Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Milt burun tomchilari flak.pipetka bilan 10ml
Nomi | Narx | |||||
Милт кап.наз.10мл флак.с пипеткой (30923##2 059) |
UZS 30 500
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фенилэфрин, диметинден малеат
Страна производитель
Украина
Дозировка
10 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли назальные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Milt nazalniy kapli
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) fenilefrin, dimetinden maleati
Dori shakli
nazal tomchilar
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 2,5 mg fenilefrin, 0,25 mg dimetinden maleati;
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi; lavanda ekstrakti; sorbit (E420); limon kislotasi, monogidrati; natriy gidrofosfati, dodekagidrati; in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli, kuchsiz o‘ziga xos hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
burun bo‘shlig‘i kasalliklarida qo‘llaniladigan vositalar.
ATX kodi R01AB01.
Farmakologik xususiyatlari
“Milt nazalniye kapli” – tarkibida fenilefrin va dimetinden saqlovchi majmuaviy preparatdir.
Preparat burundan ajralmalarni kamaytiradi va kiprikchali epiteliy va burun shilliq qavatining fiziologik faoliyatini buzmagan holda burun yo‘llarini tozalanishiga yordam beradi.
Fenilefrin simpatomimetik aminlarga taalluqli. Qon tomirlarni o‘rtacha darajada toraytiruvchi ta'sirga ega bo‘lgan nazal dekongestant sifatida qo‘llaniladi, burun shilliq qavati kavak venoz to‘qimasining α1-adrenergik retseptorlarini rag‘batlantiradi. Shunday tarzda burun shilliq qavati va uning qo‘shimcha bo‘shliqlari shishini tezda va uzoq muddatga bartaraf qiladi.
Dimetinden – gistamin N1-retseptorlar antagonisti, allergiyaga qarshi ta'sirni namoyon qiladi. Past dozalarda qo‘llanilganida samarali, yaxshi o‘zlashtiriladi.
Milt mahalliy qo‘llaniladi, shu sababli uning faolligi qon plazmasida faol moddalarning kontsentratsiyasi bilan o‘zaro bog‘liq emas.
Tasodifiy peroral qo‘llanilganida fenilefrinning biokiraolishligi kamaygan va taxminan 38% ni, yarim chiqarilish davri taxminan 2,5 soatni tashkil etgan.
Peroral qabul qilingandan keyin dimetindenning eritmadagi tizimli biokiraolishligi taxminan 70% ni, yarim chiqarilish davri taxminan 6 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Shamollash, burun bitishi, o‘tkir va surunkali rinitlar, mavsumiy (pichan isitmasi) va mavsumiy bo‘lmagan allergik rinit, o‘tkir va surunkali sinusitlar, vazomotor rinitlarni simptomatik davolashda qo‘llaniladi. O‘tkir o‘rta otitda yordamchi davolashda qo‘llaniladi.
Burun sohasida jarrohlik aralashuviga tayyorgarlikda va jarrohlik aralashuvidan keyin burun shilliq qavati va bo‘shliqlaridagi shishni bartaraf etishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni yuborishdan oldin burunni yaxshilab tozalash lozim.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Har bir burun yo‘liga sutkada 3-4 marta 1 tomchidan tomiziladi.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Har bir burun yo‘liga sutkada 3-4 marta 1 yoki 2 tomchidan tomiziladi.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar
Har bir burun yo‘liga sutkada 3-4 marta 3 yoki 4 tomchidan tomiziladi.
Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak va kasallikni kechishiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda preparat ta'siri yaxshi o‘zlatiriladi.
Alohida hollarda burunning shilliq qavati tomonidan kuchsiz ifodalangan vaqtinchalik mahalliy reaktsiyalar (achishish yoki qurub qolish hissi) bo‘lishi mumkin. Juda kam hollarda allergik reaktsiyalarni rivojlanishi (xususan teri tomonidan mahalliy reaktsiyalar, qichishish, qovoqlarni, yuzni shishi, umumiy xolsizlik).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Tarkibi
da fenilefrinni saqlaganligi tufayli, qon tomirni toraytiruvchi boshqa vositalar kabi ushbu preparatni atrofik rinitda, shuningdek monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarini qabul qilayotgan yoki ularni avvalgi 14 kun davomida qabul qilgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarini qabul qilayotgan yoki ularni avvalgi 14 kun davomida qabul qilgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Tritsiklik antidepressantlarni va β-adrenoblokatorlar kabi antigipertenziv preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga qon tomirni toraytiruvchi vositalarni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
“Milt nazalniye kapli”ni 1 haftadan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparatni uzoq vaqt yoki haddan tashqari ko‘p qo‘llash taxifilaksiya va “rikoshet” samarasini (medikamentoz rinit) chaqirishi mumkin.
Qon tomirni toraytiruvchi boshqa vositalarni qo‘llashdagi kabi preparatning tavsiya etilgan dozasini oshirish mumkin emas. Preparatni haddan tashqari ko‘p qo‘llash, ayniqsa bolalar va keksa yoshdagi shaxslarda qo‘llash preparatning tizimli ta'siri namoyon bo‘lishini keltirib chiqarish mumkin.
Yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertenziyasi, yopiq burchakli glaukomasi, qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Preparatni homiladorlik davrida buyurilmaydi. Emizikli ayollarga preparat buyurilmaydi.
Bolalar.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga “Milt nazalniye kapli”ni faqat shifokor maslahatidan keyin buyurish tavsiya etiladi.
Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kichik bolalar tomonidan preparat tasodifan qo‘llanilganida biror-bir jiddiy nojo‘ya ta'sirlar haqida xabar berilmagan.
Ko‘pgina hollar simptomsiz bo‘lgan, juda kam hollarda toliqish hissi, me'dada og‘riq, kuchsiz ifodalangan taxikardiya, arterial qon bosimini oshishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, teri qoplamalarining rangparligi haqida xabar qilingan.
Davolash faollashtirilgan ko‘mir qo‘llaniladi, kichik yoshdagi bolalarda surgi vositalar qo‘llanilishi mumkin (me'dani yuvish talab qilinmaydi); kattalar va katta yoshdagi bolalarda suyuqlikni katta miqdorda iste'mol qilish buyuriladi.
Chiqarilish shakli
10 ml dan flakonda. 1 flakondan qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoya qilingan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati – 4 oy.
Dorixonadan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Farmak» JAJ.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.