Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Etatsid nazal sprey 50mkg/doz 18g
Nomi | Narx | |||||
Этацид спрей наз. 50мкг/доз 18г (402000352##2 202) |
UZS 98 200
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мометазон
Страна производитель
Турция
Дозировка
50 мкг/доза 140 доз 18 г
Производитель
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Спрей
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Etatsid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) mometazon
Dori shakli
dozalangan nazal sprey
Tarkibi
1 g suspenziya quyidagilarni saqlaydi
faol modda mometazon furoati – 0,5 mg;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, natriy karmelloza, natriy sitrati, glitserin, limon kislotasi monogidrati, polisorbat 80, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Burun bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy qo‘llanadigan shishga qarshi va boshqa preparatlar. Kortikosteroidlar.
ATX kodi R01AD09
Farmakologik xususiyatlari
Mometazon furoati – mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan sintetik kortikosteroid. Tizimli samaralarni chaqirmaydigan dozalarda yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Mometazon furoati allergik kasalliklar bilan xastalangan patsiyentlarda yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini tormozlaydi, leykotsitlardan leykotriyenlarni sintezi / ajralib chiqishini ahamiyatli darajada kamaytiradi. Mometazon furoati hujayra kulturasida interleykinlar (IL-1, IL-6) va o‘sma nekrozi omili (O‘NO-α) sintezi / ajralib chiqishini susaytirishda yuqori potentsialni (faolligi boshqa steroidlar, shu jumladan beklometazon dipropionati, betametazon, gidrokortizon va deksametazonga nisbatan kamida 10 marta yuqori) namoyish etgan; u shuningdek T-xelperlar (Th2) tomonidan ishlab chiqariladigan IL-4 va IL-5 larni ahamiyatli darajada susaytiradi. Mometazon furoati IL-5 ishlab chiqarilishini beklometazon dipropionati va betametazonga nisbatan kamida 6 marta faolroq ingibitsiya qiladi. Fosfolipaza A ning ingibitori hisoblangan lipomodulin ishlab chiqarilishini oshiradi, bu holat araxidon kislotasini ajralib chiqishini pasayishiga va muvofiq ravishda, araxidon kislotasini metabolizm mahsulotlari – siklik endoperoksidlar, prostaglandinlar sintezini susayishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Preparat intranazal to‘g‘ri qo‘llanganida uning tizimli biokiraolishligi 1% tashkil etadi. Bunda hatto yuqori texnologik usullar yordamida ham preparat qon zardobida aniqlanmaydi. Mometazon suspenziyasi me'da-ichak yo‘llaridan juda yomon so‘riladi va shunday bo‘lsa ham, burun bo‘shlig‘iga ingalyatsiya qilingandan so‘ng me'da-ichak yo‘llariga tushishi mumkin bo‘lgan mometazon suspenziyasining katta bo‘lmagan miqdori hali siydik yoki safro bilan ekskretsiya bo‘lishidan oldin birlamchi faol metabolizmga uchraydi.
Qo‘llanilishi
• kattalar, o‘smirlar va 2 yoshdan oshgan bolalarda mavsumiy va yil bo‘yi kuzatiladigan allergik rinitning simptomlari (burunni bitishi) ni oldini olish va davolash;
• kattalarda (shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlarda) va 12 yoshdan oshgan bolalarda o‘tkir sinusit xurujlarini yordamchi davolash;
• kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda og‘ir darajadagi bakterial infektsiyaning belgilarisiz kechuvchi o‘tkir rinosinusitni davolash;
• 18 yoshdan oshgan patsiyentlarda nazal poliplar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar, shu jumladan burunni bitishi va hid bilishni yo‘qolishini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intranazal qo‘llanadi. Ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak.
Qo‘llashdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak.
Nazal spreyni birinchi marta qo‘llashdan oldin dozalash uchun moslamani “kalibrlash” o‘tkazish (birinchi 10 marta purkash) kerak. Keyinchalik dori vositasini stereotip holatda uzatilishi aniqlanadi. Agar preparat 14 kun va undan ortiq vaqt davomida ishlatilmagan bo‘lsa, u holda navbatdagi qo‘llashdan oldin takroran “kalibrlash” o‘tkazish kerak.
Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda mavsumiy va yil bo‘yi kuzatiladigan rinitning simptomlari (burunni bitishi) ni oldini olish va davolash kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 2 marta purkashdan (100 mkg) har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta (sutkalik doza – 200 mkg) buyuriladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 marta purkashdan
(50 mkg) har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta (sutkalik doza – 100 mkg) buyuriladi.
Klinik samarasi odatda preparat birinchi marta qo‘llanganidan so‘ng 12 soat davomida kuzatiladi.
Mavsumiy allergik rinit bilan xastalangan patsiyentlarda kasallikni oldini olishni kasallikning klinik simptomatikasi paydo bo‘lishidan 2-4 hafta oldin boshlash tavsiya etiladi.
