Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Longokain in'ektsiya uchun eritma 5mg/ml 5ml №10
Longokain in'ektsiya uchun eritma 5mg/ml 5ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бупивакаин
Страна производитель
Украина
Дозировка
5 мг/мл 5мл
Производитель
Юрия-Фарм,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Longokain
Ta'sir etuvchi modda (XPN) bupivakain
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg suvsiz bupivakain gidroxloridi;
yordamchi moddalar natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy anesteziya uchun preparatlar. Amidlar. Bupivakain.
ATX kodi N01BB01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Longokain bupivakain gidroxlorid saqlaydi - amid guruhiga mansub, uzoq ta'sirga ega mahalliy og‘riqsizlantiruvchi va anesteziyalovchi vositalar guruhiga kiradi. Yuqori dozalarda qo‘llanilganda jarrohlik anesteziya samarasiga erishiladi, kam dozalarda qo‘llanilganda esa sensor blokadalarga olib kelib kamroq ifodalangan xarakat blokadalari (analgeziya) bilan kuzatiladi.
Mahalliy og‘riqsizlantirishning boshlanishi va davomiyligi bupivakainni dozasi va preparatni yuborilgan joyiga bog‘liq.
Boshqa anestetiklar kabi bupivakain, nerv membranalari orqali natriy ionlarini o‘tishini pasaytirib, nerv to‘qimalarini impulslar o‘tkazuvchanligini qaytar bloklaydi. Nerv membranalaridagi natriy kanallari mahalliy anestetik molekulasini fiksatsiyalash uchun retseptorlar tutadi.
Miya va miokardning qo‘zg‘atuvchi membranalarida ham shunga o‘xshash samara kuzatilishi mumkin.
Preparat ko‘p miqdorda qon oqimi tizimiga tushgan hollarda, markaziy nerv tizimi va yurak qon-tomir tizimidan chiquvchi zaharlanish belgilari va simptomlari yuzaga kelishi mumkin.
Qoidaga binoan, markaziy nerv tizimiga toksik ta'sirini yuzaga kelishi yurak-tomir ta'sirlanishidan oldinroq namoyon bo‘ladi (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang), sababi markaziy asab tizimiga toksik ta'sir belgilari preparatni kontsentratsiyasi qon plazmasida hali ancha kam bo‘lgandayoq kuzatiladi. Mahalliy anestetiklarningyurakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'siri sust o‘tkazuvchanlik, manfiy inotropizm va nihoyat yurak to‘xtashini o‘zichiga oladi.
Yurak-qon tomirga bilvosita ta'siri (arterial gipotenziya, bradikardiya) epidural blokadadan keyin rivojlanib, hamroh simpatik blokadaning darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
Bupivakainning rKa ko‘rsatkichi 8,2 ni tashkil qilib, tarqalish koeffitsiyenti 346 ni tashkil etadi (25°C n-oktanol/fosfatli bufer pH 7,4 bo‘lganda). Metabolitlari bupivakaindan kamroq bo‘lgan farmakologik faollikka ega.
Bupivakainning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi dozasiga bog‘liq bo‘lib, yuborish yo‘li va yuborish joyining vaskuliziratsiyasiga bog‘liq.
Bupivakain epidural bo‘shliqdan to‘liq va ikki bosqichli so‘rilishni namoyon etadi, boshlang‘ich yarim chiqarilish davri 7 minutni, keyingisi esa mos ravishda 6 soatni tashkil qiladi. Sekin so‘rilishi bupivakainni chiqarilish tezligini cheklovchi omillardan hisoblanadi va nima uchun vena ichiga yuborgandagiga qaraganda, epidural ravishda qo‘llangandaterminal chiqarilish davri uzoqligini aniq tushuntiradi.
Bupivakainning umumiy plazma klirensi 0,58 l/min, preparatni vena ichiga yuborgandan keyin taqsimlanish hajmi taxminan 73 litrni tashkil qiladi, yarim chiqarilishining terminal davri ‒ 2,7 soatni va jigar ekstraktsiyasining oraliq koeffitsiyenti ‒ 0,38 tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 96% ni tashkil qiladi, bog‘lanishi aynan α1-glikoprotein bilan sodir bo‘ladi.
Bupivakainning klirensi jigar metabolizmiga to‘liq bog‘liq bo‘lib, jigar perfuziyasidan ko‘ra jigar fermentlari faolligiga tegishli va o‘zgarishlariga ko‘proq sezuvchan.
