Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ferkayl ampula 100mg/2ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Соли железа
Страна производитель
Бельгия
Дозировка
100 мг/2 мл
Производитель
Laboratories STEROP s.a
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- 5 kg gacha bo‘lgan bolalar
- 5 kg dan 10 kg gacha bo‘lgan bolalar
- Kattalar
Preparatning savdo nomi
Ferkayl
Ta'sir etuvchi modda (MNN) temir dekstrani
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
faol modda 100 mg temirga (Fe III) ekvivalent temir dekstrani.;
yordamchi moddalar natriy xloridi NaCL, in'ektsiya uchun suv - 2 ml
Ta'rifi jigarrang rangli, cho‘kmasiz va ko‘rinarli mexanik kiritmalarsiz, qovushqoq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
anemiyaga qarshi vositalar, temir preparati
ATX kodi B03AC02.
Farmakologik xususiyatlari
Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng temir, temir (III) dekstrani kompleksidan faol ingrediyent ko‘rinishida asosan jigar tomonidan so‘riladi. U yerda gemoglobin, mioglobin va temir saqlovchi fermentlarning tarkibiga kiradi, shuningdek organizmda ferritin ko‘rinishida zahiralanadi. Temir parenteral yuborilganida qonning ko‘rsatkichlari tomonidan javob reaktsiyasi, ular samarali bo‘lgan bemorlarda temir tuzlari og‘iz orqali yuborilgandagiga qaraganda tezroq kuzatilmaydi. Temirning boshqa preparatlari kabi Ferkayl ampulalarda eritropoezga ta'sir ko‘rsatmaydi va temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalarda samarasiz.
Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng kompleks limfa tizimi orqali qon oqimiga tushadi. In'ektsiya qilinganidan so‘ng, temirning maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 24 soatdan keyin erishiladi. Makromolekulyar kompleks plazmadan retikulo-entelial tizimga o‘tadi, u yerda temir va dekstranga parchalanadi. Qon oqimida temir transferrin bilan bog‘lanadi, to‘qimalarda ferritinning tarkibida saqlanadi, suyak ko‘migida gemoglobinga kiradi va eritropoez jarayonida ishlatiladi. Temirning ko‘p bo‘lmagan miqdorigina organizmdan chiqariladi. Biologik yarim chiqarilish davri – 3-4 sutkani tashkil etadi.
Temir tanqisligi bo‘lgan bemorlarda preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Temirni protoporfiringa qo‘shilishi temir tanqisligi anemiyasining og‘irlik darajasiga bog‘liqligi yaxshi ma'lum. U gemoglobinning darajasi pasaygan holda jadalroq bo‘ladi va gemoglobinning darajasi normallashishi bilan kamayadi.
Qo‘llanilishi
Kattalar
va bolalardagi (4 oylikdan boshlab bolalar), homiladorlar (II-III uchoyligi) turli sababli temir yetishmovchiligi anemiyalarni davolash va oldini olish.
Homiladorlik, laktatsiya, donorlik, faol o‘sish davrida organizmning temirga bo‘lgan yuqori ehtiyoji.
Og‘iz orqali qo‘llash uchun temirni o‘zlashtiraolmaslik.
Temirni og‘iz orqali qo‘llashni samarasizligi yoki mumkin emasligi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga yuborish uchun eritma.
Ferkayl eritmasi faqat mushak ichiga yuboriladi! Ferkaylning davolovchi dozasini birinchi marta yuborishdan oldin mushak ichiga sinama o‘tkazish kerak kattalarga Ferkaylning ¼ dan ½ gacha dozasi (25 mg dan 50 mg gacha temir), bolalarga sutkalik dozaning yarmi yuboriladi. Yuborilganidan so‘ng 15 minut davomida nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lmaganida preparatning boshlang‘ich dozasini qolgan qismini yuborish mumkin. Anafilaktik shok rivojlanganida yordam ko‘rsatish uchun barcha kerakli vositalar bo‘lishi kerak.
Dozani hisoblash
Preparatning dozasi shaxsiy ravishda hisoblanadi va quyidagi formula bo‘yicha temirning umumiy tanqisligiga muvofiq moslashtiriladi
Temirning umumiy tanqisligi (mg) = tana vazni (kg) × (Hb ning normal darajasi – bemorning Hb ni darajasi) (g/l × 0,24* + temirning zahirasi (mg)).
Tana vazni 35 kg dan kam bo‘lganida normal Hb = 130 g/l, temir zahirasi = 15 mg/kg tana vazniga mos keladi.
Tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lganida Hb ning normal darajasi = 150 g/l, temir zahirasi = 500 mg mos keladi.
