Anemiyaga qarshi dori vositalari: kamqonlikka qarshi zamonaviy dorilar qanday ta’sir qiladi
Organizmni zarur mikro- va makroelementlar, ayniqsa, temir bilan ta’minlashga mo‘ljallangan dori vositalari anemiyaga qarshi preparatlar deb ataladi.
Anemiyani davolash uchun dori vositalarining asosiy komponentlari
Anemiyaga qarshi dorilarning asosiy tarkibiga odatda quyidagilar kiradi:
-
uch valentli temir ioni;
-
temir qand moddasi;
-
foliy kislotasi;
-
temir sulfat;
-
vitamin K;
-
temir fumarati
Klassifikatsiya
Kamqonlikni davolaydigan dorilar kimyoviy tuzilishi va yuborish usuliga qarab tasniflanadi. Birinchi holda ular temir tuzlari, uch valentli temirning qandlar va oqsillar kompleksi, kombinatsiyalangan preparatlarga bo‘linadi. Ikkinchi tasnif dorilarni ikki guruhga ajratishni nazarda tutadi:-
Ichiladigan
-
Parenteral yuboriladigan.
Anemiyaga qarshi preparatlarning inson organizmiga ta’siri
Anemiyaga qarshi preparatlarni profilaktik qabul qilish:
- temir tanqisligining oldini olish uchun;
- homiladorlikning ikkinchi yarmidagi homilador uchun;
- surunkali qon yo‘qotishga ducho bo’lganlar uchun (hayz davridagi ayollar, muntazam ravishda qon topshiradigan donorlar va h.k.);
- stomatologiyada: ko‘p sonli kariyesni kompleks davolash va uning oldini olish uchun.
- temir tanqisligi bo‘lgan bemorlarga;
- eritrotsitlar sinteziga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan pernitsioz anemiya bilan og‘rigan bemorlarga.
Anemiyaga qarshi dori vositalari qanday tanlanadi?
Mos keladigan preparatlarni tayinlash shifokor tomonidan organizmning xususiyatlariga, tashxisiga va yondosh kasalliklar mavjudligiga qarab amalga oshiriladi. Kamqonlikkga qarshi dorilarni to‘g‘ri va qulay tanlash uchun ular tabletkalar, ampulalar, kapsulalar va eritmalar shaklida ishlab chiqariladi.
Toshkent dorixonalarida anemiyaga qarshi preparatlar
Pharmaclick.uz internet-dorixonasi Toshkentdagi dorixonalar orasida kamqonlikka qarshi dorilarni keng assortimentda va eng yaxshi narxlarda taklif etadi. Saytimiz kerakli dorilarni topish va xarid qilishni osonlashtirishga yordam beradi. Qulaylik uchun biz tovarlarni shahar bo‘ylab tez yetkazib berishni taklif qilamiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.