Pediatrik populyatsiya
Preparatning bolalardagi farmakokinetikasi kattalardagi farmakokinetikasiga o‘xshash. Preparatning qon plazmasidaumumiy kontsentratsiyasini oshishi uzoq epidural infuziya o‘tkazish vaqtida kuzatilgan. Bu jarrohlik amaliyotidan so‘ng α1- glikoprotein miqdorini oshishi bilan bog‘liq. Farmakologik faol , ya'ni bog‘lanmagan preparatning kontsentratsiyasi jarrohlikdan oldingi va keyingisi bilan bir xil.
Bupivakain 4-gidroksibupivakain va N-dealkillanish RRX gacha aromatik gidroksillanish yo‘li bilan jigarda deyarli to‘liq metobolizmga uchraydi, ayni paytda bu ikki yo‘llar sitoxrom R450 3A4 bilan bog‘liq. Shunday qilib, klirensi jigar perfuziyasiga va metabolizmga uchratuvchi fermentning faolligiga bog‘liq. 24 soat ichida bupivakainning 1% ga yaqini siydik orqali o‘zgarmagan holda va 5% ga yaqini RRX ko‘rinishida chiqariladi. RRX va – gidroksibupivakainning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi bupivakainni uzoq muddat yuborish vaqtida va yuborgandan keyin boshlang‘ich dori vositasining kontsentratsiyasiga nisbatan ancha kamligicha qoladi.
Qo‘llanilishi
Longokainning 0,5% li eritmasi teri orqali infiltratsiya yo‘li bilan mahalliy anesteziya o‘tkazish uchun, periferik nervi (lari) blokadasi (lari) va markaziy nervlarning (kaudal va epidural) blokadasi, ya'ni muttaxassis uzoq anesteziyaga ehtiyoj sezgan hollarda qo‘llaniladi. Longokainni sensor nerv blokadasi motor blokadadan yaqqolroq ifodalanganligi uchun, ayniqsa og‘riqlarni qoldirishda samarali, masalan tug‘ruq davrida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash.
Kattalar
Quyidagi jadvalda o‘rta yoshdagi katta bemorlarda blokada o‘tkazishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usullar uchun preparatni dozalash bo‘yicha yo‘l yo‘riqlar kelitirilgan.
Raqamlar preparatning ruxsat etilgan o‘rtacha dozasini ifodalaydi.
Standart o‘quv qo‘llanmalarida blokada o‘tkazishning alohida olingan usullari vata'sir qiluvchi omillarini bemorlarning individual talablarini ta'minlashda e'tiborga olinishi zarur.
Diqqat! Uzluksiz infuziya o‘tkazish yoki takroriy bolyusli yuborish yo‘li bilan davomli blokada o‘tkazish holarida preparatning qon plazmasida toksik kontsentratsiyaga yetish xavfini yoki nervlarni mahalliy shikastlanish xavfini hisobga olish zarur.
Preparatning zarur dozasini hisoblash uchun bemorning jismoniy holati haqidagi ma'lumotlar va vrachning malakasi muhim omil hisoblanadi. Adekvat anesteziya uchun zarur bo‘lgan preparatning eng kam dozasini qo‘llash tavsiya etiladi. Anesteziya boshlanishida va o‘tkazish davomida individual o‘zgaruvchanlik hollari mavjud.
Kattalarda preparatni dozalash bo‘yicha tavsiyalar
1-jadval
Kontsentratsiya,
mg/ml
Hajmi,
ml
Dozasi,
mg
Ta'siri boshlanishi, daq.
Ta'sir davomiyligi, soat7)
JARROHLIK ARALAShUVLARIDAGI ANESTEZIYa
Preparatni Lyumbal epidural yuborish 1)
Jarrohlik aralashuvi
5,0
15‒30
75‒150
15‒30
2‒3
Preparatni Lyumbal epidural yuborish 1)
Kesarcha kesish
5,0
15‒30
75‒150
15‒30
2‒3
Preparatni torakal epidural yuborish1)
Jarrohlik aralashuvi
2,5
5‒15
12,5‒37,5
10‒15
1,5‒2
5,0
5‒10
25‒50
10‒15
2‒3
Kaudal epidural blokada1)
2,5
20‒30
50‒75
20‒30
1‒2
5,0
20‒30
100‒150
15‒30
2‒3
Yirik nervlar blokadasi2)
(masalan, yelka chigali, son, quymich nervlari)
5,0
10‒35
50‒175
15‒30
4‒8
Mahalliy anesteziya
(masalan, yirik nervlar blokadasi va infiltratsiyasi)
2,5
< 60
< 150
1‒3
3‒4
5,0
≤ 30
≤ 150
1‒10
3‒8
1) Doza o‘ziga tekshirilayotgan dozani tutadi.
