Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Momat Rino nazal sprey, 120 doz №1
Nomi | Narx | |||||
Момат Рино спрей 120 доз №1 (12231036##2 259) |
UZS 66 900
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мометазон
Страна производитель
Индия
Дозировка
50 мкг/доза 120 доз
Производитель
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol moddalar
Preparatning savdo nomi
Momat Rino
Ta'sir etuvchi modda (XPN) mometazon
Dori shakli
dozalangan nazal sprey, 50 mkg /doza; 60 doza va 120 doza
Tarkibi
1 g preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
mometazon furoati monogidrati0,714 mg (0,050),
(mometazon furoatiga ekvivalent)(0,500 mg);
yordamchi moddalar avitsel RC-591 (mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza), glitserol, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati, polisorbat 80, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, oq yoki deyarli oq rangli quyuq suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Antikongestantlar va boshqa nazla preparatlar. Nazal preparatlar. Kortikosteroidlar. Mometazon.
ATX kodi R01AD09
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Nazal sprey ko‘rinishida mometazon furoatini qo‘llanilganda biokiraolishligi juda past (<1%) va hatto sezgirlik bo‘sag‘asi 0,25 pg/ml bo‘lgan aniqlash usulida ham qon plazmasida deyarli aniqlab bo‘maydi.
In vitro sharoitda 5 dan 500 yeg/ml gacha kontsentratsiyalar diapazonida mometazon furoatining oqsillar bilan bog‘lanishi 98%-99% ni tashkil etadi.
Tadqiqotlar mometazon furoati bir necha metabolitlargacha metabolizmga uchrashini namoyish qilgan. Plazmada asosiy metabolitlari aniqlanmagan. In vitro sharoitda inkubatsiyadan keyin ikkilamchi metabolit 6β-gidroksi-mometazon furoati aniqlangan. Odam jigari mikrosomalarida metabolitni shakllanishi sitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) tomonidan boshqariladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin mometazon furoatining plazmadan yarim chiqarilish davri 5,8 soatni tashkil qiladi. Organizmdan metabolitlari ko‘rinishida asosan safro va ahamiyatsiz darajada siydik bilan chiqariladi.
Farmakodinamika
si
Mometazon furoati yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega mahalliy qo‘llash uchun sintentetik kortikosteroid hisoblanadi. Mometazon furoatining mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta'siri tizimli samaralar chaqirmaydigan dozalarda namoyon bo‘ladi.
Mometazon furoatining yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir mexanizmi allergik reaktsiyalarning mediatorlarini ajralib chiqishini kamayirish qobiliyati bilan bog‘liq. U shuningdek Th2 sitokinlari, IL-4 va IL-5 ishlab chiqarilishining kuchli ingibitori hisoblanadi. Momat Rino nazal spreyi allergik reaktsiyaning erta va kechki bosqichlarida yallig‘lanishga qarshi faollikni namoyish qiladi.
Qo‘llanilishi
-kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda mavsumiy yoki yil bo‘yicha davom etuvchi allergik rinit
-o‘rta va og‘ir darajada kechuvchi allergik rinitni oldini olish (taxmin qilingan gullash mavsumidan 2-4 xafta oldin tavsiya etiladi)
-18 yoshdan oshgan patsiyentlarda nazal poliplar va u bilan bog‘liq simptomlar, shu jumladan burunni bitishi va hid bilishni yo‘qolishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Nazal qo‘llash uchun buyuriladi.
Momat Rinoni birinchi marta qo‘llashdan oldin, dozalovchi moslamani 10 marta bosish orqali nazal spreyni “kalibrovkasi” ni o‘tkazish kerak. “Kalibrovka” dan keyin dori vositasini stereotip chiqarilishi o‘rnatiladi, bunda har bir bosganda 50 mkg mometazon furoatini (bir doza) saqlovchi 100 mg suspenziyani ajralib chiqishi kuzatiladi. Agar nazal sprey 14 kun va undan ko‘proq vaqt davomida ishlatilmagan bo‘lsa, takroriy “kalibrovka” ni o‘tkazish kerak.
