Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gioksizon maz 10g MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидрокортизон, окситетрациклин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
10 г
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Gioksizon
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Gidrokortizon, oksitetratsiklin.
Dori shakli
Surtma
Tarkibi
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar Gidrokortizon atsetati – 1 g, oksitetratsiklin gidroxloridi – 3 g.
Yordamchi moddalar nipagin (metilparagidroksibenzoat), vazelin moyi, vazelin.
Ta'rifi Sariq rangli surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi D07CA01
Farmakologik xususiyatlari
Sirtga qo‘llash uchun majmuaviy preparat.
Gidrokortizon – glyukokortikosteroid, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi samara ko‘rsatadi. Fagotsitozni tormozlaydi. Fosfolipaza A2 faolligini susaytirishi hisobiga hujayra qobig‘i fosfolipidlaridan araxidon kislotasini hosil bo‘lishini kamaytiradi. Yallig‘lanishga qarshi ta'siriga ega interleykinlar va boshqa sitokinlarning ajralib chiqishini susaytiradi; gistaminning ajralib chiqishini va mahalliy allergik reaktsiyalarning paydo bo‘lishini tormozlaydi. Oqsillar sintezini va terida kollagen yig‘ilishini pasaytiradi, biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, proliferativ jarayonlarni susaytiradi.
Oksitetratsiklin - tetratsiklinlar guruhi antibiotigi, bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, Richettsia spp., Treponema spp., Chlamydia spp., Mycoplasma spp. larga nisbatan faol.
Farmakokinetikasi
Preparat terapevtik dozalarda sirtga qo‘llanganida ta'sir etuvchi moddalar qonga transdermal juda sust so‘riladi. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash gidrokortizon va oksitetratsiklinni transdermal so‘rilishini oshiradi, bu tizimli nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Glyukokortikosteroidlar bilan davolab bo‘ladigan va oksitetratsiklinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan bakterial infektsiya bilan ikkilamchi asoratlangan teri kasalliklari dermatit (shu jumladan allergik, kontakt, seboreyali, quyoshli, atopik dermatit), ekzema, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, yuzaki kuyishlar va sovuq urishi, hashoratlarni chaqishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi.
Shikastlangan sohalarga 0,5-1 g dan sutkada 1-3 marta yupqa qilib surtiladi yoki teri ustiga yopiladigan steril dokaga surtib, bint bilan bog‘lanadi. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va shikastlanish darajasi va uni joylashishiga bog‘liq bo‘ladi.
Davolash kursi 14 haftadan oshmasligi kerak. Yuz terisiga qo‘llanganida surtmani ko‘z kosasi atrofidagi sohaga surtilishiga yo‘l qo‘ymasdan, sutkada 1 marta qo‘yiladi, bunda davolash kursi 7-10 kundan oshmasligi kerak.
Bolalarda terining cheklangan sohalarida qisqa davolash kurslarida (5-7 kun davomida) qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Terini ta'sirlanishi, qichishish, toshma; superinfektsiya, allergik reaktsiyalar. Yuz terisiga qo‘llanganida teleangiektaziyalar, og‘iz sohasida teri osti kletchatkasining atrofiyasi. Uzoq muddat qo‘llanganida va/yoki katta yuzalarga qo‘yilganida – glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo‘ya samaralari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, teri o‘smasi, terining rak oldi kasalliklari, dermatomikoz, terining virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak); rozatsea va perioral dermatit, terini sifilitik shikastlanishlari, postvaktsinal teri reaktsiyalari; homiladorlik, laktatsiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Glyukokortikosteroidlar bilan davolash vaqtida chechakka qarshi vaktsinatsiyani o‘tkazish va immunizatsiyaning boshqa turlarini rejalashtirish mumkin emas (glyukokortikosteroidlarning immunodepressiv samaralari tufayli).
Ko‘z va shilliq qavatlarga surtmani tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Bolalarda preparatni terining katta yuzalariga va okklyuzion bog‘lovlar ostiga surtishdan saqlanish kerak.
Preparatni yuz terisiga qo‘llash zarurati tug‘ilganida, yuqori so‘rilishi va nojo‘ya ta'sirlarining paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, davolash qisqa bo‘lishi kerak.
Transport vositalari, mexanizmlarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari uzoq muddat davomida va/yoki yuqori dozalarda qo‘llanganda ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligini rivojlanishi bilan buyrak usti bezi faoliyatini susayishi hamda giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Itsenko-Kushing sindromi yuz berishi mumkin.
Oksiteteratsiklin bilan yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida davolash sezgir bo‘lmagan mikroflorani o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Davolash preparatni bekor qilish. Tegishli simptomatik davolash o‘tkaziladi. Zarurat tug‘ilganida – elektrolit buzilishlarni muvofiqlashtirish kerak.
Chiqarilish shakli
10 g dan tubada.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFYA, Sherbuloq ko‘cha, 1 uy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.