2)Yirik nervlarni blokadasi uchun dozani preparatni yuborish sohasi va bemorning holatiga qarab korrektsiyalanadi. Narvonsimon blokadada va o‘mrov usti yelka nerv chigalini blokadasida mahalliy anestetikni qo‘llash tipiga bog‘liq bo‘lmagan nojo‘ya ta'sirlarini yuzaga kelish chastotasi oshishi mumkin; hamda “
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang.
Umuman, jarrohlik aralashuvlarida anesteziyasi uchun (masalan, epidural yuborish uchun) preparatning yuqori kontsentratsiyasi va dozasini qo‘llashni talab etiladi. Intensiv blokadalar (masalan, tug‘ruq og‘riqlarini yengillatish uchun) o‘tqazish talab etilganda preparatning kamroq kontsentratsiyasini qo‘llash tavsiya etiladi. Qo‘llanilayotgan preparatning hajmi anesteziyaning tarqalish darajasiga ta'sir qiladi.
Tomir ichiga in'ektsiyasidan qochish uchun aspiratsion sinamani yuborishdan oldin o‘tkazish va preparatning umumiy dozasini yuborish vaqtida takrorlash, bemorning hayotiy muhim faoliyatlarini kuzatish bilan bir vaqtdaverbal kontaktni tutib turgan holda,sekinlik bilan yoki alohida dozalar bilan 25-50 mg/min tezlikda yuborish kerak.
Tomir ichiga tasodifiy in'ektsiyani yurak qisqarishlar chastotasini vaqtinchalik oshishi, tasodifiy intratekal ine'ktsiyada esa - spinal blokada belgilariga qarab aniqlash mumkin. Intoksikatsiya simptomlari yuzaga kelgan hollarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish zarur (“Nojo‘ya ta'sirlar” bo‘limiga qarang).
Hozirgi kungacha yig‘ilgan malakalar ko‘rsatishicha 400 mg dozadagi preparatni 24 soat davomida yuborilganda, o‘rta yoshdagi katta odamlarda yaxshi qabul qilinadi.
Bolalar.
Longokainni bolalarda bunday ko‘rsatmalarda buyurilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni subaraxnoidal bo‘shliqqatasodifiy yuborilishi apnoe va og‘ir arterial gipotenziya bilan kuzatiladigan juda yuqori darajali spinal anesteziyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Longokain preparatining nojo‘ya ta'sirlarining profili boshqa davomli ta'sir etuvchi mahalliy anestetiklarni qo‘llash natjasida yuzaga keladigan nojo‘ya ta'sirlar profiliga o‘xshash. Preparatning o‘zi bilan chaqirilgan nojo‘ya ta'sirlarni nerv tolalarini fiziologik blokadasi (masalan, arterial bosimning tushishi, bradikardiya), hamda bilvosita ta'sirlar natijasida (masalan, nervlar travmasi) yoki bevosita (masalan epidural abstsess) ignali punktsiya ta'sirlaridan farqlash qiyin.
Kam, lekin yaxshi ma'lum bo‘lgan regional, ayniqsa epidural va spinal anesteziyalarda nevrologik buzilishlar mavjud. Ular bir necha sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, masalan orqa miyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki orqa miya nervlarining shikastlanishi , orqa miya oldingi arteriyasining shikastlanish sindromi, nosteril eritma yuborish yoki ta'sirlantiruvchi vositalar in'ektsiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu mahalliy sohalarda paresteziya yoki anesteziyaga, harakat kuchsizligi, sfinkter ustidan nazoratini yo‘qolishi va paraplegiyaga olib kelishi mumkin. Ba'zida bu ko‘rsatkichlar uzoq davomiy bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlar ro‘yxati to‘ldirilgan jadvalda keltirilgan.
Longokain preparati bilan davolashga bog‘liq bo‘lgan, tegishli preparatlarga mos holda klinik tadqiqotlar o‘tkazish jarayonida va preparatni qayd etishdan keyingi davrda qo‘llanilishidan olingan nojo‘ya ta'sirlar tana a'zolari tizimi va absolyut chastotada kuyidagicha keltirilgan.Chastotasi juda ko‘p (≥ 1/10), ko‘p (ot ≥ 1/100 do < 1/10), uncha ko‘p bo‘lmagan (ot ≥ 1/1000 do < 1/100), kam (ot ≥ 1/10000 do < 1/1000), chastotasi noaniq (mavjud ma'lumotlarga ko‘ra aniqlashni imkoni yo‘q).
