Быстрый просмотр
|
|
от UZS 4 200
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 17 900
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 32 000
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 38 400
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 81 500
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 47 600
-
+
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (1) Lordes sirop 2,5 mg/5 ml fo flakonah 100 ml |
от UZS 58 500
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 67 600
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 29 500
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 92 600
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 85 100
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 14 300
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 119 700
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 23 400
-
+
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (2) Preparatning savdo nomi: Fenkarol® Ta'sir etuvchi modda (XPN): xifenadin (quifenadinum) Dori shakli: ichga qabul uchun tabletkalar. Tarkibi: Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 25 mg xifenadin gidroxloridi; yordamchi moddalar: qand, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati. Ta'rifi: oq yoki deyarli oq rangli, yassi silindrik, faskali tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antigistamin vositalar, tizimli qo‘llash uchun boshqa antigistamin vositalar. ATX kodi: R06AX31. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Fenkarol® - antigistamin vositasi bo‘lib, gistaminning a'zolar va to‘qimalarga ta'sirini kamaytiradi. Bu guruhning boshqa klassik dori vositalaridan farqli ravishda, Fenkarol® alohida ta'sir mexanizmiga ega. Dori vositasi periferik to‘qimalarda N1- gistamin retseptorlarini bloklaydi, shuningdek diaminoksidaza (gistaminaza) fermentini faollashtiradi va shu tariqa gistaminni to‘qimalardagi miqdorini kamaytiradi. Boshqa gistaminga qarshi vositalari bilan davolash samarasiz bo‘lgan bemorlar uchun Fenkarol® ning samaradorligi shu bilan tushuntiriladi. Fenkarol® past lipofillikka ega, shuning uchun gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi, bosh miya to‘qimalarida serotoninni dezaminlanish jarayonlariga va monoaminoksidaza fermentlari faolligiga kuchsiz ta'sir qiladi. Fenkarol® gistaminning toksik ta'sirini pasaytiradi, bronxokonstriktor ta'sirini va ichak silliq mushaklariga spazmogen ta'sirini bartaraf etadi yoki susaytiradi, gistaminning gipotenziv ta'sirini va va uni kapillyarlar o‘tkazuvchanligiga ta'sirini susaytiradi. Fenkarol® o‘rtacha serotoninga qarshi va kuchsiz xolinolitik faollikka ega, adrenolitik faollikka ega emas. Fenkarol® juda kuchli qichishishga qarshi va desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi. Farmakokinetikasi So‘rilishi Dori vositasining 45% me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va 30 minutdan keyinoq organizmning to‘qimalarida aniqlanadi. Faol modda (xifenadin gidroxloridi) ning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 1 soatdan keyin erishiladi. Taqsimlanishi Faol moddaning eng yuqori kontsentratsiyasi jigarda, o‘pkada va buyrakda, eng past kontsentratsiyasi – bosh miya to‘qimalarida aniqlanadi. Dori vositasi past lipofillikka ega bo‘lib, uning miya to‘qimalaridagi miqdori past (0,05% dan kam), bu markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirini yo‘qligini anglatadi, lekin individual yuqori sezuvchanlikda kuchsiz sedativ samara bo‘lishi mumkin. Metabolizmi Fenkarol® jigarda metabolizmga uchraydi. Eliminatsiyasi (chiqarilishi) Dori vositasining metabolitlari va o‘zgarmagan qismi asosan siydik, safro bilan va o‘pka orqali chiqariladi. Ichakdan dori vositasining so‘rilmagan qismi chiqariladi. Dori vositasi va uning metabolitlarini asosiy qismi (taxminan 44%) siydik bilan 48 soat davomida va yana 1% keyingi 48 soat davomida chiqariladi. Qo‘llanilishi Pollinoz, o‘tkir va surunkali eshakemi, allergik rinit, allergik kon'yuktivit, angionevrotik shish, dermatozlar (ekzema, neyrodermit, terini qichishi va boshq.), dori vositalarini yoki oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaktsiyalarda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Fenkarol® ichga ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi. Kattalarga 25-50 mg dan kuniga 2-4 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza - 200 mg. 12 yoshdan katta bolalarga 25 mg dan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi 10-20 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida kurs takrorlanadi. Agar preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, dori vositasini, bu haqida eslagan zahoti qabul qiling, lekin agar keyingi qabul qilish vaqti kelib qolgan bo‘lsa, dozani o‘tkazib yuboring. Hech qachon ikki barobar dozani qabul qilmang. Nojo‘ya ta'sirlari Boshqa dori vositalari kabi, Fenkarol® xam, garchi ular hamma patsiyentlarda namoyon bo‘lmasa-da, nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish tezligi bo‘yicha tasnifi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); namoyon bo‘lish tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas). Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez: og‘iz qurishi. Tez-tez emas: dispepsik holatlar (ko‘ngil aynishi, qusish), ular odatda doza pasaytirilganida yoki preparat bekor qilinganida yo‘qoladi. Agar Sizda ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qandaydir nojo‘ya ta'sirlar namoyon bo‘lsa, yoki eslatib o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlardan birontasi ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Dori vositasining ta'sir etuvchi moddasiga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Dori vositasini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi, homiladorlikning birinchi 3 oyligida esa – qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta'siri Fenkarol® alkogol va uxlatuvchi vositalarining markaziy nerv tizimiga (MNT) susaytiruvchi ta'sirini kuchaytirmaydi. Fenkarol® kuchsiz M-xolinobloklovchi xususiyatlarga ega, ammo me'da-ichak yo‘llarining motorikatsiyasi pasayganida sekin so‘riladigan dori vositalarni (masalan, bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar - kumarinlar) so‘rilishi kuchayishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Fenkarol® markaziy nerv tizimiga yaqqol susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi, lekin alohida hollarda kuchsiz sedativ samara kuzatiladi. Ehtiyotkorlik choralari Yurak-qon tomir tizimi, me'da-ichak yo‘llari, jigar va/yoki buyrakning og‘ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dori vositasi qand saqlaydi Har qanday qandlarni o‘zlashtiraolmaslikda, ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Dori vositasini homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo‘llash mumkin emas. Dori vositasini homiladorlikning butun davri davomida qabul qilish tavsiya qilinmaydi, ta'sir etuvchi moddani ona sutiga kirishini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar yo‘q, shuning uchun emizish davrida dori vositasini emizish davrida buyurish tavsiya qilinmaydi. Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri Ishi tezkor jismoniy yoki ruhiy reaktsiyalarni talab qiladigan shaxslarga (transport haydovchilari va boshqalar) oldindan preparatni sedativ ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi yoki yo‘qligini (qisqa muddat buyurish yo‘li orqali) aniqlash lozim. Preparatning sedativ ta'siri namoyon bo‘ladigan shaxslarga transport vositalarini va xavfli mexanizmlarni boshqarish tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilishi shubha tug‘ilganida zudlik bilan shifokorni chaqirish kerak. Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabarlar tushmagan. Simptomlari: dori vositasining katta dozalari shilliq qavatlarni qurishi, bosh og‘rig‘i, qusish, ovqat hazm bo‘lishin buzilishlari. Davolash: simptomatik davolashni va organizmning hayotiy muhim funktsiyalarini tutib turuvchi davolashni ta'minlash lozim. Spetsifik antidoti yo‘q. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda (blisterda). 2 kontur uyali o‘ram (20 tabletkadan) dan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retseptsiz. Ishlab chiqaruvchi va qayd etish guvohnomasining egasi “Olaynfarm” AJ Manzili: Rupnitsu ko‘ch. 5, Olayne, LV-2114, Latviya. |
от UZS 68 700
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 41 000
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 47 900
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 104 100
-
+
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (5) L- Cet tabl. pokrytye obolochkoi 5 mg№10, blister |
от UZS 21 800
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 35 000
-
+
|
Allergik dermatit turlari va uni davolash usullari
Allergik dermatit – bu muayyan qo‘zg‘atuvchilar bilan aloqa natijasida terida yallig‘lanish paydo bo‘ladigan kasallikdir. U quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin:
-
terining qizarishi;
-
qichishish va bezovtalik;
-
shish;
-
tiniq suyuqlik bilan to‘la pufakchalar shaklidagi toshmalar.
Birinchi alomatlar paydo bo‘lishi bilanoq mutaxassisga murojaat qilish va bolalar hamda kattalarda allergik dermatitni o‘z vaqtida davolashni boshlash muhimdir.
Shuningdek, dermatitning kontaktli turi ham mavjud. Uning allergik dermatitdan asosiy farqi shundaki, bunday holatda kasallik faqatgina qo‘zg‘atuvchi bilan bevosita aloqa natijasida rivojlanadi.
Umumiy tasnifga ko‘ra, allergik dermatit quyidagi turlarga bo‘linadi:
-
Oddiy kontakt allergik dermatit – qo‘zg‘atuvchining uzoq muddatli va doimiy ta’siri natijasida rivojlanadi.
-
Allergik dermatit – organizmning muayyan allergenga nisbatan o‘tkir reaktsiyasi tufayli yuzaga keladi.
-
Oddiy kontaktli dermatit – terining bevosita mahalliy shikastlanishi bilan tavsiflanadi.
-
Seboreyali dermatit – terida mikroorganizmlarning ortiqcha ko‘payishi natijasida paydo bo‘ladi.
-
Atopik allergik dermatit (diatez) – surunkali kechuvchi kasallik bo‘lib, uzoq davom etishi bilan farqlanadi.
Teridagi allergik dermatitni qanday davolash mumkin?
Kontakt allergik dermatitni aniqlash uchun diagnostika quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
bemorni tekshirish;
-
qon tahlili;
-
laboratoriya tekshiruvlari.
"Allergik dermatit" tashxisini qo‘yishda malham va kremlar bilan davolash teridagi shikastlanishlardan xalos bo‘lishning samarali usulidir.
Bolalar va kattalarda allergik dermatitga qarshi dori vositalarini qabul qilishning eng maqbul kursini tanlash uchun mutaxassisga murojaat qilish kerak.
Shifokor kasallik turini aniqlaydi va uning asl manbasini topadi. Shundan keyin allergik dermatitda qo‘zg‘atuvchiga reaksiyani susaytiruvchi preparatlar va terini tezda davolash uchun sirtga qo‘llaniladigan vositalarni buyuradi.
Allergik dermatitni davolash kattalar va bolalarda deyarli farq qilmaydi. Yosh bolalar uchun surtma va kremlarni dermatolog bilan maslahatlashuvdan so‘ng tanlash kerak.
Toshkentda allergik va kontakt dermatitga qarshi dorini eng qulay narxda xarid qilish
PharmaClick.uz saytida allergik dermatitga qarshi samarali tabletka va mazlar hamyonbop narxlarda taqdim etilgan. Kerakli dorini tanlab, butun Toshkent bo‘ylab yetkazib berish xizmatiga buyurtma berishingiz mumkin. Shuningdek, biz O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham yetkazib berishni tashkil etamiz, u yerda buyurtmani olib ketish punktlaridan birida mustaqil ravishda olishingiz mumkin. Shuningdek, saytda dori-darmonlarni band qilish va ularni o‘zingizga qulay vaqtda olish imkoniyati mavjud.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.