Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Diazolin tab. 100mg №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мебгидролин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,1 г
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol modda
Preparatning savdo nomi
Diazolin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Mebgidrolin
Dori shakli
Tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda
mebgidrolin napadizilati (mebgidrolin) – 50 mg yoki 100 mg;
yordamchi moddalar laktoza, kartoshka kraxmali, quyi molekulyar tibbiy polivinilpirrolidon, stearin kislotasi.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, yassi yuzali riskali va faskali, dumaloq shaklli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Allergiyaga qarshi vosita.
ATX kodi R06AX15
Farmakologik xususiyatlari
N1-gistamin retseptorlarining blokatori. Allergiyaga qarshi ta'sirga ega, shilliq qavatlarning shishini kamaytiradi. Diazolin bronxlar, bachadon va ichakning silliq mushaklariga gistaminning ta'sirini susaytiradi, arterial bosimni yaqqol pasayishini va qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini oshishini kamaytiradi. Markaziy nerv tizimiga juda oz kirib, birinchi avlod antigistamin dori vositalaridan farqli ravishda, yaqqol sedativ va uxlatuvchi ta'sirlar ko‘rsatmaydi. Kuchsiz ifodalangan M-xolinoretseptorlarni bloklovchi va og‘riqsizlantiruvchi xususiyatlarga ega.
Terapevtik samaradorligi preparat qabul qilinganidan so‘ng 15-30 minut o‘tgach rivojlanadi, maksimal ta'siri 1-2 soatdan so‘ng kuzatiladi. Ta'sirining davomiyligi 2 sutkagacha yetishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, organizmning barcha to‘qimalariga o‘tadi. Biokiraolishligi 40-60% chegaralarida o‘zgarib turadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Preparat gematoentsefalik to‘siq orqali deyarli o‘tmaydi.
Jigarda metil guruhini qo‘shilish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi, jigarning mikrosomal fermentlarini induktsiya qiladi, buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Allergik rinit, pollinoz, eshakemi, Kvinke shishi, terining qichishishi bilan birga kechuvchi allergodermatozlar (ekzema, neyrodermit) ni oldini olish va davolash; allergik kon'yunktivit, hashoratlar chaqqanidan keyingi teri reaktsiyalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, chaynamasdan, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilish kerak.
Kattalar va bolalarga 12 yoshdan boshlab, 100 mg dan kuniga 1-3 marta buyuriladi. Kattalar uchun maksimal dozalar bir martalik doza – 300 mg, sutkalik – 600 mg ni tashkil qiladi.
Davolash kursining davomiyligi kasallikning xarakteri va erishilgan terapevtik samaraga qarab belgilanadi.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg dan kuniga 1-2 marta, 5 yoshdan 10 yoshgacha - 50 mg dan kuniga 2-3 marta, 10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 50 mg dan kuniga 2-4 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan dispepsik ko‘rinishlar (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq) namoyon bo‘luvchi me'daning shilliq qavatiga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, paresteziyalar, tremor, kuchli toliqish, uyquchanlik, xavotirlik (tunda), psixomotor reaktsiyalar tezligini sekinlashishi.
Boshqalar og‘izni qurishi, siydikni tutilishi, allergik reaktsiyalar, granulotsitopeniya va agranulotsitoz.
Bolalarda – paradoksal reaktsiyalar yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ta'sirchanlik, tremor, uyquni buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, prostata bezining giperplaziyasi, yopiq burchakli glaukoma, me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, me'da-ichak yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari, pilorostenoz, tutqanoq, yurak ritmini buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya davri, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishida (preparatning tarkibida saxaroza borligi tufayli) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan preparatni jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (dozani va qabul qilishlar orasidagi intervalni tuzatish talab qilinishi mumkin), qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda (preparatning tarkibida saxaroza borligi tufayli) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Etanol, sedativ vositalarning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxial astma va anafilaktik shokda samarasi kam.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganda, davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolanish davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Simptomlari ongni chalkashishi, uyquchanlik, harakat koordinatsiyasini buzilishi.
Keyinchalik, qabul qilingan preparatni so‘rilishi sayin, markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishini kuchayish simptomlari, komani yuz berishigacha qadar kuchayib borishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
shuningdek markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta'sirga olib kelishi mumkin (ko‘pincha bolalarda kuzatiladi). Shuningdek antixolinergik ta'sir ko‘rinishlari og‘izni qurishi, qorachiqlarni kengayishi, gavdaning yuqori qismiga qonni quyilib kelishlari, me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, epigastriyada og‘riq, qusish) rivojlanishi mumkin.
Davolash preparatni bekor qilish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, zarurat tug‘ilganda – simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
50 mg va 100 mg dan tabletkalar.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.