Preparatni qo‘llaganda yuzaga keladigan nojo‘ya ta'sirlar3-jadval.
A'zo tizimlar sinfi
Chastotasi bo‘yicha klassifikatsiya
Preparatni qo‘llashdagi nojo‘ya ta'sirlar
Immun tizimi tomonidan
Kam
Allergik reaktsiyalar, anafilaktik reaktsiya/shok (“
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang”)
Nerv tizimi tomonidan
Ko‘p
Paresteziya, bosh aylanishi
Uncha ko‘p bo‘lmagan
MAT tomonidan tizimli toksiklik belgilari (tirishishlar, og‘iz atrofi paresteziyasi, tilning ivishishi, giperakuziya, ko‘rishning buzilishi, hushdan ketish, titrash, yengil bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, dizartriya, mushaklarda tirishishli harakatlar)
Kam holarda
Neyropatiya, periferik nervlarning shikastlanishi, araxnoidit, parez va paraplegiya
Ko‘rish a'zolari tomonidan
Kam hollarda
Diplopiya (ikkita ko‘rish)
Yurak tomonidan
Ko‘p
Bradikardiya (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang)
Kam
Yurakning to‘xtashi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang ),yurak aritmiyalari
Tomirlar tomonidan
Juda ko‘p
Arterial gipotenziya (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang)
Ko‘p
Arterial gipertenziya (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang)
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va to‘sh sohasi tomonidan
Kam
Nafasning susayishi
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan
Juda ko‘p
Ko‘ngil aynishi
Ko‘p
Qayt qilish
Buyrak va siydik ajratish tizimi tomonidan
Ko‘p
Siydik tutilishi
Bupivakainni takroriy in'ektsiyasi yoki uzoq infuziyasidan so‘ng aspartataminotransferazalar (AST), alaninaminotransferazalar (ALT), ishqoriy fosfataza i bilirubin ko‘rsatkichlarining oshishi bilanjigar disfunktsiyasi hollari kuzatilgan, Agar bupivakain bilan davolash davrida jigar disfunktsiyasi belgilari kuzatilsa preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Amid qatoriga mansub mahalliy anestetiklar yoki preparatning boshqa tarkibiy qismiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Bupivakain vena ichiga yuborib o‘tkaziladigan regional anesteziyada (blokada Biyera) qo‘llanilishi mumkin emas.
Bupivakainni yaqqol arterial gipotenziyasi bor jumladan kardiogen yoki gipovolemik shokdagi bemorlarda epidural anesteziya uchun qo‘llash kerak emas. Epidural anesteziya mahalliy anestetikni qo‘llash sohasidan qat'iy nazar o‘zining qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarni o‘z ichiga oladi, bular asab tizimi kasalliklarini faol bosqichi, jumladan, meningit, poliomiyelit, miyaga qon quyilishi, orqa miya majmuaviy degeneratsiyani o‘tkir osti davri, pernitsioz anemiya oqibatlari va bosh va orqa miya o‘smalari; umurtqa sili; Lyumbal punktsiya o‘tkazish sohasi va uning atrofidagi terining yiringli infektsiyasi; kardiogen yoki gipovolemik shok; qon ivishining buzilishi yoki antikoagulyantlar bilan davolanayotgan davrda qo‘llash mumkin emas.
Nomutanosibligi
Ishqorlashtirish cho‘kma tushishini chaqirishi mumkin, chunki bupivakain rN 6,5 dan yuqori bo‘lganda kam eriydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bupivakainni qo‘llashda mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta'sirga ega yoki amid turidagi mahalliy anestetiklarga tuzilishi jihatidan o‘xshaydigan dori vositalari bilan, masalan, ba'zi bir antiaritmik preparatlar, lidokain va meksiletin kabilar bilan birgalikda juda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki tizimli toksik ta'siri additiv hisoblanadi.
Mahalliy anestetiklar va III sinf aritmiyaga qarshi vositalar (masalan, amiodaron bilan) orasidagi o‘zaro ta'sirining maxsus tekshiruvlari o‘tkazilmagan, biroq bunday hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
O‘tkir tizimli zaharlanish.