* 0,24 omili = 0,0034×0,07×1000 (gemoglobindagi temirning miqdori = 0,34%, qonning hajmi = tana vazning 7%, 1000 omili = g dan mg ga o‘tish)
Yuborish uchun ampulalarning umumiy soni = temirning umumiy tanqisligi (mg) 100 mg
Tana vazni va gemoglobinning darajasiga nisbatan bir bemor uchun preparatning umumiy ampulalar sonini hisoblash jadvali
Tana vazni, kgDavolash kursi uchun Ferkayl ampulalarining umumiy soni
Hb=60 g/lHb=75 g/lHb=90 g/lHb=150 g/l
51,51,51,51,0
103,03,02,52,0
155,04,53,53,0
206,55,55,04,0
258,07,06,05,5
309,58,57,56,5
3512,511,510,09,0
4013,512,011,09,5
4515,013,011,510,0
5016,014,012,010,5
5517,015,013,011,0
6018,016,013,511,5
6519,016,514,512,0
7020,017,515,012,5
7521,018,516,013,0
8022,519,516,513,5
8523,520,517,014,0
9024,521,518,014,5
Agar kerakli doza maksimal sutkalik dozadan yuqori bo‘lsa, preparatni bo‘lib-bo‘lib yuborish kerak.
Dozalash
Kattalar
har kuni 1 ampuladan (2,0 ml = 100 mg temir)
Bolalar dozasi tana vazniga qarab aniqlanadi.
Yo‘l qo‘yiladigan maksimal sutkalik dozalari
5 kg gacha bo‘lgan bolalar
ampulaning 1/4 qismi (0,5 ml=25 mg temir)
5 kg dan 10 kg gacha bo‘lgan bolalar
ampulaning 1/2 qismi (1,0 ml=50 mg temir)
Kattalar
2 ampula (4,0 ml = 200 mg temir)
Agar 1–2 haftadan keyin gematologik parametrlar tomonidan javob reaktsiyasi kuzatilmasa (masalan, Hb ning darajasi kuniga taxminan 0,1 g/dl ga oshsa), birlamchi qo‘yilgan tashxisni ko‘rib chiqish kerak. Davolash kursi uchun preparatning umumiy dozasi ampulalarning hisoblangan miqdoridan oshmasligi kerak.
In'ektsiya texnikasi
In'ektsiya texnikasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Preparatni noto‘g‘ri yuborish natijasida in'ektsiya joyida og‘riq va terini bo‘yalishi paydo bo‘lishi mumkin. Quyida umumiy qabul qilingan – katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga yuborish o‘rniga ventro-dumbaga tavsiya qilingan in'ektsiya usuli ta'riflangan
a.Ignaning uzunligi 5-6 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. ignaning teshigi juda keng bo‘lmasligi kerak. Bolalar, shuningdek tana vazni katta bo‘lmagan kattalar uchun, ignalar qisqaroq va yo‘g‘onroq bo‘lishi kerak.
b.Hochstetter tavsiyalariga muvofiq, in'ektsiya joyi quyidagicha aniqlanadi umurtqa pog‘onasining yo‘li bo‘yicha bel-yonbosh birikmasiga mos keluvchi sathida A nuqtani belgilang. Agar bemor o‘ng yonboshida yotgan bo‘lsa, chap qo‘lning o‘rta barmog‘ini A nuqtaga qo‘ying. O‘rta barmoqdan ko‘rsatgich barmoqni shundoq qo‘yingki, u yonbosh toji chizig‘i ostidagi V nuqtada bo‘lsin. Proksimal falanglar, o‘rta va ko‘rsatgich barmoq orasida joylashgan uchburchak in'ektsiya joyi bo‘ladi.
c.Instrumentlar odatdagi usulda dezinfektsiyalanadi.
d.Ignani kiritishdan oldin, igna chiqarilganidan keyin teshilish kanalini yaxshi bekilishi uchun terini taxminan 2 sm ga suring. Bu kiritilgan eritmani teri osti to‘qimalariga kirishi va terining bo‘yalishini oldini oladi.
e.Ignani son bo‘g‘imi nuqtasiga qaraganda yonbosh birikmasi nuqtasiga katta burchak ostida teri yuzasiga nisbatan vertikal joylashtiring.
f.In'ektsiyadan keyin darhol ignani chiqaring va taxminan 5 minut davomida in'ektsiya joyi yonidagi teri sohasini barmoq bilan bosing.
g.In'ektsiyadan keyin bemor harakatlanishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kamdan-kam hollarda teri toshmasi va qichishish, ko‘rinishidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik, kam bo‘g‘imlarda og‘riqlar, noma'lum kelib chiqishga ega mushak og‘rig‘i va qizish.
