Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bupivakain-Grindeks Spinal 5mg/4ml № 5
Bupivakain-Grindeks Spinal 5mg/4ml № 5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бупивакаин
Страна производитель
Литва
Дозировка
5 мг/мл 4 мл
Производитель
Гриндекс, АО, Латвия произведено: Сантоника, АО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Bupivakain Grindeks Spinal
Ta'sir etuvchi modda (XPN) bupivakain
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg bupivakain gidroxloridi;
yordamchi moddalar natriy xloridi, rN 4,0-6,5 gacha xlorid kislotasining 0,1 M eritmasi yoki natriy gidroksidining 0,1 M eritmasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik
Farmakoterapevtik guruhi
maxalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar.
ATX kodi N01BB01
Farmakologik xususiyatlari
Bupivakain amid turdagi uzoq ta'sirga ega bo‘lgan anestetikdir. Natriy kanallarga ta'siri hisobiga nerv tolasi bo‘ylab impulьslarning o‘tkazilishini qaytuvchi bloklaydi, gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi, yurak qisqarishlarini sekinlashtiradi. Anesteziyani boshlanishi va davomiyligi dori vositasining yuborilish joyiga bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Bupivakainning plazmadagi kontsentratsiyasi dozasi yuborish usuli va in'ektsiya joyidagi qon tomirlarining miqdoriga bog‘liq.
Bupivakainning subaraxnoidal bo‘shliqdan so‘rilishi 2 fazali xarakterga ega. Intratekal anesteziyaga kamroq dozalar talab etilganligi sababli, intratekal blokadadan so‘ng bupivakainning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi boshqa turdagi anesteziyalarga nisbatan pastroq. Umuman, preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasini oshishi xar bir 100 mg yuborilgan preparatga taxminan 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Bu 20 mg doza qon plazmasida taxminan 0,1 mg/l kontsentratsiyani yaratishini bildiradi.
Bupivakain jigarda gidroksillanish yo‘li bilan 4-gidroksibupivakainga va N-dealkilirlanish yo‘li bilan 2,6-pipekoloksilidinga (PPX), metabolizmga uchraydi, ikkala jarayonning mediatori sitoxrom R4503A4 hisoblanadi.
Subaraxnoidal bo‘shliq yarim chiqarilish davri 50 va 408 minutni tashkil qiladi (so‘rilishning tez yoki sekin fazasiga mos ravishda). Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi, faqat 5-6% i o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi. Bupivakainning yarim chiqarilish davri 2,7 soatni tashkil qiladi. Bupivakain yo‘ldosh orqali o‘tadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi ona organizmiga qaraganda homila organizmida pastroq. Ona sutiga chiqariladi.
Qo‘llanishi
Jarrohlik va ginekologik aralashuvlarda spinal (subaraxnoidal yoki intratekal) anesteziya.
-oyoqlardagi jarrohlik operatsiyalari, shu jumladan 1,5 soatdan 4 soatgacha davom etuvchi sondagi operatsiyalar.
-Qorin bo‘shlig‘i a'zolarida jarrohlik operatsiyalari va davomiyligi 1,5-3 soatlik urologik operatsiyalar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yuborilish yo‘li – intratekal. Patsiyentga preparatning ma'lum dozasini buyurishda shifokor patsiyentning jismoniy xolatini baholashi kerak. Preparatni spinal yuborish faqatgina subaraxnoidal bo‘shliq aniq belgilanganidan so‘ng lyumbal punktsiya yordamida o‘tkaziladi. Anesteziyaning davomiyligi dozaga bog‘liq, lekin segmentar darajada dori vositasining infilьtratsiyasini aniqlashda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin, ayniqsa izobarik (oddiy) eritmani qo‘llashda.
Kattalar
Jadvalda ko‘rsatilgan blokada uchun dozalarni o‘rta yoshli kattalarga o‘rtacha doza deb qarash kerak. In'ektsiya joyi L3 umurtqa ostida.
Anesteziya darajasiPunktsiya soxasiTana xolatiDozaTa'sirini boshlanishiTa'sir qilish davomiy-ligi s.Ko‘rsatma
mlmg
L1L3/4/5Gorizon-tal2-310-155-82-3Oyoqlardagi operatsiyalar Urologik operatsiyalar
T10L3/4/5Gorizon-tal3-415-205-83-4Chanoq-son bo‘g‘imidagi operatsiyalar va abdominal operatsiyalar
Keksa patsiyentlar
Nerv tolalarining holatini yomonlashishi, akson sezuvchanligini oshishi va buyrak klirensini kamayishi natijasida keksa patsiyentlarga (70 yoshdan kattalar) yuboriladigan doza 10-20% kamaytiriladi.