Tizimli toksik reaktsiyalar asosan markaziy asab tizimiga (MAT) va yurak-qon tomir tizimiga tegishli bo‘ladi. Bunday nojo‘ya ta'sirlarning yuzaga kelishi qonda mahalliy anestetiklar kontsentratsiyasining yuqoriligi bilan ifodalanadi, bu preparatning (kutilmaganda) tomir ichiga yuborilishi, dozani oshirib yuborish yoki kuchli tomirlangan sohadan tez so‘rilishi bilan kuzatilishi mumkin (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang). MAT tomonidagi reaktsiyalar amid turidagi barcha mahalliy anestetiklari uchun o‘xshash, ayni vaqtda yurak tomonidagi reaktsiyalar preparatning tipiga uning miqdoriga va sifatiga ham bog‘liq.
Markaziy nerv tizimiga toksik ta'siri simptomlar va belgilar reaktsiyalarini bosqichma bosqich chuqurlashishi bilan asta-sekin namoyon bo‘ladi. Birinchi simtomlar odatda yengil bosh aylanishi, og‘iz oldi paresteziyalari, tilning uvishishi, giperkuziya, quloqlarda shovqin va ko‘rishni buzilishi bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Dizartriya, mushaklarni tirishishi va titrashi tarqalgan tirishishlarga olib keladigan jiddiy simptomlarning daragi hisoblanadi. Ushbu belgilarni nevrotik xatti-harakatlar sifatida talqin etish mumkin emas. Bundan so‘ng bir necha sekundlardan bir necha minutlargacha davom etadigan xushdan ketish va katta tutqanoq xurujlari kuzatilishi mumkin. Tirishishlar vaqtida mushakning yuqori faolligi va o‘pkalarda gaz almashinuvining yetishmovchiligi tufayli, nafas buzilishi va nafas yo‘llari funktsiyasini buzilishi bilan kechishi mumkin bo‘lgan, tezda kislorod yetishmovchiligi va giperkapniya rivojlanadi. Og‘ir hollarda apnoe ham rivojlanishi mumkin. Atsidoz, giperkaliyemiya va kislorod tanqisligi mahalliy anestetiklarning zaharli samarasini kuchaytiradi va uzaytiradi.
Mahalliy anestetikning markaziy nerv tizimidan tashqariga qayta taqsimlanishi va keyingi metabolizmga uchrashi va ekskretsiyasi natijasida sog‘ayish yuzaga keladi. Faqat dori vositasin ko‘p miqdorda yuborgan hollardan tashqari hollarda, tuzalish tez yuzaga kelishi mumkin,
Og‘ir hollarda yurak qon tomir tizimi tomonidan toksik ta'sir yuzaga kelishi mumkin, qoidaga binoan preparatning yurak-qon tomir tizimiga toksik ta'siri markaziy asab tizimiga preparatning toksik ta'siri rivojlanish belgilari mavjud bo‘ladi. Kuchli sedativ dori vositalari yoki umumiy anesteziya uchun preparatlar olganbemorlarda MAT tomonidan prodromal simptomlar yuzaga kelmasligi mumkin. Mahalliy anestetiklarni yuqori tizimli kontsentratsiyasida arterial gipotenziya, bradikardiya, aritmiya, hattoki yurak to‘xtab qolishi rivojlanishi mumkin, ammo, kamdan-kam hollarda yurak to‘xtashi MAT tomonidan prodromal samarasiz yuzaga kelganligi kuzatilgan.
O‘tkir toksiklikni davolash.
O‘tkir tizimli zaharlanish belgilari yuzaga kelganda mahalliy anestetiklarni qo‘llashni darhol to‘xtatish zarur. Tizimli zaharlanish simptomlari bor bemorni davolash tirishishlarni tezda to‘xtatish va o‘pkani adekvat ventilyatsiyasini, zarur bo‘lsa o‘pkada ventilyatsiya (respiratsiya) nazorati va yengillishtirish uchun kislorod yetkazib berishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Tirishishlar nazoratli bo‘lganidan so‘ng va o‘pka adekvat ventilyatsiyasi ta'minlangandan so‘ng, odatda boshqa davolash muolajalarini tavsiya qilishga ehtiyoj yo‘q.
