Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Suprastin amp. 20mg/ml №5
Nomi | Narx | |||||
Супрастин амп. 20мг/мл №5 (50A1123##2 106) |
UZS 37 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хлоропирамин
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
20 мг/мл 1мл
Производитель
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
1.Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
Suprastin (faol modda xloropiramin gidroxloridi) masalan, pichan isitmasi, kon'yunktivit, eshakemi, o‘simliklar va kimyoviy moddalar chaqirgan dermatit kabi qichishish bilan kechuvchi allergik reaktsiyalar va kasalliklarni davolash, shuningdek oziq-ovqat va dori allergiyalarini va hashoratlar chaqishlarining simptomlarini davolash uchun antigistamin preparati hisoblanadi.
Preparat shuningdek yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini (anafilaktik reaktsiya) davolashda qo‘shimcha davolashda ham qo‘llanadi.
2.Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparatini quyidagi hollarda buyurish mumkin emas
• agar Sizda faol modda xloropiramin gidroxloridiga yoki 8 bo‘limda keltirilgan yordamchi moddalardan birontasiga allergiya bo‘lsa,
• astmaning o‘tkir xurujida,
• chala tug‘ilgan chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda,
• homiladorlik va emizishda.
Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
• Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparatini keksa va xolsizlangan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki ular bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarga (uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi, arterial bosimni pasayishi kabi) beriluvchandirlar
• Kam hollarda bolalarda yaqqol xavotirlik rivojlanishi mumkin, chunki ular bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarga sezuvchandir
• Jigar faoliyatini buzilishida dozani kamaytirish zarurati tug‘ilishi mumkin
• Buyrak faoliyatini buzilishida dozani kamaytirish zarurati tug‘ilishi mumkin
• Yopiq burchakli glaukoma (Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparatini qo‘llash glaukoma xurujini chaqirishi mumkin), yurak-qon tomir buzilishlari, tutqanoq, mushak kasalliklari, siydikni tutilishi, prostata bezi gipertrofiyasi va surunkali qabziyat kabi kasalliklarda Suprastin ni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
• Agar Sizda ilgari antiallergik preparatlarni qo‘llaganda bosh aylanishi rivojlangan, allergik simptomlar yomonlashgan yoki boshqa nojo‘ya reaktsiyalar rivojlangan bo‘lsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Suprastin preparatini qo‘llash fotosezuvchanlikni chaqirishi mumkin, shuning uchun davolash vaqtida quyosh ostida bo‘lish mumkin emas.
Boshqa dori preparatlari va Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparati
Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki keyinchalik qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Ayrim MAO ingibitorlari (moklobenid, selegin kabi) Suprastin preparatining antixolinergik samaralarini (og‘izni qurishi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘rish akkomodatsiyasini buzilishi, qabziyatlar, siydikni ajralishini buzilishi) kuchaytiradi va uzaytiradi. Shunday qilib, Suprastin preparatini MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llashdan saqlanish lozim.
Suprastin preparatini atropin, sedativ analgetiklar, sedativ vositalar, uxlatuvchi vositalar, nerv tizimining holatiga ta'sir qiluvchi boshqa preparatlar, glaukomani davolash uchun ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Suprastin va ushbu preparatdan har biri bir-birining samarasini kuchaytirishi mumkin.
Ototoksik preparatlar (masalan ba'zi antibiotiklar) bilan birga qo‘llanilganida Suprastin ototoksiklikning erta belgilarini niqoblashi mumkin.
Antigistamin preparatlari teri allergik sinamalarida teri reaktsiyalarini niqoblashi mumkin, shunga ko‘ra, bunday sinamani o‘tkazishdan bir necha kun oldin Suprastin ni bekor qilish lozim.
Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparatini ovqat va alkogol bilan qo‘llanishi
Alkogol antigistamin preparatlarining markaziy nerv tizimiga sedativ samarasini (uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi) kuchaytirishi mumkin, shuning uchun Suprastin preparati bilan davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish lozim.