40 kg vazngacha bo‘lgan bolalar
Bolalar va kattalar orasidagi farqlardan biri, chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda orqa miya suyuqligining hajmi nisbatan katta bo‘ladi. Shuning uchun kattalardagidek blokada darajasiga yetishish uchun kg tana vazniga preparatning nisbatan katta dozalari kerak.
Tana og‘irligi (kg)Doza (mg/kg)
<5 kg0,40-0,50 mg/kg
5-15 kg0,30-0,40 mg/kg
15-40 kg0,25-0,30 mg/kg
Nojo‘ya ta'sirlari
Spinal anesteziyadagi ko‘pchilik nojo‘ya ta'sirlari ishlatilayotgan preparat bilan emas, balki nervlarning blokadasi bilan bog‘liq. Anestetikdan yuzaga keluvchi nojo‘ya ta'sirlarni orqa miya suyuqligini chiqishi chaqirgan samaralari yoki igna punktsiyasi bilan bog‘liq (masalan, miya qattiq qobig‘ini teshishdan keyingi bosh og‘rig‘i), bevosita (masalan, spinal gematoma) yoki bilvosita (masalan, meningit, epidural abstsess) samaralar chaqirgan blokadaning nerv tolalariga fiziologik samaralari ta'siridan (masalan, arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, qisqa muddatli siydik tutilishi) farqlash qiyin.
Juda tez-tez (>1/10)
Yurak-qon tomir tizimini buzilishlariGipotenziya, bradikardiya
Me'da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilishlariKo‘ngil aynishi, me'da ichidagining evakuatsiyasini sekinlashishi
Nerv tizimini buzilishlarOrqa miyaning qattiq pardasi teshilganidan keyingi bosh og‘riqlari, qo‘zg‘alishlar, qaltirash, depressiya, uyquchanlik, paresteziya, bosh aylanishi, ko‘rish fokusini buzilishi
Me'da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilishlariQusish
Buyraklar va siydik jinsiy tizimini buzilishlariSiydikni tutilishi, siydikni tutaolmaslik
Eshitish a'zolarining kasalliklariQuloqlarda shovqin, eshitishni qaytuvchi yo‘qolishi
Tez-tez emas (>1/1000; <1/100)
Nerv tizimini buzilishlariParezlar, dizesteziya, tirishishlar
Skelet – mushak tizimini buzilishlariMushaklarning bo‘shligi va orqada og‘riq
Kam, shu jumladan yakka xollar (<1/100)
Nerv tizimini buzilishlariMiya qon aylanishini o‘tkinchi ishemik buzilishlari, tasodifiy spinal blokada, paraplegiya, falaj, nevropatiya, araxnoidit, koma
Immun tizimini buzilishlariAllergik reaktsiyalar, anafilaktik shok
Yurak faoliyatini buzilishlariKardiogen shok, yurakni to‘xtashi
Nafas tizimini buzilishlariNafasni susayishi, nafasni to‘xtashi
Jigar faoliyatini buzilishlari Jigar fermentlarining miqdorini oshishi, jigar yetishmovchiligi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-Amid turiga mansub mahalliy anesteziya preparatlariga yoki yordamchi moddalaridan biriga yuqori sezuvchanlik.
-Markaziy nerv tizimining (MNT) o‘tkir faol kasalliklari (masalan, meningit, o‘smalar, polimiyelit, bosh suyagi ichki qon ketishlari).
-Umurtqa pog‘onasining stenozi va umurtqa pog‘onasining o‘tkir kasalliklari (masalan, spondolit, o‘sma, tuberkulez) yoki umurtqa pog‘onasining yaqinda o‘tkazilgan jarohati (masalan, sinishi).
-Septitsemiya.
-Pernitsioz anemiya orqa miyaning nimo‘tkir majmuaviy degeneratsiyasi bilan.
-Punktsiya sohasidagi yoki punktsiya sohasiga yaqin joylashgan terining piogen infektsiyasi.
-Kardiogen yoki gipovolemik shok.
-Qonning ivuvchanligini buzilishlari yoki antikoagulyantlar bilan davolash kursini o‘tish.