Yurak-qon tomir funktsiyasi susaygan hollarda (arterial gipotenziya, bradikardiya) vena ichiga vazopressor vositalar, inotroplar va/yoki lipid emulsiyali suyuqliklar yuborib tegishlicha davolash masalasini ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Bolalarda toksiklik belgilarini davolashda ularning tana vazni va yoshiga mos dozalarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Agar qon aylanishi to‘xtab qolsa zudlik bilan o‘pka-yurak reanimatsiyasi o‘tkazish choralarini boshlash kerak. Oksigenatsiya, ventilyatsiyani va qon aylanishini keraklicha darajada tutib turish, hamda atsidozni davolash hayot uchun muhim ahamiyatga ega.
Bupivakainni qo‘llash bilan chaqirilgan yurak to‘xtashi elektrik defibrillyatsiyaga turg‘un bo‘lishi mumkin, shuning uchun reanimatsion chora tadbirilarni o‘tkazishni uzoq vakt davomida faol davom ettirish zarur.
Epidural anesteziya vaqtida nafas paralichi va arterial gipotenziyani rivojlanishigaolib keluvchi keng qamrovli yoki to‘liq orqa miya blokadasi yuzaga kelganda, nafas yo‘llarini erkin o‘tkazuvchanligini ta'minlash va tutib turish, o‘pka ventilyatsiyasini yengillashtirish uchun yoki nazorati uchun kislorod yetkazib berish yo‘li bilan davolash kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bupivakainni epidural anesteziya yoki periferik nervlar blokadasi uchun qo‘llanilgan vaqtda yurakning to‘xtab qolganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Ba'zi hollarda reanimatsiya asoratli bo‘lgan va bemor tomonidan musbat javobga erishguncha qo‘shimcha uzoq davom etuvchi reanimatsion chora tadbirlar o‘tkazishni talab etgan. Shunga qaramasdan, ba'zi hollarda yaqqol adekvat tayyorlanishlarga va tegishli terapiyaga qaramay reanimatsiya qilishni imkoni bo‘lmagan.
Boshqa mahalliy anestetiklar kabi, bupivakain ham, preparat mahalliy anesteziya o‘tkazish maqsadida qo‘llanilganda, preparatni qonda yuqori kontsentratsiyasini yuzaga kelishiga olib kelingan hollarda markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimi tomonidan o‘tkir toksik ta'sirlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu xususan preparatni tasodifan tomir ichiga yuborilganda yoki kuchli tomirlangan sohalarga in'ektsiya qilingan hollarga tegishli. Qorinchalar aritmiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi, to‘satdan yurak-qon tomir yetishmovchiligi holatlari va letal holatlar bupivakainning yuqori tizimli kontsentratsiyasi bilan bog‘liqligi qayd etilgan.
Mahalliy yoki umumiy anesteziya o‘tkazishda mos holda reanimatsiya jihozlari qo‘l ostida bo‘lishi lozim.
Ma'sul vrach preparatni tomir ichiga kiritilishidan qochish uchun hamma zarur chora tadbirlarniqo‘llashi lozim. (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limiga qarang).
Har qanday blokada qiluvchi anesteziyani o‘tkazishdan oldin, reanimatsion chora tadbirlarni o‘tkazish maqsadida dori vositalarini vena ichiga yuborish uchun kirishni ta'minlash kerak.
Muolajani o‘tqazish uchun vrachlar yetarli va mos darajadagi malakaga ega bo‘lishlari kerak va nojo‘ya ta'sirlarni davolash va diagonstikasi, tizimli toksikligi yoki boshqa asoratlari bilan tanishgan bo‘lishlari zarur (“
Dozani oshirib yuborilishi
”va “Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang).
Kuchli tomirlangan sohalarda, katta tomirlar atrofida, tomir ichiga yuborilishi va/yoki tizimli absorbtsiyasi xavfi yuqori bo‘lgan, katta periferik nervlarni blokadasi uchun katta miqdordagi mahalliy anestetiklarni qo‘llanilishi talab qilinishi mumkin. Bu qon plazmasida preparatni yuqori kontsentratsiyasiga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborish yoki preparatni tasodifan vena tomiri ichiga yuborish toksik reaktsiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Bupivakain gidroxlorid sekin to‘planishi sababli takroriy dozani yuborish preparat miqdorini har galgi takroriy dozasiga mos ravishda oshib borishiga olib kelishi mumkin. Preparatni ko‘tara olish bemorning holati bilan bir vaqtda o‘zgaradi.
Regionar anesteziya, anesteziya o‘tkazish usullaridan optimal hisoblanadi, ba'zi patsiyentlarda nojo‘ya ta'sirlari xavfini kamaytirish uchun alohida e'tibor talab etiladi
• Keksa yoshdagi bemorlar va sog‘ligi umumiy kuchsizlangan bemorlarda ularning jismoniy holatiga mos ravishda preparat dozasini kamaytirish zarur.