Fertillik, homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirsangiz, bu xaqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Homiladorlik
Homilador ayollarda preparatni qo‘llash bo‘yicha tegishli nazoratli, adekvat tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ammo homiladorlikning so‘ngi oylarida antigistamin preparatlarini qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarida ko‘z gavhari orqasida biriktiruvchi to‘qima rivojlanishi ta'riflangan. Shuning uchun Suprastin preparatini homiladorlarda qo‘llash mumkin emas.
Emizish
Emizish vaqtida Suprastin preparatini qo‘llash bo‘yicha tegishli nazoratli, adekvat tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi tufayli, uni emizikli onalarda qo‘llash mumkin emas.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparat ayniqsa davolashning boshida uyquchanlik va psixomotor faoliyatni buzilishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun, davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadigan boshlang‘ich davrda transport vositalarini boshqarish yoki baxtsiz hodisalarning yuqori xavfi bilan bog‘liq ishlarni bajarish taqiqlanadi. Shundan so‘ng transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashni cheklash darajasi yoki taqiqlashni shifokor har bir patsiyent uchun shaxsiy ravishda aniqlashi lozim.
3.Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparatini qanday qo‘llash kerak
Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparatining dozasi va davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Dozalash tartibi
Kattalarga tavsiya etiladigan sutkalik doza – 1-2 ampula mushak ichiga
Bolalar va o‘smirlarga
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozalar
1 oylikdan 12 oylikkacha bo‘lgan bolalar ¼ ampula m/i;
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ ampula m/i;
6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ -1 ampula m/i.
Patsiyentning reaktsiyasi va kuzatilayotgan nojo‘ya samaralarga qarab dozani ehtiyotkorlik bilan oshirish mumkin, ammo doza hech qachon tana vazniga 2 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Anafilaktik shokda yoki og‘ir darajali o‘tkir allergik reaktsiyada davolashni Suprastin ni vena ichiga sekin in'ektsiyasidan ehtiyotkorlik bilan boshlash lozim, undan so‘ng davolashni mushak ichiga in'ektsiyalar yoki preparatni ichga qabul qilish bilan davom ettiriladi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Keksa, xolsizlangan bemorlar
Suprastin preparatini qo‘llash alohida ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki bu bemorlar antigistamin preparatlarining nojo‘ya samaralariga (bosh aylanishi, uyquchanlik, arterial bosimni pasayishi) ko‘proq sezuvchandirlar.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar kasalliklarida preparatning faol komponentining metabolizmi pasayishi bilan bog‘liq dozani kamaytirish talab etilishi mumkin.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Faol komponent asosan buyrak orqali chiqarilganligi bilan bog‘liq preparatni qabul qilish tartibini o‘zgartirish va dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.
Agar Sizga Suprastin in'ektsiyasi buyurilganidan ko‘proq yuborilsa
Antigistamin preparatlarining dozasini ataylab yoki bexosdan oshirib yuborilganda, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarda patsiyentning o‘limiga olib kelishi mumkin.
Suprastin preparatining dozasi oshirib yuborilganda atropin bilan zaharlanishga xarakterli bo‘lgan simptomlar va belgilar gallyutsinatsiyalar, bezovtalik, ataksiya (harakat koordinatsiyasini buzilishi), atetoz, tirishishlar rivojlanadi. Kichik yoshdagi bolalarda qo‘zg‘alish kuzatiladi. Ba'zida og‘izni qurishi, fiksatsiyalangan qorachiqni kengayishi, yuzni qizarishi, sinusli taxikardiya, siydikni tutilishi, isitma paydo bo‘ladi. Kattalarda isitma va yuzni qizarishi doimo kuzatiladi, qo‘zg‘alish davridan keyin esa tirishish va keyinchalik depressiya keladi. Nihoyat, 2-18 soat davomida patsiyentning o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan koma va yurak-o‘pka yetishmovchiligi rivojlanadi.
Yurak-qon tomir tizimi va nafas tizimining ko‘rsatkichlarini monitorlash, shuningdek simptomatik davolash tavsiya etiladi. Maxsus antidoti noma'lum.