Kattalarda (shu jumladan, keksa yoshdagi patsiyentlarda) va 12 yoshdan oshgan bolalarda o‘tkir sinusit hurujlarini yordamchi davolash tavsiya etilgan terapevtik doza – 2 marta purkashdan (100 mkg) har bir burun yo‘liga sutkada 2 marta (sutkalik doza – 400 mkg) buyuriladi. Agar preparatni tavsiya etilgan terapevtik dozada qo‘llash yordamida kasallikning simptomlarini kamaytirishga erishilmasa, preparatning sutkalik dozasi preparatning sutkalik dozasi har bir burun yo‘liga purkash sutkada 2 martadan 4 martagacha (sutkalik doza – 800 mkg) oshirilishi mumkin. Kasallikning simptomlarini yaqqolligi kamayganidan so‘ng dozani pasaytirish tavsiya etiladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda og‘ir darajadagi bakterial infektsiyani belgilarisiz kechuvchi o‘tkir sinusitni davolash tavsiya etilgan terapevtik dozasi 2 marta purkashdan (100 mkg) har bir burun yo‘liga sutkada 2 marta (sutkalik doza – 400 mkg) ni tashkil etadi.
18 yoshdan oshgan patsiyentlarda nazal poliplar va u bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar, shu jumladan burunni bitishi va hid bilishni yo‘qolishini davolash 2 marta purkashdan har bir burun yo‘liga sutkada 2 marta (sutkalik doza – 400 mkg) buyuriladi. Kasallikning simptomlari kamayganidan so‘ng dozani har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta 2 marta purkashgacha (sutkalik doza 200 mkg) pasaytirish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mavsumiy va yil bo‘yi kuzatiladigan allergik rinitda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar vaqtida Etatsidni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan bosh og‘rig‘i (8%), burundan qon ketishi (ya'ni, yaqqol qon ketishi, shuningdek qonli shilliq yoki qon quyqalarini ajralishi) (8%), faringit (4%), burunda achishish hissi (2%), burunning shilliq qavatini ta'sirlanishi (2%) va yarali o‘zgarishlar (1%) kabi noxush ko‘rinishlar kuzatilgan. Shunday noxush ko‘rinishlarni rivojlanishi tarkibida kortikosteroidlar saqlovchi har qanday nazal sprey qo‘llanganida tipik bo‘ladi. Burundan qon ketishi o‘z-o‘zidan o‘tib ketgan, o‘rtacha darajada bo‘lgan, platsebo qo‘llanganda kuzatilgan ko‘rinishga nisbatan bir necha marta ko‘proq (5%) rivojlangan, ammo faol nazorat sifatida o‘rganilgan va qo‘llanilgan boshqa intranazal kortikosteroidlar qo‘llanganida kuzatilgan ko‘rinishga nisbatan kamroq (ularning ba'zilarida burundan qon ketishlarni rivojlanish tezligi 15% gacha qiymatni tashkil qilgan) rivojlangan. Boshqa noxush ko‘rinishlarni rivojlanish tezligi platsebo qo‘llanganida kuzatilgan noxush ko‘rinishlar bilan bir xil bo‘lgan.
Bolalarda noxush ko‘rinishlarni, shu jumladan burundan qon ketishi (6%), bosh og‘rig‘i (3%), burunda ta'sirlanish hissi (2%) va aksirish (2%) ni rivojlanish tezligi platsebo qo‘llanganida kuzatiladigan noxush ko‘rinishlar bilan bir xil bo‘lgan.
Mometazon furoati intranazal qo‘llanganidan so‘ng ba'zan zudlik bilan kechuvchi allergik reaktsiya (masalan, bronxospazm, dispnoe) kuzatilishi mumkin. Juda kam hollarda anafilaktik reaktsiya va angionevrotik shish rivojlangan.
Ta'm bilish va hid bilishni ayrim buzilish holatlari yuzasidan xabarlar berilgan.
Etatsid nazal sprey o‘tkir sinusit hurujlarini davolashda yordamchi vosita sifatida qo‘llanganida quyidagi noxush ko‘rinishlar bosh og‘rig‘i (2%), faringit (1%), burunda achishish hissi (1%) va burunning shilliq qavatini ta'sirlanishi (1%) aniqlangan, ularning rivojlanish tezligi platsebo qo‘llanganida kuzatilgan noxush ko‘rinishlar bilan teng bo‘lgan. Etatsid sprey qo‘llanganida burundan qon ketishlar o‘rtacha darajada ifodalangan va ularni rivojlanish tezligi platsebo qo‘llanganida kuzatilgan burundan qon ketishlarni rivojlanish tezligi bilan teng (muvofiq ravishda 5% va 4%) bo‘lgan.
Nazal poliplari, o‘tkir rinosinusiti bo‘lgan patsiyentlarga Etatsid sprey qo‘llanganida yuqorida keltirilgan noxush ko‘rinishlarning umumiy miqdori platsebo qo‘llanganida kuzatilgan noxush ko‘rinishlar bilan teng bo‘lgan va allergik riniti bo‘lgan patsiyentlarda aniqlangan miqdori bilan o‘xshash bo‘lgan.
