Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Feromaks kaps. №30
Nomi | Narx | |||||
Феромакс капс. №30 (FOOO92301##1974) |
UZS 61 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Феромакс капс. №30 (FOOO92302##2 139) |
UZS 61 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Железа сульфат, витамин В9, сульфат цинка
Страна производитель
Индия
Производитель
Saga Laboratories Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
- Faol moddalar
Preparatning savdo nomi
Feromaks
Dori shakli
kapsula
Tarkibi
Faol moddalar
Elementar temirga ekvivalent
karbonil temiri100 mg
Rux sulfati monogidrati AQSh.F. 61,8 mg
(22,5 mg elementar ruxga ekvivalent)
Folat kislotasi BF1 mg
Ta'rifi to‘q jigarrang, sariq-zarg‘aldoq va oq rangdagi rangli granulalar bilan to‘ldirilgan qizil qopqoqcha va tiniq korpusdan tashkil topgan kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
anemiyaga qarshi vosita.
ATX kodi V03AA
Farmakologik xususiyatlari
Feromaks preparatining farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning ta'siriga bog‘liq.
Temir
Temir, gemoglobinning tarkibiy qismi sifatida kislorodni tashilishida muhim rol o‘ynaydi. U shuningdek mioglobinda va jigarda ham saqlanadi. Temir tanqisligi anemiyaga olib keladi.
Folat kislotasi
Folat kislotasi organizmda tetragidrofolatga kislotasigacha tiklanadi, u turli metabolik jarayonlarda, shu jumladan purin va pirimidin nukleotidlarni sintezida va binobarin, DNK sintezida o‘rin tutuvchi kofermentlardan biri bo‘lib hisoblanadi. U shuningdek ayrim aminokislotalarni hosil bo‘lishida va formiatni shakllanishida va ishlatilishida ishtirok etadi. Folat kislotasining tanqisligi megaloblast anemiyaga olib keladi.
Rux (rux sulfat)
Rux ko‘pchilik fermentlarning tarkibiga kirishi tufayli, organizm uchun juda zarur hisoblanadi. Rux me'da osti bezida insulinni ajralib chiqishida ishtirok etadi. Rux DNK sintezida va hujayrani bo‘linishida muhim rol o‘ynaydi. Aniqlangan tanqislik jinsiy yetilishni kechikishiga va gipogonadimik pakanalikka sabab bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
- surunkali qon yo‘qotish fonida (me'dadan qon ketishlar, ichakdan qon ketishlari, qovuqdan qon ketishi, gemorroidal tugunlardan qon ketishi, meno- va metrorragidlar), shuningdek surunkali alkogolizm, infektsion kasalliklar, tirishishga qarshi vositalarni va peroral kontratseptivlarni qabul qilish fonida yuz beradigan temir, folat kislotasini birgalikdagi tanqisligi oqibatida anemiyalarni davolash;
- homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida yuz beradigan anemiyalarni davolash;
- homiladorlikning II va III uch oyligida, tug‘ruqdan keyingi davrda, laktatsiya davrida temir va folat kislotasining tanqisligini oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Anemiyali patsiyentlarda 1-2 kapsuladan sutkada bir marta 3 oy davomida (anemiyaning og‘irligiga qarab).
Yashirin temir tanqisligi bo‘lgan patsiyentlar 1 kapsuladan sutkada bir marta 3-4 hafta davomida.
Homiladorlar 14 haftadan boshlab bir kapsuladan sutkada bir marta ikki hafta davomida (haftalik tanaffus bilan), keyin preparatni tug‘ruqqacha qabul qilishni takrorlaydi (ikki hafta qabul qilinadi bir hafta tanaffus).
Ayollar laktatsiya davrida bir kapsuladan sutkada bir marta qabul qilish lozim.
Ayollar hayz ko‘rish vaqtida sutkada bir kapsuladan hayz ko‘rishdan ikki hafta oldin, sikl vaqtida va sikl tugagandan keyin ikki hafta davomida. Preparatni qabul qilishning umumiy davomiyligi, shu jumladan hayz siklida o‘n kundan oshmasligi kerak.
Jadal jismoniy yuklamalari bo‘lgan odamlarga va “Beri-Beri” tashxisi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni sutkada 1-2 kapsuladan qabul qilish tavsiya etiladi. Preparat ichga ovqat vaqtida yoki ovqatdan anish vaqtida yoki ovqatdan keyin yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi
Nojo‘ya ta'sirlari
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani anoreksiyagacha pasayishi, qabziyat, diareya, gastralgiya, ichak sanchig‘i, kekirish, allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Organizmda temir miqdorini oshishi (gemosideroz, gemoxromatoz), temirni ishlatilishini buzilishini (aplastik anemiya), surunkali jigar va buyrak kasalliklari, surunkali yallig‘lanish kasalliklari, nazorat qilinmaydigan gipertenziya, preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antatsidlar bilan yondosh davolash temirni so‘rilishini kamaytiradi. Temir va tetratsiklinlar birga qo‘llanganida preparatni so‘rilishini sezilarli pasayishi yuz beradi, bu davolanish samaradorligini pasayishiga olib keladi.
