Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Diazolin draje 0,05g №10 Farmak
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мебгидролин
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,05 г
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Драже
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Diazolin
Ta'sir etuvchi moddasi Mebgidrolin
Dori shakli
Draje
Tarkibi
1 draje quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% quruq moddaga qayta hisoblaganda 50 mg (0,05 g) yoki 100 mg (0,1 g) mebgidrolin;
yordamchi moddalar saxaroza, kraxmal qiyomi, talk, sariq mum, kungaboqar moyi.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli draje. Ko‘ndalang kesimida ikkita qatlam ko‘rinadi. Draje sharsimon shaklga ega bo‘lishi shart.
Farmakoterapetik guruhi allergiyaga qarshi vosita.
ATX kodi R06AX15.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Mebgidrolin antigistamin preparatlarga mansub, gistaminning N1-retseptorlari blokatori hisoblanadi. Mebgidrolin gistaminning bronxlar, ichak silliq mushaklariga nisbatan spazmogen samarasini, shuningdek uning qon tomirlari o‘tkazuvchanligiga ta'sirini kamaytiradi. Birinchi avlod antigistamin preparatlar (dimedrol, suprastin) dan farqli ravishda, kamroq yaqqollikdagi sedativ va uyqu chaqiruvchi samaraga ega. Kuchsiz namoyon bo‘lgan m-xolinobloklovchi va og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega.
Farmakokinetikasi
Ovqat hazm qilish yo‘llaridan tez so‘riladi. Biokiraolishligi 40-60% orasida o‘zgarib turadi. Terapevtik samarasi 15-30 minutdan keyin rivojlanadi, maksimal ta'siri 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Samara davomiyligi 2 sutkagacha yetishi mumkin. Preparat deyarli gematoentsefalik to‘siqdan o‘tmaydi, jigarda metil guruhini qo‘shilishi orqali metabolizmga uchraydi, jigar fermentlarini induktsiya qiladi, organizmdan buyrak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Mavsumiy va allergik rinit, pollinoz, eshakemi, ovqat va dori allergiyasi, teri qichishishi bilan kechuvchi dermatozlar (ekzema, neyrodermit) ni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Diazolin ichga, ovqatdan keyin buyuriladi; kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 100-200 mg dan sutkada 1-2 marta. Kattalar uchun eng yuqori doza bir martalik – 300 mg, sutkalik – 600 mg.
5-12 yoshdagi bolalarga – 50 mg dan sutkada 1-3 marta; 3-5 yoshdagi bolalarga – 50 mg dan sutkada 1-2 marta.
Kasallikning xarakteri, klinik samara va preparatni o‘zlashtiraolishligiga qarab davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Bolalar.
Preparat 3 yoshdan katta bolalarga qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatlarini ta'sirlashi mumkin, u ba'zida dispeptik ko‘rinishlar bilan namoyon bo‘ladi (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qorinning epigastral sohasida og‘riq).
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, paresteziyalar, kuchli toliqish, uyquchanlik, ko‘rishni noaniqligi, reaktsiyalar tezligining sekinlashishi, tremor, xavotirlik (tunda).
Boshqalar og‘izni qurishi, siyishni buzilishlari, allergik reaktsiyalar. Juda kam hollarda granulotsitopeniya va agranulotsitoz paydo bo‘lishi mumkin.
Bolalarda ba'zi paradoksal reaktsiyalar yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, uyquni buzilishlari, asabiylashishi kuzatiladi.
Postregistratsion davrda yakka holatlarda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilgan bosh og‘rig‘i, qichishish, toshma, eshakemi, Kvinke shishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
Zo‘rayishi davridagi me'da-va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi
Me'da-ichak yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari
Pilorostenoz
Prostata bezining giperplaziyasi
Yopiq burchakli glaukoma
Tutqanoq
Yurak ritmining buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Diazolin uxlatuvchi, sedativ va markaziy nerv tizimini so‘ndiruvchi boshqa preparatlar, shuningdek alkogolning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Diaziolin ni og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (dozaga tuzatish kiritish va qabul qilishlar orasidagi intervalni oshirish mumkin). Diazolin bilan davolanish vaqtida alkagolli ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Agar Sizda ayrim qand moddalarni o‘zlashtira olmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan avral shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarshida reaktsiya tezligiga ta'sir etish qobiliyati.
Preparatni qo‘llaganda avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlashni talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Preparat dozasi oshirib yuborilganda tegishli bo‘limda ta'riflangan nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lishi xavfi oshadi. Bu holatda preparat bekor qilinadi, zarurati bo‘lganida umumiy detoksikatsiya choralari (me'dani yuvish, diurezni ko‘paytirish) amalga oshiriladi simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
10 drajedan blisterda. 2 ta blisterdan qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil 6 oy.
Preparat o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonadan berilish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.