Erkaklarda, mustaqil yoki kompleks davolanishda
- libidoni kuchaytirish, erektil disfunktsiya kuzatilganida erektsiya kuchi va davomiyligini oshirish uchun;
- quyidagilar bilan shartlangan bepushtlikda
a) idiopatik oligoastenoteratozoospermiya (ajratib chiqarilgan spermada spermatozoidlar miqdori va sifatining pasayishi) va azospermiya;
b) varikotsele (moyakning urug‘ yo‘lining varikozli kengayishi) sababli operativ aralashuv;
v) immunologik infertillik kuzatilganida qo‘llaniladi.
Ayollarda, mustaqil yoki kompleks davolanishda
- frigidlik;
- tuxumdondagi gormonal bepushtlik;
- nevrastenik va vazomotor reaktsiyalar yaqqol namoyon bo‘ladigan klimakterik va postkastratsion sindromni tuzatish uchun qo‘llaniladi.
Erkaklar va ayollarda mustaqil yoki kompleks davolanishda
- ateroskleroz oldini olish maqsadida qondagi xolesterinning umumiy miqdorini kamaytirish uchun qo‘llaniladi;
Umumiy tetiklantiruvchi vosita sifatida
- organizmni jismoniy va psixik yuklamalarga nisbatan barqarorligini oshirish uchun;
- og‘ir kasalliklardan keyin tezda tiklanish uchun;
- intensiv jismoniy zo‘riqishlar va sport bilan shug‘ullanganda ishlash qobiliyatini oshirish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tablektalar ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Kattalar uchun quyidagi dozalar tavsiya etiladi
Libido pasaygan, impotentsiya va bepushtlik bilan og‘rigan erkaklarga – sutkasiga 3 marta 1-2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23,0 mg/kg). Davolanish muddati – kamida 90 kun. Davolanish kursini qoniqarli terapevtik samaraga erishgunga qadar davom ettirish mumkin.
Ayollarda ichki sekretsiya bezlariga bog‘liq bo‘lgan bepushtlikda– sutkasiga 3 marta 1-2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23,0 mg/kg). Menstrual siklning 1-kunidan 12-kunigacha. Ushbu davolash kursini homiladorlik kuzatilguniga qadar davriy ravishda takrorlash mumkin.
Klimakterik va postkastratsion sindrom kuzatilgan ayollar 60-90 kun davomida sutkasiga 3 marta 1-2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23, mg/kg). Holat yaxshilanganidan keyin asta-sekin qo‘llab-quvvatlovchi dozaga o‘tiladi – 1-2 yil davomida kuniga 2 tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 7,7 mg/kg).
Dislipidimiya (umumiy xolesterin darajasini kamaytirish uchun) sutkasiga 3 marta 2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23,0 mg/kg). Davolanish muddati – kamida 3 oy.
Umumiy tetiklantiruvchi vosita sifatida sutkasiga 3 marta 2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23,0 mg/kg). Davolanish muddati – barqaror yaxshi holatga erishgunga qadar davom etadi.
Dozalar yakka tartibda, shifokorning ko‘rsatmasiga asosan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
- ko‘ngil aynish ehtimoli mavjud, bu holatda doza kamaytiriladi yoki preparat vaqtincha (2-3 kun) qabul qilinmaydi;
- allergik reaktsiyalar;
- me'daning shilliq pardasiga qo‘zg‘atuvchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- homiladorlik;
- laktatsiya (emizish) davri;
- yoshi 18 dan kichik bo‘lsa;
- qon ketishga bo‘lgan moyillik;
- prostata bezi adenomasi;
- og‘ir yurak-tomir va buyrak kasalliklari;
- preparat komponentlariga nisbatan o‘ta sezgirlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tales®Energo preparatini ovulyatsiyani rag‘batlantiruvchi vositalar bilan birga qo‘llanilishi ularni samaradorligini oshiradi.
Tales®Energo preparatini diuretiklar bilan birga qo‘llanilishi diuretiklar samaradorligini oshirishi va antigipertenziv preparatlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Klimakterik sindromi bo‘lgan ayollar terapiyasida davolash dozasidan qo‘llab-quvvatlovchi dozaga o‘tish asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Samarali dozani keskin kamaytirish yoki bekor qilish natijasida klimakterik simptomlar qayta namoyon bo‘lishi mumkin.
Oshqozonning shilliq pardasiga yallig‘lantiruvchi ta'sir oldini olish maqsadida preparatni ovqatdan keyin qabul qilish lozim.
Tales®Energo preparati avtotransport boshqarish qobiliyatiga va diqqatni bir joyga jamlashni hamda tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi faoliyatning xavfli turlari bilan shug‘ullanishga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik va emiziklik davrida preparat qo‘llanilishi bo‘yicha aniq klinik ma'lumotlar bo‘lmagani sababli, ushbu davrda preparatdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aynan homiladorlik va emiziklik davrida Tales®Energo preparatidan foydalanish xavfsiz ekanini tasdiqlovchi ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Tales®Energo preparatining me'yoridan ortiq qabul qilingani haqida ma'lumotlar yo‘q.
Simptomlari dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish) kuzatilishi mumkin.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
«Tales® Energo», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg dan, №30 va №60.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
MChJ "NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch, 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.