Parallel qo‘llash ftorxinolinlarni levodopani, karbidopani tiroksinni va bisfosfonatlar samaradorligini pasaytirishi mumkin. Temir komplekslarni hosil bo‘lishi sababli penitsillinaminni so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Tirishishga qarshi preparatlarni zardobdagi kontsentratsiyasini folat kislotasi orqali kamayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat temir va folat kislotasi tanqisligi bilan bog‘liq anemiyalarda samarali, ammo boshqa etiologiyali anemiyalarda samarasiz. Preparatni buyurishdan oldin laboratoriya tahlillariga asoslanib bemorda temir tanqisligini tasdiqlash lozim. Boshqa temir saqlovchi preparatlarni birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Temir saqlovchi preparatlar qo‘llanganida ahlatni qora rangga bo‘yalishi mumkin bo‘lib, u klinik ahamiyatga ega emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Bu mahsulotni homilador ayollarda qo‘llanganda homilada buzilish chaqirishi yoki reproduktiv qobiliyatga ta'sir qilishi mumkinligi noma'lum. Preparatni homilador ayollarda faqat juda zarur bo‘lganida qo‘llash kerak.
Preparatni ko‘krak sutiga kirishi noma'lum. Chunki ko‘pchilik preparatlar ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun bu mahsulotni emizikli onalarga qo‘llanganda ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Feromaks kapsulalari bilan davolanganda dozani oshirib yuborilishini bironta hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan. Agar temir dozasini oshirib yuborilishiga shubha bo‘lsa, u holda simptomlar o‘z ichiga ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorin og‘rig‘i, qonli qusiq, ichakdan qon ketishlar, lanjlik va tomir yetishmovchiligini oladi. Giperglikemiya va metabolik atsidoz ham kuzatilishi mumkin. Davolashni darhol amalga oshirish kerak. Og‘ir holatlarda, yashirin fazadan so‘ng qaytallanish 24-48 soatdan so‘ng yuz berishi mumkin bo‘lib u koma, gipotenziya va gepatotsellyular nekroz va buyrak yetishmovchiligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Davolash.
Preparatni keyingi so‘rilishini kamaytirish yoki bartaraf qilish uchun quyidagi harakatlar tavsiya qilinadi
1. Qusish uchun vositalarni yuborish.
2. Me'dani yuvish me'daga tushib bo‘lgan preparatlarni chiqarib tashlash uchun kerakli bo‘lishi mumkin. Buni deferroksamin (2 g/l) eritmasini ishlatgan holda o‘tkazish kerak. Deferroksaminni (5 g ni 50-100 ml suvda) me'da tozalangandan keyin yuborish kerak. Bemorni qusiq massalari bilan mumkin bo‘lgan aspiratsiyani aniqlash uchun muntazam kuzatuv ostida, zarur bo‘lganda nafas apparatini kislorod apparati yordamida tutib turish kerak.
3. Mannitol yoki sorbitol eritmasini me'dani tozalanishini chaqirishi uchun berish kerak.
4. Og‘ir zaharlanish shok va/yoki temirni zardobdagi yuqori darajasi (> 142 mkmal/l) bilan bo‘lgan koma bo‘lganida darhol hayotiy faoliyatni tutib turish uchun choralarini qo‘llash va deferroksaminni vena ichiga quyish kerak. Deferroksaminni tavsiya qilinadigan dozasi eritmani vena ichiga maksimal 24 soatda 80 mg/kg gacha sekin yuborilganda soatiga 5 mg/kg ni tashkil qiladi. Diqqat Agar infuziya tezligi haddan ziyod yuqori bo‘lsa, gipoteniya paydo bo‘lishi mumkin.
5. Unchalik og‘ir bo‘lmagan zaharlanishlar deferroksaminni 50 mg/kg mushak ichiga yuborish, (maksimal doza 4 g)
6. Zardobdagi temir darajasini nazorat qilish lozim.
7. Suv yoki elektrolit muvozanatini buzilishini tiklash uchun har qanday suyuqliklarni qabul qilish kerak.
Folat kislota odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Me'da ichak buzilishlari paydo bo‘lishi mumkin. Kam allergik reaktsiyalar qayd qilinadi.
Chiqarilish shakli
15 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda (blisterda).
2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda. 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 18 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Saga Laboratories, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.