Bunday og‘riq in'ektsiyadan keyin bir necha soatdan to bir necha kunlar davrida paydo bo‘lishi mumkin va oddiy og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan davolanadi.
Revmatik artriti bo‘lgan patsiyentlarda bo‘g‘im simptomlarining yomonlashishi mumkin. Ba'zida ko‘ngil aynashi, va og‘izda qisqa muddatli metall ma'zasi, arterial bosimni tushishi mumkin.
Yuborish texnikasi noto‘g‘ri bo‘lganida – teri qoplamalarini bo‘yalishi, in'ektsiya joyida og‘riq bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Og‘ir jigar yetishmovchiligi
• O‘tkir buyrak yetishmovchiligi
• Vositaga ma'lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik va zo‘rayish bosqichidagi astmatik yoki allergik holatlar.
• Revmatoid artrit.
Mutloq qo‘llash mumkin bo‘lmagan holat temir yetishmovchiligi chaqirmagan anemiyalar.
Organizmda temirni ko‘payib ketishi yoki uning utilizatsiyasini buzilishi (gemosideroz yoki gemoxromatoz).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa barcha temir preparatlari kabi, Ferkayl ampulalarini og‘iz orqali qabul qilinadigan temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki me'da-ichak yo‘llaridan temir saqlovchi preparatlarning so‘rilishi kamayadi. Shuning uchun og‘iz orqali qabul qilinadigan temir saqlovchi preparatlar bilan davolashni oxirgi in'ektsiya qilinganidan so‘ng kamida 1 haftadan keyin boshlash kerak.
AAF ingibitorlari (masalan, enalapril) bilan bir vaqtda qabul qilish parenteral temir preparatlarini tizimli samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ishlatishdan oldin, ampulada cho‘kma va shikastlanish borligi yuzasidan ampulani ko‘rish kerak. Cho‘kmasiz va shikastlarsiz ampulani ishlatish mumkin. Ferkaylning ampulasi ochilganidan so‘ng darhol yuborish kerak. Ferkaylning ampulalarini boshqa davolovchi preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas. Allergik reaktsiyalarning yaqqolligi o‘rtacha bo‘lgan holda antigistamin preparatlar buyurish kerak; og‘ir anafilaktik reaktsiya rivojlanganida, darhol adrenalin yuborish kerak. Yurak-o‘pka reanimatsiyasiga vositalar tayyor bo‘lishi kerak. Allergiyasi, shuningdek jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparat yuborilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda rivojlanuvchi nojo‘ya samaralari asosiy kasallikning kechishini yomonlashtirishi mumkin.
Bronxial astma yoki zardobning temirni bog‘lab olish xususiyati past bo‘lgan va/yoki folat kislota yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar allergik yoki anafilaktik reaktsiyalarning rivojlanishini xavfi yuqori bo‘lgan guruhga kiradilar.
Bolalarda temirning parenteral preparatlari infektsion jarayonni kechishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida preparat faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha, qo‘llashdan kutilgan samara, homila uchun mumkin xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina buyuriladi.
Temir (III) dekstrani uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda, o‘zgarmagan holda ko‘krak suti bilan chiqarilishi tufayli, laktatsiya davrida buyurilganida ehtiyot bo‘lish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Temir preparatlarining dozasini oshirib yuborilishi o‘tkir asoratlarga va gemosiderozga olib kelishi mumkin. Temir tanqisligi kabi anemiyalarga noto‘g‘ri tashxis qo‘yish organizmda temirning miqdorini oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Doza oshirib yuborilgan holda davolash simptomatik, temirning spetsifik antidoti deferoksamin, xelat modda hisoblanadi.
Davolash
Ferkaylni qo‘llash o‘tkir intoksikatsiya chaqirmaydi, ammo gemoglobin kontsentratsiyasini tiklash va temir deposini to‘ldirish uchun keragidan ko‘p miqdorini ishlatish, qonda temir miqdorini juda ham oshirib yuborishi mumkin. Xususan, agar vosita temir yetishmovchiligi chaqirmagan patsiyentlarga buyurilsa, xavfi kattaroq bo‘ladi. Buni oldini olish uchun plazmada temirning miqdorini muntazam aniqlash tavsiya etiladi.
Zaharga qarshi vosita Zarurati bo‘lganida diferoksaminni (deforoxamine) vena ichiga yoki mushak ichiga asta-sekin yuborish buyuriladi.
Chiqarilish shakli
2 ml dan in'ektsiya uchun eritma jigarrang shishadan o‘yig‘i bor ampulalarda. 5 ampuladan blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
10 ampuladan blisterda. 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan past xona haroratida, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Faqat shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Laboratories STEROP s.a., Avenue de Scheut 46-50, B-1070 Brussels-BELGLUM.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.