Har bir qo‘llashdan oldin sprey saqlovchi flakonni jadal chayqatish kerak.
Mavsumiy yoki yil bo‘yi davom etuvchi allergik rinit
Kattalar (shu jumladan keksa patsiyentlar) va 12 yosh va undan katta bolalar odatdagi tavsiya etiladigan doza har bir burun yo‘liga ikki purkash (50 mikrogramm/doza) kuniga bir martani tashkil etadi (umumiy doza 200 mkg). Davolovchi samaraga eshirilgandan keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun dozani har bir burun yo‘ligi 1 purkash sutkala 1 martacha kamaytirish maqsadga muvofiq (umumiy doza 100 mkg).
Agar preparatni tavsiya etilgan terapevtik dozada qo‘llash bilan kasallik simptomlarini kamayishiga eshirilmasa, sutkalik dozani maksimal har bir burun yo‘liga 4 purkash sutkada 1 martagacha oshirish mumkin (umumiy sutkalik doza 400 mkg). Kasallik simptomlari kamaygandan keyin dozani kamaytirish tavsiya etiladi.
6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar tavsiya etiladigan doza har bir burun yo‘liga 1 purkashdan sutkada 1 martani tashkil qiladi (umumiy sutkalik doza 100 mkg).
Klinik samarani boshlanishi preparatni birinchi qo‘llagandan keyin 12 soat davomida kuzatiladi.
Nazal poliplar va u bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar, shu jumladan burunni bitishi vaa hid bilishni yo‘qolishi
18 yoshdan oshgan patsiyentlar (shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlar) – tavsiya etilgan doza har bir burun yo‘liga 2 purkash (50 mkg) sutkada 2 martani tashkil etadi (umumiy sutkalik doza 400 mkg). Klinik samaraga erishilgandan keyin dozani har bir burun yo‘liga 2 purkashdan sutkada 1 martagacha kamaytirish tavsiya etiladi (umumiy sutkalik doza – 200 mkg).
Nojo‘ya ta'sirlari
Tez-tez
-qo‘llash joyida ta'sirlanish, achishish, qichishish, aksirish, burundan qon ketishi
-burun shillq qavatida yarali o‘zgarishlar
-bosh og‘rig‘i
-faringit
Kam hollarda
-hansirash, bronxospazm
Juda kam hollarda
-hid va ta'm bilishni buzilishi
-anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish
-burun to‘sig‘i perforatsiyasi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
-nazal spreyni burun shilliq qavatining davolanmagan mahalliy infektsiyasi mavjudligida ishlatish mumkin emas
-steroidlarning yaralarni bitishiga tormozlovchi ta'siri tufayli, yaqinda burunda operatsiya o‘tkazgan yoki jarohati bo‘lgan patsiyentlar o‘tkir davrda nazal spreydan foydalanmasliklari kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Momat Rino nazal spreyini loratadin bilan bir vaqtda buyurilganda loratadin yoki uning asosiy metabolitining plazmadagi kontsentratsiyasini o‘zgarishlari aniqlanmagan. Mometazon furoati sezgirlik bo‘sag‘asi 50 pg/ml dan past bo‘lgan aniqlash usullarini qo‘llash bilan qon plazmasida aniqlanmagan.
Bu preparatlar bilan majmuaviy davolash yaxshi o‘zlashtirilgan.
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Momat Rinoni nafas yo‘llarining faol yoki latent tuberkulyoz infektsiyasi, shuningdek davolanmagan zamburug‘li, bakterial infektsiyasi, tizimli virusli infektsiyasi yoki ko‘zlarni shikastlanishi bilan herpes simplex infektsiyasi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi yoki qo‘llash mumkin emas.