• Yuragida qisman yoki to‘liq blokadasi bor bo‘lgan bemorlar- mahalliy anestetiklar miokard o‘tkazuvchanligini susaytirishi mumkinligi sababli;
• Jigarning zo‘rayib boruvchi kasalliklari bor yoki og‘ir buyrak disfunktsiyasi bo‘lgan bemorlar;
• Homiladorlikning oxirgi bosqichidagi bemorlar;
• ІІІ sinf antiaritmik vositalar (masalan amiodaron) qabul qilayotgan bemorlar qat'iy shaxs nazorati ostida bo‘lishi kerak, hamda preparatlarning kardiologik samarasi additiv bo‘lishi mumkinligi sababli EKG-nazorat o‘tkazilishi kerak.
Efir tipidagi mahalliy anestetiklarga (prokain, tetrakain, benzokain va b.) allergik reaktsiyasi bor bemorlarda bupivakainga uxshash amid tipidagi preparatlarga kesishgan sezgirlikni namoyon qilmadi.
Mahalliy og‘riqsizlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan ba'zi muolajalar mahalliy anestetikni qo‘llash tipiga bog‘liq bo‘lmagan jiddiy nojo‘ya ta'sirlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
• Yurak-qon tomir funktsiyasida buzilishlar bo‘lgan bemorlarda mahalliy anestetiklarni epidural anesteziya uchun qo‘llashda ehtiyot bo‘lish kerak, sababi bunday bemorlarda bu preparatlar ta'sirida atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni uzayishi bilan bog‘liq bo‘lgan funktsional o‘zgarishlarni kompensatsiya qilish imkoniyati kam bo‘ladi.
• Markaziy nerv blokadasi o‘tkazish natijasida rivojlanadigan fiziologik samaralar, arterial gipotenziyasi bo‘lganlarda yaqqolroq ifodalanadi. Gipovolemiyasi bo‘lgan bemorlarda epidural anesteziya o‘tqazayotgan vaqtda, har qanday sababga ko‘ra kutilmaganda va og‘ir arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Shuning uchun davolanmagan gipovolemiyali yoki venoz qon oqishini sezilarli buzilishlari bor bo‘lgan bemorlarda epidural anesteziya o‘tkazishdan qochish yoki ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.
• Ayrim hollarda retrobulbar in'ektsiyasi bosh suyagidagi subaraxnoidal oraliqqa yetib borishi mumkin va masalan, vaqtinchalik ko‘rlik, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, apnoe va tirishishlar chaqirishi mumkin.
• Mahalliy anestetiklarni retro- va parabulbar in'ektsiya qilish, ko‘z mushaklarining turg‘un disfunktsiyasini rivojlanish xavfini tug‘dirishi mumkin. Yuborilgan mahalliy anestetikning toksik ta'siri rivojlanishining asosiy sabablari nervlarning travmatik shikastlanishi va/yoki mushak va nervlarga mahalliy toksik ta'siri hisoblanadi.
• Bunday to‘qima reaktsiyalari og‘irligi travmani darajasi, mahalliy anestetikning kontsentratsiyasi va mahalliy anestetikning to‘qimaga ta'sirini davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababdan boshqa mahalliy anestetiklar kabi, mahalliy anestetikning eng kam samarador kontsentratsiyasini va dozasini qo‘llash zarur.
• Tomirni toraytiruvchi dori vositalari to‘qimalar reaktsiyasini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun ko‘rsatma bo‘lsagina qo‘llash kerak.
• Mahalliy anestetikni tasodifan kam miqdorda bosh va bo‘yin sohalariga, jumladan retrobulbar sohalarga, stomatologik blokadalarda va yulduzsimon tugun blokadalarida arteriya ichiga tushishi tizimli toksiklik rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
• Paratservikal blokada akusherlikda qo‘llaniladigan boshqa blokadali anesteziyalarga qaraganda xomilaga ko‘proq negativ ta'siri ko‘proq bo‘lishi mumkin. Bupivakainni tizimli toksikligi sababli bupivakainni paratservikal blokada uchun qo‘llanilganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi.