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash
Yurak-o‘pka tizimining ko‘rsatkichlarini monitorlash, shuningdek simptomatik davolash tavsiya etiladi. Maxsus antidoti noma'lum.
Agar Siz Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparati bilan davolashni muddatidan oldin to‘xtatgan bo‘lsangiz
Agar Siz Suprastin in'ektsiya uchun eritmasi bilan davolashni rejalashtirilgandan oldinroq to‘xtatgan bo‘lsangiz, bu noxush oqibatlarga olib kelmaydi, faqat Sizning kasalligingiz simptomlari qaytalanishi va shikoyatlar kuchayishi mumkin.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada patsiyentlarda paydo bo‘lavermaydi.
Suprastin preparati bilan davolash vaqtida quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralaring tez-tezligi (paydo bo‘lishi ehtimoli) quyidagicha tasniflangan
Juda tez-tez 10 patsiyentdan 1 tadan ko‘proq uchraydi.
Tez-tez 100 patsiyentdan 1-10 tada uchraydi.
Tez-tez emas 1000 patsiyentdan 1-10 tada uchraydi.
Kam hollarda 10000 patsiyentdan 1-10 tada uchraydi.
Juda kam xollarda 10000 patsiyentdan 1tadan kamroq uchraydi.
Tez-tezligi noma'lum mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda oq qon tanachalari sonini kamayishi, qizil qon tanachalari sonini kamayishi, qon tizimining boshqa buzilishlari.
Immun tizimi tomonidan
Juda kam hollarda allergik reaktsiyalar
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda sedativ samara, toliqish, bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, nerv qo‘zg‘aluvchanlik, titroq, tirishish, bosh og‘rig‘i, kayfiyatni noadekvat ko‘tarilishi (eyforiya)
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma xurujlari, ko‘rishni noaniqligi
Yurak tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda yurak qisqarishlarini tezlashishi (taxikardiya), yurak qisqarishlarini muntazam bo‘lmasligi (aritmiya).
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda arterial bosimni pasayishi (gipotenziya)
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda epigastriyda yoki qorinda noxush hissiyotlar, og‘riq, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qabziyat, ishtahani yo‘qolishi yoki oshishi, qorinda og‘riq.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda yorug‘likka sezuvchanlik
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda mushakda og‘riq yoki kuchsizlik
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda siyishni qiyinlashishi, siydikni tutilishi.
Antigistamin vositalarni uzoq muddat qo‘llaganda juda kam hollarda qon yaratilishini buzilishi rivojlanishi mumkin. Agar preparatni surunkali qo‘llaganda boshqa sabablar bilan tushuntirib bo‘lmaydigan isitma, hiqildoqni yallig‘lanishi (laringit), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yaralanishi, oqarish, sariqlik, gematomalar, odatdagi bo‘lmagan, qiyinchilik bilan to‘xtatiladigan qon ketishlar rivojlansa, bunday hollarda shaklli elementlarga nisbatan qon tahlilini o‘tkazish lozim. Agar tahlil natijalari qon yaratilishini buzilishini ko‘rsatsa, Suprastin preparati bilan davolashni bekor qilish kerak.
Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos, shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz bu preparatning xavfsizligi xaqida qo‘shimcha ma'lumot olishingiz mumkin.
5.Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparati qanday saqlash kerak
15-25oS haroratda saqlansin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.
6. Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin! Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparati nimalarni saqlaydi
Ta'sir etuvchi modda Sig‘imi 1 ml bo‘lgan har bir ampula 20 mg xloropiramin gidroxloridi saqlaydi.
Yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv
Suprastin in'ektsiya uchun eritma preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi
Ta'rifi Tiniq, rangsiz, kuchsiz o‘ziga xos hidli suvli eritma
O‘ram ichidagisi
5 ampuladan blisterda, 1 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
MARKETINGGA LITSENZIYa EGASI VA IShLAB ChIQARUVChI
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YoAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘ch., 30-38
VENGRIYA

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.