Momat Rino preparati bilan 12 oy davolagandan keyin burun shilliq qavatining atrofiyasi belgilari kuzatilmagan; bundan tashqari, mometazon furoati burun shilliq qavatining gistologik manzarasini normallashishiga olib kelgan. Momat Rinoni bir necha oy yoki undan ko‘proq qo‘llayotgan patsiyentlar burun shilliq qavatini kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari yuzasidan muntazam tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Burun yoki halqumning mahalliy zamburug‘li infektsiyasi rivojlangan hollarda Momat Rino preparati bilan davolashni to‘xtatish yoki maxsus davolashni o‘tkazish kerak. Uzoq vaqt davomida saqlanayotgan burun va halqumning shilliq qavatini ta'sirlanishi ham preparat bilan davolashni to‘xtatish uchun ko‘rsatma bo‘lishi mumkin. Dori preparati tarkibila benzalkoniy xloridi bo‘lganligi tufayli bronxospazm holatlari kuzatilishi mumkin.
Momat Rino preparati bilan uzoq vaqt davolaganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishi belgilari kuzatilmagan. Tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolagandan keyin Momat Rino nazal spreyi bilan davolashga o‘tayotgan patsiyentlarni sinchkov shifokor kuzatuvi talab etiladi. Bunday bemorlarda tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlarni qabul qilishni to‘xtatish buyrak usti bezi po‘stloq qismining faoliyatini yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu tizimli kortikosteroidlar bian davolashni tiklash va boshqa tegishli davolashni qo‘llashni talab etishi mumkin.
Tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan davolashdan Momat Rino preparati bilan davolashga o‘tish vaqtida ayrim bemorlarda burundagi simptomlarni yengillashishi bilan bir qatorda kortikosteroidlarni bekor qilish simptomlari (masalan bo‘g‘imlar va/yoki mushaklarda og‘riq, toliqish hissi va depressiya) paydo bo‘lishi mumkin. Davolashni o‘zgartirish shuningdek avval rivojlangan va tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan niqoblangan allergik kasaliklari (allergik kon'yunktivit, ekzema va boshqalar kabi) aniqlash imkonini berishi mumkin.
Kortikosteroidlarni qabul qiluvchi patsiyentlar pasaygan immun reaktivlikka potentsial ega bo‘lishlari mumkin va ayrim infektsion kasalliklari (masalan suvchechak, qizamiq) bo‘lgan bemorlar bilan kontaktda bo‘lgan hollarda zararlanishning yuqori xavfi haqida, shuningdek agar bunday kontakt bo‘lgan bo‘lsa shifokor bilan maslahatlashish kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Patsiyentlarni tana haroratini oshishi, yuzning bir qismi kuchli og‘riq yoki tish og‘rig‘i, orbital yoki periorbital shish yoki dastlabki yaxshilanishdan keyin holatni yomonlashishi kabi og‘ir bakterial infektsiyalarning belgilari yoki simptomlari paydo bo‘lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerakligi haqida ogohlantirish kerak.
Intranazal kortikosteroidlarni qo‘llagandan keyin burun to‘sig‘i perforatsiyasi va ko‘z ichki bosimini oshishi holatlarini paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan.
Bolalarda qo‘llanishi
Kichik yoshdagi bolalarda preparatni qo‘llash faqat kattalar nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Nazal kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalarda bo‘yini muntazam tekshirish kerak. O‘sishni sekinlashishi aniqlangan hollarda nazal kortikosteroidning dasini simptomlarni samarali nazorat qilish tutib turiladigan eng past darajagacha kamaytirishni ko‘rib chiqish kerak. Bunday hollarda pediatr bilan maslahatlashish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktatsiya davrida qo‘llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda bola uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday yuqori bo‘lgandagina oqlangan.
Dori vositasining transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi.
Momat Rino tavsiya etilgan dozada transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Momat Rino preparatining past (≤0,1%) tizimli biokiraolishligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Dozani oshirib yuborilgan holda preparatni keyinchalik tavsiya etilgan doza qo‘llash bilan bemorni kuzatish kerak.
Chiqarilish shakli
Preparat 60 doza yoki 120 dozadan dozator va purkagich-uchlikli qalpoqcha bilan yuqori zichlikdagi polietilen flakonlarda.
Flakonga etiketka yopishtiriladi.
1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 30°S gacha haroratda. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
korxonaning nomi va mamlakati
Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston
Viledj Kishanpura, Baddi –Nalagarx Roud, Texsil Baddi, Distt. Solan (X.P)-173205
Qayd etish guvohnomasi egasining nomi va mamlakati
Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.