Ehtiyotkorlik choralari
Quyidagi hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak
- og‘ir yurak-qon tomir yetishmovchiligi (kuchayishi mumkin), yurak blokadasi, antiaritmik dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish (shu jumladan beta-adrenoblokator);
- gipovolemiya,
- buyrak yetishmovchiligi, keksalik yoshi (65 yoshdan kattalar), umumiy og‘ir holat, jigar faoliyatini buzilishlari;
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Mahalliy anesteziyaning boshqa vositalari va antiaritmik vositalar (lidokain, meksiletin, amiodaron) bupivakain eritmasining dozasini to‘g‘ri hisoblashga va samarasiga ta'sir qilishi mumkin. Galotanli umumiy ingalyatsion anesteziya bilan qo‘shish bupivakainning kardiotoksikligining rivojlanishi xavfini oshiradi va bukivakain eritmasining dozasini to‘g‘ri hisoblashga ta'siri qilishi mumkin.
Bupivakain antimiastenik dori vositalari bilan, ayniqsa yuqori dozalarda ishlatilganida skelet mushaklariga ta'siri bo‘yicha antagonizm namoyish qilishi mumkin, bu miasteniyani davolashda qo‘shimcha to‘g‘rilashni talab qiladi. MAO ingibitorlari (prokarbazin, selegelin) bilan ishlatilishi arterial bosimni xaddan tashqari pasayishi xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Spinal anesteziya faqat tajribali mutaxassis nazorati ostida jihozlangan operatsiya xonasida o‘tkazilishi kerak. Anesteziolog butun operatsiya davomida bo‘lishi va u tugagandan keyin anesteziyadan chiqishni nazorat qilish kerak.
Vena ichki infuziyalar spinal anesteziyadan oldin sozlanishi kerak. Barcha anestetiklar kabi bupivakain tasodifan tomir ichiga yuborilganda preparatning qondagi yuqori kontsentratsiyasining bo‘lishini mumkinligi markaziy nerv va yurak-tomir tizimlariga toksik ta'sir qilishi mumkin (ventrikulyar aritmiya, ventrikulyar fibrillyatsiya, to‘satdan yurak-tomir kollapsi va o‘lim). Alohida xollarda kerakli tayyorgarlik va terapiyaga qaramasdan jonlantirish qiyin yoki imkonsiz bo‘lishi mumkin.
Mahalliy anestetik turiga qaramasdan gipotoniya va bradikardiya rivojlanishi mumkin. Agarda infuzion eritmalarni tomchilab yoki mushak ichiga 20-40 mg efedrin, yoki vena ichiga 5-10 mg efedrin yuborilsa, buning oldini olish mumkin.
Gipotoniya odatda gemorragiya yoki degidratatsiya tufayli mavjud bo‘lgan gipovolemiyasi bor patsiyentlarda, hamda o‘sma natijasida yoki homiladorlikning oxirgi boqichida rivojlanadi. Gipotoniya koronar va serebrovaskulyar kasalliklari bor patsiyentlarda og‘ir kechadi. Yuqori blokadalar o‘tkazilishida ba'zida qovurg‘alar mushaklarning yoki diafragmaning parezi rivojlanishi mumkin, ayniqsa homiladorlik paytida. Kam hollarda o‘pkalarning sun'iy ventilyatsiyani amalga oshirishga to‘g‘ri keladi.
Intratekal anesteziya kam hollarda nervni shikastlanishiga va paresteziyani, anesteziyani mushak kuchsizligi va falaj paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ba'zida bu samaralar qaytmaydi.
Ayrim yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda spinal anesteziya, umumiy qaraganda afzal bo‘lishiga qaramasdan, anesteziyani o‘tkazishdan oldin patsiyentning jismoniy holatini yaxshilash muxim.
Bupivakainning eruvchanligi rN>6,5 da pasayadi. Buni ishqoriy eritmalar bilan birga qo‘llashda e'tiborga olish kerak.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlikning kechki davrida dozani kamaytirish kerak.
Bupivakain ko‘krak sutiga kam miqdorda chiqariladi va odatda emizikli bolaga zararli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Bevosita anesteziyalovchi ta'sirdan tashqari mahalliy anestetiklar ruxiy faoliyat va koordinatsiyaga biroz susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shuningdek xatto tizimli toksiklik bo‘lmasa ham, vaqtinchalik xarakat faoliyatini buzilishini chaqirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bupivakain Grindeks Spinalni yuqorida ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llab, tizimli toksiklikni chaqirishi uchun qonda preparatning bunday kontsentratsiyasiga yetishish mumkin emas. Lekin, agarda bir vaqtda boshqa mahalliy anesteziyalar ham qo‘llangan bo‘lsa, toksik ta'siri kuchayishi mumkin va tizimli toksik reaktsiyani chaqirishi mumkin.