Kortikosteroidlar intranazal qo‘llanganida juda kam hollarda burun to‘sig‘ini perforatsiya yoki ko‘z ichki bosimini oshish hollari kuzatilgan.
Intranazal kortikosteroidlar ishlatilganida glaukoma va/yoki kataraktani rivojlanish hollari yuzasidan kam hollarda xabar berilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvi yoki burun jarohatlari (jarohat bitgunicha) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Loratadin bilan majmuada qo‘llash patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan. Bunda loratadinning yoki uning asosiy metabolitini qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga biron bir ta'siri aniqlanmagan. Bu tadqiqotlarda qon plazmasida mometazon furoat aniqlanmagan (sezuvchanlikni aniqlash usulida aniqlanganida 50 pg/ml).
Maxsus ko‘rsatmalar
Etatsid nafas a'zolari tuberkulyozi (shu jumladan latent tuberkulyoz), davolanmagan zamburug‘li, bakterial, tizimli virusli infektsiyalar (shu jumladan Herpes simplex chaqirgan ko‘zni shikastlanishi bilan kechuvchi infektsiyalar) da ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.
Mometazon furoati 12 oy davomida ishlatilganidan so‘ng burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini atrofiyasi rivojlanmagan. Shunday bo‘lsa ham, Etatsid preparatini bir necha oy va undan ko‘p vaqt davomida qo‘llagan bemorlar burun bo‘shlig‘i shilliq qavatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak.
Burun yoki halqumni mahalliy zamburug‘li infektsiyasi rivojlanganida preparatni bekor qilish va maxsus davolash o‘tkazish kerak.
Agar burun yoki halqumning shilliq qavatini ta'sirlanishi uzoq vaqt davomida saqlanib tursa ham preparatni qo‘llashni bekor qilish kerak bo‘lishi mumkin.
Agar intranazal kortikosteroidlar tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda yoki yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga ishlatilsa, endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarilishi susayishi mumkin. Bunday holatda Etatsidni asta-sekin bekor qilish kerak.
Glyukokortikosteroidlar bilan davolanayotgan patsiyentlarda immun reaktivlik potentsial jihatdan past bo‘ladi, shuning uchun infektsion kasalliklar bilan (suvchechak, qizamiq) xastalangan bemorlar bilan kontaktda bo‘lganida yuqish havfi yuqori bo‘ladi. Og‘ir darajadagi bakterial infektsiyaning tana haroratini ko‘tarilishi, yuz sohasini bir tomonlama kuchli og‘rig‘i yoki tish og‘rig‘i, orbital yoki periorbital shish yoki patsiyentning ahvoli yaxshilanganidan so‘ng yana yomonlashish hollari kabi belgilari yoki simptomlari rivojlanganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Nazal kortikosteroidlar glaukoma va kataraktani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ko‘rish o‘tkirligini o‘zgarishlarini yoki anamnezida ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lgan yoki katarakta bo‘lgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak.
Kortikosteroidlar bolalarda ishlatilganida ularni o‘sishdan orqada qolishiga olib kelishi mumkin. O‘sish jarayonini nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda preparatning ta'sirini o‘rganish yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Mometazon maksimal terapevtik dozada intranazal qo‘llanganidan keyin qon plazmasida hatto minimal kontsentratsiyada ham aniqlanmaydi; demak, homilaga preparatning ta'siri ahamiyatsiz darajada bo‘ladi, reproduktivlikka nisbatan potentsial toksikligi esa – past bo‘ladi.
Preparatni ona uchun davolashdan kutiladigan potentsial samara homila yoki emizikli bola uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina buyurish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mavsumiy va yil bo‘yi kuzatiladigan allergik rinit, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir rinosinusit, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda nazal poliplarni davolashda preparatning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash, shuningdek diqqatni yuqori jamlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat past tizimli biokiraolishlikka (< 1%) ega, shuning uchun dozasi oshirib yuborilganida bemorni kuzatish va keyinchalik tavsiya etilgan dozada buyurishdan tashqari biron-bir choralarni ko‘rishni talab etish ehtimoli kam.
Glyukorkortikosteroidlar yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida yoki bir necha glyukokortikosteroidlar bir vaqtda qo‘llanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining faoliyati susayishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
preparat noto‘g‘ri qo‘llanganida (yutib yuborilganida) ham rivojlanadi. Bunda mometazon furoati ahamiyatsiz darajada so‘riladi va jigar orqali birinchi marta o‘tganida faol ravishda biotransformatsiyaga uchraydi.
Chiqarilish shakli
Dozalangan nazal sprey 50 mkg/doza.
Suspenziya 18 g (140 doza) dan dozalash uchun moslama va himoya qalpoqchasi bo‘lgan oq rangli polietilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Uorld Meditsin Oftalmiks Ilachlari Ltd. Shti.», Turkiya
("World Medicine Ophthalmics Ilaçlari Ltd. Şti.", Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San.ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjilar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K.1B Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine İlaç San.ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K.1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.