Antibiotiklar - bu bakteriyalarning halok bo‘lishiga yoki ularning o‘sish faolligini susaytirishga olib keladigan dori vositalari guruhidir.
Organizm patogen mikroorganizmlar ta’siriga moyil bo‘lsa, antibiotiklar bilan davolash maqsadga muvofiqdir. Antibiotiklar viruslar, oddiy va zamburug‘li infeksiyalarga qarshi kurashishga layoqatli emas.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik antibiotiklar bakterial infeksiyalarga qarshi kurasha olmayapti, chunki bakteriyalar ko‘plab antibiotik preparatlarga chidamli bo‘lib qolgan. Ushbu muammoning yechimini topishda olimlar bakteriofag terapiyadan foydalanish haqida tobora ko‘proq o‘ylamoqdalar.
Bakteriofag bakteriya hujayralariga kirib, shu hujayralarda ko‘payishi va ularning batamom erib ketishiga sabab bo‘lishi bilan farqlanadi. U aynan ma’lum turdagi mikroorganizmlarni nisbatan tanlab, o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan bakteriofaglarni qo‘llash antibakterial terapiyaning yaxshi muqobili hisoblanadi.
Qaysi antibiotik va bakteriofag vositalar samaraliroq deb hisoblanadi?
Bakteriofag dori vositalari keng ta’sir doirasiga ega. Tarkibiga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi:
Bakteriofaglar odatda ichiladi. Shilliq qavatlar jarohatlanganda yo’ki yiringli yaralarni davolash maqsadida mahalliy ravishda qo’llaniladi. Bunday bakteriofaglar juda tez qon oqimiga va limfa sistemasiga singib, organizmdan siydik bilan chiqib ketadi.
Bakteriofag preparatlarining asosiy afzalligi ularning plastikligidir va bu omil birlamchi ta’sirga chidamlilikning ta’sirini yetarlicha uzoq vaqt ta’minlaydi. Bakteriya tashuvchanlikdagi depressiv buzilish tufayli immunitetning zaiflashishi natijasida rivojlangan uzoq muddatli yuqumli kasalliklarni davolash uchun ham
bakteriofaglar yuqori samaradorlikni ko’ratadi,
Tibbiy tadqiqotlar va laboratoriya tahlillari bakterial zararlanish mavjudligini ko‘rsatgan taqdirdagina antibiotik dori vositalari buyuriladi. Bolalar uchun antibiotiklar ham, bakteriofaglar ham sinchkovlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan va aniq tashxis qo‘yilgandan keyin tayinlanishi kerak.
Tabiiy sharoitda antibiotiklarning samaradorligi ko‘plab omillarga bog‘liq, jumladan:
-
Organizmning himoya mexanizmlari - bu tabiiy to‘siqlar, nospetsifik va spetsifik immun reaktsiyalardir.
-
Farmakokinetika.
-
Farmakodinamika.
-
Dori vositalarining o‘zaro ta’siri.
Klassifikatsiya
Antibiotik dori vositalari ikki guruhga bo‘linadi: bakteritsid preparatlar va bakteriostatik dori vositalari. Birinchisining ta’siri bakteriyalarni yo‘q qilishga qaratilgan, ikkinchisi “in vitro” bakteriyalar o‘sishini sekinlashtirishga qaratilgan. Bakterial infeksiyalarga qarshi kurashda u yoki bu guruh yuqoriroq samaradorlikka ega deb ayta olmaymiz. Optimal samaradorlik konsentratsiyasi minimal ingibirlovchi konsentratsiyaga nisbatan vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadigan dori vositasini tanlash bilan ta’minlanadi (bakteriyalar o‘sishini sekinlashtiradigan eng kichik konsentratsiya).
Shuningdek antibiotiklarni ishlab chiqarish shakli, yosh toifasiga qarab guruhlarga ajratish mavjud.
Toshkentda antibiotik va bakteriofaglarni sotib olish
"PharmaClick.uz" internet-dorixonasi sizga turli farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarining keng assortimentdagi bakteriofag va antibiotiklarini taklif qilishga tayyor. Antibiotiklarni xarid qilish uchun saytimizning qulay navigatsiya qidiruvidan foydalaning. Buyurtmani rasmiylashtirish bir necha oddiy qadamlarda amalga oshiriladi, barcha savollar bo‘yicha esa siz har doim bizning mutaxassislarimizga murojaat qilishingiz mumkin. Bizda dori-darmonlar poytaxtning istalgan nuqtasiga yoki butun O‘zbekiston bo‘ylab hamkor dorixonalarga yetkazib beriladi.