• Qayd etilgandan keyingi davrda jarrohlik aralashuvlardan keyin mahalliy anestetiklarni bo‘g‘im ichiga davomli infuziyasini qabul qilayotgan patsiyentlarda xondroliz holatlari haqida xabar berilgan. Ta'sir mexanizmi bo‘yicha ko‘pgina hollarda xondroliz yelka bo‘g‘imini shikastlaganligi haqida xabar berilgan. Ko‘pchilik etiologik omillar va ilmiy adabiyotlarning qarama-qarshiligini hisobga olgan holda ta'sir mexanizmining sabab-oqibati aniqlanmagan. Uzoq muddatli bo‘g‘im ichiga infuziyalar o‘tkazish longokain preparatini qo‘llash uchun ma'kullangan ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi.
Har qanday mahalliy anestetiklar bilan epidural anesteziya o‘tkazilayotganda arterial gipotenziya va bradikardiya rivojlanishi mumkin, ularni oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarini qo‘llash, ya'ni qon tomir tizimiga kolloid va kristalloid eritmalarni yuborishmaqsadga muvofiqdir. Arterial bosim pasaygan hollarda zudlik bilan 5-10 mg Efedrinni yuborish, zaruriyat tug‘ilganda takrorlash zarur. Qon ketish yoki suvsizlanish, yoki massiv astsitli bemorlarda aorta –kovak okklyuziyasi, katta bo‘shliqlar katta o‘smalari, homiladorlikning oxirgi muddatlaridagi gipovolemiyalarda og‘ir arterial gipotenziya yuzaga kelishi mumkin. Yurak dekompensatsiyasi bo‘lgan bemorlarda sezilarli arterial gipotenziyadan qochish kerak.
Gipovolemiyasi bor bemorlarda epidural anesteziya o‘tqazish vaktida har qandaysabablarga ko‘ra kutilmagan va og‘ir gipotenziya rivojlanishi mumkin. Epidural anesteziya qovurg‘alararo mushaklar falajini chaqirishi mumkin, plevraga suv yig‘ilgan bemorlar nafas yetishmovchiligidan qiynalishlari mumkin. Sepsis jarrohlik amaliyotidan keyingi intraspinal abstsess hosil bo‘lish xavfini oshiradi.
Yaqin orada bo‘g‘im ichi katta shikastlanish olganligiga shubha bo‘lsa yoki bo‘g‘imda jarrohlik amaliyotidan hosil bo‘lgan ochiq katta yuzalar bo‘lsa bupivakainni bo‘g‘im ichiga in'ektsiya yo‘li bilan yuborishda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki bu absorbtsiyani kuchaytirishi va qon plazmasida preparatning yuqori kontsentratsiyasini paydo bo‘lishiga olib keladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Odamlarda homiladorlikni kechishiga nojo‘ya ta'sirlari haqida dalillar yo‘q, ammo, Longokainni homiladorlikning erta davrlarida foyda xavfdan ustun bo‘lgan hollardan boshqa paytlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Paratservikal blokada o‘tkazilgan hollarda, mahalliy anestetiklar qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan homilada nojo‘ya ta'sirlar (bradikardiya kabi) yuzaga kelishi xavfi ko‘proq. Bu samaralar antiseptiklarning homilaga yetib boruvchi yuqori kontsentratsiyasi bilan tavsiflanadi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang). Bupivakain ko‘krak sutiga juda kam miqdorda o‘tgani uchun, bu preparatni terapevtik dozada qo‘llanilganda bolaga ta'sir qilish xavfi yuq.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Longokain avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga minimal ta'sir qiladi. Anestetiklarni bevosita ta'siridan tashqari mahalliy anestetiklar MAT ga yaqqol toksik ta'siri bo‘lmagan hollarida ham psixik faoliyatga va harakat koordinatsiyalariga juda kam ta'sir qilishi mumkin, bu esa vaqtincha harakat faolligi va diqqatni yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy anestetiklarni Qon tomiri ichiga tasodifiy in'ektsiyasi tezkor (bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha) tizimli toksik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Dozani oshirib yuborgan hollarda tizimli toksiklik kechroq (in'ektsiyadan 15-60daqiqadan so‘ng), qonda mahalliy anestetikni sekin astalik bilan kontsentratsiyasini oshib borishi bilanyuzaga keladi (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang).
Chiqarilish shakli
5 ml dan ampulalarda №10 qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin! Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
MChJ «Yuriya-Farm»
18030, Ukraina, Cherkass sh., Verboyevetsk ko‘ch., 108. Tel. (0472) 43-23-75.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Toshkent shaxri, Mirobod tumani, Nukus kucha 71 uy.
tel. 78 150 71 00
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.