Tizimli toksik reaktsiyalar avvalo MNT va yurak-qon tomir tizimida namoyon bo‘ladi. Bu kabi reaktsiyalar qonda preparatning yuqori kontsentratsiyasi tufayli yoki qon aylanishi yaxshi soxalardan medikamentning o‘zgacha tez so‘rilishida yuzaga keladi. MNT reaktsiyalari barcha uzoq ta'sirli amid turdagi anestetiklarda o‘xshash, yurak-tomir tizimi tomonidan reaktsiyalar esa asosan yuborilgan dori vositasining xususiyatlariga bog‘liq.
Markaziy nerv tizimi
Preparatning MNT ga toksik ta'siri simptomlarning asta-sekin rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Birinchi simptomlari og‘iz atrofi va tilni uvishishi, quloqni bitishi, eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin va ko‘rishni yomonlashishi. Jiddiyroq buzilishlar tirishishdan oldin paydo bo‘ladigan dizartriya, mushaklar titrashi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunday nojo‘ya samaralarni nevrotik xulq-atvor bilan aralashtirish mumkin emas. Keyinchalik bir necha soniyadan bir necha minutgacha davom etishi mumkin bo‘lgan xushdan ketish va katta tutqanoq xuruji yuzaga kelishi mumkin. Tirishishlardan keyin tez mushaklarning kuchli ishlagani tufayli gipoksiya va giperkapniya yuzaga keladi. Buning natijasida nafas buziladi va nafas yo‘llarining o‘tkazmasligi paydo bo‘ladi. Og‘ir hollarda nafas to‘xtashi mumkin. Atsidoz, gipokaliyemiya va gipoksiya toksik reaktsiyani yanada oshiradi.
Toksik reaktsiyani kamayishi dori vositasini MNT dan chiqarilish tezligi va shuningdek, uning metabolizmiga bog‘liq.
Tirishish xollarida davolash zarur. Davolashning maqsadi – kislorod kirishishini ta'minlash, tirishishlarni bartaraf qilish va qon bilan ta'minlanishini qo‘llash. Agarda tirishishlar 15-20 sekund davomida spontan to‘xtamasa vena ichiga 100-150 mg tiopenton yuboriladi, 5-10 mg diazepamni yuborish mumkin.
Yurak-qon tomir tizimi
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan toksik reaktsiyalarni faqat dori vositasining dozasini oshirib yuborilishining og‘ir xollarida kuzatish mumkin. Agarda patsiyent sedativ dori vositalari bilan og‘ir falajlangan yoki umumiy narkoz ostida bo‘lsa, MNT prodromal simptomlari sezilmay qolishi mumkin.
Toksik reaktsiyalar gipotenziya, bradikardiya, aritmiya va xatto yurakning to‘xtashi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Agar blokada umumiy narkoz ostida o‘tkazilgan bo‘lsa, bolalarda erta toksik reaktsiyalarni aniqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Agar yurak-qon tomir tizimini xavfli susayishi kuzatilsa (gipotenziya, bradikardiya) vena ichiga 5-10 mg efedrin yuboriladi, zarur xollarda 2-3 minutdan so‘ng efedrin takroran yuboriladi. Qon aylanishi to‘xtatgan holda tezda kardiopulьmonar reanimatsiya boshlanadi.
Bupivakainning dozasi oshirib yuborilganida gemodializ samarali emas.
Agar tizimli toksiklik yoki umumiy spinal blokada simptomlari paydo bo‘lsa, tezda dori vositasini yuborishni to‘xtatish va yurak-qon tomir va nevrologik simptomlarni davolash kerak (tirishish, MNT susayishi).
Gipovolemiyasi bor patsiyentlarda intrakteal anesteziya vaqtida to‘satdan va og‘ir gipotenziya rivojlanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 5 mg/ml. 4 ml dan ampulada. 5 ampuladan uyali o‘ramda. 1 uyali o‘ramdan qutida.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
(byurtmachi) buyurtmachi haqida ma'lumot
“Grindeks” AJ, Krustpils ko‘ch., 53, Riga, LV-1057, Latviya
Telefon +371 67083205
Faks +371 67083505
Elektron qutisi grindeks@grindeks.lv
Ishlab chiqaruvchi
XBM Farma s.r.o. Sklabinskaya ko‘ch., 30, Martin, 03680, Slovakiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.