Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Volfuran tab. qobiq bilan qoplangan 0,2 g dan №14
Nomi | Narx | |||||
Вольфуран таб. п/о по 0,2г №14 (240301##2 234) |
UZS 103 200
UZS 107 600
-4%
Экономия UZS 4 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Вольфуран таб. п/о по 0,2г №14 (240301##2 303) |
UZS 103 200
UZS 107 600
-4%
Экономия UZS 4 400
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Вольфуран таб. п/о по 0,2г №14 (231201##2 347) |
UZS 105 500
UZS 109 900
-4%
Экономия UZS 4 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Вольфуран таб. п/о по 0,2г №14 (231201##2 374) |
UZS 105 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Xitoy
Дозировка
0,2 г
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Nanjing Lifecare Pharmaceutical Co. Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Volfuran®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) nifuratel
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda nifuratel – 0,2 g;
yordamchi moddalar
tabletkaning yadrosi kraxmal – 0,06 g, polietilenglikol 6000 - 0,015 g, talk – 0,005 g, magniy stearati – 0,005 g;
tabletkaning qobig‘i saxaroza – 0,1 g; talk – 0,15 g; emulgatsiyalovchi mum – 0,00014 g.
Ta'rifi ikki tomonlama qavariq, qandli qobiq bilan qoplangan, oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptik va mikroblarga qarshi preparatlar.
ATX kodi G01AX05.
Farmakologik xususiyatlari
Nitrofuran hosilasiga mansub mikroblarga qarshi preparat. Protozoylarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va antibakterial ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakodinamika
si
Preparat past toksiklikka ega.
Nifuratel siydik tanosil infektsiyalarini chaqiruvchi qo‘zg‘atuvchilar (Haemophilus vaginalis, Trichomonas vaginalis, Trichomonas foetus, Candida spp., Chlamydia trachomatis, Micoplasma, Ureaplasma erealyticum) ga nisbatan mikroblarga qarshi, protozoylarga qarshi va zamburug‘larga qarshi keng ta'sir doirasiga ega. Grammusbat i grammanfiy mikroorganizmlar (Pseudomonas aeruginosa, M.pyogenes aureus, E.coli, S.sonnei, S.paratyphy B, S.lutea, B.subtilis, B.cereus var.mycoides, P.vulgaris, K.pneumoniae, S.typhi, M.lisodeikticus, N.catarralis, P.mirabilis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., Citrobacter spp., Shigella spp., S.faecalis, Staphylococci, Staphilococcus epidermidis) ga, ichak amyobiazi va lyambliozining atipik qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan faol; Proteus mirabilis, Proteus vulgaris ga nisbatan kam faollikka ega, qindagi normal rN muhitni saqlagan holda, Lactobacillus acidophilus faolligini susaytirmaydi.
Salmonellyozlar, shigellyozlar va boshqa ichak bakterial infektsiyalarini davolash uchun tanlov preparati hisoblanadi.
Metronidazolga rezistent bo‘lgan Helicobacter pylori shtammlariga nisbatan ayniqsa samaralidir.
Farmakokinetikasi
Preparatni 200 mg dozada qabul qilingandan keyin nifuratelni tez so‘rilishi aniqlangan; qon plazmasidagi kontsentratsiyasi qabul qilingandan so‘ng 2 soatdan keyin 9,48±3,6 mkg/ml ni tashkil qiladi. Nifuratel jigarda va organizmning deyarli barcha to‘qimalarida tez metabolizmga uchraydi, T1/2 2,75±0,8 soatni tashkil qiladi. Nifuratelning taxminan 0,31% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Qolgan qismi metabolit shaklida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Nifuratelga sezgir mikroorganizmlar chiqargan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida
-preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (patogen mikroorganizmlar, kandida, trixomonadalar, bakteriyalar, xlamidiyalar) tomonidan chaqirilgan vulvovaginal infektsiyalar
-siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, piyelonefrit, uretrit, sistit, piyelit
-ichak amyobiazi i lyambliozi
-Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarini surunkali yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni ichga, tavsiyalarga amal qilgan holda qabul qilinadi.
Vaginal infektsiyalar
Kattalar 1 tabletka (200 mg) dan kuniga 3 marta ovqatdan keyin 7 kun davomida (preparatni ikkala jinsiy sherik qabul qilishi kerak.).
Bolalar tavsiya etiladigan doza – tana vazniga 10 mg/kg ni har kuni, 10 kun davomida.
Tavsiya etiladigan doza ikki marta qabul qilishda qo‘llanishi kerak.
Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari
Kattalar kasallikni kechish og‘irligiga qarab, 3-6 tabletka (600-1200 mg) dan har kuni, 7-14 kun davomida.
Bolalar tavsiya etiladigan doza tana vazniga 10-20 mg/kg.
Tavsiya etiladigan doza ikki marta qabul qilishda qo‘llanishi kerak.
Shifokor tavsiyasiga ko‘ra, siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarini davolash uzaytirilishi yoki takrorlanishi mumkin.
Ichak amyobiazi
Kattalar 2 tabletka (400 mg) dan kuniga 3 marta, 10 kun davomida.
Bolalar tavsiya etiladigan doza – tana vazniga 10 mg/kg dozada kuniga 2 marta, 10 kun davomida.
Lyamblioz
Kattalar 2 tabletka (400 mg) dan kuniga 2-3marta, 7 kun davomida.
Bolalar tavsiya etiladigan doza – tana vazniga 15 mg/kg dozada kuniga 2 marta, 10 kun davomida.
Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan MIY infektsiyalari
Kattalar 2 tabletka (400 mg) dan kuniga 2-3 marta, 7 kun davomida.
Bolalar tavsiya etiladigan doza –tana vazniga 15 mg/kg dozada kuniga 2 marta 7 kun davomida.
Nojo‘ya ta'sirlari
Klinik amaliyotda nojo‘ya samaralar juda kam kuzatiladi, quyidagilar bo‘lishi mumkin
ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda achchiq ta'm, diareya, jig‘ildon qaynashi, gastralgiya;
allergik reaktsiyalar terida toshma, qichishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Nifuratelga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nifuratel nistatin bilan birga qo‘llanganda nistatinning zamburug‘larga qarshi ta'sirini kuchaytiradi. Preparatni qabul qilinganda alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davri
Nifuratel yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuning uchun preparatni, faqat kutiladigan terapevtik samara homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qat'iy ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘llash mumkin.
Nifuratel ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun laktatsiya davrida preparat buyurilganda emizishni to‘xtatish masalasini xal qilish kerak.
Dori vositasini avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish holatlari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
14 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Nanjing Lifecare Pharmaceutical Co. Ltd, XXR
Manzili Da Chjo viloyati, Shi Shan Tou rayoni, Szyansu provintsiyasi, Szyuy Jun sh.
O‘rta Osiyodagi rasmiy distribyutor
«Mu Lin Sen» MChJ,
Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi, Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A
http//mulinsen.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.