Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Aler-G tab. 10 mg №20 GMP
Nomi | Narx | |||||
Алер-G таб. 10 мг №20 GMP (194080324##2 222) |
UZS 42 000
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Алер-G таб. 10 мг №20 GMP (194080324##2 234) |
UZS 42 000
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цетиризин
Страна производитель
Грузия
Дозировка
10 мг
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Грузия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Aler-G
Ta'sir etuvchi modda (XPN) setirizin
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Bir qobiq bilan qoplangan Aler-G tabletkasi quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg setirizin digidroxloridi;
yordamchi moddalar laktoza, mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, kremniy dioksidi.
Ta'rifi dumaloq, ikki yoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
allergiyaga qarshi vosita.
ATX kodi R06AE07.
Farmakologik xususiyatlari
ALER–G antigistamin preparat bo‘lib, allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. N1-gistamin retseptorlarining selektiv antagonisti, ahamiyatli antixolinergik va antiserotonin samara chaqirmaydi. Terapevtik dozalarda amalda sedativ ta'sir ko‘rsatmaydi va uyquchanlik chaqirmaydi.
Preparat gistaminga bog‘liq allergik reaktsiyaning “erta” bosqichiga va “kechki” xujayra bosqichiga ta'sir qiladi, eozinofillar migratsiyasini kamaytiradi, shuningdek allergik yallig‘lanish ICAM -1 va VCAM-1 kabi allergik yallig‘lanish markerlari bo‘lgan adgeziya molekulalarining ekspressiyasini pasaytiradi. PAF (trombotsitlarni faollashtiruvchi omil) va substantsiya R kabi boshqa gistamin sekretsiyasining mediatorlari va induktorlarining ta'sirini susaytiradi; yengil kechuvchi bronxial astmada gistamin qo‘zg‘atgan bronxlarning qisqarishini kamaytiradi, teri reaktsiyalariga nisbatan yuqori ingibirlovchi xususiyatga ega, gemato-entsefalitik to‘siq orqali o‘tamaydi, amalda jigarda metabolizmga uchramaydi.
Ichga qabul qilinganidan so‘ng plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 1 soatda erishiladi. Qabul qilinganidan so‘ng samarasi 2 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi, N1–retseptorlarning blokadasining davomiyligi 24 soat va undan ko‘pni tashkil qiladi. Kurslik davolash fonida tolerantlik rivojlanmaydi. Preparatni ovqat bilan qabul qilish uning so‘rilishining miqdoriga ta'sir etmaydi, ammo so‘rilish tezligi biroz pasayadi.
Bir martalik doza qabul qilinganidan keyin yarimchiqirilish davri kattalrda taxminan 10 soatni; 6-12 yoshli bolalarda – 6 soat; 2-6 yoshli bolalarda - 5 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
-mavsumiy va surunkali allergik rinit;
-allergik kon'yunktivit;.
-qichishish bilan kechadigan dermatozlar;
-eshakemi (shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi) va Kvinke shishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan (10 mg) 1 marta ertalab buyuriladi;
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 tabletka (10 mg) 1 marta ertalab yoki 1/2 tabletka (5 mg) ertalab va kechqurun;
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1/2 tabletka 1 qabulda ertalab yoki 1/4 tabletka ertalab va kechqurun.
Buyraklar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilgan dozaning yarmi buyuriladi.
Buyrak faoliyati me'yorida bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan og‘izni qurishi, kam hollarda – dispeptik buzilishlar;
Markaziy nerv tizimi tomonidan yaqqol bo‘lmagan va tez o‘tib ketadiganuyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, alohida hollarda - qo‘zg‘alish;
Allergik reaktsiyalar juda kam hollarda - teri ko‘rinishlari, angionevrotik shish.
Umuman preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya ta'sirlari kam paydo bo‘ladi, odatda kuchsiz va o‘tkinchi xarakterga ega.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri.
Maxsus ko‘rsatmalar
ALER–G preparati tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida alkogol ta'sirini kuchaytirmaydi (shunga qaramasdan ehtiyotkorlikni talab etadi), ruxiy va harakat reaktsiyalariga ta'sir ko‘rsatmaydi, avtomobilni haydash va yuqori diqqatni talab etuvchi ish vaqtida qo‘llanishi mumkin (bunday hollarda preparatning dozasi oshirilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim).
Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.
ALER–G preparatining faol moddasi - setirizinboshqa dori vositaliri bilan o‘zaro ta'sirga kirishmaydi. Sitirizinni makrolidlar va ketokonazol bilanbirga qo‘llash hech qachon EKGda ishonchli o‘zgarishlar chaqirmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
10 mg dan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 tabletkadan o‘ramda.
Saqlash sharoiti
10-250S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptisiz
Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel. +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
Sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot
«GMP» MChJ vakolatxonasi,
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik prospekti, 75
Tel. 141-03-73
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.